Taekwondo WT🇺🇿
2.94K subscribers
6.49K photos
654 videos
69 files
2.27K links
O'zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi rasmiy telegram kanali

Официальный телеграм-канал Ассоциации таэквондо ВТ Узбекистана
Download Telegram
Forwarded from OlympicUz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😊😊😊😊😊

🏆 👍 Parij-2024 litsenziatlari: Uchinchi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etadigan Nikita Rafalovich

Nikita Rafalovich delegatsiyamiz tarkibida uchinchi bor Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlgan kam sonli sportchilardan biri hisoblanadi. Mahoratli taekvondochimiz boʻlajak bahslarda oʻz orzusi sari bor imkoniyatlarini ishga solishi, shubhasiz.

🏆 👍 Лицензиаты Париж-2024: Никита Рафалович, который в третий раз примет участие на Олимпиаде

Никита Рафалович является одним из немногих атлетов Узбекистана, которым выпал шанс защитить честь страны в третий раз на Олимпийских играх. Разумеется, что наш таэквондист использует все свои возможности, чтобы достичь заветной цели - подняться на пьедестал Олимпиады.

#Paris2024
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹Taekvondo WT bo’yicha O’zbekiston yoshlar terma jamoasi "Osiyo bolalari" kompleks musobaqasi uchun tayyorgarlikning so'nggi bosqichini olib bormoqda

Ma'lumot uchun, musobaqa 26-iyun — 7-iyul kunlari Rossiya Federatsiyasining Yakutsk shahrida bo'lib o'tadi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🥋Yosh taekvondochilarimiz "Osiyo bolalari" xalqaro sport o‘yinlarida ishtirok etish uchun Rossiyaga jo‘nab ketishdi

Xabar berganimizdek, ertaga Rossiya Federatsiyasining Yakutsk shahrida "Osiyo bolalari" xalqaro sport o‘yinlari start oladi.

7-iyulga qadar davom etadigan musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ham ishtirok etadi.

🇺🇿Jamoamiz tarkibi:

Behruz Salimov (48 kg)
Omadbek Otabekov (55 kg)
Jahongir Serikbayev (63 kg)
Axadjon Muxtorov (73 kg)
Xudoynazar Shodmonov (+73 kg)
Valeriya Xegay (44 kg)
Sofiya Xan (49 kg)
Mubina Bobosaidova (55 kg)
Zilola Ma’mirova (63 kg)
Feruza Ernazarova (+63 kg).

Murabbiylar: Konstantin Li, Abubakir Rasulov.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🥋Yosh taekvondochilarimiz "Osiyo bolalari" xalqaro sport o‘yinlarida ishtirok etish uchun Rossiyaga jo‘nab ketishdi📹

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from OlympicUz
🔥 Katta hayajon bilan kutilayotgan 4 yillikning eng muhim starti tobora yaqinlashib kelmoqda. 👍 🇫🇷 Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlarining ochilishiga roppa-rosa 30 kun qoldi 😍

🔥Все поклонники спорта с замиранием сердца ожидают начало главных спортивных соревнований четырёхлетия. До старта 👍 🇫🇷 XXXIII летних Олимпийских игр Париж-2024 осталось ровно 30 дней😍
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆"Osiyo bolalari" xalqaro o‘yinlarining birinchi kunida dayanga chiqadigan taekvondochilarimiz bilan tanishing

Ertaga Rossiya Federatsiyasining Yakutsk shahrida start olgan "Osiyo bolalari" xalqaro sport o‘yinlari doirasida taekvondo bellashuvlari start oladi.

Kun doirasida 5 nafar sportchimiz g‘oliblik uchun bahs olib boradi.

Yigitlar:

48 kg: Behruz Salimov - Bogdan Gyagay (Qirg‘iziston)/Amirjanuli Temirjan Tasin (Qozog‘iston) bahsi g‘olibiga qarshi

55 kg: Omadbek Otabekov - Nurislam Junusov (Qirg‘iziston)

63 kg: Jahongir Serikbayev - Rudolf Dorofeyev (Yakutiya).

Qizlar:

63 kg: Zilola Ma’mirova - Anjelika Nikolayeva (Yakutiya)

+63 kg: Feruza Ernazarova - Aysulu Janabay (Qozog‘iston).

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига табрик

Поздравление работникам печати и средств массовой информации

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Bugun 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni. Assotsiatsiyamiz nomidan siz aziz qalam ahli ijodkorlarni chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz. Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, yuksak ehtiromimiz va ezgu tilaklarimizni bildiramiz.

Jurnalist – jamiyatning ko‘zgusi. Ta’bir joiz bo‘lsa, uning olayotgan nafasi, bosayotgan qadami, ko‘rar ko‘zidir. U aks ettirgan masalalar hayotning butun qiyofasini belgilab beradi. Shu ma’noda, sizlar faoliyat yuritayotgan ijodiy maskanda ham shu fikrlarning yaqqol ifodasini ko‘ramiz. Fursatdan foydalanib, biz bilan qilayotgan amaliy hamkorligingiz uchun o‘z minnatdorligimizni bildiramiz.

Yana bir bora Sizlarga sihat-salomatlik, faoliyatingizda yutuq va omadlar, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik tilaymiz.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥Kun tarixi

🔝Ikki yil oldin aynan shu kunda O‘zbekiston taekvondochilari Osiyo chempionatida super natija qayd etgan edi!

2022-yilning 27-iyun kunida Koreya Respublikasining Chuncheon shahrida taekvondo WT bo‘yicha XXV Osiyo chempionati yakuniga yetgandi.

Musobaqada O‘zbekiston taekvondo WT terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, jami 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan va umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallagan edi.

🥇Oltin:
Ulug'bek Rashitov
Jasurbek Jaysunov
Shuhrat Salayev
Nikita Rafalovich.

🥈Kumush:
Charos Qayumova.

🥉Bronza:
Feruza Sodiqova
Svetlana Osipova.

Bungacha mustaqil O‘zbekiston tarixida hech qachon Osiyo chempionatida 4ta oltin medal qo‘lga kiritilmagan edi. Shuningdek, terma jamoamiz bosh murabbiyi Pavel Xan musobaqada "eng yaxshi murabbiy", Jasurbek Jaysunov esa "eng yaxshi sportchi" deb topilgan edi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🏆"Osiyo bolalari" xalqaro sport o‘yinlarining taekvondo bahslaridagi ilk kunida 2 ta oltin va 2 ta kumush medalini qo‘lga kiritdik!

Bugun Rossiya Federatsiyasining Yakutsk shahrida davom etayotgan "Osiyo bolalari" xalqaro sport o‘yinlari doirasida taekvondo bellashuvlariga start berildi.

Kun davomida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining 5 nafar vakili dayanga ko‘tarildi. Ahamiyatlisi, sportchilarimiz musobaqaning birinchi kunida 2 ta oltin va 2 ta kumush medaliga ega chiqdi.

🥇Oltin:

Behruz Salimov (48 kg)
Omadbek Otabekov (55 kg).

🥈Kumush:

Jahongir Serikbayev (63 kg)
Feruza Ernazarova (+63 kg).

Shuningdek, yana bir sportchimiz Zilola Ma’mirova esa bronza medali uchun kechgan bellashuvda afsuski, ozarbayjonlik raqibasiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Osiyo bolalari" xalqaro sport o'yinlarida g'olib va sovrindor bo'lgan qahramonlarimiz

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM