UzFHM
3.49K subscribers
4.05K photos
245 videos
1.49K links
O‘zbekiston futbol hakamlari markazi rasmiy kanali

Instagram sahifamiz: https://instagram.com/uzfhm?igshid=ZDdkNTZiNTM=
Download Telegram
⚽️Superliga-2026: 6-tur uchrashuvlari rasmiylari bilan tanishing.

Superliganing 6-tur o‘yinlarini boshqarib boruvchi hakamlar jamoalari va komissarlar tayinlandi.

🗓 Barcha o‘yinlar uchun tayinlovlar yuqoridagi grafikada ko‘rsatilgan.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖥 “Sho’rtan” jamoasi stadioniga VAR texnikasini joylashtirish ishlari olib borilmoqda.

Prezidentning 262-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda futbol uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida mamlakatimiz stadionlarida markazlashgan VAR tizimidan foydalanish uchun maxsus texnikalarni o‘rnatish ishlari jadal davom etmoqda.

Ayni paytda “Sho’rtan” klubining uy stadioniga VAR texnikalarini joylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚽️VAR tizimi markazlashgan holda boshqarilishi davom etmoqda.

O‘zbekiston Superligasining 6-turidan o’rin olgan "Mash’al" — "Bunyodkor" jamoalari o'rtasidagi bahsda VAR tizimi markazlashgan tartibda, Milliy futbol markazida joylashgan yagona VAR markazidan turib boshqarilmoqda.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚽️ Hakamlar akademiyasi yangi mavsumga start berdi.

O‘zbekiston futbol hakamligi tizimini yangi bosqichga olib chiqish, yosh hakamlarning nazariy bilimlari va amaliy tajribasini oshirish maqsadida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan Hakamlar akademiyasining 2026-yilgi mavsumiga rasman start berildi.

Bugun Milliy futbol markazida O‘FA rahbariyati, tajribali instruktorlar hamda istiqbolli yosh hakamlar ishtirokida akademiyaning yangi mavsumi ochilishiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilarga akademiyaning asosiy vazifalari, o‘quv dasturlari hamda yosh hakamlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov o‘z nutqida ushbu loyiha nafaqat yurtimizda, balki mintaqada ham futbol hakamligining rivojida muhim o‘rin tutishini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, akademiya orqali hakamlik tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish, yosh mutaxassislarni yuqori darajaga olib chiqish asosiy maqsad ekanini qayd etdi.

Yangi mavsum doirasida akademiya nafaqat o‘quv markazi, balki yosh hakamlar uchun tajriba almashish, tahlil qilish va doimiy rivojlanish maydoni vazifasini ham bajaradi.

Ma’lumot uchun, akademiyadagi ta’lim jarayoni 8 ta moduldan iborat bo‘lib, saralab olingan 25 nafar hakam 8–11-aprel kunlari Milliy futbol markazida nazariy va amaliy o‘quv kursining 1-modulida ishtirok etadi.

Yosh hakamlar keyingi modullar davomida Respublika miqiyosidagi yoshlar o’rtasidagi o’yinlarda malaka oshirishadi.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚽️Proliga–2026: 2-tur uchrashuvlari rasmiylari bilan tanishing.

O‘zbekiston Proligasining 2026-yilgi mavsumi 2-tur bahslarini boshqarib boruvchi hakamlar jamoalari tayinlandi.

📋 Barcha o‘yinlar uchun tayinlovlar — yuqoridagi grafikada.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ekspert hakamlar guruhi xulosasi…

Superliga 6-turi doirasida o‘tkazilgan “Qo‘qon-1912” hamda “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda yuzaga kelgan bahsli vaziyat bo’yicha Ekspert hakamlar guruhi o‘z xulosasini bildirdi.

Mazkur uchrashuvning 78-daqiqasida bosh hakam tomonidan “Nasaf” jamoasi darvozasi tomon penalti belgilangan edi. Ushbu epizod Ekspert hakamlar guruhi tomonidan batafsil o‘rganib chiqildi.

Ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, bosh hakam Rustam Lutfullin tomonidan penalti belgilash qarori xato deb topildi. Shuningdek, VAR hakami tomonidan ushbu vaziyatda to‘g‘ri aralashuv amalga oshirilmagani, ya’ni hakamni monitorga chaqirishda xatoga yo‘l qo‘yilgani qayd etildi.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM