Savdo-sanoat palatasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi
2.8K subscribers
5K photos
613 videos
50 files
2.27K links
Savdo-sanoat palatasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi rasmiy Telegram kanali
https://www.facebook.com/uzchamber.sd/
https://instagram.com/uzchamber_sd/
Download Telegram
Bugun Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari boshchiligida tadbirkorlar hamda tuman hokimlaridan iborat vohamiz delegatsiyasi Qozon shahrida o‘tkaziladigan “Rossiya – Islom dunyoci 2024: Kazanforum” 15-xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etish uchun Tataristonga yetib borishdi.

Tashrifning birinchi kunida delegatsiya a’zolari xalqaro savdo yarmarkalari, Kazan Halal Market ochilishi tadbirlarida ishtirok etishdi. Tadbir doirasida viloyat hokimining o‘rinbosari Sherali Jo‘rayev Tatariston Respublikasi sanoat va savdo vaziri Oleg Korobchenko bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralarda o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, tashriflar davomida erishilgan loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, delegatsiyamiz Qozon shahrida ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishib, tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazishdi.

Tatariston Respublikasiga tashrif davom etmoqda.

#Surxondaryo #Tatariston #Forum

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Tadbirkorga Savdo-sanoat palatasi madadkor!

Tadbirkorlikni boshlamoqchisiz, lekin qanday hujjatlar talab qilinishini bilmayapsizmi?

Tadbirkorlikni ochdingiz, hujjatlarni rasmiylashtirishda muammolar va vaqt yetishmovchiligi bormi?

Tadbirkorlik bilan shug‘ullanyapsiz, lekin soliq organi sizga qo‘ng‘iroq qilib hisobotlar topshirishingizni so‘rashyaptimi?

O‘tgan oy qancha soliq to‘laganingizdan xabaringiz yo‘qmi?

Biznes reja tuzishda sizga yordam kerakmi?

Bu kabi xizmatlarda sizga Savdo-sanoat palatasi mutaxassislari yordam beradi.
 
Eslatib o‘tamiz viloyatimizning barcha tumanlar DXM markazlarida palata xodimlari faoliyat olib bormoqda. Murojaat qiling va Palata ko'magidan bahramand bo'ling.

Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi Axborot xizmati

t.me/uzchamber_sd/ facebook.com/uzchamber.sd/ sd.chamber.uz
“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi

Qaror bilan “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida quyidagilarga ruxsat berildi:

markaz hududida faoliyat yurituvchi subyektlarda Afg‘oniston va chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni tasdiqnoma olmasdan mehnat shartnomasi asosida ishlashiga;

ulgurji va chakana savdo uchun to‘lov sifatida AQSh dollari, yevro, Rossiya rubli va yuan valyutalarini qabul qilishga;

Afg‘oniston va Pokiston fuqarolariga savdo do‘konlari, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan bino va inshootlarni ijaraga olish, istisno tariqasida mulk huquqi bilan sotib olishga.

Shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning kirish vizasini rasmiylashtirmasdan, chegara va bojxona nazoratidan o‘tgan holda maxsus yo‘lak orqali kirishi (chiqishi) hamda o‘n besh muddatgacha markaz hududida bo‘lishi tartibi joriy etiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
⚡️ Surxondaryolik bitiruvchi yoshlar diqqatiga

Siz aziz yoshlarimiz bilan uchrashish maqsadida yurtimizning taniqli tadbirkorlaridan biri, Millat Umidi universiteti va boshqa ko‘plab loyihalar asoschisi Umidjon Ishmuhammedov vohamizga tashrif buyurmoqda.

Uchrashuvda taniqli tadbirkor va innovatsion loyihalar asoschisi surxondaryolik yoshlarga "To'g'ri maqsad qo'yish" mavzusida maslahat va tavsiyalarini beradi.

📍 Manzil: Termiz shahri “Yoshlar markazi” binosi.

📆 Boshlanish vaqti: 2024-yil 20-may kuni, soat 10:00.

❗️Eng yaxshilardan o‘rganish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Intellektual mulk markazi tomonidan o'tkaziladigan sayyor qabulga taklif etamiz!

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2023-yil 27-dekabrdagi buyrug'iga asosan, Intellektual mulk obyektlarini yaratish va ulardan foydalanishni keng targ'ib qilish maqsadida Intellektual mulk markazi mas'ullari ishtirokida joriy yilning 23-may kuni 9:00da Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasida sayyor qabul o'tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur sayyor qabulda o'z intellektual mulkiga muhofaza hujjatini olishda qiynalayotgan tadbirkorlik subyektlari ishtirok etishi mumkin.

Mazkur sayyor qabulda ishtirok etishni istaysizmi?

Demak, shoshiling!

Hoziroq Savdo-sanoat palatasining Surxondaryo viloyati hududi boshqarmasiga murojaat qiling!
Biz sizga yordam berishdan mamnunmiz!

Murojaat uchun: 94-165-27-21

Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi Axborot xizmati

t.me/uzchamber_sd/ facebook.com/uzchamber.sd/ sd.chamber.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlik faoliyati qo’llab-quvvatlanmoqda

Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi Axborot xizmati

t.me/uzchamber_sd/ facebook.com/uzchamber.sd/ sd.chamber.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF 193-son Farmoniga ko‘ra "Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" AJga yangi vakolatlar taqdim etildi.

💠 Bu haqida O‘zbekiston 24 telekanalining "Axborot 24" yangiliklar sahifasida ma‘lum qilindi.

Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi Axborot xizmati

t.me/uzchamber_sd/ facebook.com/uzchamber.sd/ sd.chamber.uz
Endi xizmatlar uchun ham ipoteka kreditlari ajratiladi!

"Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoniga koʻra Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi sifatida tashkil etilib, Kompaniyaga yangi vakolatlar berildi:

oʻrta biznes vakillariga Xizmatlar ipotekasi ajratilish;
oʻrta biznes kapitalga ulush kiritish;
kredit uchun resurs ajratish;
kompensatsiya;
kafillik

Yordam kimlarga taqdim etiladi?

O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritayotgan;
“yomon” kredit tarixiga ega bo‘lmagan;
kredit (lizing, bank kafolati, akkreditiv) va soliqlardan muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan tadbirkorlarga taqdim etiladi.

Xizmatlar ipotekasidan foydalanish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlari Kompaniyaning hududiy bo'limiga murojaat qilishingiz mumkin.

Batafsil: (91) 576-57-74; (90) 520-00-72

t.me/uzchamber_sd/ facebook.com/uzchamber.sd/ sd.chamber.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoniga koʻra Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi sifatida tashkil etilib, Kompaniyaga yangi vakolatlar berildi. Bu haqida ushbu videoda batafsil tanishishingiz mumkin.

Xizmatlar ipotekasidan foydalanish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlari Kompaniyaning hududiy bo'limiga murojaat qilishingiz mumkin.

Batafsil: (91) 576-57-74; (90) 520-00-72

Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi Axborot xizmati

t.me/uzchamber_sd/ facebook.com/uzchamber.sd/ sd.chamber.uz
Forwarded from Savdo-sanoat palatasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O’zbekiston - Malayziya: hamkorlikning yangi bosqichi

💬💬💬

O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Malayziyaning tashqi savdoni rivojlantirish korporatsiyasi (MATRADE) o'rtasida imzolangan memorandum xususida Rais o’rinbosari Jamshid O’roqov intervyusi 🎤

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Savdo-sanoat palatasi
🟥🟥🟥

Hurmatli tadbirkorlar!

🇺🇿🇸🇦 Sizni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi boshchiligidagi delegatsiyaning joriy yil iyun oyida Saudiya Arabistonining Makka, Madina va Jidda shaharlariga tashrifi doirasida tashkil etiladigan biznes-forumlarda ishtirok etishga taklif qilamiz!

Ushbu tadbir doirasida Makka shahrida tekstil, mebel, oziq-ovqat mahsulotlari va quritilgan mevalar bo‘yicha keng ko‘lamli ko‘rgazma o‘tkaziladi.

Sizni ushbu noyob imkoniyatdan foydalanib, biznes aloqalarini kengaytirish va yangi bozorlarga kirishga imkon yaratuvchi ko'rgazmada ishtirok etishga chorlaymiz ⬇️

📃 Buning uchun tadbirkorlar http://surl.li/tukna orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

📞 Qo‘shimcha ma'lumot uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:

+998 97 736 24 85
+998 98 007 10 31
+998 93 233 62 33

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlik subyektlari diqqatiga!

Joriy yilning 5-iyun kuni Toshkent shahrida O'zbekiston-Germaniya
Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig'ilishi o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur tadbirda ishtirok etishni istaysizmi?

Demak, shoshiling!

Hoziroq Savdo-sanoat palatasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasiga murojaat qiling!
Biz sizga yordam berishdan mamnunmiz!

Murojaat uchun: 94-165-27-21

Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi Axborot xizmati

t.me/uzchamber_sd/ facebook.com/uzchamber.sd/ sd.chamber.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | «Termiz xalqaro savdo markazi» erkin savdo zonasi faoliyatini yo'lga qo'yish va rivojlantirish bo'yicha Prezident qarori qabul qilindi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Forwarded from Savdo-sanoat palatasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlar uchun “Eksport markazi” platformasi ishga tushdi

Ushbu subsidiya.epauzb.uz elektron platformasi orqali siz bank-moliya va soliq, imtiyoz, subsidiya va preferensiyalar, bojxona va karantin, kommunal xizmatlar, sertifikat, ruxsatnomalar va kvotalar, transport-logistika va shu kabi boshqa masalalarda 5 daqiqada murojaat, shikoyat yoki taklifingizni yo’llab, ariza holatini 24/7 rejimda real vaqtda kuzatib borishingiz mumkin!

Qulay raqamli tizim foydalanuvchilarning barcha so‘rovlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri malakali mutaxassislarga tez va maqsadli yetkazib berishni ta’minlaydi.

Shuningdek, arizangizni "offline" tarzda Savdo-sanoat palatasi va "O'zbekspertiza" AJ hududiy bo'linmalarida tashkil etilgan "Eksport markazi shtab"lariga qoldirish imkoniyati mavjud.

Ta'kidlash joiz, barcha murojaatlar hal etilishi tegishli davlat organlari nazoratida.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM