O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI
3.86K subscribers
7.98K photos
2.87K videos
9 files
6.52K links
Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi agentligi rasmiy kanali

+99871 2028484
www.karantin.uz

FB: https://www.facebook.com/uzdavkarantin.rasmiy/?ref=pages_you_manage

Instagram: https://www.instagram.com/uzdavkarantin/
Download Telegram
🗣Berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan Yangiyo‘l TIF da ochiq eshiklar kuni tashkil qilindi. Yangiyo‘l tumanidagi kasb-hunar maktabi o‘quvchilari qatnashgan tadbirda dastlab TIF faoliyati to‘g‘risida umumiy ma’lumot berildi.

🔬 Shundan so‘ng ishtirokchilar sayyor ko‘chma laboratoriyaning faoliyati bilan tanishdi, zamonaviy jihozlarda o‘simliklardagi kasallik va zararkunandalarni aniqlash jarayonlari ko‘rsatib berildi.

🔘 Ma’lumki, sig‘imli omborxonalarga mahsulot joylashtirishdan avval Fumigatsiya qilinadi. Mazkur jarayon ham yoshlarda katta ta’surot qoldirdi. Bu ishda shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish ko‘rsatildi, Zararsizlantirishni sifatli bajarishda ahamiyat qaratiladigan jihatlar xususida so‘z bordi.

🦮 Keyingi manzilda detektor xizmat itlarning vazifasi ochib berildi. Unda yengil va yuk avtomashinalar ko‘rikdan o‘tazildi, kinolog itlarning yashirilgan karantin osti mahsulotlarini qanday topishi amalda ko‘ratildi.

🔎 Eksportga yo‘naltirilayotgan mahsulotlarni qay tartibda nazoratdan o‘tkazilishi va yukni rasmiylashtirish jarayonlari ham amalda ko‘rsatildi.

🎁 Tadbir yakunida faol yoshlarga boshqarmaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 — Daraxtlarga nega tutqich belbog' bog'lanadi 👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️ Trend bo‘lgan mahsulotning noqonuniy importi to‘xtatib qolindi.

🍇 Toshkent viloyati “Yallama” chegara o‘tkazish punktida faoliyat olib borayotgan Toshkent viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi hududiy boshqarmasi davlat inspektorlari va “Yallama” chegara o‘tkazish punktining bojxona organi xodimlari hamkorligida kuchaytirilgan holda olib borilgan fitosanitariya va bojxona nazorati davomida Xitoy davlatidan fitosanitar xavfi yuqori bo‘lgan “Muskat” navli uzum mahsulotlarini respublika hududiga noqonuniy karantin ruxsatnomasiz va fitosanitariya sertifikatisiz kirilayotganligi aniqlandi.

🛡 O‘zbekiston Respublikasining “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi Qonuni 29-moddasiga ko‘ra, karantin ostidagi mahsulotni olib kirishga karantin ruxsatnomasi, eksport qiluvchi mamlakatning o‘simliklar karantini va ularni himoya qilish bo‘yicha davlat organlari tomonidan beriladigan fitosanitariya sertifikati yoki guvohnomasi asosida ruxsat etiladi.

⚠️ Biroq, Karantin agentligi tomonidan Xitoy davlatidan “Muskat” navli uzum mahsulotlarini respublika hududiga olib kirish uchun karantin ruxsatnomasi rasmiylashtirib berilmagan bo‘lsada, hozirgi kunda turli ijtimoiy tarmoqlarda Xitoy davlatidan olib kirilgan “Muskat” navli uzumlar bozorlarda sotilayotganligi haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.

🛃 Xitoydan import bo‘layotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Sirdaryo, Andijon viloyatlari O‘KChMlari orqali kirib kelib, Toshkent shahar TIF maskanlarida rasmiylashtiriladi. Shu sababli barcha O‘KChMlarda noqonuniy import mahsulotlar nazorati kuchaytirildi.

✍️ Shuningdek, ko‘p miqdorda sitrus mevalar olib kiradigan korxonalar ro‘yxati shakllantirilib, mahsulotlarning noqonuniy olib kirilishi nazoratga olindi.

🔖 P.S. Toshkent viloyati "Yallama" O‘KChM orqali noqonuniy olib kirilgan uzum bo‘yicha keyinchalik to‘liq ma’lumot taqdim etiladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#infographic #export

🧅 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda piyoz mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin ! 👆

📲 Qadoqlash korxonalari, biolaboratoriyalar, o'simliklar klinikalar ro'yxati va boshqa maʼlumotlarni "Agroko'makchi" mobil ilovasidan olishingiz mumkin. 👉 📱“App Store” va 📱“Play Market”

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
IUCNning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rasman o‘z ishini boshladi

🇸🇦 Ar-Riyod shahrida O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi ko‘magida bo‘lib o‘tayotgan COR16 konferensiyasi doirasida mezbon davlat shartnomasini imzolash va Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining (IUCN) Toshkent shahrida vakolatxonasini tashkil etish marosimi bo‘lib o‘tdi.

📝 Hujjatni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov va IUCN bosh direktori Gretel Agilar imzoladi.

💬 “IUCN bilan hamkorligimiz qo‘shma loyiha va tadbirlar orqali rivojlanib borayotganidan mamnunmiz. Toshkentda ofisning tashkil etilishi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratishiga ishonaman, — dedi O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔰O'simliklar karantini va himoyasi agentligida "Ochiq eshiklar" kuni tashkil etildi.

🗓 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Karantin agentligida Xalqaro qishloq xo'jaligi universiteti talabalari, mutaxassislar va OAV vakillari ishtirokida "Ochiq eshiklar" kuni tashkil etildi.

🖊 Dastlab yig'ilganlarga Agentlikning asosiy maqsad va vazifalari tushuntirib berildi. Shuningdek, tizimda korrupsion holatlarni oldini olish yo'nalishida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

📃 Hozirgi kunda Agentlikda korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan 15 ta ichki idoraviy hujjatlar va tartib-qoidalar qabul qilinib, xodimlar faoliyatini keltirib o‘tilgan hujjatlar talablari doirasida tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bunda o‘simliklar karantini va himoyasi sohasida davlat xizmatlari onlayn-platformalarga o‘tkazilib, ko‘rsatilayotgan xizmatlarni raqamlashtirish va “inson omili”ni kamaytirish orqali korrupsiyaviy holatlarning oldi olinmoqda.

💻 Misol uchun, import qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga import karantin ruxsatnomasi (IKR), eksport qilinuvchi mahsulotlarga esa fitosanitariya sertifikatlarini, laboratoriya xulosalarini rasmiylashtirish va berish jarayonlari to‘liq raqamlashtirilgan.

✔️ Shu maqsadda Agentlik mutaxassislari tomonidan “E-fito” elektron platformasi, “Agroko‘makchi” mobil ilovalari yaratilgan bo‘lib, bugungi kunda fitosanitariya sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish to‘liq ushbu tizimlar orqali amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yildi hamda murojaatchi va arizani ko‘rib chiquvchi ijrochi xodim o‘rtasidagi bevosita munosabat cheklandi.

👫 Agentlikda xodimlarni ishga qabul qilish jarayonlarini ochiq tanlov asosida olib borish tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, nomzodlar bilan suhbat jarayonlari ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayn ravishda efirga uzatib boriladi.

Agentlik tizimi xodimlari tomonidan ehtimoliy korrupsiyaviy holatlarning sodir etilishi yuzasidan xabar berish uchun alohida aloqa kanallari (ishonch telefoni, telegramm-bot, elektron pochta manzili) tashkil qilingan bo‘lib, ularning 24 soat ishlashi ta’minlangan.

🔬"Ochiq eshiklar" kuni davomida yoshlar Markaziy fitosanitariya laboratoriyasi, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish boshqarmasi hamda Markaziy eksport shtabi faoliyati bilan ham tanishdilar.

‼️ Har bir yo'nalish bo'yicha amalga oshirilayotgan jarayonlar yuzasidan to'liq ma'lumot berilib, mehmonlar ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eksport_dayjest

🇯🇵4-7- mart kunlari "FoodEx Japan 2025" ko'rgazmasi bo'lib o'tadi.
FoodEx Japan — Yaponiyada har yili o‘tkaziladigan oziq-ovqat sanoati bo‘yicha eng yirik va eng muhim ko‘rgazmalardan biri hisoblanadi.

Asosiy yo'nalishlar:

🍎 Oziq-ovqat mahsulotlari: tayyor ovqatlar, meva-sabzavotlar, konserva mahsulotlari, qandolat va pishiriqlar

🥤 Ichimliklar: spirtsiz va spirtli ichimliklar

🏗 Yangi texnologiyalar: oziq-ovqat sanoatida ishlab chiqarish

◽️ Qadoqlash va logistika

👫 Kimlar ishtirok etadi?
🔵Oziq-ovqat sanoati kompaniyalari
🔵Xalqaro brendlar
🔵Eksportchilar
🔵Yaponiya va xalqaro savdo vakillari

🗓 Ko'rgazma sanasi: 2025-yilning 4-7 mart kunlari

☎️ Murojaat, savol va takliflar uchun:
+99871 202 77 78 (ichki raqam: 1583)
Mas'ul xodim: Murodjonova Nargiza

🌐@simple0220

✔️ Markaziy eksport shtabi eksportyorlarimizni qo'llab-quvvatlashga tayyor!

🔰 karantin.uz 🌐Facebook 🌐Instagram ▶️ Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 "Yashil makon" umummilliy loyihasining amalga oshirilishida Agentlikning Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari faol ishtirok etmoqda

🔰 karantin.uz 🌐Facebook 🌐Instagram ▶️ Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda kashnich mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin ! 👆

📲 Biolaboratoriyalar, qadoqlash korxonalari va boshqa maʼlumotlar uchun 📱“App Store” va 📱“Play Market”

#infographic #export

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 — Meva-sabzavot eksporti: 2 mlrd dollarlik dovon zabt etildi, endigi maqsad 3,5 mlrd dollar 👇

Davlatimiz rahbari raisligida 28-noyabr kuni meva-sabzavot yetishtirish, qayta ishlash va eksportini ko‘paytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig'ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Karantin agentligi qanday choralarni amalga oshiradi?

"O'zbekiston 24" telekanalining "Tahlilnoma" dasturida Agentlik direktori Ibrohim Ergashev vazifalar ijrosiga qaratilgan dastlabki rejalar dasturi haqida gapirib berdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 — Новый рубеж в экспорте фруктов и овощей: в 2025 году запланирован экспорт на $3,5 млрд 👇

В передаче "Тахлилнома" телеканала "O'zbekiston 24" проанализированы меры по исполнению задач, обозначенных главой государства 28 ноября 2024 г. на видеоселекторном совещании, посвященном мерам по увеличению производства, переработки и экспорта плодоовощной продукции.

Директор Агентства Иброхим Эргашев рассказал, какие аспекты будут в фокусе внимания при выполнении поставленных задач.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM