UzFHM
3.49K subscribers
4.05K photos
245 videos
1.49K links
O‘zbekiston futbol hakamlari markazi rasmiy kanali

Instagram sahifamiz: https://instagram.com/uzfhm?igshid=ZDdkNTZiNTM=
Download Telegram
⚽️ Hakamlar akademiyasi yangi mavsumga start berdi.

O‘zbekiston futbol hakamligi tizimini yangi bosqichga olib chiqish, yosh hakamlarning nazariy bilimlari va amaliy tajribasini oshirish maqsadida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan Hakamlar akademiyasining 2026-yilgi mavsumiga rasman start berildi.

Bugun Milliy futbol markazida O‘FA rahbariyati, tajribali instruktorlar hamda istiqbolli yosh hakamlar ishtirokida akademiyaning yangi mavsumi ochilishiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilarga akademiyaning asosiy vazifalari, o‘quv dasturlari hamda yosh hakamlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov o‘z nutqida ushbu loyiha nafaqat yurtimizda, balki mintaqada ham futbol hakamligining rivojida muhim o‘rin tutishini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, akademiya orqali hakamlik tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish, yosh mutaxassislarni yuqori darajaga olib chiqish asosiy maqsad ekanini qayd etdi.

Yangi mavsum doirasida akademiya nafaqat o‘quv markazi, balki yosh hakamlar uchun tajriba almashish, tahlil qilish va doimiy rivojlanish maydoni vazifasini ham bajaradi.

Ma’lumot uchun, akademiyadagi ta’lim jarayoni 8 ta moduldan iborat bo‘lib, saralab olingan 25 nafar hakam 8–11-aprel kunlari Milliy futbol markazida nazariy va amaliy o‘quv kursining 1-modulida ishtirok etadi.

Yosh hakamlar keyingi modullar davomida Respublika miqiyosidagi yoshlar o’rtasidagi o’yinlarda malaka oshirishadi.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚽️Proliga–2026: 2-tur uchrashuvlari rasmiylari bilan tanishing.

O‘zbekiston Proligasining 2026-yilgi mavsumi 2-tur bahslarini boshqarib boruvchi hakamlar jamoalari tayinlandi.

📋 Barcha o‘yinlar uchun tayinlovlar — yuqoridagi grafikada.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ekspert hakamlar guruhi xulosasi…

Superliga 6-turi doirasida o‘tkazilgan “Qo‘qon-1912” hamda “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda yuzaga kelgan bahsli vaziyat bo’yicha Ekspert hakamlar guruhi o‘z xulosasini bildirdi.

Mazkur uchrashuvning 78-daqiqasida bosh hakam tomonidan “Nasaf” jamoasi darvozasi tomon penalti belgilangan edi. Ushbu epizod Ekspert hakamlar guruhi tomonidan batafsil o‘rganib chiqildi.

Ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, bosh hakam Rustam Lutfullin tomonidan penalti belgilash qarori xato deb topildi. Shuningdek, VAR hakami tomonidan ushbu vaziyatda to‘g‘ri aralashuv amalga oshirilmagani, ya’ni hakamni monitorga chaqirishda xatoga yo‘l qo‘yilgani qayd etildi.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚽️ Oʻzbekistonlik hakamlar AQSH, Kanada va Meksikada boʻlib oʻtadigan jahon chempionati faoliyat olib boradi.

Xabaringiz bor, 11-iyundan 19-iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida Jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Ushbu mundialda oʻzbekistonlik hakamlar: Ilgiz Tantashev bosh hakam sifatida, Andrey Sapenko va Timur Gaynullin esa yordamchi hakam sifatida ishlaydi.

Hakamlarimizga Jahon chempionati oʻyinlarida omad tilaymiz.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝 Gulshoda Saitqulova Osiyo kubogining navbatdagi bahsida faoliyat olib boradi.

Oʻzbekistonlik ayol hakam Gulshoda Saitqulova Tailandda boʻlib oʻtayotgan qizlar oʻrtasidagi U-20 Osiyo kubogining Janubiy Koreya va Avstraliya terma jamoalari oʻrtasidagi bahsda bosh hakam sifatida ishlaydi.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📋 “Qo‘qon-1912” — “Nasaf” uchrashuvida yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot.

Superliga 6-turi doirasida o‘tkazilgan “Qo‘qon-1912” — “Nasaf” uchrashuvida yuzaga kelgan bahsli vaziyat yuzasidan Ekspert hakamlar guruhi tomonidan tegishli xulosa e’lon qilingan edi.

O‘zbekiston futbol hakamlari markazi (O‘zFHM) futbolning yaxlitligi va halolligini ta’minlash yo‘lida tegishli tashkilotlar bilan doimiy hamkorlikda faoliyat olib boradi. Shu bilan birga, markaz ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga amal qilgan holda, har bir tur yakuniga ko‘ra bahsli vaziyatlar bo‘yicha muntazam ravishda xulosalar berib boradi.

Amaldagi FIFA hamda IFAB talablari va reglamentlariga muvofiq, VAR jarayoniga oid ichki audioyozuvlar (hakamlar o‘rtasidagi muloqotlar)ni uchinchi tomonlarga taqdim etish taqiqlanadi. Ushbu materiallar hakamlik faoliyatiga oid ichki xizmat hujjatlari sifatida foydalaniladi.

Shu bilan birga, ochiqlik tamoyillaridan kelib chiqib, mazkur vaziyatni O‘zbekiston Professional futbol ligasi hamda “Nasaf” futbol klubi vakillari ishtirokida O‘zFHMda ko‘rib chiqish imkoniyati mavjud. Ushbu jarayondagi epizod barcha texnik materiallar asosida birgalikda tahlil qilish va tushintirib berish imkoniyati mavjud.

O‘zFHM tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun tashkil etiladigan maxsus seminarlar davomida ham o‘yinlardagi turli vaziyatlar muntazam tahlil qilib borilmoqda. Shuningdek, “Qo‘qon-1912” — “Nasaf” uchrashuvidagi mazkur epizod ham OAV vakillari bilan birgalikda tahlil qilinadigan navbatdagi debrifing yig‘ilishi rejasiga kiritilgan.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚽️Superliga-2026: 7-tur uchrashuvlari rasmiylari bilan tanishing.

Superliganing 7-tur o‘yinlarini boshqarib boruvchi hakamlar jamoalari va komissarlar tayinlandi.

🗓 Barcha o‘yinlar uchun tayinlovlar yuqoridagi grafikada ko‘rsatilgan.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM