O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI
3.6K subscribers
7.05K photos
2.66K videos
9 files
5.92K links
Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi agentligi rasmiy kanali

+99871 2028484
www.karantin.uz

FB: https://www.facebook.com/uzdavkarantin.rasmiy/?ref=pages_you_manage

Instagram: https://www.instagram.com/uzdavkarantin/
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Karantin_yangilik

🖥 "Navoiy" MTRK

0️⃣0️⃣0️⃣ O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi bosh mutaxassisi bilan suhbat

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Karantin_yangilik #Radio

📻 "Namangan radio"

🖥🖥🖥 O'simliklarni turli kasalliklardan himoya qilish borasidagi ishlar👆🏻

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Karantin_tavsiya

🍉 Poliz ekinlarini uyg'unlashgan himoya qilish dasturi

🔰 karantin.uz 📱 Facebook 📱 Instagram 📺 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali_tavsiya

🌱 Tomorqa yerlarida sabzavot ekinlarini yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar.

🔰 karantin.uz 📱 Facebook 📱 Instagram 📺 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Karantin_yangilik #Karantin_xalqaro_hamkorlik

🇺🇿 Davlatimiz rahbarining 20-21-fevral kunlari Misr Arab Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida qator sohalar singari o‘simliklar karantin va himoyasi yo‘nalishida ham kelishuvlar imzolandi.

🇺🇿 🇪🇬 Ta’kidlash lozim, O‘zbekiston Respublikasi va Misr Arab Respublikasi o‘rtasida o‘simliklar karantini va himoyasi sohasidagi hamkorlik O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha xalqaro Konvensiya doirasida amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz rahbarining Qohiraga tashrifi chog‘ida "O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bilan Misr Arab Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya vazirligi o‘rtasida o‘simliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida" Bitim imzolandi.

Mazkur hujjatga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi sohasida o‘zaro savdo hajmini oshirish, xalqaro tamoyillar va xalqaro standartlar qoidalari asosida ikki davlatning hududiga zararli organizmlarning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish orqali fitosanitariya xavfsizlikni ta’minlashda o‘zaro hamkorlikni yo‘lg‘a qo‘yishga kelishib olindi.

Shuningdek, tomonlar meva-sabzavotlar o‘zaro eksporti nomeklaturasini kengaytirish doirasida fitosanitar ruxsatlar olinishini tezlashtirishga kelishib oldilar. Bundan tashqari, ikki davlatdagi zararli organizmlardan xoli hududlar to‘g‘risida ma’lumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi. O‘simliklar karantini sohasidagi elektron axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish orqali eksport-import jarayonlari soddalashtiriladi.

🎁 Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistondan Misrga 18 turdagi meva-sabzavot mahsulotlari (shundan 4 turdagisi yangi (xo‘l) mahsulotlar: gilos, uzum, mosh, loviya; 14 turdagisi quritilgan mahsulotlar: o‘rik, mayiz, olxo‘ri, qovun, olcha, olma, nektarin, nok, achchiq qalampir, piyoz, sabzi, kartoshka, bulg‘or qalampiri, qovun) eksporti uchun fitosanitar ruxsatlar olingan.

Joriy yilning 16-fevral kuni Qohira shahrida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida O‘zbekistonda yetishtirilgan olmani Misrga eksport qilish uchun fitosanitar ruxsat olindi. Bugungi kunda yana 5 turdagi mahsulotni eksport qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Shu bilan birga, Misr tomoni anor bo‘yicha fitosanitar xavf tahlili jarayonlari yakunlanganligi va yaqin orada ushbu mahsulotga ham fitosanitar ruxsatni berilishi haqida ma’lum qildi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston tomoni Misr tomonidan ariza berilgan 3 turdagi mahsulot (uzum, anor va piyoz) uchun fitosanitar ruxsatlarni berish masalasini tezlashtirishi to‘g‘risida ma’lum qildi. Ayni vaqtda Agentlik mutaxassislari Misr tomonining arizasi asosida yuqoridagi mahsulotlar bo‘yicha fitosanitar xavf tahlili o‘rganilmoqda.

🔰 karantin.uz 📱 Facebook 📱 Instagram 📺 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ob_havo

🌧 Bugun kunduz kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qolgan hududlarda kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° iliq, shimolda 0-5° iliq bo’ladi.

🌧 Poytaxtimizda kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 16-18° iliq bo’ladi.

🌧 Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo’ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° iliq bo‘ladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati

Hayotiy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, muvaffaqiyatlarga qobiliyatlardan ko‘ra ko‘proq tirishqoqlik bilan erishiladi.
O‘z ishiga jonu-jahdini berib ishlagan albatta g‘olib bo‘ladi.

✍️ Tomas Fauell Bakston
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Karantin_yangilik

🖥 "Andijon" MTRK

🖥🖥🖥  "Dolzarb o‘n besh kunlik" tadbirlari

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatida Qarshi tumani Yangi Batosh mahallasidagi yangi maktab va kasanachilik markazi faoliyati bilan tanishdi.

#Mirziyoyev #safar #Qashqadaryo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Karantin_yangilik #taqiq

❗️❗️❗️ Turkiya davlatining 2 ta koʻchatxonasidan ekish materiallarini import qilishga vaqtinchalik taqiq oʻrnatildi

❗️ Turkiya davlatining Adanalioglu hududida joylashgan “Ali Erdogan” koʻchatxonalaridan joriy yilning fevral oyida “Samantha, Boreal” navli shaftoli koʻchatlari olib kelingan. Import mahsulotidan tegishli tartibda namunalar olinib, Markaziy fitosanitariya laboratoriyasida tekshirilganda ularda Danak mevali daraxtlarning nekrotik dogʻlanish kasalligini keltirib chiqaruvchi virus (Prunus necrotic ringspot virus (PNRSV) borligi aniqlandi.

📌 Maʼlumot uchun, ushbu kasallik belgilari bahorda gullaydigan barglarda nekrotik dogʻlar shaklida namoyon boʻladi. Nekroz barglar bilan birga shoxlarni ham qoplaydi. Zararlangan oʻsimlik 2-3 yil ichida nobud boʻladi.

📍 Shuningdek, mamlakatning “Anser Peyzaj Mimarlik Insaat Turizm Seracilik Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi” koʻchatxonasida yetishtirilgan manzarali olma koʻchatlari ham import qilingan. Mazkur ekish materiallari ham tegishli tartibga asosan tekshirildi. Markaziy fitosanitariya laboratoriyasi ekspertizasi xulosasiga koʻra, koʻchatlar “Mevali daraxtlarning bakterial kuyish kasalligi” (Erwinia amylovora (Burrill) Winslow, Broadhurst, Buchanan, Krumwiyede, Rogers & Smith) bilan zararlanganiligi aniqlandi.
Mazkur infeksiya ham yuqori zararli boʻlib, bogʻ asboblari orqali, uzoq masofalarga esa ekish va payvandlash materiallari orqali tarqaladi. Patogen bilan zararlangan gullar quriydi va qorayib qoladi, natijada daraxt kuygandek koʻrinishga keladi. Infeksiyaning tarqalishi bogʻlarning maydoni qisqarishiga sabab boʻladi.

💬 Holatlar yuzasidan Ekspertiza hulosasiga asosan Turkiya davlatining oʻsimliklar karantini boʻyicha vakolatli organiga notifikatsiyalar yuborildi.

Taqiq sabablari bartaraf etilgunga qadar Turkiya davlatining “Ali Erdogan” va “Anser Peyzaj Mimarlik Insaat Turizm Seracilik Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi” koʻchatxonalaridan Oʻzbekiston Respublikasiga ekish materiallarini olib kirish, karantin ruxsatnomasini berish ishlari toʻxtatildi.

⚡️Yuz bergan holatlarni inobatga olgan holda xorijiy davlatlardan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi rejalashtirilayotgan ekish materiallariga nisbatan qatʼiy nazorat oʻrnatildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Karantin_yangilik #Radio

📻 "Samarqand radio"

🖥🖥🖥 O'simliklarni turli kasalliklardan himoya qilish borasidagi ishlar👆🏻

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Karantin_yangilik

🖥🖥🖥 Dehqonchilikda tajribaning o‘zi kamlik qiladi

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Karantin_yangilik

🖥🖥🖥 MTRK

🖥🖥🖥 O‘simliklar kasalliklari diagnostikasi borasida tajriba almishish

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM