O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI
3.6K subscribers
7.05K photos
2.66K videos
9 files
5.93K links
Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi agentligi rasmiy kanali

+99871 2028484
www.karantin.uz

FB: https://www.facebook.com/uzdavkarantin.rasmiy/?ref=pages_you_manage

Instagram: https://www.instagram.com/uzdavkarantin/
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik rivojida navbatdagi muhim qadam bo‘ldi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🍒 Parkentda gilos pishdi

Tabiat injiqliklariga qaramay bugun Parkent tumanidagi "Sanganak" qishlog‘ida gilos g‘arq pishgan.

🌲 Tajribali fermer Shuhrat Mirahmedovning "Shoxruh Gulobod" fermer xo‘jaligida giloslar parvarishlanmoqda.

📊 Tahlillarga ko‘ra, o‘tgan yili Toshkent viloyatidan xorijga 5195,5  ming AQSH dollarlik gilos, olcha eksporti amalga oshirilgan. Joriy yilning 4 oyi mobaynida esa bu mavsum hali ochilmadi. Xo‘sh, dehqonlar uchun qachon eksport darvozalari ochiladi?

🟢 Bugun bozorlarda gilosning narxi bir kilogramm uchun 20-30 ming so‘mgacha bo‘lmoqda. To‘g‘ri, bahorning seryog‘in kelishi mevali daraxtlarga ko‘p ziyon yetkazdi. Ammo yer bilan tillasha oladigan, dehqonchilikning hadisini olgan dehqonlarimiz mehnatiga qoyil qolmay ilojimiz yo‘q.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟢 Abdulrahmon Muhitdinov — Raqamli loyihalarni joriy etish va takomillashtirish bo‘limi boshlig‘i

#iyul_yoshlar_oyligi   #karantin_yoshlari   #bizning_faxrimiz

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Inspektordan_tavsiya — Qovun qurtiga qarshi qanday kurashish mumkin?

🍈 Qovunlar ichidan chiqadigan qurt – ilmiy tilda aytganda, qovun pashshasi bizning sharoitda mavsum davomida uch va undan ham ko'p avlod qoldiradi. Hasharot qish mavsumida 5-15 santimеtr tuproq ostida soxta g'umbak holida qishlaydi. May-iyuni oylarida, ya'ni qovun palaklarining gullashi va mеva tugishi davrida u uchib chiqadi.

✍️ Birinchi avlodning uchish muddati bir oy atrofida bo'ladi. Pashsha qovun yoki tarvuzning yosh nihollari shirasi bilan oziqlanadi. Har bir yеtilgan nasl zararkunandalari 23-30 kundan so'ng yana nasl paydo qiladi. Bitta pashsha qovun po'sti ostiga bir dona, hammasi bo'lib 120 donagacha tuxum qo'yadi. 3-4 kundan so'ng tuxumdan qurt chiqib qovun (tarvuz)ning yumshoq qatlamiga ilonizi yo'l qoldirgan holda kirib boradi va oziqlanadi.

🪱Qurt oq-sarg'ish rangda bo'lib, uzunligi 5-12 millimеtr bo'ladi. U qovun ichida 10 kun atrofida yashagandan so'ng bu yеrni tark etadi va 15 santimеtr chuqurlikda, tuproq ichida g'umbakka aylanadi. Oqibatda, qovunlar pishmasdan dalada chirib, aynib kеtadi.

🪰 Bu hasharotga qarshi kurashda avvalo, agrotеxnik tadbirlar sifatli o'tkazilishi shart. Fеromon tutqichlar yordamida hasharotlar borligini aniqlab olgandan so'ng ruxsat etilgan insеktisidlar yordamida ishlov bеriladi. Kurash chorasi sifatida ta'sir etuvchi vosita Lyambda-sigalotrin 100g/l bo'lgan KORATEK PLYUS 10 % (1,2-1,5 l/ga) prеparati nafaqat qovun pashshasi balki polizlardagi boshqa hasharot zararkunadalarga qarshi ham samarali ta'sir ko'rsatadi. Hosilni yig'ishtirib olishdan kamida 20 kun avval kimyoviy ishlov bеrish to'xtatiladi.

Samarqand viloyat O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi, Qo'shrobot tuman bo'limi inspektori — Azimjon Abdisaidov

#karantin_tavsiya #qovun_pashshasi

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥Qashqadaryoda tarvuz eksporti👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✔️ Eksportga ko'mak: 100 tonna piyoz mahsulotining eksporti ta’minlandi

🖥 Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Denov tumanining «Guliston» MFYda istiqomat qiladigan Ravshan Muqimovning murojaati tarqaldi. Unda fuqaro yetishtirgan piyozni sota olmagani va rasmiylardan yordam so'rab murojaat qilgan.

🔰 Ravshan Muqimovning murojaati asosida Agentlik xodimlari tomonidan mahsulotni eksport qilishga ko'maklashildi. Sotilmasdan qolgan 100 tonna sabzavotning fitosanitar xavfsizligi tekshiruvdan o'tkazilib, eksportga yo'naltirildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Eksportga yo‘naltirilayotgan meva-sabzavotlar sifatiga e'tibor qaratilmoqda.

🔰 Joriy yilning 9-iyun kuni O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Bobir Xamrayev boshchiligidagi ishchi guruhi Toshloq tumanidagi meva eksport markazidagi jarayonlar bilan tanishdi.

🍎 Mamlakatimizda 2024-yilning yanvar-aprel oylarida xorijga qiymati 298,5 mln dollarga teng bo‘lgan 514,8 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilindi. 

🤝 Eksportyorlar Agentlik tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda. Fitosanitar toza qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jahon bozoriga yetkazish borasida tadbirkor, bog‘bon, brokerlar bilan hamkorlikda ish olib borilib, sifat birinchi o‘ringa qo‘yilgan. Ya'ni sifatli mahsulotlarning eksportini amalga oshirishda "Jamoatchilik kengashi"  faoliyat ko‘rsatmoqda.

📍 Toshloq tumanidagi yirik meva eksporti markazida hozirda gilosdan so‘ng asosan o‘rik mahsulotlari qabul qilinib, markazga biriktirilgan fitosanitar inspektorlar tomonidan mahsulotlar sifat nazoratidan o‘tkazib kelinmoqda. O‘riklar shu yerning o‘zidan Rossiya Federatsiyasining turli nuqtalariga eksport qilinmoqda.

💬 O‘rganish davomida ishchi guruhi vakillari o‘riklarni jahon bozori qo‘yayotgan talablar asosida qadoqlash zarurligini ta'kidlab, o‘z tavsiyalarini berdilar. Bog‘bon va tadbirkorlar bilan suhbatda ularni qiynayotgan muammolar davlat tomonidan hal etilishini bildirdilar.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🦗 Gazlida nima gap: hududni chigirtka bosgani rostmi?

🖥 Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatining ayrim hududlarini zararli chigirtka bosgani haqidagi videoroliklar avj oldi. Vaziyatdan O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi xabardor va kechaning o‘zida Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati mutaxassislari Buxoro viloyati Romitan tumanining Gazli massivida kimyoviy kurash tadbirlarini olib borib, zararli hasharot tarqalishi xavfi bartaraf etilgan.

💬 Holat yuzasidan Buxoro va Navoiy viloyatlarida zararli chigirtka bosishi xavfi bo‘lgan hududlardan kun davomida batafsil ma’lumot berib boriladi.

#chigirtka #chigirtkaga_qarshi_kurash

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️

Hududlarda zararli chigirtka bosqini bilan bog'liq hodisa yuz berganda Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmatlarining hududiy bo'limlari rahbarlari va agronomlariga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilishingiz mumkin!

Bundan tashqari Agentlikning 1288 va 712022888 raqamalariga ham murojaatlar qabul qilinadi.

#dolzarb #chigirtkaga_qarshi_kurash

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⛅️ Joriy yilda kuzatilgan salqin ob-havo tufayli zararli chigirtka odatiy mavsumdan kech uygʻondi qarshi kurash tadbirlari ham zararkunandalar tuxumidan yorib chiqishiga qarab olib borilmoqda. Shu kunlarda kimyoviy ishlov tadbirlari barcha hududlarda uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Buxoro hamda Xorazm viloyatlarida ham jaaryon qizgʻin davom etmoqda.

📍 Mazkur hududlarida zararli chigirtka bosqiniga doir hodisa yuz bergan taqdirda mutasaddilar raqamlarini eslatib oʻtamiz.

🦗 Roʻyxatda Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmatlarining hududiy boʻlim rahbarlari va agronomlari raqamlari keltirilgan. Mutaxassislarimizga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilishingiz mumkin!

🔰 Bundan tashqari Agentlikning 1288 va 712022888 raqamalariga ham murojaatlar qabul qilinadi.

#dolzarb   #chigirtkaga_qarshi_kurash
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍏🍎 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda olma mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆

📲Biolaboratoriyalar, qadoqlash korxonalari va boshqa maʼlumotlar uchun 📱“App Store” va 📱“Play Market” 👈

#Infographic #export #olma

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

📢 Buxoro viloyatining Gazli massivida yuz bergan chigirtka bosqini yuzasidan RASMIY MUNOSABAT

#dolzarb #chigirtkaga_qarshi_kurash

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Birozdan soʻng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda energetika sohasi obyektlari kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini taʼminlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#voqea_joyidan

🦗 Buxoro viloyatining Romitan tumani Gazli hududida kecha tunda kimyoviy kurash tadbirlari olib borilgan.
Bugungi vaziyat tasvirda 👆

🗺 Gazli massividan O’simliklar karantini va himoyasi agentligi Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash bo’limi rahbari Bahodir Xudoyqulov xabar bermoqda.

#dolzarb #chigirtka
#chigirtkaga_qarshi_kurash

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍐 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda nok mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆

📲 Qadoqlash korxonalari, biolaboratoriyalar, o'simliklar klinikalar ro'yxati va boshqa maʼlumotlarni "Agroko'makchi" mobil ilovasidan olishingiz mumkin. 👉 📱“App Store” va 📱“Play Market”

#Infographic #export #nok

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🦗 Hududlardan xabarlar: chigirtkaga qarshi kurash tadbirlari davom etmoqda

Chigirtkaga qarshi kurash tadbirlarini zararli chigirtka 3-4 yoshida bo‘lganida o‘tkazish maqsadga muvofiq. Bu zararkunanda qanot chiqargunigacha bulgan faza. Sababi chigirtka qanot chiqarganidan so‘ng bir kunda kamida 50-60 kilometr masofani bosib o‘tishi va yo‘lida uchragan barcha yashillikni yeb bitirishi mumkin.

📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyatlari hududlarida tungi kimyoviy ishlov berish tadbirlari tongga qadar olib borilib, bugungi kunda saksovul bukur chigirtkasi bartaraf etilmoqda.

🔴 Muhim eslatma: saksovul bukur chigirtkasi qishloq xo‘jaligi ekinlari, yaylovlarga xavf tug‘dirmaydi!

🦗Bu turdagi to‘da hosil qiluvchi chigirtkalar saksovul bilan oziqlanadi. Hasharot saksovulzorlarga zarar yetkazmasligini ta’minlash maqsadida kimyoviy tadbirlar monitoring asosida olib borilmoqda.

⚡️ Alohida e’tibor transchegaraviy hududlarga qaratilib, qo‘shni davlatlardan zararli hasharot kirib kelishi va tarqalishini oldini olish maqsadida ma’lumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan.

🔰O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati xodimlari tomonidan chegaradosh viloyatlarda tun-u kun nazorat tadbirlari olib borilyapti.

#chigirtka #chigirtkaga_qarshi_kurash

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi qarori