Savdo-sanoat palatasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi
1.28K subscribers
5.41K photos
683 videos
57 files
2.53K links
Savdo-sanoat palatasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi rasmiy Telegram kanali
https://www.facebook.com/uzchamber.sd/
https://instagram.com/uzchamber_sd/
Download Telegram
Bugun Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari boshchiligida tadbirkorlar hamda tuman hokimlaridan iborat vohamiz delegatsiyasi Qozon shahrida o‘tkaziladigan “Rossiya – Islom dunyoci 2024: Kazanforum” 15-xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etish uchun Tataristonga yetib borishdi.

Tashrifning birinchi kunida delegatsiya a’zolari xalqaro savdo yarmarkalari, Kazan Halal Market ochilishi tadbirlarida ishtirok etishdi. Tadbir doirasida viloyat hokimining o‘rinbosari Sherali Jo‘rayev Tatariston Respublikasi sanoat va savdo vaziri Oleg Korobchenko bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralarda o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, tashriflar davomida erishilgan loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, delegatsiyamiz Qozon shahrida ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishib, tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazishdi.

Tatariston Respublikasiga tashrif davom etmoqda.

#Surxondaryo #Tatariston #Forum

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X