Savdo-sanoat palatasi
14.1K subscribers
7.41K photos
1.07K videos
97 files
9.24K links
Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi rasmiy kanali

facebook.com/uzchamber
instagram.com/uzchamber
youtube.com/uzchamber
https://chamber.uz

Murojaat va takliflar uchun 24/7:
+998 (78) 150-60-06
Download Telegram
⚡️Toshkent viloyatida yirik toʻqimachilik-industrial texno parki barpo etilmoqda

Mazkur ishlar bilan tanishish maqsadida viloyat hokimi Z.Mirzayev, viloyat Savdo-sanoat palatasi boshqarmasi boshlig’i A.Abduxalilov va boshqa mas’ullar Yuqori Chirchiq tumani “Nurli zamin” MFY hududida boʻldi. 

69,2 gektar yer maydonida tashkil etilayotgan “Textile Industry Park” toʻqimachilik-industrial texno parkining qurilish jarayonlari boshlangan.

“Textile Industry Park” loyihasi 23 ta lotlarga boʻlingan boʻlib, loyihaning umumiy qiymati 350 million dollarni tashkil etadi. 

Yaratiladigan ish oʻrinlari soni 2 000 nafardan ziyod. Loyihaning toʻliq amalga oshirish va yakunlash ishlari 2025-yil 4-choragiga moʻljallangan.
——

⚡️В Ташкентской области создаётся крупный текстильно-индустриальный технопарк

С целью ознакомления с ходом работ начальник территориального управления ТПП А.Абдухалилов, а также другие ответственные работники во главе с хокимом Ташкентской области З.Мирзаевым посетили СГМ «Нурли замин» Юкоричирчикского района.

На территории вышеуказанной махалли, на площади в 69,2 гектара, начались строительные работы по созданию текстильно-индустриального парка “Textile Industry Park”.

Проект “Textile Industry Park” распределён по 23 лотам, общая стоимость проекта составляет 350 миллионов долларов США.

Планируется создать более 2000 новых рабочих мест. Запуск технопарка и окончание всех строительно-монтажных работ запланировано на 4-й квартал 2025 года.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_muloqot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida xususiy ta'lim sohasidagi mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflarni shakllantirish maqsadida davra suhbati o‘tkaziladi.

Uchrashuvda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etadi.

🗓 6 iyul, 10:00

📍 "Yangi O'zbekiston" universiteti
(Toshkent shahri, Movarounnahr ko'chasi, 1-uy)

Ro’yxatdan o’tish:
📞 +99878 150 60 06

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#открытый_диалог

В рамках подготовки к Открытому диалогу Президента Республики Узбекистан с предпринимателями состоится встреча с представителями сферы частного образования с целью сбора предложений по решению имеющихся проблем.

В мероприятии примут участие руководители профильных министерств и ведомств.

🗓 6 июля, 10:00

📍 Университет "Новый Узбекистан"
(г.Ташкент, ул. Мовароуннахр, 1 )

Регистрация:
📞 +99878 150 60 06

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Chortoq tumani biznes inkubatorida o'quv kurslarini tamomlagan yigit daraxtdagi mevalarni qoqib beradigan apparat ixtiro qildi.

Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi esa, ixtirochiga ushbu qurilmani sotish uchun bozor topishda ko'mak bermoqda hamda xalqaro grand loyihalariga tavsiya qilmoqda.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎙🎙🎙🎙🎙

🔴 Birozdan so’ng Prezidentning tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida xususiy ta'lim sohasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.

Unda Savdo-sanoat palatasi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Biznes-ombudsman, Soliq qo’mitasi rahbarlari ishtirok etadi.

🟥 Uchrashuv YouTube orqali tog'ridan-to'g'ri efirga uzatiladi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_muloqot

Ayni paytda Oʻzbekistonda 2 591 ta xususiy bogʻchada 166 257 nafar tarbiyalanuvchi tahsil olmoqda. Xususiy bogʻchalar soni 2017-yilga nisbatan 13,3 baravarga oʻsdi.

Shuningdek, 488 ta xususiy maktabda 82 889 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda. Xususiy maktablar 7 yil ichida 16,2 baravarga koʻpaygan.

Bundan tashqari, mamlakatimizda 1 755 ta oʻquv markazi faoliyat yuritmoqda.

Xususiy maktablar tashkil etish uchun bir qator litsenziyalash talablari soddalashtirilishi va “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi boʻyicha ularga turli imtiyozlar berilishi belgilab qoʻyilgan.

Jumladan, 2025-yil 1-yanvardan xususiy maktablar tashkil etishga 20 milliard soʻmgacha imtiyozli kreditlar beriladi. Yangi xususiy maktab tashkil etgan tadbirkorga maktab kommunal xarajatlarining 5 yil muddatga 50 foizini qoplab berish tizimi joriy etiladi. Shuningdek, tadbirkorlarning xususiy maktab qurishga yoʻnaltiradigan mablagʻlariga foyda soligʻini hisoblashda chegirma beriladi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_muloqot

Tadbirkor, IDU xalqaro raqamli universitet asoschisi Ibrohim Hurramov taʼlim sohasida litsenziya berish va uni nazorat qilish vazifasi betaraf idoraga yuklatilishi taklifi bilan chiqdi.

“Oʻzining maktablari, universitetlari yoʻq idora sohadagi reformalarni olib borsin. Shunda betaraf yondashish boʻladi”, — deydi u.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_muloqot

“Profi University” asoschisi Bektosh Xatamov xususiy universitet ochish uchun litsenziya olishda professor-oʻqituvchilar bilan mehnat shartnomasi imzolash talabi boʻyicha fikr bildirdi.

Tadbirkor hali litsenziyasi olinmagan universitet uchun xodimlar bilan mehnat shartnomasi tuzish tartibi bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqarishini taʼkidladi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_muloqot

Tadbirkor Matluba Madaminova xususiy maktablarga chet ellik malakali oʻqituvchilarni jalb qilish muammosi haqida gapirdi.

U xorijdan oʻqituvchilarni olib kelish xususiy maktablarda ham oliy taʼlim muassasalari va prezident maktablari uchun joriy qilingani kabi maxsus imtiyozli dastur asosida olib borilishi kerakligini taʼkidladi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_muloqot

Tadbirkor Muhammadjon Madrahimov kriptovalyuta bo’yicha xorijda malaka oshirib kelgan mutaxassislar tomonidan raqamli biznes maktabi yaratish taklifi bo’yicha muammolarga duch kelayotgani haqida gapirdi.

“4 tashkilot shunchaki xat beradi bo’ldi. Prokuraturaga ham murojaat qilindi. O’zgarish yo’q. 1,5-2 yil mobaynida muammo qanday yechilmasligi mumkinligini tushuna olmayapman”, — deydi u.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✔️ Xususiy ta’lim sohasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

✔️ Открытый диалог с предпринимателями в сфере частного образования

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦

✔️ Bugun O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tashkil qilingan kun

Bundan roppa-rosa 20 yil muqaddam (2004-yil 7-iyul kuni) Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi negizida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasini tashkil qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-3453-sonli Farmoni qabul qilindi.

Shuningdek, 2004-yil O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyati uchun meyoriy-huquqiy baza to‘la shakllantirilgan, xususan sentyabr oyida “O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining Qarori, dekabr oyida “O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM