UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
7.54K subscribers
14.7K photos
1.35K videos
243 files
7.3K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: http://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#sportda_dual_ta’lim

🏆Universitet kafedralari faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan yangi tizim jadal sur’atlarda davom ettirilmoqda!

Xabar berganimizdek, Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetidagi mavjud kafedralarining filiallari tashkil etilmoqda.

🥋Bugun, ushbu jarayon Taekvondo, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan davom ettirildi va markazda kafedra filiali o‘z faoliyatini boshladi.

📍Shuningdek, kafedra mas’ullari hamda markaz rahbariyati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda endilikda, sport sohasida yo‘lga qo‘yilgan mazkur tizim asosida taekvondo va qilichbozlik sport turi bo‘yicha mahoratli sportchilar, malakali murabbiy kadrlar tayyorlanishiga ishonch bildirildi.

🤝Uchrashuv so‘ngida esa tomonlar kelgusidagi istiqbolli rejalar haqida kelishib olishdi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#xotin_qizlar_faoliyati

🏆Universitet Xotin-qizlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi jamoaga tanishtirildi

📆Bugun Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida xotin-qizlar faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha ayol professor-oʻqituvchilar ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

✔️Yigʻilishni universitetning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Sherzod Mirzanov olib bordi va oliygoh Xotin-qizlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlangan Ismailova Dilnoza Tolipovnani jamoaga tanishtirdi.

Batafsil: https://jtsu.uz/uz/e/blog/3378-universitet-xotin-qizlar-bilan-ishlash-bo-limi-boshlig-i-jamoaga-tanishtirildi

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Shaxmat olimpiadasida sovrindorlari taqdirlandi!

Vengriya poytaxti Budapeshtda oʻtkazilgan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasi dunyo yoshlarining intellektual salohiyati qaysi mamlakatda qay darajadaligini koʻrsatish bilan birga Oʻzbekistonning “oltin avlodi” hamon jahon shaxmatida yetakchi oʻrinlarda borayotganini yana bir karra koʻrsatdi.

Bugun Toshkent xalqaro aeroportida 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasida munosib natijalarga erishgan shaxmatchilarimizni tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi.

Marosim davomida 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasida umum jamoada bronza medaliga ega chiqqan Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasining har bir shaxmatchisiga pul mukofotlari sertifikati hamda “Prezident sovgʻasi” sifatida “BYD Chazor” avtomobillari topshirildi.

Ular orasida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining sobiq talabasi boʻlgan mahoratli shaxmatchimiz Shamsiddin Vohidov ham borligi yanada quvonchli!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#jahon_chempionati

🏋️‍♂️Ogʻir atletika: Diyorbek Ermatov jahon chempioni!

Ispaniyaning Leon shahrida yoshlar oʻrtasida oʻtayotgan jahon chempionatining -89 kilogramm vazn toifasi “A” guruh bahslarida ishtirok etgan hamyurtimiz gʻoliblik shohsupasiga koʻtarildi.

Ushbu vazn toifasida vatanimiz sharafini himoya qilgan Diyorbek Ermatov dast koʻtarishda 162 kilo natija bilan 🥇oltin medalga sazovor boʻldi. Hamyurtimiz siltab koʻtarishda 186 kilogramm bilan 5-oʻrinni va ikkikurash sarhisobiga koʻra, 348 kilogramm koʻrsatkich bilan 4-oʻrin sohibiga aylandi.

📍Maʼlumot uchun, 25-sentabr kuni universitetimiz talabasi Nigora Suvonova -81 kilogramm vaznda ayollar oʻrtasida oʻtadigan bahslarda oʻz omadini sinovdan oʻtkazadi. Ushbu bahsda sportchimizga omad tilaymiz!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM