UzFHM
2.93K subscribers
3.55K photos
232 videos
1.36K links
O‘zbekiston futbol hakamlari markazi rasmiy kanali

Instagram sahifamiz: https://instagram.com/uzfhm?igshid=ZDdkNTZiNTM=
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2-vaziyat: 🟢“Neftchi” – “Olimpik”⚪️ uchrashuvi, fol bormi yoki yo‘q? Bahsning 58-daqiqasida “Olimpik” jarima maydonchasi ichida mezbonlar futbolchisi yiqilgan. Bosh hakam uchrashuvni davom ettirish kerakligini aytib, bu yerda fol yo‘qligini ta‘kidlagan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi: “Mazkur vaziyatda to‘p uchun toza kurash ketgan, ya‘ni yakkakurashdagi tabiiy holat. Fol qayd etish uchun yetarlicha sabab yo‘q. Hakamning qarori to‘g‘ri deb topildi”.

⚽️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
3-vaziyat: 🟢“Neftchi” – “Olimpik”⚪️ uchrashuvi, penalti to‘g‘ri belgilandimi yoki yo‘q? Xuddi shu bahsning 74-daqiqasida “Olimpik” jarima maydonchasi ichiga yon chiziqdan to‘p tashlab berilgan, hujum paytida to‘p himoyachining qo‘liga tekkan. Bosh hakam Abdurashid Xudoyberganov dastlab vaziyatni ilg‘ay olmagan, biroq vaziyatga VAR aralashib, uni monitor oldiga chaqirgan. Takroriy lavhalarni ko‘rilgach, hakam 11 metrli jarima zarbasi belgilagan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi: “Mazkur vaziyatda VAR hakamlari bosh hakamga yordam berib to‘g‘ri qilgan. Jarima maydonchasi ichida himoyachi hujumchini ushlab turgan va to‘p aynan himoyachining notabiiy holatdagi qo‘liga tekkan. Hakamlarning qarori to‘g‘ri deb topildi”.

⚽️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
4-vaziyat: ⚽️OKMK – “Turon”🔴 uchrashuvi, penalti to‘g‘ri belgilandimi yoki yo‘q? O‘yinning 34-daqiqasida mehmonlar jarima maydonchasi ichida OKMK yarim himoyachisi Xurshid G‘iyosov boshi bilan to‘pni darvozaga yo‘naltirgan, to‘p esa “Turon” futbolchisi Abdulazizxon Abdurashidovning qo‘liga tegib, o‘z yo‘nalishini o‘zgartirgan. Penalti VAR lavhalari ko‘rib chiqilgach, belgilangan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi: “Mazkur holatga VAR aralashib to‘g‘ri qilgan. Jarima maydonchasi ichida himoyachining tabiiy holatda bo‘lmagan qo‘liga to‘p tekkan va yo‘nalish o‘zgargan. Hakamlar jamoasining qarori to‘g‘ri deb topildi”.

⚽️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
5-vaziyat: ⚽️OKMK – “Turon”🔴 uchrashuvi, gol urilgan vaziyatda to‘p maydonni tark etganmidi? Uchrashuvning 45+2-daqiqasida olmaliqliklar 2-bor raqib darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu vaziyatda burchakdan uzatilgan to‘p OKMK a‘zosi tomonidan qabul qilib olingan vaziyatda to‘p maydonni tark etgani borasida ko‘plab fikr-mulohazalar ijtimoiy tarmoqlarda uchramoqda.

Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi: “Tasvirlardan aniq ko‘rinib turibdiki, to‘p chiziqni butunlay kesib o‘tmagan. Bundan tashqari, yordamchi hakamning pozitsiyasi yaxshiligini inobatga olgan holda, ekspert-hakamlar komissiyasi bir ovozdan hakamlarning qarorini to‘g‘ri deb topdi”.

⚽️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
6-vaziyat: ⚪️“So‘g‘diyona” – “Buxoro”🔵 uchrashuvi, jarima maydonchasi ichidagi qo‘pollik. Bahsning 36-daqiqasida “So‘g‘diyona” jarima maydonchasi ichida 2 jamoa a‘zolari o‘rtasida to‘qnashuv yuzaga kelgan. Bosh hakam hujumda fol qayd etgan va mezbonlar foydasiga erkin zarba belgilagan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi: “Mazkur holatda to‘pga birinchi bo‘lib “So‘g‘diyona” futbolchisi tekkan. Ehtiyotsizlik va qattiq zarba uchun “Buxoro” futbolchisiga sariq kartochka ko‘rsatilishi kerak edi. Hakamning qarori to‘g‘ri deb topildi”.

⚽️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
7-vaziyat: ⚪️“So‘g‘diyona” – “Buxoro”🔵 uchrashuvi, ofsayd bormidi yoki yo‘q? O‘yinning 90+4-daqiqasida maydon markazida “Buxoro” a‘zosi o‘yindan tashqari holat bor deb topilgan. Biroq mavjud tasvirlarda ofsayd yaqqol ko‘rinmagan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi: “Barcha kameralar orqali olingan tasvirlarda ofsayd borligini aniq qayd etish qiyin. Qanot hakami vaziyatga eng yaqin turgani sababli, uning qarorini to‘g‘ri, deb hisoblaymiz. Bundan tashqari, “Buxoro” futbolchisi orqadan kelib, biroz qo‘pollik qayd etgani tufayli ham bu vaziyatda o‘yin davom ettirilmas edi. Hakamlar jamoasining qarori to‘g‘ri deb topildi”.

⚽️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆 O‘zbekiston kubogi. Qarshida o‘tadigan final bahsida ishlaydigan rasmiylar bilan tanishing.

⚽️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👧 Ayollar oliy ligasi. 21-tur uchrashuvlarida ishlaydigan rasmiylar

⚽️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚽️ Futzal Oliy ligasi. 3-tur. Bugungi bahslar rasmiylari bilan tanishing.

⚽️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢 Birinchilik kubogi. 6-tur uchrashuvlarida ishlaydigan rasmiylar

⚽️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
UzFHM
⚡️Oktabr oyining eng yaxshi hakami sovrini uchun nomzodlar ma’lum Oktabr oyida O‘zbekiston Superligasida 3 ta tur va O‘zbekiston kubogi doirasida yarim final bahslari o‘tkazildi. Yuqoridagi suratda ushbu uchrashuvlarda ishlagan oyning eng yaxshi hakami bo‘lishga…
⚡️Oktabr oyining eng yaxshi hakami aniqlandi

⚽️ Coca Cola Superliga hamda O‘zbekiston kubogi musobaqalari doirasida okttabr oyida ishlagan hakamlar orasidan eng yaxshisini aniqlash borasida o‘tkazilgan so‘rovnoma o‘z nihoyasiga yetdi.

Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Temur To‘xtasinov oktabr oyining eng yaxshi hakami, deb topildi. Demak, o‘tgan oyning eng yaxshi hakamlari ketma-ketligi bilan tanishing:

1. Temur To‘xtasinov
2. Asker Najafaliyev
3. Aziz Asimov.

⚽️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚽️ Coca-Cola Superliganing 19-turidan o‘rin olgan qoldirilgan 🔵“Buxoro” - “Olimpik”⚪️ uchrashuvining 100-daqiqasida belgilangan bahsli penalti Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Komissiya xulosasi tez orada e’lon qilinadi.

⚽️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
UzFHM
⚽️ Coca-Cola Superliganing 19-turidan o‘rin olgan qoldirilgan 🔵“Buxoro” - “Olimpik”⚪️ uchrashuvining 100-daqiqasida belgilangan bahsli penalti Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Komissiya xulosasi tez orada e’lon qilinadi. ⚽️ Bizni…
Biroz avval o‘z nihoyasiga yetgan ⚽️ Coca-Cola Superliga 19-turi doirasidagi 🔵 “Buxoro” – “Olimpik” ⚪️ bahsining 100-daqiqasida “Buxoro” jarima maydonchasi ichida mehmonlar a’zosi yiqilgach, uchrashuv bosh hakami Komiljon Rasulov 11 metrli jarima zarbasi belgiladi. Shundan so‘ng, uchrashuv VAR hakamlari uni monitor yoniga chaqirdi va takrorlarni ko‘rib chiqishga chorladi. Bosh hakam esa takrorlardan so‘ng ham qarorini o‘zgartirmagach, penalti baribir belgilandi.

Natijada, o‘yin taqdirini hal qilgan ushbu bahsli vaziyat bo‘yicha Ekspert-hakamlar komissiyasining favqulodda yig‘ilishi tashkil qilindi va mutaxassislarning umumiy xulosasi olindi. Quyida ushbu xulosa va qarorni e’tiboringizga havola etamiz.

Mazkur vaziyatda birinchi bo‘lib “Buxoro” himoyachisi to‘pga o‘ynagan. Ma’lumki, bu kabi holatlarda garchi raqib futbolchisiga nisbatan biroz qo‘pollik sodir etilsa ham, himoyalanayotgan jamoa a’zosi to‘pga o‘ynagan bo‘lsa, penalti belgilanmaydi. Shu qoidalarga asoslangan holda, ekspertlar bir ovozdan penaltining noto‘g‘ri belgilanganini qayd etishdi.

Mazkur vaziyat ishi O‘FA hakamlar qo‘mitasiga oshirildi va tez orada qo‘mita xulosasi ham taqdim etiladi. Shuningdek, bu holat O‘FA futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspeksiyasida ham ko‘rib chiqiladi.

⚽️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
UzFHM
Biroz avval o‘z nihoyasiga yetgan ⚽️ Coca-Cola Superliga 19-turi doirasidagi 🔵 “Buxoro” – “Olimpik” ⚪️ bahsining 100-daqiqasida “Buxoro” jarima maydonchasi ichida mehmonlar a’zosi yiqilgach, uchrashuv bosh hakami Komiljon Rasulov 11 metrli jarima zarbasi belgiladi.…
⚡️ O‘FA hakamlar qo‘mitasi qarori

Coca-Cola Superliganing 19-turidan o'rin olgan 🔵“Buxoro” - “Olimpik”⚪️ uchrashuvida bahs bosh hakami 100-daqiqada penalti belgiladi va bu uchrashuv natijasiga ta’sir qildi.

Ushbu holat yuzasidan O‘FA futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida bosh hakam Komiljon Rasulov VAR takrorlarini ko‘rish uchun monitor oldiga kelgan vaqtida butun boshli “Buxoro” jamoasining murabbiylar shtabi hamda zaxira o‘yinchilari unga halaqit berib, turli kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqoratlagani ma’lum bo‘ldi. Shu tufayli, bosh hakam VAR monitorini ko‘rib, xato qilayotganini bilsa ham, hissiyotlarga berilib, “Buxoro” darvozasiga penalti belgilagan. Komiljon Rasulov o‘z tushuntirish xatida aybiga to‘liq iqror bo‘lib, qasddan, hissiyotlarini jilovlay olmay, noto‘g‘ri qaror chiqarganligi uchun o‘z pushaymonligini bildirib o‘tdi.

Aniqlangan holat yuzasidan keltirilgan barcha dalillarga ko‘ra, bosh hakam Komiljon Rasulov qoidalarga zid qo‘pol xatosi tufayli Hakamlar tartib-intizom kodeksining 4.3-bandiga muvofiq futbol hakamligidan umrbodga chetlatildi.

⚽️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM