🇺🇿 🇷🇺 Rossiyalik xaridorlar uchun premium segmentda mahsulotlar yetkazib berilishi masalasi muhokama etildi.
🔰 O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev Х5, "Пятерочка", "Магнит", "Перекрёсток" kabi 40 ga yaqin tarmoqlar va mazkur tarmoqlarga mahsulotlarni qadoqlash bilan shug'ullanadigan
"Artfood" qadoqlash korxonasi mutasaddilari ta'sischilari bilan uchrashdi.
✍️ Ma’lumot uchun, “Artfood” korxonasi Rossiya bozoriga ekzotik mevalar olib kiradigan eng yirik korxona bo‘lib, bu yo‘nalishda 25 foizlik ulushga ega. Bundan tashqari, Moskva viloyatida o‘z bog‘larida 4 yildan buyon rezavorlar ham yetishtiradi. Bundan Rossiyada yetishtirilmaydigan unikal navlar tanlangan bo‘lib, bunday navlar tijorat navlar hisoblanadi hamda transport va logistika jarayonlariga, harorat o‘zgarishiga chidamli. Asosiy segmenti “premium” darajasidagi mahsulotlar bo‘lib, chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi bir qancha tarmoqlar uchun mevalarni saralab, qadoqlab berishga ixtisoslashgan.
👫 Bundan tashqari, korxona 5 yildan buyon agrotexnologiyalardan tortib marketing masalalarini qamrab oladigan yo‘nalishlarda mutaxassislarni tayyorlab kelmoqda. Mazkur yo‘nalishda hamkorlar uchun sayyor amaliy seminarlar ham tashkil etilib, qisqa o'quv kurslari yo‘lga qo‘yilgan.
🤝 O‘zbekistonlik eksportyorlar "
Artfood" uchun salohiyati yuqori hamkor bo‘lib, mamlakatimizdan xurmo, uzum, anor, gilos, anjir, nektarin import qilishga qiziqishi borligini bildirdi. Shuningdek, eksportyorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlash tarafdori ekanligini ta’kidlab, mamlakatimiz tadbirkorlari uchun qulay shartlarda hamkorlik olib borishga tayyorligini ma’lum qildi.
➡️ Tashrif davomida Agentlik rahbari "
Artfood"korxonasining saralash, qadoqlash sexlari bilan tanishdi, o‘rnatilgan uskunalar, ishlash tartibi, asosiy talablar va jarayonlar haqida ma’lumotga ega bo‘ldi.
❤️ Talablarga asosan O‘zbekiston uchun qo‘llanma tayyorlanib, metodik ma’lumotlarni yuborish, samarali dialog olib borish uchun elektron hujjat almashinuvini yo‘lga qo‘yish va ishchi guruh faoliyatini tashkil etishga kelishildi.
🍎🍏 "
Artfood" hududida xom meva va rezavorlarni pishishi uchun mahsus kameralar mavjud bo‘lib, ma’lum muddat mahsulotlar mazkur kameralarda saqlanadi. Biroq o‘tgan yillarda ba’zi turdagi mahsulotlar muddatidan oldin uzilganligi sababli kameralarda ham saqlash uchun yaroqsiz ko‘rinishda olib kelinganligi aytib o‘tildi va bunday holatlarni bartaraf etishda karantin xizmati ko‘maklashishi so‘raldi.
🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter