Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
79K subscribers
20.2K photos
5.86K videos
140 files
12K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:http://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@uzedu.uz

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#maktablarga_yordam

Гурлан туманидаги 14-сонли умумий ўрта таълим мактабининг собиқ битирувчиси, Хоразм вилояти божхона бошқармасининг биринчи ўринбосари, божхона хизмати полковниги Мухтор Ўразалиев ўзи ўқиган мактабга ташриф буюрди. Битирувчи синф ўқувчилари билан касблар ҳақида суҳбатлашиб, кам таъминланган оила фарзандлари ва фан олимпиадаси иштирокчиларига ўқув қуроллари, бадиий адабиётлар совға қилди. Мактабга спорт инвентарлари тақдим қилди.
👉@Xorazm_XTB
#maktablarga_yordam

Xonqa tumani prokurori Davronbek Qurbanov o‘zi o‘qigan Gurlan tumanidagi 40-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning iqtidorli o‘quvchilariga badiiy kitob sovg‘a qildi.
👉@Xorazm_XTB
#maktablarga_yordam

SEKTOR RAHBARLARI 2 TA MAKTABGA 18 MLN SO‘MLIK MUSIQA ASBOBLARI OLIB BERDI

Samarqand tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbusni ta’lim muassasalarida ijrosini ta’minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.
O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, o‘quvchilarni madaniyat va san’atga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, musiqa to‘garaklari faoliyatini yaxshilash maqsadida bugun, 23-dekabr kuni tuman sektor rahbarlari N.Mavlonov, J.Sanaev, A.Toshev, F.Usmonovlar hamda tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri B.Mardonov ishtirokida tumandagi 41 va 54-umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 18 mln so‘mlik musiqa asboblari (rubob, dutor, doira, gitara) topshirildi.

Samarqand
viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.

________
📌 Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasining rasmiy kanaliga ulanish: 👉 t.me/samarqandvxtb
#maktablarga_yordam

240 ЎРИНЛИ ЭСКИ МАКТАБ 750 ЎҚУВЧИ ЎРИНЛИ БЎЛИБ ҚАЙТА ҚУРИЛДИ

Ўтган йиллар давомида Самарқанд шаҳридаги 71-умумтаълим мактабида 650 нафар ўқувчи 240 ўринли бинода таълим-тарбия олиб келаётган эди. Бино ва қўшимча синфхоналар етишмаслиги, мактабда спорт зал йўқлиги ўқувчи ва ўқитувчилар учун муаммо туғдириб келган...

👉 Батафсил: telegra.ph/tamir-01-15
___
📌 Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasining rasmiy kanaliga ulanish: 👉
t.me/samarqandvxtb
#Maktablarga_yordam

“Ўзтрансгаз” томонидан мактабларга 800 млн сўмдан ортиқ ёрдам кўрсатилди

“Ўзтрансгаз” АЖ раҳбарияти Халқ таълими вазирлиги тасарруфидаги мактабларни доимий равишда қўллаб-қувватлаб келмоқда.

Жумладан, акциядорлик жамияти Тошкент шаҳри Шайхонтоҳур туманидаги 39-умумтаълим мактабни оталиққа олган.

Жамият мактаб маъмуриятининг мурожаатига асосан, ёзги спорт ва футбол майдонида 720 млн сўмлик тўлиқ қайта қуриш ишларини амалга ошириб, фойдаланишга топширди.

Шунингдек, Қорақалпоғистон Республикасининг Нукус шаҳрида жойлашган 15-умумтаълим мактабида ҳам 79 млн сўмлик қурилиш-таъмирлаш ишлари амалга оширилди.

Яшнобод туманидаги 103-махсус мактаб-интернат ҳам доимий оталиққа олинган. Мактаб-интернат тарбияланувчилари учун турли байрамларда тадбирлар ташкил этилиб келинмоқда. Жумладан ўтган йили янги йил байрами муносабати билан мактаб тарбияланувчилари учун 40 млн сўмлик совғалар тақдим этилди.

Бу каби эзгу ишлар жамият томонидан мунтазам равишда амалга ошириб борилади.
#Maktablarga_yordam

Жиззах шаҳрида ҳомийлик ёрдами асосида 640 ўринли янги мактаб биноси фойдаланишга топширилди

Жиззах шаҳридаги 18-мактаб 1910 йилда ташкил этилган бўлиб, муассаса биноси охирги 50 йил оралиғида мукаммал таъмирга тушмаган.

Мактаб биносининг эскилиги, ўқувчи ўринларининг етишмаслиги, моддий-техника базасининг замон талабларига жавоб бермаслиги таълим сифатига ўз таъсирини кўрсатмасдан қолмаётганди.

Энди эса 18-мактаб ўқувчилари бундай ноқулай шароитда эмас, ҳомийлик асосида барпо этилган 640 ўринли замонавий мактаб биносида таълим-тарбия олишади.

Бугун, 17 апрель куни ушбу янги мактабнинг очилиш маросими бўлиб ўтди.

БАТАФСИЛ: telegra.ph/jiz-tashrif-04-17

Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Maktablarga_yordam_beraylik

НАМАНГАН ВИЛОЯТИ ЧОРТОҚ ТУМАНИДАГИ 53-ДАВЛАТ ИХТИСОСЛАШТИРИЛГАН УМУМТАЪЛИМ МАКТАБИ ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁР
#Maktablarga_yordam_beraylik

XORAZM VILOYАTI GURLAN TUMANIDAGI 7-SONLI UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABI YANGI O‘QUV YILIGA TAYYOR

Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 1983-yil qurilgan bo‘lib, 1176 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan.

Maktabga 2021-yilda Investitsiya dasturi asosida 5 mlrd 658 million so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgan bo‘lib, bugungi kunda maktabda ta’mirlash ishlari nihoyasiga yetkazildi.

Transport va logistika davlat unitar korxonasi Xorazm viloyati filiali tomonidan jihozlarni maktablarga yetkazish va o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

👉@Xorazm_XTB
Forwarded from BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
#Maktablarga_yordam_beraylik
❇️BUXORODA “MEN O‘QIGAN SINF XONASI” LOYIHASI ISH BOSHLADI

🔹Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan yangi- “Men o'qigan sinf xonasi” loyihasi ish boshladi.

🔹Mazkur loyiha doirasida sobiq bitiruvchilar o‘zlari o‘qigan maktabdagi jonajon sinf xonalarini to‘liq ta’mirlab, zamonaviy jihozlar bilan jihozlab berishyapti.

🔹Buxoro shahridagi 11-umumta’lim maktabi bitiruvchisi, Buxoro Davlat Universiteti professori Bahodir Ma’murov loyihaning ilk qahramonlaridan biridir.

🔹U tayyorlagan sinf xonasi o‘quvchi va o‘qituvchilarimiz uchun Mustaqilligimizning 30 yilligi va "Bilimlar kuni"ga munosib sovg‘a bo‘ldi.

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт |You tobe | Facebook |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Maktablarga_yordam_beraylik

Samarqandlik sobiq bitiruvchilar 4 mlrd so‘mlik homiylik yordami sifatida maktab uchun qo‘shimcha bino, sport va faollar zallari qurib berdi

Samarqand shahridagi 71-umumta’lim maktabida inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Sogda Zarafshon suv qurilishi” MChJ tomonidan 3367,3 mln. so‘m evaziga 330 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi qurilishi belgilandi.

Bu xayrli ishga shu maktabning sobiq bitiruvchilari bosh bo‘lishdi. Ularning ham qariyb 4 mlrd so‘mlik homiylik yordami sifatida jamg‘arilgan mablag‘lar hisobidan 71-maktab o‘quvchilari uchun yana 180 o‘rinli qo‘shimcha bino, sport va faollar zallari qurildi. 240 o‘rinli maktab 750 o‘rinli bo‘ldi.
Bunda sobiq bitiruvchilarning tashabbusi muhim ahamiyat kasb etdi.

Bugungi kunda 71-maktabda zamonaviy, sifatli ta’lim-tarbiya jarayonlari uchun barcha sharoitlar yaratildi (video).

@samarqandvxtb
Forwarded from BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
#Maktablarga_yordam_beraylik
❇️PESHKO‘ TUMANIDAGI 34-MAKTABNING ZAMONAVIY BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

🔹Peshko’ tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 1997- yilda 260 o‘ringa mo‘ljallab qurilgan. Maktabda Jogare, Jogarebolo, Niyozxo‘ja, Chuqurak va Rabot qishloqlaridagi maktab yoshidagi bolalar 2 smenada ta’lim olib kelishgan.

🔹Joriy yilda maktabning mavjud binosi mukammal ta’mirlandi. Shuningdek, qo‘shimcha 210 o‘rinli bino qurildi. “Quvur ta’mir” MChJ tomonidan amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlariga qariyb 3 milliard so‘m mablag‘ sarflandi.

🔹Yangi o‘quv yilidan maktabga qatnaydigan 400 dan ortiq o‘quvchi- yoshlar uchun barcha qulayliklar yaratildi.

🔹Bugun, 24 - avgust kuni ushbu maktab binosining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Telegram |Сайт |You tobe | Facebook |
#Maktablarga_yordam_beraylik

ANDIJON VILOYATI ANDIJON SHAHRIDAGI 30-UMUMTA'LIM MAKTABI YANGI O‘QUV YILIGA TAYYOR!!!
#Maktablarga_yordam_beraylik
#Tadbirkor_maktabga_madadkor

Қуйичирчиқда тадбиркор ҳомийлиги остида Республикадаги илк STEM фанларига ихтисослашган мактаб очилди

Бугун мактабларнинг шаклини ўзгартириш учун саховатли тадбиркорлар ҳам ўз ҳиссасини қўшмоқда. Мана шундай тадбиркорлардан бири Ғофур Раҳимов маблағлари эвазига 45-мактабнинг эски биноси ўрнида замонавий таълим маскани қад ростлади.

Мактабда ўқувчиларнинг замонавий таълим олиши учун барча имкониятлар мавжуд. 600 ўринга мўлжаллаб қурилган таълим муассасасида 634 нафар ўқувчига 43 нафар педагог таълим беради.

Мактаб энг замонавий жиҳозлар ва сўнгги ахборот технологиялари билан жиҳозланган. STEM фанларига ихтисослашган таянч мактабида математика, чет тили, ахборот технология ва кимё-биология фанлари чуқурлаштирган ҳолда ўқитилади.

БАТАФСИЛ: https://bit.ly/3kCknT7

Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram