UzFHM
2.93K subscribers
3.55K photos
232 videos
1.36K links
O‘zbekiston futbol hakamlari markazi rasmiy kanali

Instagram sahifamiz: https://instagram.com/uzfhm?igshid=ZDdkNTZiNTM=
Download Telegram
UzFHM
Biroz avval o‘z nihoyasiga yetgan ⚽️ Coca-Cola Superliga 19-turi doirasidagi 🔵 “Buxoro” – “Olimpik” ⚪️ bahsining 100-daqiqasida “Buxoro” jarima maydonchasi ichida mehmonlar a’zosi yiqilgach, uchrashuv bosh hakami Komiljon Rasulov 11 metrli jarima zarbasi belgiladi.…
⚡️ O‘FA hakamlar qo‘mitasi qarori

Coca-Cola Superliganing 19-turidan o'rin olgan 🔵“Buxoro” - “Olimpik”⚪️ uchrashuvida bahs bosh hakami 100-daqiqada penalti belgiladi va bu uchrashuv natijasiga ta’sir qildi.

Ushbu holat yuzasidan O‘FA futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida bosh hakam Komiljon Rasulov VAR takrorlarini ko‘rish uchun monitor oldiga kelgan vaqtida butun boshli “Buxoro” jamoasining murabbiylar shtabi hamda zaxira o‘yinchilari unga halaqit berib, turli kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqoratlagani ma’lum bo‘ldi. Shu tufayli, bosh hakam VAR monitorini ko‘rib, xato qilayotganini bilsa ham, hissiyotlarga berilib, “Buxoro” darvozasiga penalti belgilagan. Komiljon Rasulov o‘z tushuntirish xatida aybiga to‘liq iqror bo‘lib, qasddan, hissiyotlarini jilovlay olmay, noto‘g‘ri qaror chiqarganligi uchun o‘z pushaymonligini bildirib o‘tdi.

Aniqlangan holat yuzasidan keltirilgan barcha dalillarga ko‘ra, bosh hakam Komiljon Rasulov qoidalarga zid qo‘pol xatosi tufayli Hakamlar tartib-intizom kodeksining 4.3-bandiga muvofiq futbol hakamligidan umrbodga chetlatildi.

⚽️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆 Biroz avval yakuniga yetgan 🔵“Nasaf” hamda OKMK⚽️ jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogi final bahsi (0:1)ning 70-daqiqasida belgilangan penalti Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Komissiya xulosasi tez orada e’lon qilinadi.

⚽️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📃 Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi

🏆 Biroz avval yakuniga yetgan 🔵“Nasaf” – OKMK⚽️ jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogi final bahsining 70-daqiqasida olmaliqliklar jarima maydonchasi ichida OKMK a’zosi Akramjon Komilov to‘p uchun kurashda yiqilgach, dastlab uning qo‘li to‘pga tegdi, so‘ngra o‘ng oyog‘i bilan qo‘shimcha harakat amalga oshirib, raqib futbolchisi Azizbek Amonovga nisbatan o‘yin qoidasini buzgan. Shundan so‘ng, uchrashuv bosh hakami Aziz Asimov VAR takrorlarini ko‘rish uchun monitor yoniga bordi va takrorlarni ko‘rib chiqqach, 11 metrlik nuqtaga ishora qildi.

Natijada, o‘yin taqdirini hal qilgan ushbu vaziyat Ekspert-hakamlar komissiyasida ko‘rib chiqildi va mutaxassislarning umumiy xulosasi olindi. Quyida ushbu xulosa va qarorni e’tiboringizga havola etamiz.

Mazkur vaziyatda futbolchining notabiiy holatdagi qo‘li dastlab to‘pga tekkan, shundan so‘ng uning oyoqda amalga oshirgan qo‘shimcha harakati tufayli raqib ham yiqilib tushgan. Jarima maydonchasi ichida sodir etilgan bu qoidabuzarliklarga asoslangan holda, bu vaziyatda penalti to‘g‘ri belgilangani qayd etildi. Ekspertlar hakamning qarorini to‘g‘ri deb topishdi.

⚽️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👧 Ayollar oliy ligasi. 22-tur uchrashuvlarida ishlaydigan rasmiylar

⚽️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚽️ Olim Abduvasilov hakamlik sohasidagi karyerasini yakunladi

Xabaringiz bor, joriy mavsumda bir qancha taniqli va tajribali futbol hakamlarimiz — Vadim Agishev, Damir Iskenderov, Jalgasbay Sarsenov hamda Bektursin Kannazarov hakamlikdagi faoliyatlarini tugatishgan edi. Kechagi O‘zbekiston kubogi final bahsida bu mavsum faoliyatini yakunlagan tajribali hakamlarimiz soni 5 taga yetdi.

20 yildan ziyod vaqt davomida hakamlik sohasida faoliyat ko‘rsatgan, bosh hakam yordamchisi sifatida qator mavsumlar o‘tkazgan Olim Abduvasilov hakamlikdagi karyerasini yakunlashga qaror qildi va kecha ko‘zda yosh bilan maydonni tark etdi. Final so‘ngida o‘tkazilgan taqdirlash marosimida unga alohida ehtirom ko‘rsatilib, milliy zarchopon hamda maxsus esdalik sovg‘asi topshirildi.

O‘zbekiston futbol hakamlari markazi Olim Abduvasilovga futbol hakamligidagi xizmatlari uchun tashakkur aytgan holda, uning kelgusidagi ishlariga rivoj tilab qoladi.

⚽️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔵“Mash’al” va 🔵“Sho‘rtan” jamoalari o‘rtasidagi ⚽️Superliga yo‘llanmasi uchun dastlabki pley-off o‘yinida ishlaydigan rasmiylar.

⚽️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢 Birinchilik kubogi. Yarim final uchrashuvlarida ishlaydigan rasmiylar

⚽️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👧 Ayollar oliy ligasi. 23-tur uchrashuvlarida ishlaydigan rasmiylar

⚽️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚽️11 nafar o‘zbekistonlik vakil Osiyo Chempionlar ligasi 5-turi bahslarida ishlaydi

Osiyo Chempionlar ligasining 5-turi bahslariga O‘zbekistondan 9 nafar hakam va 4 nafar VAR vakili tayinlov oldi. Bosh hakamlardan Ahrol Risqullayev va Ilgiz Tantashev, yordamchi hakamlardan Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, Andrey Sapenko va Timur Gaynullin, zaxira hakami Rustam Lutfullin, shuningdek, video assistentlarimiz orasidan Abdurashid Xudoyberganov, Aziz Asimov, Firdavs Norsafarov hamda Rahimbek Karimov tayinlov olgan. Quyida ular boshqaradigan uchrashuvlar ma’lumotlari bilan tanishing:

⚽️ Osiyo Chempionlar ligasi | ⚽️ “H” guruhi, 5-tur
🇨🇳 “Zheijang”
“Buriram United” 🇹🇭
📆 29.11.2023 | 17:00

Hakamlar:

⚽️ Ilgiz Tantashev🇺🇿
⚽️ Andrey Sapenko🇺🇿
⚽️ Timur Gaynullin🇺🇿
⚽️ Rustam Lutfullin🇺🇿
🖥 Firdavs Norsafarov🇺🇿
🖥Rahimbek Karimov🇺🇿

⚽️ Osiyo Chempionlar ligasi | ⚽️ “F” guruhi, 5-tur
🇭🇰 “Kitchee”
“Jeonbuk Hyundai Motors” 🇰🇷
📆 29.11.2023 | 15:00

Hakamlar:

⚽️ Ahrol Risqullayev🇺🇿
⚽️ Sanjar Shoyusupov🇺🇿
⚽️ Alisher Usmonov🇺🇿
🖥 Aziz Asimov🇺🇿
🖥 Abdurashid Xudoyberganov🇺🇿

Vakillarimizga ushbu uchrashuvda omad tilaymiz!

⚽️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 16-noyabr kuni Respublika futbol bo‘yicha sport mahoratini oshirish oliy maktabi maydoni va majlislar zalida yosh hakamlar uchun bir necha kun oldin start olgan O‘FA kubogidagi tanaffus kuni doirasida o‘quv-amaliy seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Ushbu hakamlar respublikaning turli hududlaridan aynan shu musobaqada ishlash uchun jalb etilgan bo‘lib, ularning orasida yangi nomlar ham borligi e‘tiborga molikdir.

Seminar doirasida yosh hakamlar bilan dastlab jismoniy mashg‘ulotlar o‘tkazildi, so‘ngra ularga futbol hakamligi bo‘yicha ilk saboqlar qayta o‘rgatilib, taniqli instruktorlar yordamida maxsus videoroliklar bilan ularning sohadagi bilimlari kengaytirildi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston futbol hakamlari markazi o‘z faoliyatini boshlaganidan buyon asosan, yosh hakamlarga imkoniyat berish va ularning safini kengaytirishga harakat qilib kelmoqda. Bugungi mashg‘ulotlardan asosiy maqsad ham ushbu yosh hakamlarni qishki yig‘in oldidan saralab, yangi mavsumdan boshlab yirik turnirlarda ishlash uchun tayyorlashga qaratildi.

⚽️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM