O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI
3.63K subscribers
7.1K photos
2.68K videos
9 files
5.97K links
Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi agentligi rasmiy kanali

+99871 2028484
www.karantin.uz

FB: https://www.facebook.com/uzdavkarantin.rasmiy/?ref=pages_you_manage

Instagram: https://www.instagram.com/uzdavkarantin/
Download Telegram
📩 Bugun vazirlik, idora va tashkilotlarga murojaat qilish yoki biror muammo haqida xabar berish uchun uning joylashgan manziliga borish, qabulga yozilish shart emas! Buning uchun vazirlik va idoralarda ishonch telefonlari va aloqa botlari tashkil qilingan.

☑️ Rasmiy xabarlar kanali tomonidan obunachilarning murojaatlaridan kelib chiqib, barcha vazirlik va idoralarning mavjud ishonch telefoni va aloqa botlari haqidagi ma’lumotlar to‘plandi.

‼️ Quyidagi havola orqali ro‘yxat bilan tanishib, murojaatingizni yo‘llashingiz mumkin!

https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/22139
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TV #Yangilik

🖥 "Qaraqalpaqstan" MTRK

Shira zararkunandasiga qarshi kurash tadbirlari👆🏻

Kanalga ulanish: @uzdavkarantinuz

🌐 karantin.uz |Facebook|Instagram|YouTube
Audio
#Yangilik #Radio

📻 "Qashqadaryo radio"

Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati mutaxassisi bilan suhbat 👆🏻

Kanalga ulanish: @uzdavkarantinuz

🌐 karantin.uz |Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TV #Yangilik

🖥 "Yoshlar" MTRK

"Tengsiz kapalak" Bo‘stonliqdagi daraxtlarga jiddiy zarar yetkazmoqda👆🏻

Kanalga ulanish: @uzdavkarantinuz

🌐 karantin.uz |Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TV #Yangilik

🖥 "Farg'ona" MTRK

Agromarkazlar faoliyati qishloq xo'jaligi sohasida tomorqa yer egalari va fermer xo'jaliklarga ko'rsatiladigan agroxizmatlar sifatini oshiradi.👆🏻

Kanalga ulanish: @uzdavkarantinuz

🌐 karantin.uz |Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TV #Yangilik

🖥 "O'zbekiston 24" MTRK

Ko‘chat parvarishi: sug‘orish tizimi, kimyoviy va agrotexnik tadbirlar👆🏻

Kanalga ulanish: @uzdavkarantinuz

🌐 karantin.uz |Facebook|Instagram|YouTube
#Yangilik

Samarqand viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi: maosh ushlab qolinayotgani masalasi o‘rganildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi xodimi nomidan “Maoshimiz ruxsatsiz ushlab qolinyapti” sarlavhasi bilan xabar tarqalgan. 👉🏻 Batafsil

Kanalga ulanish: @uzdavkarantinuz

🌐 karantin.uz|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TV #Yangilik

🖥 "O'zbekiston 24" MTRK

“Yashil makon”: Har bir ko‘chat parvarishi e’tiborda👆🏻

Kanalga ulanish: @uzdavkarantinuz

🌐 karantin.uz |Facebook|Instagram|YouTube
Audio
#Yangilik #Radio

📻 "Farg'ona radio"

Farg'ona viloyati O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi fitosanitariya laboratoriyasi faoliyatida hamkorlikdagi ishlar.👆🏻

Kanalga ulanish: @uzdavkarantinuz

🌐 karantin.uz |Facebook|Instagram|YouTube
#PRquarantine #Infographic

Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda gilos mevasini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆

Kanalga ulanish
: @uzdavkarantinuz

🌐 karantin.uz |Facebook|Instagram|YouTube
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida standartlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan yig‘ilish boshlanadi.
Shuningdek, bugun davlatimiz rahbari Amerika Qo‘shma Shtatlari Qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Maykl Erik Kurillani qabul qiladi.

Скоро при Президенте Шавкате Мирзиёеве начнется совещание по повышению эффективности проводимой работы в сфере стандартизации.
Также, сегодня глава государства примет командующего Центрального командования Вооруженных сил Соединенных Штатов Америки Майкла Эрика Куриллу.

Facebook|Instagram|Twitter
Prezident huzurida standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohalariga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.

“Taraqqiyot strategiyamizda eksport hajmini 30 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha katta marrani belgilab olganmiz. Bunga hamma zaminni yaratib berdik.

O‘tgan yili GSP+ tizimi doirasida 6 ming 200 turdagi mahsulotlarni Yevropaga bojsiz eksport qilish imkoniyati yaratildi.

Lekin, o‘tgan bir yil ichida Yevropa mamlakatlariga eksport qilinadigan mahsulot turlari 79 taga (jami 643 ta), tadbirkorlar soni 102 taga (jami 579 ta) ko‘paydi”, dedi davlat rahbari yig‘ilish avvalida.

O‘sish sur’ati juda past ekani qayd etilib, to‘sqinlik qilayotgan asosiy omillar sanab o‘tildi. Bular, jumladan:

- standart, sertifikatsiya va laboratoriya masalalariga javob beradigan davlat idoralari eksportni ko‘paytirishni o‘zi uchun ustuvor vazifa, deb qaramayapti;

- standart, karantin, veterinariya idoralari hamda gigiyenik laboratoriyalar yagona siyosat yuritmasdan, tadbirkorga ko‘makchi bo‘lmayapti;

- hududlarda 150 ta zamonaviy laboratoriya tashkil etishga ehtiyoj mavjud.

Yig‘ilishda quritilgan mevani eksport qilish uchun 27 xil turdagi tahlil qilinadigan laboratoriya talab etilishi, lekin birorta ham bunday laboratoriya yo‘qligi, to‘qimachilik mahsulotlarini Yevropa bozoriga olib kirish uchun zarur bo‘lgan 61 ta laboratoriya tahlilining 16 tasi bizda yo‘lga qo‘yilmagani tanqid qilindi.

Eng muhimi, tadbirkor bu muammolardan mahsulotini Yevropaga olib borgandan keyin xabar topayapti. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tadbirkorlar bilan ishlash, o‘qitish, muloqotni yo‘lga qo‘ymagani ko‘rsatib o‘tildi.

Shu munosabat bilan ushbu idoralar rahbarlari oldiga 20 mingta ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar bilan ishlab, yil yakuniga qadar Yevropaga eksport qiluvchi korxonalar sonini 2 mingtaga ko‘paytirish vazifasi qo‘yildi.

Ularga bir oy muddatda qaysi standartni joriy qilish, qaysi laboratoriyani yangilash bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/1871
Viloyat hokimlariga ham o‘z hududida eksportchilar sonini oshirish va yangi laboratoriyalar ochish bo‘yicha dastur qabul qilish topshirildi.

Investitsiya vazirligiga:

- xalqaro sertifikatsiya talablarining ichiga kirib, qaysi laboratoriyani modernizatsiyalash va qaysi standartni o‘zgartirish kabi masalalarni hal qilish;

- yil yakunigacha tekstil, elektrotexnika, agro va oziq-ovqat sanoati bo‘yicha 27 ta xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etib, kamida 100 tadan eksportchilarni Yevropa bozoriga olib chiqish topshirildi.

Texnik tartibga solish agentligi yil yakuniga qadar xalqaro standartlar joriy qilingan korxonalar sonini 3 baravar oshirib, 1 ming 200 taga yetkazishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Ushbu korxonalarda Yevropaning 1,5 mingta standartlari joriy etiladi. Bu orqali, har bir korxona xalqaro laboratoriya xulosalari uchun 1 milliard so‘m iqtisod qilib, eksportga ketadigan vaqti 3 haftagacha qisqaradi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga:

- Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyat hokimlari bilan birga meva-sabzavot yetishtirilayotgan 200 ming gektar maydonni xalqaro talablarga moslashtirish;

- yil yakunigacha 249 ta meva-sabzavot klasterlari bilan ishlab, xalqaro bozorlarga eksport qiladigan korxonalar sonini 400 tagacha oshirish topshirildi.

Yil yakunigacha 13 ta hududiy agrokimyo laboratoriyani jihozlashga 10 million dollar yo‘naltiriladi.

Veterinariya qo‘mitasiga
viloyat hokimlari bilan birga yil yakuniga qadar chorvachilik mahsulotlarini eksport qiluvchilar sonini 1,5 baravarga oshirib, 700 taga yetkazish topshirildi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmatiga viloyat markazlaridagi 14 ta laboratoriyani xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish vazifasi qo‘yildi.

Bojxona qo‘mitasiga 1-oktabrgacha eksport, import va tranzit bo‘yicha barcha sertifikat va ruxsatnomalarni “Yagona darcha” orqali yuritishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz
#Yangilik

Standartlashtirish sohasidagi ishlar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-iyun kuni standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohasidagi samaradorlikni oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. 👉🏻 Batafsil

Kanalga ulanish: @uzdavkarantinuz

🌐 karantin.uz|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TV #Yangilik

🖥 "O'zbekiston 24" MTRK

Standartlashtirish sohasidagi ishlar ko‘rib chiqildi👆🏻

Kanalga ulanish: @uzdavkarantinuz

🌐 karantin.uz |Facebook|Instagram|YouTube