UzFHM
3.49K subscribers
4.06K photos
245 videos
1.49K links
O‘zbekiston futbol hakamlari markazi rasmiy kanali

Instagram sahifamiz: https://instagram.com/uzfhm?igshid=ZDdkNTZiNTM=
Download Telegram
📋 “Hakamlar akademiyasi”ga saralash jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi maydonida “Hakamlar akademiyasi”ga kirish uchun saralash sinovlari boshlandi. Mazkur jarayonlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridan tashrif buyurgan yosh va iqtidorli hakamlikka qiziquvchilar ishtirok etmoqda.

Saralash doirasida ishtirokchilar uchun amaliy mashg‘ulotlar boshlandi. Ularning o‘yin jarayonidagi harakatlari va qaror qabul qilish qobiliyati tajribali mutaxassislar tomonidan baholab borilmoqda. Jumladan, Ravshan Irmatov, Bobur Haydarov, Valentin Kovalenko hamda Aleksandr Popov ishtirokchilarning faoliyatini kuzatib, tegishli tavsiyalar bermoqda.

"Sizlarda yuqori salohiyat va intilish mavjud. Agar o‘zingizning ustingizda tizimli va izchil ishlasangiz, biz sizlar uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib beramiz. Oldingizga xalqaro darajadagi hakam bo‘lishni aniq maqsad qilib qo‘yishingiz lozim.

Hakamlik faoliyatida yosh mezoni hal qiluvchi omil hisoblanmaydi. Eng muhim jihatlar — bilim darajasi, professional tayyorgarlik, maydondagi o‘zini tutish va o‘yinni samarali boshqarish qobiliyatidir. Shu bois, yuqori saviyaga ega hakamlarga katta o‘yinlarda faoliyat olib borishlari uchun imkoniyat yaratiladi.", — dedi Ravshan Irmatov.


Shuningdek, instruktor Aleksandr Popov saralash jarayonining tartibi, baholash mezonlari va zamonaviy hakamlik talablari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Mazkur saralash bosqichlari orqali eng iqtidorli nomzodlar tanlab olinib, “Hakamlar akademiyasi”da tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚽️ "FIFA Series" turnirida faoliyat olib boruvchi hakamlar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov hamda tajribali instruktorlar Bahodir Qoʻchqorov va Jahongir Saidovlar ishtirokida Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikistondan kelgan FIFA hakamlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda mutasaddilar hakamlarga boʻlajak musobaqadagi masʼuliyatli faoliyatlarida omad tilashdi.

Tadbir doirasida instruktorlar tomonidan seminar tashkil etilib, oʻyindagi turli bahsli vaziyatlar, qaror qabul qilish jarayonlari va zamonaviy hakamlik talablari yuzasidan tushunchalar berildi.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚽️ O‘zbekistonlik hakamlar Rossiya — Nikaragua o‘rtasidagi bahsni boshqarib bormoqda.

Abdurashid Xudoyberganov boshchiligidagi hakamlar jamoasi Krasnodar shahrida boʻlib oʻtayotgan Rossiya — Nikaragua terma jamoalari oʻrtasidagi oʻrtoqlik uchrashuvida faoliyat olib bormoqda.

⚽️ Bosh hakam: Abdurashid Xudoyberganov
⚽️Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Akmal G‘iyosov

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝 O‘zbekistonlik hakamlar Pokiston — Myanma uchrashuvida ishlaydi.

2027-yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichi doirasidagi Islomobod shahrida bo‘lib o‘tadigan Pokiston — Myanmar terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda o‘zbekistonlik hakamlar jamoasi faoliyat olib bordi.

⚽️ Bosh hakam: Firdavs Norsafarov
⚽️ Yordamchi hakamlar: Ruslan Serezitdinov, Alisher Usmonov
⚽️ Zaxira hakami: Akobirxo‘ja Shukurullayev

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝 O‘zbekiston vakillari U-20 ayollar Osiyo kubogida faoliyat olib boradi.

1–14-aprel kunlari Tailandda bo‘lib o‘tadigan U-20 ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogi musobaqasida o‘zbekistonlik mutaxassislar ham faoliyat olib borish uchun Tailandga yetib bordi.

Gulshoda Saitqulova — musobaqa uchrashuvlarida bosh hakam sifatida faoliyat olib boradi.

Yuliya Tarasova — hakamlarga jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha instruktor sifatida musobaqada ishtirok etadi.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚽️Superliga-2026: 5-tur uchrashuvlari rasmiylari bilan tanishing.

Superliganing 5-tur o‘yinlarini boshqarib boruvchi hakamlar jamoalari va komissarlar tayinlandi.

🗓 Barcha o‘yinlar uchun tayinlovlar yuqoridagi grafikada ko‘rsatilgan.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM