Taekwondo WT🇺🇿
2.94K subscribers
6.49K photos
654 videos
69 files
2.27K links
O'zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi rasmiy telegram kanali

Официальный телеграм-канал Ассоциации таэквондо ВТ Узбекистана
Download Telegram
🇺🇿Gulistonda O‘zbekiston chempionati start oldi

Kecha Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida joylashgan "Alpomish" sport majmuasida taekvondo WT bo‘yicha kichik o‘smirlar va kichik o‘smir qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bellashuvlari start oldi.

Musobaqaning dastlabki ikki kunlik bahslaridan suratlarni tomosha qiling.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Results-Day-2.pdf
339 KB
Kichik o'smirlar va kichik o'smir qizlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatining ikkinchi kungi natijalari📕

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin!

Aziz yurtdoshlar! Shunday fazilatli ayyomda duoga qo‘l ochib, ona Vatanimiz va butun dunyoni tinchlik va osudalik, xalqimizni farovon aylab, keyingi yil Qurbon hayiti kunlariga sog‘u-salomatlik bilan yetib borishni barchamizga nasib etishini so‘raymiz!

Muhtaram yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar samara berishiga o‘zi ko‘makchi bo‘lsin. Doimiy tinchlik xotirjamlik, fayz-u baraka, dasturxonimizdan to‘kin-sochinlik arimasin. Yomon ko‘zlardan, turli balo-qazolardan Yaratganning o‘zi asrasin.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥Kun tarixi

2021-yilning aynan shu kunida taekvondochilarimiz rekord o'rnatib, Osiyo chempionatida ikkinchi o‘rinni egallashgan edi.

2021-yil, 16-iyun kuni Livanda taekvondo WT bo‘yicha Osiyo chempionati yakuniga yetgandi.

Unda o‘zbekistonlik taekvondochilar 3ta oltin, 1 ta kumush va 6 ta bronza, jami 10 ta medalni qo‘lga kiritishgandi. Shunday qilib, O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida Osiyo chempionatida ikkinchi o‘rinni egallagandi.

Bizdan faqatgina Koreya Respublikasi terma jamoasi yaxshiroq natija ko‘rsatgan xolos. Vakillarimiz Eron, Iordaniya, Xitoy Taypei, Qozog‘iston kabi davlat sportchilarini ortda qoldirishgandi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🥋Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!

Hurmatli Azizjon Yakubjanovich!

Hayot kitobingizning umr zarvaraqlariga bitilayotgan yana bir shukrona kuni bilan muborakbod etamiz!

Jamoamiz nomidan sizga sportdagi ma’suliyatli va mashaqqatli yo‘lingiz hamisha nurli va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lishini tilab qolamiz. O‘zbek dzyudochilari Sayyoramiz tatamilarida hamisha o‘zlarining yorqin g‘alabalarini namoyon etaversin. Ona yurt sharafi uchun qilayotgan ezgu niyatlaringiz o‘zining ijobiy natijasini berishiga ishonamiz va yana bir bor siz uchun qadrli bo‘lgan tug‘ilgan kuninngiz bilan samimiy qutlaymiz. Jismingizga sog‘lik, qalbingizga xotirjamlik tilaymiz. El ichida qaddingiz va qadringiz hamisha baland bo‘lsin.

Hurmat bilan,
O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi jamoasi


🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿O‘zbek taekvondosida navbatdagi tarixiy voqea: Milliy terma jamoamiz 👍Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun beshinchi yo‘llanmani ham qo‘lga kiritdi, Nikita Rafalovich Olimpiadaga boradi!

Taekvondo WT bo‘yicha +80 kg vazn toifasida O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi Nikita Rafalovich Parij Olimpiadasi litsenziyasiga ega chiqdi.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining Parij-2024 Olimpiadasida ishtirok etadigan neytral maqomdagi rossiyalik sportchilar ro‘yxatida taekvondochilar qayd etilmadi. Usi Katta dubulg‘a turnirida litsenziyalarni qo‘lga kiritgan rossiyalik sportchilarning o‘rniga, Olimpiya reytingida eng yaxshi o’rinlarni qayd etgan sportchilarga kvota taqsimlab berildi. Bu holatda +80 kg vazn toifasidagi reytingda oltinchi o’rinni qayd etgan hamyurtimiz, Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchisi Nikita Rafalovich ham yo‘llanmaga ega chiqdi.

Endilikda Parijdagi Olimpiadada taekvondo WT bo‘yicha milliy terma jamoamizning besh nafar sportchisi g‘oliblik uchun kurash olib boradi! Shubhasiz, bu O‘zbek taekvondosidagi eng yaxshi natijadir. Boisi, shu paytgacha o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinarida taekvondochilarimiz 4 tadan ziyod yo‘llanmaga ega chiqmagan edi.

🇺🇿👍Parij-2024 Olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilarimiz:

Ulug‘bek Rashitov (68 kg)
Jasurbek Jaysunov (80 kg)
Nikita Rafalovich (+80 kg)
Ozoda Sobirjonova (67 kg)
Svetlana Osipova (+67 kg).

Bundan tashqari, sportchilarimiz dunyoning eng kuchli uchta termasi qatorida Olimpiya o’yinlari tarixida ilk bor tashkil etilayotgan ko’rgazmali mikst dasturida ham ishtirok etishini alohida ta’kidlash lozim.

O‘zbek sporti jamoatchiligini ushbu tarixiy voqelik bilan tabriklagan holda Nikita Rafalovich va boshqa sportchilarimizga Olimpiadada omad va zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz!

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from OlympicUz
👍 Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlari startiga 3️⃣5️⃣ kun qolganida Fransiya koʻchalarida bayramona shukuh hukmron 😍 Tez orada dunyoning eng kuchli atletlari ushbu shaharda jam boʻlishadi.

👍 До старта XXXIII летних Олимпийских игр Париж-2024 осталось 3️⃣5️⃣ дней. В связи с этим на улицах Франции начался настоящий праздник 😍 Очень скоро тут соберутся самые сильнейшие атлеты со всего мира.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro “Olimpiya kuni” muborak bo‘lsin!

Bundan roppa-rosa 128 yil avval baron Pyer de Kuberten boshchiligida Olimpiadani tiklash uchun eng katta qadam qo‘yildi, ya’ni, 1894-yilning 23-iyun kuni Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ)ga asos solindi. Shu sabab ushbu sana "Olimpiya kuni" sifatida nishonlab kelinadi.

Bugungi kunga kelib, "Olimpiya kuni" dunyoda eng ommaviy tarzda nishonlanadigan sport bayramlaridan biriga aylangan. Har yili Xalqaro Olimpiya qo‘mitasiga a’zo 205 ta davlatda o‘tkaziladigan sport va salomatlik bayramida millionlab insonlar bevosita ishtirok etishmoqda. Ushbu tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – aholi orasida sog‘lom turmush tarzini hamda Olimpizm g‘oyalarini keng targ‘ib etish, katta-yu, kichik qalbida jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan mehrni yanada yuksaltirishdan iborat.

Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni “Olimpiya kuni" bilan tabriklaymiz!

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from OlympicUz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏆 XOQ Prezidenti Tomas Bax Xalqaro Olimpiya kuni munosabati bilan butun dunyodagi Olimpiya harakati ishtirokchilari va sport ixlosmandlariga tabrik yo’lladi

🏆 Президент МОК Томас Бах поздравил участников Олимпийского движения и любителей спорта всего мира с Международным Олимпийским днём
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM