Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.4K subscribers
19.5K photos
5.78K videos
139 files
11.8K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:http://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@uzedu.uz

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Seminar_trening
#Kasbiy_rivojlanish

Norwich instituti direktori maktab direktorlari va o‘qituvchilar uchun trening o‘tmoqda

🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Britaniya Kengashi va Norwich instituti bilan hamkorlikda "Maktab chempionlari" loyihasi doirasida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur loyihadan ko'zlangan asosiy maqsad, o'qituvchilarning maktab rahbarlari bilan birgalikda uzluksiz kasbiy rivojlanishlarini ta'minlashdan iborat.

❗️60 ga yaqin ishtirokchi qatnashayotgan mazkur trening jarayonlari mahalliy mutaxassislar bilan bir qatorda Norwich instituti direktori Tom Kiddl tomonidan olib borilmoqda.

🔗 Seminarda maktabni ustozlar hamda direktorlar o‘z ustida ishlaydigan maskanga aylantirish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, mashg‘ulotlar davomida kasbiy rivojlanish uchun ustozlarga vaqt va resurs markazlari lozimligi haqida so‘z bordi.

Ma'lumot o'rnida: trening jarayonlari 2 kun davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening
#Kasbiy_rivojlanish

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan maktab direktorlari va o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirish bo'yicha xorijiy ekspertlar ishtirokidagi o‘quv seminarlari davom etmoqda.

🔴 Ayni damda "Maktab chempionlari" loyihasi doirasida tashkil etilgan treninglarning ikkinchi kuni bo'lib o'tmoqda.

Unda xususan maktabda dars jarayonlaridan ajralmagan holda o'z ustida ishlash, til va kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirish haqida so'z bordi.
_______________

Tom Kiddl, Buyuk Britaniya, Norwich instituti direktori:

O'zbekistonda 7-marta bo'lishim. Har safar kelganimda bu yerdagi o'qituvchilarda ko'zga tashlanadigan ishtiyoq va motivatsiyadan hayratga tushaman. Ular bilan ishlash haqiqatda qiziq.

Biz bu safargi treninglar davomida ustozlarda dars jarayonlarini interaktiv tashkil etish, o'quvchilar bilan ishlash hamda zamonaviy ko'nikmalardan foydalanish kabi mavzularda so'z yuritdik. Umid qilamanki, ushbu mashg'ulotlar ustozlarning kelgusi faoliyatiga ham yordam beradi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

Bugun poytaxtimizda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan menejerlik o'quv kurslarida dars mashg'ulotlarini o'tadigan trenerlar
uchun o’quv seminari boshlandi.

⚡️Unda xorijiy va mahalliy trenerlar tomonidan interaktiv mashg'ulotlar tashkil etilgan bo’lib, ishtirokchilar trenerlik ko'nikmalarini rivojlantirish ustida ishlashmoqda.


Mahorat darslari davomida shuningdek:

darslarni interaktiv tarzda tashkil etish,
muammoli vaziyatlar ustida ishlash,
fasilatorlik mahorati, androgigika,
darsni tahlil qilish va baholash kabi mavzularda so'z bordi.

Ma'lumot o'rnida: trening jarayonlari 20-yanvarga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

Menejerlik o‘quv kurslarida dars o’tuvchi trenerlar uchun seminarlar davom etmoqda.


⚡️Bugun ishtirokchilar uchun:

o’qituvchilik va trenerlik ko’nikmalari;
yo’naltirish va ko’rsatma berish;
ta’limda samarali boshqaruvning ahamiyati mavzularida mahorat darslari tashkil etildi.

Ma’lumot o’rnida: mazkur treninglarda 40 nafar mutaxassis qatnashishmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

Menejerlik o‘quv kurslarida dars o’tuvchi trenerlar uchun tashkil etilgan seminarlar yakunlandi.

❗️
3 kun davom etgan mahorat darslari davomida ishtirokchilar interaktiv mashg’ulotlarda trenerlik ko’nikmalari ustida ishlashdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Seminar_trening

Kasbiy rivojlanishning yangicha yondashuvi tajriba-sinovdan o'tkazilmoqda

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Yaponiyaning JICA tashkiloti bilan umumta'lim fanlari o'qituvchilari uchun "Ustoz upgrade" loyihasi doirasida seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

✔️Ushbu loyihaning maqsadi ustozlar tomonidan maktablarda kasbiy rivojlanishni maqsad qilgan mikrojamiyatlar tashkil etish, o'zaro darslarni kuzatish va tahlil qilish (Lesson study) orqali yangi bilim hamda ko'nikmalarni egallashdan iborat.

📍Treninglarda poytaxtimiz hamda Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan 45 nafar ustozlar ishtirok etishmoqda.

Mashg‘ulotlar davomida trening qatnashchilari uchun:

kasbiy rivojlanish uchun ichki motivatsiyaning roli,
dars bosqichlarini Blum taksonomiyasi asosida rejalashtirish,
darsni kuzatish va kuzatilgan dars borasida fikr almashish madaniyati kabi mavzularda so'z bormoqda.

❗️
Bugungi treninglardan so'ng 3 haftalik onlayn marofonga start beriladi. Marafon davomida ishtirokchi ustozlar faoliyati doirasida tadqiqot o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Unda ustozlarning loyihada o'rgangan ko'nikmalarini amalga oshirishda qanday qiyinchiliklarga uchrayotganligi va yutuqlari tahlil qilinadi.
______
📍 Trening jarayonlari Toshkent shahridagi Oxus universitetida bo'lib o'tmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

Umumta’lim maktablarining nemis tili fani o’qituvchilari uchun trening bo’lib o’tmoqda

🔴 Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan Gyote-Institutining O‘zbekistondagi filiali hamda „Klett“ nashriyoti bilan hamkorlikda maktablarning nemis tili o’qituvchilari uchun onlayn seminarlarga start berildi.

⚡️Mazkur o’quv seminarida:

“Fabuli – effektiv im Unterricht einsetzen”,
”Wo ist Paula? – effektiv im Unterricht einsetzen”,
,,Die Deutschprofis – effektiv im Unterricht einsetzen”
mavzularida so’z yuritilmoqda.

Mashg’ulotlarda jami 350 nafar nemis tili o‘qituvchilarini qamrab olish ko‘zda tutilgan.
_____

Ma’lumot o’rnida, navbatdagi treninar joriy yilning 6-,13-,20-aprel kunlari bo’lib o’tadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

🔴 Ayni damda poytaxtimizda “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida tashkil etilgan o‘quv seminari davom etmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Xayriddin Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odil Abdurahmonov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov, ziyolilar, mamlakatimizning barcha tuman va shaharlaridan kelgan pedagoglar ishtirok etishdi.

Xayriddin Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi:


Yoshlarimizni ma'naviy tahdidlardan asrash, ularni kamolotga yetkazishda eng katta mas'uliyat aynan ustozlarimiz yelkasiga yuklanadi. Zero, ta'lim tarbiya bilan chambarchas bogliq jarayondir

Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri:

Bugungi seminar orqali maktablardagi tarbiyaviy ishlarni zamonaviy metodlarda tashkil etish, bunga mas’ul rahbarlarning ish uslubi, malakasini oshirishni niyat qilganmiz.

❗️Shuningdek, tadbir davomida vazirlik tomonidan tayyorlangan “Ota-ona – murabbiy” kitobi taqdimoti ham tashkil etildi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1576

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan 3 kunlik seminar doirasida bugun mahorat darslari bo’lib o’tdi.

❗️Unda ishtirokchilar sho’balarga bo’lingan holda o’z mahoratlarini oshirishdi.

Mahorat darslarida:

“O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida zo‘ravonlik ko‘rinishlarining oldini
olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar”;
”Addiktiv xulq-atvor profilaktikasi (zararli odatlarga qaramlik)” kabi mavzularda so’z bordi.

📍 Ma’lumot uchun, treninglarda Respublikamiz bo’ylab 250 nafardan ortiq ustozlar ishtirok etishmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

🔴 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Britaniya Kengashi va Norvich til ta’limi instituti hamkorligida "Maktab chempionlari" loyihasi doirasida seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

Ikki kun davom etuvchi ushbu o‘quv mashg‘ulotlarida respublikamiz bo'ylab ingliz tili fani ustozlari ishtirok etishmoqda.

Ushbu loyihaning maqsadi unda ishtirok etuvchi milliy konsultantlarni tayorlash hamda istiqbolda maktablar jamoalari bilan ishlashlariga ko‘maklashishdan iborat.

Mahorat darslari Norwich Til ta'limi instituti direktori Tom Kiddle tomonidan o'tkazilmoqda.

Trening doirasida:

uzluksiz kasbiy rivojlanish konsepsiyasi haqida umumiy tushunchani shakllantirish,
o’qituvchilarning o’z ustida ishlashini qo‘llab-quvvatlash,
o‘qituvchilari orasida uzluksiz ta’lim olish muhitini shakllantirish yo‘llari muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM