Embassy of Uzbekistan in Japan
657 subscribers
2.77K photos
268 videos
1 file
980 links
Welcome to the official Telegram channel of the Embassy of Uzbekistan in Japan!

Website: https://uzbekistan.jp
Facebook: facebook.com/uzembassyjapan
Twitter: http://twitter.com/uzembassyjapan
Telegram: @uzembassyjapan
Download Telegram
O’zbekistonning Yaponiyadagi Elchixonasi tomonidan mamlakatimizda joriy yil 27 oktabr kuni bo’lib o’tadigan parlament saylovlariga bag’ishlab yapon ekspertlari ishtirokida brifing o’tkazildi.
************************************
駐日ウズベキスタン大使館は、10月27日にウズベキスタンで実施される国政選挙に関するブリーフィングを開催しました。
Hurmatli Yaponiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar, o’quv yurtlari va universitetlarda tahsil olayotgan talabalar va ushbu mamlakatda vaqtincha bo’lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari!

🗳Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovida ovoz berishga taklif qilamiz.

Tokyo shahrida ovoz berish 27-oktabr (yakshanba) kuni soat 08:00 dan 20:00ga qadar amalga oshiriladi.

🏛Manzil:O’zbekiston Respublikasining Tokiodagi elchixonasi
2-1-52, Takanawa, Minato-ku, Tokyo 108-0074
📍https://maps.app.goo.gl/RKJgPEr1AitQ8Zgv6

✔️Saylovga 18 yoshga to’lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari pasport bilan kelishi so’raladi.

O’zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Elchixonasi
Bugun 27-oktabr Yaponiya vaqti bilan tongi soat 8.00dan boshlab mamlakatimizning Tokio shahrida joylashgan elchixonasida Oʼzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari sayloviga ovoz berish jarayonlari boshlandi.

Tokyo shahrida ovoz berish 27-oktabr (yakshanba) kuni soat 08:00 dan 20:00ga qadar amalga oshiriladi.

🏛Manzil:O’zbekiston Respublikasining Tokiodagi elchixonasi
2-1-52, Takanawa, Minato-ku, Tokyo 108-0074
📍https://maps.app.goo.gl/RKJgPEr1AitQ8Zgv6


✔️Saylovga 18 yoshga to’lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari pasport bilan kelishi so’raladi.
🇺🇿🇯🇵Joriy yilning 29-31 oktabr kunlari Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Tokio shahrida ushbu mamlakat rasmiylari, moliya institutlari va yirik kompaniyalari rahbarlari bilan bir qator uchrashuv va muzokaralar o'tkazdi.

🟠Uchrashuvlar davomida Oʻzbekiston-Yaponiya savdo-iqtisodiy va moliyaviy-texnikaviy hamkorlikning bir qator dolzarb masalalari muhokama qilinib, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi va savdo hajmini yanada oshirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

🟠Jumladan, Iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Yoji Muto hamda Yer resurslari, infratuzilma, transport va turizm vaziri Tetsuo Saito bilan oʻtkazilgan muzokaralar chogʻida foydali qazilmalar, kimyo, mashinasozlik, energetika va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

🟠Bundan tashqari, tomonlar qurilish standartlarini yangilash, seysmik xavfsizlikni taʼminlash, jamoat transportini boshqarishning ilgʻor tizimlarini joriy etish sohasida hamkorlik qilishga kelishildi. IT-Park Tashkent bilan autsorsing sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida Yaponiya IT-kompaniyalarining Oʻzbekistonga biznes missiyasi tashkil etiladi va Oʻzbekistonning Yokogama shahrida boʻlib oʻtadigan EXPO 2027 xalqaro meva-sabzavotchilik koʻrgazmasidagi ishtiroki tashkil etiladi.

🟠JBIC agentligi rahbari bilan uchrashuv chogʻida Yaponiya kompaniyalarining Oʻzbekistondagi loyihalari uchun suveren boʻlmagan moliyalashtirishni ajratishni nazarda tutuvchi uch yillik hamkorlik dasturi imzolandi.

🟠JICA tomonidan muhandis kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish, sanoat texnoparkini tashkil etish hamda aholini tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘rgatish bo‘yicha “Bir hudud – bir mahsulot” dasturini ishga tushirish yo‘nalishlarida yangi loyihalar ishlab chiqish dasturi qabul qilindi.

🟠Sojitz, Toyota Tsusho, Sumitomo, Jogmec va Itochu kompaniyalari boshqa shakllar qatorida DXSh tamoyillari asosida sanoat va infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha qoʻshma loyihalarda ishtirok etadilar.

🟠Umuman olganda, tashrif chogʻida Yaponiya hukumati va ishbilarmon doiralari oʻrtasida Oʻzbekistonda yaratilgan sarmoyaviy muhitga yuqori ishonch, shuningdek, mamlakatimiz tadbirkorlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyorlik qayd etildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM