Learning the Qur'an
8 subscribers
1 video
23 links
Mustaxab xonada bu dasturga kirmang!
Download Telegram
110. An-Nasr surasi
Bismillaxir roxmanir roxiym
1. Iza ja a nasrulloxi val fatx.
2. Va ro aytannasa yad xuluna diydinillaxi afvaja
3. Fasabbih bihamdi robbika vastağfirxu innaxu kana tavvaba

Döstlaringizga ham ulashing
@uzblearningthequran
Nasr surasi tarjimasi

1. Vaqtiki Alloxning nusrati va fatx kelsa...
2. Va odamlarning Alloxning diniga töp-töp bölib kirayotganini körsang...
3. Bas, Robbingni poklab yod et va Unga istiğfor ayt. Albatta, U tavbalarni köplab qabul etguvchidir.

https://telegram.me/uzblearningthequran
Qur'oni Karim 6-porasining qisqa mazmuni

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•
📗 6-pora Niso surasining 148-176 va Moida surasining 1-82 oyatlarini o'z ichiga oladi.

📗 Niso surasining 148-175 oyatlari orasida ahli kitobdan so‘z ochadi. Yahudiylarning qilgan gunohlari va nasorolarning Masih Iso ibn Maryamni o‘ldirdik deyishlari, balki Alloh o‘ziga ko'targanligini eslatib o‘tadi.

📗 164-oyatda Alloh taolo Muso alayhissalom bilan o‘ziga xos gaplashgani zikr qilingan.

📗 Niso surasining oxirgi 176-oyati meros huquqi va kalola oyatidir.

Moida surasi

📗 Moida lug‘atda dasturxon degan ma'noni bildiradi. Xavoriylarning Iso alayhissalomdan osmondan dasturxon tushirib berishini hohlashgani uchun oyatlar nozil bo'lgan va sura shu ism bilan nomlangan. Qur'oni Karimning 5-surasi. Madinada nozil bo‘lgan. 120 oyatdan iboratdir.

📗 Moida surasi avvalgi suralarning davomchisi hisoblanib, ahli kitoblardan so‘z yuritadi. Va insonlar orasidagi munosabatlar, halol-harom, haj va umra, turli jinoyatlar va ularning jazolari zikr qilingan.

📗 Surada Muso alayhissalomning qissasi, Qobil va Hobil qissasi va Iso alayhissalomga berilgan mo‘jizalar ham keltirilgan.

📗 1-2 oyatlarda Ehrom, haj va umraga oid hukmlar, 3-oyatda iste'mol qilinmasi harom bo‘lgan narsalar, 4-5 oyatda halol qilingan narsalar zikr qilingan.

📗 6-oyatda Tahorat va Tayammum hukmlari bordir.

📗 12-26 oyatlarda Ahli kitoblarga ogohlantirishlar, Yahudiy va Nasorolarning asosi yo‘q so‘zlariga javoblar berilmoqda.

📗 27-31 oyatlar Odam alayhissalomning o‘g‘illari Hobil va Qobil qissasi haqidadir.

📗 32-oyatda kim bir jonni nohaq o‘ldirsa butun insoniyatni o‘ldirgandek jinoyat qilgan bo'lishi eslatilmoqda.

📗 33-39 oyatlarda o'g'rilik jinoyatining jazosi zikr qilingan.

📗 41-82 oyatlar orasida ahli kitoblarning riyokorligi, oyatlarni o‘zgartirishlari, namozni masxara qilishlari, nasorolarning Maryam onamizga va Iso alayhissalomga ibodat qilishlari, Yahudiylarning esa nasorolardan ham ko‘proq tahlikali ekanligi zikr qilinmoqda, va shu bilan 6-pora o‘z nihoyasiga yetadi.

•┈•┈•┈•❁imonuz❁•┈•┈•┈•

Каналга уланиш:
☪️ imon.uz 👉 | @imonuz
Qur'oni Karim 7-porasining qisqa mazmuni

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•
📗 7-pora Moida surasining 83-120 oyatlari bilan An'om surasining 1-110 oyatlarini o'z ichiga oladi.

📗 Moida surasining 89-oyatida qasam va uning kafforoti yer olgan.

📗 90-91 oyatlarda esa qimor va xamrning harom bo‘lishining so‘nggi 4-bosqichi zikr qilingan.

📗 94-96 oyatlarda ovchilik bilan bog‘liq ba'zi mavzular bayon qilingan.

📗 103-oyatda Alloh bahiyra, soiba, vasiyla va hommlarni qilmaganligini eslatib o‘tmoqda.

📗 105-108 oyatlarda guvohlik bilan bog‘liq masalalar zikr qilingan.

📗 109-120 oyatlar suraning sabibi nuzulidir. Havoriylar Iso alayhissalomdan tuzatilgan dasturxon istaganlari, Alloh esa ijobat etganligi va Iso alayhissalomga berilgan mo‘jizalar haqida zikr qilinadi va sura tugaydi.

An'om surasi

📗 An'om lug'at ma'nosi chorvalar degan ma'noni anglatadi. Makkada bir kechada nozil bo‘lgan, 165 oyatdan iboratdir. Surada iymon-e'tiqodga oid asosiy masalalar - Allohning zoti va sifatlari, vahiy va payg‘ambarlik, qayta tirilish va qiyomatdagi hisob-kitob, Ibrohim alayhissalom va zurriyodlari - payg‘ambarlar qissalari zikr qilingan.

📗 1-73 oyatlar orasida makka ahlining payg‘ambarlikka e'tirozlari, oxirat hayoti bilan bog‘liq e'tirozlariga javob beriladi va putlar Allohning yordamchilari emasliklari eslatilinadi.

📗 74-81 oyatlarida Ibrohim alayhissalom aql-tafakkuri bilan Alloh taoloni qandey qilib topganligi zikr qilingan.

📗 82-90 oyatlarda Qur'oni Karimda ismi zikr qilingan 25 payg‘ambardan 17 tasining ismi bu oyatlarda kelgan.

📗 91-94 oyatlarda Alloh taoloni haqqi bilan tanish kerakligi zikr qilingan.

📗 95-103 oyatlarda Alloh taoloning borligining dalillari keltiriladi. Lekin insonlar Allohga jinlarni sherik qilishlari zikr qilingan.

📗 109-110 oyatlarda ularga oyat-mo‘jizalar kelganida iymon keltirishlariga qasam ichishlari va qasamlarida turmasliklari bayon qilingan va 7-pora nihoyasiga yetmoqda.

•┈•┈•┈•❁imonuz❁•┈•┈•┈•

Каналга уланиш:
☪️ imon.uz 👉 | @imonuz
ҚУРЪОННИ БЕШ ОЯТДАН ЎРГАНИШ ҲИКМАТИ

Ривоят қилинишича, Абул Олия: “Қуръонни беш оятдан ўрганинглар! Чунки Набий соллаллоҳу алайҳи ва саллам Қуръонни Жаброилдан беш оят-беш оятдан қабул қилардилар”, деган .
Қуръонни беш оятдан ўрганишда ҳикмат кўп. Агар оз-оздан ўрганилса, ёдлаш ҳам, оятлар маъносини ўзлаштириш ҳам осон бўлади.
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам Жаброил алайҳиссаломдан Қуръонни беш оят-беш оятдан қабул қилардилар. Саҳобалар нозил бўлган оятларни зўр иштиёқ билан ёдлаб, қалбларига сингдириб боришган.
Пайғамбаримиз алайҳиссаломга энг биринчи Алақ сурасининг аввалги беш ояти нозил бўлганини кўпчилик билади. Умрининг кўп қисмини Қуръон таълимига бағишлаган машҳур тобеин Абу Абдураҳмон Суламий ҳам шогирдларига Қуръонни беш оятдан ўргатган.
Хуллас, Қуръонни оз-оздан ўрганишнинг ҳикмати кўп. Аммо хотираси кучлилар бир ҳаракатда бир-икки саҳифани ёдласалар ҳам бўлади. Қуръон ёдлашга қатъий бел боғлаганлар шундай қилсалар, мақсадларига тезроқ эришадилар. Зеро, ҳар ким имконияти даражасида Қуръон ўрганади. Бироқ омма мусулмонлар ҳар куни оз-оздан ўрганиб борганлари маъқул.

“Қуръон – қалблар шифоси” китобидан

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•
Каналимизга уланинг👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAENwFkemWspBvvvGKQ
Qur'oni Karim 8-porasining qisqa mazmuni

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•
📗 8-pora An'om surasining 111-165-oyatlari bilan A'rof surasining 1-87 oyatlarini o'z ichiga oladi.

📗 An'om surasining 120-oyatida oshkora va mahfiy gunohlarni tark qilishga, Keyingi oyatda esa Allohning ismi zikr qilinmagan narsalarni yemamaslikka amr qilinmoqda.

📗 123-oyatda har bir shaharda katta jinoyatchilarni u yerlarda makr qilish uchun qo‘yib yuborilgani aytilmoqda.

📗 An'om surasining 125-oyati Qur'oni Karimning ilmiy-mo'jizaviy oyatlaridan biridir.

📗 132-oyatda esa Har kimga qilganlariga yarasha daraja borligi eslatilmoqda.

📗 140-oyatda Mushriklarning aqli pastligi va johilligi tufayli o'z farzandlarini o'ldirishlari zikr qilinmoqda.

📗 146-oyatda Yahudiylarga butun tuyoqlilar (tirnoqlilar) harom qilinganligi hukmi keltirilmoqda.

📗 151-152 oyatlarda Allohning halol va haromga oid amrlari zikr qilinmoqda.

📗 159-oyatda Dinda tafriqa qilish, guruhlarga, firqalarga bo‘linish qoralanmoqda.

📗 160-oyatda kim bir yaxshilik qilsa, unga o'n barobar qaytarilishi, bir yomonlik qilsa, unga faqat qilganiga yarasha jazo bo'lishi yozib qo‘yilgan.

📗 Yuqorida keltirilgan oyatlarda mushriklar haq-huquqsiz, dalil-hujjatsiz ba'zi hayvonlarni minishni, ba'zilarining go‘shtini yeyishni harom qilganligi aslida esa hukm faqat Alloh taolodan ekanligi eslatilmoqda.

📗 165-oyatda Alloh insonlarni yer yuzida xalifa qilganligi, imtihon uchun ba'zilarining darajasini ba'zilaridan ustun qilganligi zikr qilinmoqda va bu sura nihoyasi yetmoqda.

A'rof surasi

📗 A'rof lug‘at ma'nosi jannat va do‘zax orasini ajratib turuvchi devordir. Makkada nozil bo‘lgan 206 oyatdan iboratdir. An'om surasi kabi iymon-e'tiqod masalari haqida va ko‘plab payg‘ambarlar haqida batafsil ma'lumotlar beriladi.

📗 Ilk 10 oyati Qiyomat kuni hisob-kitobi haqidadir.

📗 11-30 oyatlar Odam alayhissalomning yaratilishi va jannatdan chiqarilishi qissasi bayon qilinadi.

📗 44-51 oyatlar suraning ismi bo'lgan A'rof (yuksak devorlar) u yerdagi insonlar haqida ma'lumot berilmoqda.

📗 59-65 oyatlar Nuh alayhissalom, 65-73 oyatlar Nuh alayhissalom, 73-80 oyatlar Solih alayhissalom, 80-85 oyatlar Lut alayhissalom qissalari zikr qilinmoqda va 8-pora nihoyasiga yetmoqda.

•┈•┈•┈•❁imonuz❁•┈•┈•┈•

Каналга уланиш:
☪️ imon.uz 👉 | @imonuz
Qur'oni Karim 9-porasining qisqa mazmuni

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•
📗 9-pora A'rof surasining 88-206-oyatlari bilan Anfol surasining 1-40 oyatlarini o'z ichiga oladi.

📗 9-pora 85-94 oyatlar orasida Shuayb alayhissalom qissasini zikr qilish bilan boshlanadi.

📗 94-102 oyatlarda qayerga payg‘ambar yuborilsa, u yerdagi xalqlarning ko‘pchiligi iymon keltirmaganligi eslatilmoqda.

📗 103-174 oyatlar Muso alayhissalomning qissasi bayon qilinadi.

📗 180-oyatda Allohning go‘zal ismlari borligi, unga shu ismlar bilan duo qilish kerakligi zikr qilinmoqda.

📗 187-188 oyatlarda Qiyomatning qachon bo‘lish ilmi faqat Allohga xosligi, uni hech kimga hatto payg‘ambarga ham bildirilmagani eslatilmoqda.

📗 204-oyatda Qur'oni Karim tilovat qilinganda uni jim turib tinglash kerakligi amr qilinmoqda.

📗 205-206-oyatda Farishtalar mutakabbirlik qilmasdan Allohga ibodat qilishlari, insonlar ham ertayu kech, umid va qo‘rquv bilan allohga qullik qilish kerakligi zikr qilinmoqda va sura nihoyasiga yetmoqda.

Anfol surasi

📗 Suraning ilk oyatlaridan olingan "Anfol" ismi Lug‘atda "o'ljalar" degan ma'noni bildiradi. Madinada nozil bo‘lgan. 75 oyatdan iboratdir. Bu surada asosan g‘azot, jang, harbiy qoidalar, urush, sulh, asir va o'lja olish hukmlari bayon qilingan.

📗 5-28 oyatlarda islom tarixidagi eng birinchi g‘azot - Badr jangi voqealarini batafsil yoritgani uchun "Badr" surasi deb ham ataladi.

📗 33-oyatda Istig‘for aytib turilsa azob kelmasligi zikr qilinmoqda.

📗 39-oyatda kufr keltirganlar bilan dinning hammasi Allohga bo‘lgunicha urushish kerakligi, 40-oyatda esa Alloh taolo eng yaxshi xojamiz, mavloyimiz ekanligi eslatilmoqda va 9-pora nihoyasiga yetmoqda.

•┈•┈•┈•❁imonuz❁•┈•┈•┈•

Каналга уланиш:
☪️ imon.uz 👉 | @imonuz
109. Al-Kafirun surasi
Bismillaxir roxmanir roxiym
1. Qul ya ayyuhal kafirun
2. La a'budu ma ta'budun
3. Va la antum a'biduna ma a'bud
4. Va la ana a'bidun ma abatdum
5. Va la antum a'biduna ma a'bud
6. Lakum diynikum valiya diyn

👇👇👇👇👇
https://telegram.me/uzblearningthequran
Forwarded from imon.uz (www.imon.uz)
ҚОРИНИНГ ОТА-ОНАСИГА ҚАНДАЙ МУКОФОТ БЕРИЛАДИ?
•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•
Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи ва саллам марҳамат қиладилар: “Ким Қуръон ўқиб унга амал қилса, қиёмат куни ота-онасига зиёси дунёдаги – агар сизларда бўлса – қуёшникидан ҳам яхшироқ тож кийдирилади. Энди (Қуръонга) амал қилган банда ҳақида нима деб ўйлайсизлар ?
Қуръоннинг файз-баракасидан ҳамма бирдек баҳраманд бўлади. Жумладан, қорининг дунёга келишига сабабчи бўлган ота-она бошига зиёси қуёшникидан ҳам чароғон тож кийдирилади. Жаннатда тож кийиш қандай улуғ мартаба эканини яхши биламиз. Қуръон ўқиган қорининг ота-онаси мана шундай бахтга эришади. Энди қорининг ўзига қанақа илтифот кўрсатилар экан!
Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинган ҳадиси шарифда айтилишича, “Қиёмат куни Қуръон келади, “Ё Раббим, (Қуръон ўқиган бандани) кийинтир!” дейди. Унга каромат тожи кийдирилади. Кейин: “Ё Раббим, унга зиёда қил!” дейди. (Қорига) каромат либоси кийдирилади. Сўнг: “Ё Раббим, ундан рози бўл!” дейди. (Аллоҳ қоридан) рози бўлади. Кейин (Қуръон соҳибига): “Ўқи ва кўтарил”, дейилади. (Аллоҳ) ҳар битта оят учун бир поғона зиёда қилади ”.
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам шундай деганлар: “Ким Қуръон ўқиса, ўрганса, унга амал қилса, қиёмат куни (бошига) нурдан тож кийдирилади. Унинг зиёси қуёшникига ўхшайди. (Қорининг) ота-онасига икки либос кийдирилади. Уларга дунё тенг келолмайди. Ота-она: “Бу (либос) бизга нима учун кийдирилди!?” дейишади. Шунда: “Фарзандингиз Қуръон ёдлагани учун (шундай марҳаматга лойиқ кўрилдингиз)”, деб айтилади ”.

Қуръон – қалблар шифоси” китобидан
•┈•┈•┈•❁imonuz❁•┈•┈•┈•

imon.uz 👉 | @imonuz
108. Al-Kavsar surasi
Bismillaxir roxmanir roxiym
1. Inna a'toyna kal kavsar
2. Fasolli li robbika van xar
3. Inna sha niaka xuval abtar

Learning the Qur'an
Mustaxab xonada bu dasturga kirmang!
https://t.me/uzblearningthequran
107. Al-Ma'un surasi
Bismillaxir roxmanir roxiym
1. Aroaytallazi yukazzibu biddiyn
2. Fazalikallaziy yad'ul yatiym
3. Va yaxudzdzu a'la toamil miskiyn
4. Favaylul lil mussolliyn
Allaziyna hum 'an solatixim saxun
5. Allaziyna hum yuro un
6. Va yam na'unal ma'un
Learning the Qur'an
Mustaxab xonada bu dasturga kirmang!
https://t.me/uzblearningthequran
Al-Ma'un
Sheikh Mishary Rashid Al-Afasy
Learning the Qur'an
Mustaxab xonada bu dasturga kirmang!
https://t.me/uzblearningthequran
The account of the user that created this channel has been inactive for the last 5 months. If it remains inactive in the next 29 days, that account will self-destruct and this channel will no longer have a creator.
The account of the user that created this channel has been inactive for the last 5 months. If it remains inactive in the next 19 days, that account will self-destruct and this channel will no longer have a creator.
The account of the user that created this channel has been inactive for the last 5 months. If it remains inactive in the next 8 days, that account will self-destruct and this channel will no longer have a creator.