Savdo-sanoat palatasi
11.2K subscribers
6.49K photos
944 videos
89 files
8.81K links
Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi rasmiy kanali

facebook.com/uzchamber
instagram.com/uzchamber
youtube.com/uzchamber
https://chamber.uz

Murojaat va takliflar uchun 24/7:
+998 (78) 150-60-06
Download Telegram
⚡️Farg‘ona viloyati tadbirkorlari faoliyati o‘rganildi

Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov Quvasoy shahrida amalga oshirilayotgan loyihalar, ishlab chiqarish korxonalari faoliyati hamda aholini tadbirkorlikka jalb qilish, bandligini ta’minlash borasidagi ishlar bilan tanishdi.

➡️ Xususan, maktabgacha ta’lim muassasalari hamda korxona va tashkilotlarga sifatli tayyor oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish bilan shug‘ullanayotgan “Garden Catering” MChJ QK korxonasi faoliyati bilan tanishildi.

Dastlabki bosqichda joriy yilda Quvasoy shahridagi 17 ta maktabgacha ta’lim muassasalari va Farg‘ona shahridagi 66 ta maktabgacha ta’lim muassasalarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlamoqda.

Keyinchalik nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari va shifoxonalarni ham oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

➡️ Keyingi manzilda Palata Raisi “Blue Carbon” MChJ QK korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Xitoy investitsiyalari hisobiga viloyatda amalga oshirilayotgan quyosh panellari, yoritish chiroqlari va quvvatlovchi batareyalar ishlab chiqarish loyihasi iyun oyida ishga tushirildi. Loyiha ishga tushirilishi natijasida yiliga 10 mln.dollarlik mahsulotlar (MDH davlatlariga) eksport qilinadi.

Davron Vaxabov oʼrganishlar davomida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga yordamga tayyorligini ma'lum qildi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentning tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotiga juda oz vaqt qoldi

📞 1094 va 1100 qisqa raqami yoki @taklif_2024_bot ga murojaat qilib, o‘z taklif va tashabbuslaringizni bildiring, operatorlar 🕔 24/7 rejimida qo‘ng‘iroqlaringizni qabul qiladi!

Shuningdek, Savdo-sanoat palatasi biznes yuritishda duch kelinayotgan tizimli muammolarni aniqlash maqsadida 📃 so‘rovnoma o‘tkazmoqda. Uning natijalari asosida mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Mamlakatimiz ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishda faol ishtirok eting!

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🖥🖥 ZAMON | Xususiy taʼlim sohasidagi muammolar oʻrganildi

Joriy yilning 6-iyul kuni Prezidentning tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida xususiy ta'lim sohasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soʻrovnoma

Tadbirkorlarni xususiylashtirish jarayoniga keng tarzda jalb qilish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

So‘rovnoma natijalari bo‘yicha xususiylashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish va tadbirkorlik subyektlarini xususiylashtirish jarayonlariga jalb qilish uchun qo‘shimcha qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan takliflar ishlab chiqiladi hamda ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshiriladi.

So'rovnomada ishtirok etish uchun havola:

🇺🇿 👉 https://goo.su/ahoYNj

🇷🇺
👉 https://goo.su/j2gOT

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝🤝🤝🤝🤝

Sadillayev Shoxruxali Sharofovich — Savdo-sanoat palatasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

Sh.Sadillayev 1986-yilda Buxoro shahrida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy. Buxoro davlat universitetini hamda "TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar “Buxoro suv ta’minoti” MChJ direktori, "O'zsuvta'minot" AJ boshqaruvi raisi o'rinbosari v.b. lavozimlarida faoliyat yuritgan.
——

Садиллаев Шохрухали Шарофович — назначен на должность начальника территориального управления ТПП Бухарской области.

Ш.Садиллаев родился в 1986 году в городе Бухара. Образование высшее. Окончил Бухарский государственный университет и Бухарский Институт управления природными ресурсами при НИУ "ТИИИМСХ”.

До назначения работал на должностях директора ООО «Бухоро сув таъминоти», а также и.о. заместителя председателя правления АО "Узсувтаъминот".

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏗 Buxoro tumanida neft-kimyo klasteri barpo etilmoqda

O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining o'rinbosari v.v.b. U.Pazilxanov, Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshlig'i Sh.Sadillayev "PETROCHEМ SEPEHR" O'zbekiston-Eron qo'shma korxonasida bo'lib, umumiy qiymati 274 mln dollarlik neft mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi bilan yaqindan tanishishdi.

Neft-kimyo klasterini tashkil etish loyihasi hisobiga 10 dan ortiq loyihalarni amalga oshirilishi hamda pentan, geksan, benzol, toluol eritgichlari, riformat va izomerizat aromatik uglevodorodlari, monometilanilin, dimetilkarbonat, ammoniy bikarbonat, kaustik soda va kaliy sulfati kabi jami 13 xil turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilishi ko’zda tutilgan.

Mazkur loyihaning ishga tushirilishi evaziga 240 mln dollarlik kimyo va neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqarilishi, shundan 82 mln dollarlik mahsulotlar eksportga yo'naltirilishi, 123 mln dollarlik import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishi hamda yiliga 214 mlrd so'mlik byudjetga tushumlar tushishi, shu bilan birga 600 nafar yangi ish o'rinlari yaratiladi.

Loyihaning birinchi bosqichi 2024-yilning sentabr oyida ishga tushishi rejalashtirilgan.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Gurlan tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Unda Xorazm viloyati hokimi J.Rahimov, Savdo-sanoat palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi boshligʼi K.Igambergenov ishtirok etdi.

Uchrashuvda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni faol qo‘llab-quvvatlash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib berish masalalariga e’tibor qaratildi.

Tadbirkorlar faoliyatlarini yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha o‘zlarining qator takliflarini bildirdilar, ayrim muammolari yechimida amaliy yordam so‘radilar.

Muloqot yakunida muhim ijtimoiy ahamiyatga ega biznes loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari belgilandi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Buxoroda sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishildi

Savdo-sanoat palatasi raisining o'rinbosari v.v.b. U.Pazilxanov, Buxoro viloyati masalalari bo'yicha rais maslahatchisi H.Safarov, Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshlig'i Sh.Sadillayev tomonidan viloyatdagi ishlab chiqarish korxonalarni o'rganish ishlari davom etmoqda.

Maqsad – eksport salohiyatini yanada rivojlantirish va ishlab chiqarish hajmini oshirish vazifasi doirasida korxonalar faoliyati bilan tanishish, muammolarini o‘rganish va ularni hal etish yo‘llarini topishdir.

“Agroklaster DZZ” MCHJning sut va sut mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil qilish va tuproq tahlil laboratoriyasi, “Tibtexnika” MCHJning tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni kengaytirish hamda "Merganteks" paxta to'qimachilik klasteri loyihalari bilan tanishib, korxonalarning faoliyat yoʻnalishlari, mavjud zamonaviy uskunalarning boshqarilishi, ularning sertifikatlashtirish tartiblari, laboratoriya qurilmalarining kalibrovkadan oʻtkazish holati boʻyicha mutaxassislar bilan suhbatlar oʻtkazildi.

Ishchi guruh tomonidan o'tkazilgan o'rganishlar natijasida aniqlangan muammo va murojaatlarni tezkor hal qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM