Savdo-sanoat palatasi
13.2K subscribers
7.98K photos
1.16K videos
103 files
9.55K links
Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi rasmiy kanali

facebook.com/uzchamber
instagram.com/uzchamber
youtube.com/uzchamber
https://chamber.uz

Murojaat va takliflar uchun 24/7:
+998 (78) 150-60-06
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SSP_Namangan

Namanganda oʻrik pishdi!


Bu meva odatda may oyining oxiri iyun oyining boshlarida pishar edi. Lekin, Pop tumanidagi mirishkor “Nuran uz” klasteri bu yilgi oʻrik hosilini yigʻib, eksport qilishni boshladi.

“Nuran uz” kabi Namangandagi tadbirkorlik bilan shugʻillanuvchilarning maxsulotlarini eksport qilish boʻyicha Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi ish olib bormoqda hamda oʻtgan yil davomida 40 ta xorijiy davlatlar, shundan 8 tasi yangi shartnoma tuzilgan mamlakat bozorlariga Namangan tadbirkorlarining maxsulotlari kirib borib, jami 75 turdagi mahsulotlar eksporti amalga oshirilgan.

Jarayonlar yuqoridagi rolikda 👆

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SSP_Namangan

🌼🌷🌼🌷🌼🌷🌼🌷🌼

“Har kim gul sotaman deb kelsa tekinga joy beraman, hech qanday to’lovi bo’lmaydi!”

“O’tgan yil tadbirkorlar gulni o’zini sotib 500 mlrd aylanma qilishdi. Bu yil 700 mlrddan oshiramiz”.

“Gullarni eng sara va noyobini qidirganlar Namanganga kelaversin!”


Gul sotuvini amalga oshirmoqchi bo’lgan biror tadbirkor chetda qolmaydi. Har biriga Namanganda o’tkazilayotgan 62-Xalqaro Gullar festivali doirasida tashkil etiladigan gul savdosi pavilionidan joy ajratib beriladi.

Gulchilik bilan shug’illanuvchi tadbirkorlarni 21-maydan 21-iyungacha Namangan shahrida Gullar festivali doirasida tashkil etiladigan gul savdosiga taklif etamiz!

📍 Lokatsiya

📞 Qo‘shimcha maʼlumot uchun:
+998 97 253 44 74
+998 90 223 11 55
+998 69 227 29 29

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SSP_Namangan

Bizning eng muhim vazifamiz – tadbirkorlikni jadal va kengroq rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratishdir!

Viloyat hokimi Shavkatjon Аbdurazakov va Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi oʼrinbosari Toʼra Bobolovlar "Tadbirkorlar kengashi" aʼzolari hamda mahalliy va xorijiy investorlar bilan uchrashuvi boʼlib oʼtdi.

Namangan tumanidagi “Elita” urugʼchilik shiyponida boʼlib oʼtgan yigʼilishda 100 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari, Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi masʼul xodimlari, shuningdek, tijorat banklarining hududiy boshqarmalari, tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

Muloqot avvalida viloyat hokimi oʼtgan uchrashuvlarda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash muhimligini taʼkidlab, murojaatlar va muammoli masalalarni hal etishda erishilgan yutuqlarni muhokama qildi.

Soʼngra tadbirkorlar tomonidan viloyat rahbariga biznes va sohani rivojlantirish uchun kreditlar ajratish, ijara haqqi, ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatish obyektlari qurilishi bilan bogʼliq masalalar koʼtarildi.

Yigʼilish davomida mazkur bildirilgan masalalarning 10 dan ortigʼi tezkorlik bilan hal etildi. Koʼproq vaqt talab qiladigan boshqa murojaatlar boʼyicha ham tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SSP_Namangan

🏅“Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan tadbirkorning o'quvchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Davlatobod tumanidagi 92-maktabda “Iftixor kiyim sanoat” MCHJ ta’sischisi Adхamjon Iminjanov hamda maskanning 250 nafar yuqori sinf o’quvchilari o‘rtasida muloqot tashkil etildi.

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan tadbirkor korxonasida 1 000 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, mahsulotlar hozirda Yevropaning Germaniya, Daniya, Belgiya, Avstriya kabi davlatlariga eksport qilinmoqda.

Asosan erkak va ayollar kostyum-shimlarini tikishga ixtisoslashgan korxonaning yillik eksport hajmi 12 million yevroni tashkil etadi.
____

🏅Предприниматель награжденный орденом «Мехнат шухрати» встретился с учениками

В 92-й школе Давлатабадского района был организован диалог между учредителем ООО «Iftixor kiyim sanoat» Адхамжоном Иминджановым и 250 старшеклассниками школы.

На предприятии предпринимателя, награжденного орденом «Мехнат шухрати», создано более 1 000 рабочих мест, а продукция в настоящее время экспортируется в такие европейские страны, как Германия, Дания, Бельгия, Австрия.

Годовой объем экспорта предприятия, которое в основном специализируется на пошиве мужских и женских костюмов, составляет 12 миллионов евро.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SSP_Namangan

⚡️«Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni sohibi Azizbek Abdurasulov bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Muloqot davomida «Gavhar Jewel Group» MCHJ bosh direktori Azizbek Abdurasulov o'zining bosib o‘tgan yo‘li va bugungi kunda olib borayotgan faoliyati haqida so'zlab berdi. Yoshlar biznes yuritish sirlari, yuqori natijaga erishish va jamiyatda o‘z o‘rniga ega tadbirkorga aylanish borasidagi tavsiyalarga ega bo‘ldilar.

Ma’lumot uchun, «Gavhar Jewel Group» korxonasi 2021 yilda tashkil etilgan bo‘lib, qimmatbaho metallar va toshlarni xarid qilish, qayta ishlash va boshqa barcha zargarlik faoliyati turlari bilan shug‘ullanadi.

Mazkur korxonada 50 dan ziyod aholi ish bilan ta’minlangan hamda 150 dan ziyod mahalliy zargarlar bilan kooperatsiya asosida ishlash yo‘lga qo‘yilgan. Bu yerda tayyorlangan mahsulotlarning 20 foizi chet elga eksport qilinmoqda.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SSP_Namangan

⚡️ Norin tumanida "Tadbirkorlar xiyoboni" ochildi

🏛 Mazkur xiyobon tadbirkorlikka intiluvchilarning ehtiyojlarini qondirish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, biznes o‘sishini rag‘batlantirish uchun bir qator qulayliklar va imkoniyatlarni taklif etadi.

“Tadbirkorlar xiyoboni" potensial investorlar bilan biznes-loyihalarni muhokama qilish va B2B uchrashuvlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan maxsus xonalar bilan ta’minlangan.

Bundan tashqari, xiyobonda tadbirkorlarning ishlashi, aloqa o‘rnatishi va fikr almashishi uchun dinamik muhitni ta’minlovchi eng zamonaviy "kovorking" maydonlari mavjud. Ushbu umumiy ish joylari ijodkorlik, innovatsiyalar va hamfikrlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantiradi.

Ochilish marosimida tuman hokimi Jo‘rabek Nurmatov, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi mutasaddilari, nuroniylar, turli tadbirkorlik subektlari vakillari ishtirok etdi. Ular xiyobonda taqdim etilgan imkoniyatlarni o‘rganish va baholash imkoniga ega bo‘ldilar.

“Tadbirkorlar xiyoboni” tadbirkorlikning gavjum markaziga aylanib, ishbilarmon tadbirkorlar uchun qulay sharoit yaratadi. Har tomonlama qulayliklari va hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ushbu xiyobon Norin tumanida iqtisodiy o‘sish va innovatsiyalar uchun katalizator bo‘lib xizmat qiladi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM