Ko’rinishidan, openbudget uchun ovoz yig’ish/ovoz berish kiosklari grinkarta to’ldiradigan kiosklardan ko’ra ko’paymoqda! Menimcha, bu yil O'zbekistonda Openbudget uchun ovoz berganlar soni grinkarta anketasini to’ldirganlar sonidan ko’proq bo’ladi!

@uzbekonomics
Haydovchilik madaniyatidegan tushuncha bu bir tiyinga qimmat afsona.
Yoki, jazo muqarrarligining muhimligi va faoliyat olib borishini muhim bo'lgan bir tadbirkorlik subyekti haqida maqola.

Shaharda tirbandlik, yo’llarda tartibsizlik, trotuarda yoki o’zi hohlagan joyda qoldirib ketilgan mashinalar yoki avtohalokatlarni ko’rsak, shunga yechimlarni qidirsak birinchi bo’lib jarangli yangraydigan jumla bu “haydovchilik madaniyati”. Ya’ni, trotuarda mashinasini tashlab ketganga qarab "uning haydovchilik madaniyati yo’q ekan", yoki qizilda o’tib ketganning ortidan “haydovchilik madaniyati bo’lsa unday qilmasdi” deyiladi. Yoki, tirbandlikni yechish uchun yaqqol yechimlarni sanab bersak ham, ba’zilar “yo’q, avval haydovchilarning madaniyatini oshirish kerak” deb aytishadi. Yoki eng qizig’i, haydovchilarning o’ziga qarab “iltimos madaniyatli bo’ling” deyiladi.

Men uzoq o’yladim, o’zi haydash, haydovchilik madaniyati nima degani? Uni qanday o’lchash mumkin? O’lchov birligi bormi? Unga umuman qanday ta’rif berish mumkin? Menda bunga javob yo’q, aminman, sizda ham.

“Keling, avval haydovchilarimizning haydash madaniyatini oshiraylik”, bu - xuddi ba’zilar iqtisodiy rivojlanmaganimiz va ba'zi sohalarda noto‘g‘ri qaror qabul qilinishida mentalitetni, millatni ayblayotganlari kabi xom-xatala, asossiz va yalqov javobga o’xshaydi.

Iqtisodiyotning asosida rag’batlar (incentives) muhim ahamiyatga ega degan g‘oya yotadi. Agar yo’llarni kengaytirib haydovchi tezlanishi uchun rag’bat qilib bersak, trotuarga, shahar ichida istalgan joyda parkovka qilishni mumkin qilib narxini 0 so’m qilib qoldirsak, mumkin bo’lmagan joyga mashinani qo’yib ketish jazosi, jarimasini muqarrar qilmasak haydovchi albatta mana shu o’rnatilgan rag’batlarga qarab harakatlanadi. Insofsiz yoki madaniyati kam bo’lgani uchun emas. Bu madaniyatsiz haydovchi ekan deb siz harakatning yakuniy oqibatiga baho bergan bo'lasiz, harakat sababiga emas. Harakat sababi esa, rag’bat/jazo/narx bor-yo’qligida. Masalan, mashinamni trotuarda, yo’l chetida men hohlagan joyga tashlab ketmasligim bu mening madaniyatli, farosatli bo’lganim va piyodalarga mexrim bo’lganidan dalolat bermaydi. Avvalambor men bu harakatimning oqibatlarini bilganim, qoidaga xilof ekanligi, uni buzsam jazo muqarrarligi va jarimasi katta ekanligi bilganim uchun qilmayman (madaniyat esa mahsulot balki). Yaqin atrofrda mashina qo’yishga joy bor-yo’qligi, majlisga shoshayotganim esa bu mening muammoim va bu menga mashinamni istalgan joyga qo’yib keta olishimga sabab bo’la olmaydi. Hokimning 12-chi yordamchisi bo’lsam ham, uchta bir xil raqamli mashina egasi bo’lsam ham.

Aynan shu muammo - shaharda istalgan joyda va trotuarlarda tashlab ketiladigan mashinalarga qarshi yechimlardan birini qaytarmoqchiman. Balki taklif deb olsa bo’lar.

Hatto ta’rifini hech kim bilmaydigan afsonaviy tushuncha “haydovchi madaniyati”ni o’zgartirish emas, balki o’sha rag’batlar tizimini to’g’irlash, jazoni muqarrar qilib qo’yish kabi instrumentlardan foydalanishimiz kerak. Hozircha, shaharning mutlaq aksariyat joylarida mashinani parkovka qilish mumkin. Iloji bo’lganda, zina va baryerlar bo’lmaganda, mashinasini restoran ichigacha, binoning 3-qavatigacha, yoki yashash xonadoni ichigacha olib kirib qo’yishni hohlaydiganlar mavjud. Iloji bo’lsa, piyoda trotuardan ham yurmasa…

1/2
​​(davomi)
Avvalambor, shahar ichida parkovka qilish mumkin emas bo’lgan joylar yaqqol belgilab olinishi kerak. Shu bilan birga qayerda mumkin, soat nechchidan-nechchigacha va qaysi kunlari, soati necha pul, to’lov yo’llari qanday kabi ma’lumotlar vizual ko’rsatilishi kerak. Bu yerda parkovka qilish mumkin emas degan va agar bunga itoat qilinmasa mashina evakuator tomonidan olib ketiladi degan yakuniy ogohlantiruvchi belgilar bo’lishi kerak. Masalan, bu va bu kabi joylarda. Mana shu yerdan eng qizig’i boshlanadi. Shahar mulkida, ko’chalarida noqonuniy parkovka qilingan barcha mashinalar professional evakuator korxonalari (towing) tomonidan 24/7 davomida olib ketilishi yo’lga qo’yilishi kerak. Nafaqat olib ketilishi, balki jarima maydonidan jarima evaziga qaytib olinishini ta’minlash darkor. Shunki evakuator xizmati bepul emas. Mashinasini bir-ikki marotaba evakuator olib ketgan, katta jarima to'lagan haydovchi keyingi safar buni qaytargi kelmaydi. Bu uning madaniyatli bo’lib qolgani uchun emas, balki to’g’ri qo’yilgan rag’batlar va qoidani buzganligi uchun jarima/jazo muqarrarligini o’z cho’ntagi bilan his qilgani uchun. Meni mashinamni ikki marotaba evakuator olib ketgan. Bir marotaba do’kon parkovkasiga qo’yib dokonga kirmay boshqa yo’nalishda ketganim uchun do’kon ma’muriyati kameradan shuni ko’rib evakuator chaqirgan. Ikkinchi safar esa shahar markaziga bir ish bilan borganimda mashinani mahalla ko’chasiga qo’yib yarim soatga chiqib ketgandim. Shoshganimdan mumkin emas degan belgini ko’rmagan ekanman. Ikkala safar ham xususiy korxona olib ketgan jarima maydoniga, kamida $100 to’lab qaytib olganman. Shundan beri qatiqni ham puflab ichaman.

Qiziq tomoni, nima uchun shu narsa O’zbekistonda haligacha amalga oshmagan, axir bu shahar/tuman byudjeti uchun qo’shimcha tushum-ku, yo’llardagi muammoni yechishga olib keladi-ku degan savollar tug’ilishi mumkin. Gap shundaki, bu narsa amalga oshishi uchun qonun ustuvorligi (rule of law) degan narsa yaxshigina ishlashi kerak. Masalan, faqatgina shartli Chorsu bozor tarafda noto’g’ri parkovka qilingan mashinalarni emas, balki hokimiyat, davlat muassasalari tagida, shartli T.Shevchenko ko’chalari tomonda, yoki raqami 777 bo’lgan noto’g’ri parkovka qilingan mashinalarga ham birdek jarima belgilab, yoki evakuator olib keta olishi kerak. Bundan tashqari, jarimadan qochish, jarima ijrochisiga qarshi tajovuzlar kabi narsalarni ham unutmasligimiz kerak.

Masalan, men bu kabi, va StopXamga o’xshagan choralarni qo’llamagan bo’lardim, shaxsiy mulkga bo’lgan istalgan tajovuzga qarshiman. Barchasi qonuniy va tizimli bo’lishi kerak. Boshqa qoidabuzarliklarni qayd etib, mas’ul hodimlarga, tizim orqali, habar berishga chaqiriqlarni, rag’batlarni qo’llashni boshladik ba’zi sohalarda. Shu narsa noto’g’ri parkovka qilingan mashinalarga ham taaluqli bo’lishi maqsadga muvofiq.

To’g’ri qo’yilgan rag’batlar degani faqat jarima, kuch ishlatish yoki yangi qaror/qonun degani emas. Rag’batlar tizimi yaxshi xulq-atvor uchun moliyaviy mukofotlar va yomon xulq-atvor uchun jarimalarni tadbiq qilishni yoki ko'pincha narxni o'zgartirishni o'z ichiga olishi mumkin. To’g’ri o’rnatilgan rag’bat yoki narx bu insonga tanlov huquqini va unga qarab o’zi qaror qilishga moyillikni beradi. Masalan, siz o’z ishxonangiz oldida parkovka yo’qligini bilsangiz, yoki bo’lsa ham u qimmat bo’lsa siz yoki metroda ketasiz, yoki boshqa yo’lini topasiz. Noto’g’ri qoyilgan mashinani evakuator olib ketishi bu haydovchiga qarshi boshlangan kampaniya emas, balki yo’llarni tartibga solish, va nihoyat tekin parkovka degan boshqa cho’pchakni yakunlash uchun qilinishi shart bo’lgan harakat.

Ba’zilar aytishi mumkin, chet eldagi haydovchilar O’zbekistonda istiqomat qiladigan o’zbekistonliklardan farosatliroq, madaniyatliroq deb. Qo’shilmayman. Ular faqatgina qonun-qoidalarga va o'rnatilgan rag’batlar tizimiga qarab xatti-harakatlarini boshqaradi. Bir-ikki marotaba qoidani buzadi, lekin jazo muqarrarligini o’zi ko’rganidan so’ng harakatlarini to’g’irlaydi.

P.S. Rasmda universitetim yonidagi shunday belgi/joylardan biri.

2/2

@uzbekonomics
Podkastni 23-soni chiqdi.

https://youtu.be/rQbxDnCIks0

Oxirgi haftalarda tashabbusli byudjet (Openbudget) haqida qarama-qarshi fikrlar paydo bo'lmoqda. Ayniqsa ovoz berish/yig'ish jarayoni haqida turli fikrlar mavjud. Bugungi epizodda soliqlar taqsimotida faol ishtirokning muhimligi, nima uchun ushbu loyiha va g'oya mamlakatda parlamentarizmni keyingi bosqichga olib chiqishi haqida suhbatlashdik. Bundan tashqari, markazsizlashtirish, jazo muqarrarligi haqida ham suhbatlashdik.

Ko‘ring, ulashing va albatta obuna bo‘ling.

Ilovalar:

Spotify:
https://open.spotify.com/show/1ZJ1l4Kp3Efn6eJludF8Ll

Apple Podcast:
https://podcasts.apple.com/us/podcast/uzbekonomics/id1627933796

Yandex Music:
https://music.yandex.ru/album/13560590?dir=desc&activeTab=about

Podbean (web):
https://botir.podbean.com/

Stitcher:
https://www.stitcher.com/show/uzbekonomics
Forwarded from davletovuz
Осон эмас

Шанхай ҳамкорлик ташкилоти Самарқанд саммити, ҳақиқатанам, нафақат глобал миқёсда, балки ташкилот ичидаги вазият кескин бир пайт ўтяпти.

Россия-Украина уруши етмагандек, охирги бир неча кун ичида Озарбойжон-Арманистон ўртасида қуролли тўқнашув яна қўзғолди, юздан ортиқ ҳарбий ҳалок бўлгани айтилмоқда.

Буёқда тожик ва қирғиз чегарачилари бир-бирини ўққа тутмоқда. Диверсиядек, оғаларнинг буюртмасидек.

Ўзбекистонга саммит дастури ва тадбирларини тўлиқ ва силлиқ ўтказиб олиши учун катта руҳий куч, дипломатик маҳорат керак бўлади.
Damaslar bu o’tgan asrdan qolgan, hech qanday texnika xavfsizligiga javob bermaydigan yodgorlik va o’lim mashinasi ekanligi yaqqol oydin narsa.

Damasdan ham xususiy, ham tijorat uchun foydalanayotganlarda ayb yo’q. Chunki ularda tanlov ham yo’q, majburlikdan foydalanadilar. Bu o’sha eski mavzuga borib taqaladi. Bojlar, imtiyozlar, savdo, va erkin raqobatga bo’lgan boshqa istalgan cheklovlar nafaqat iqtisodiyotni “bo’g’adi”, o’sishni sekinlashtiradi, insonlarni kambag’allashtiradi, balki u insonlar hayotini to’g’ridan-to’g’ri xatarga qo’yadi. Latipov eslatayotgan statistikani inobatga olsak, bojlar va insonlarning o’limi o’rtasida ta’sir zanjirini yasash mumkin.

@uzbekonomics
Bilmagan odam bu videoni ko’rib, karnay-surnay, nog’orani eshitib O’zbekiston futbol bo’yicha jahon chempionatiga chiqibdi deb o'ylaydi.

“O’zbekistonliklar soliqlar taqsimlanishida, parlament yanada faolroq bo’lishida, mahalliy saylovlarda va fuqarolik jamiyati qurilishida qatnashmayaptilar, qiziqish bildirmayaptilar, va bunga umuman umid yo’q” deganlarga bu videoni ko’rsating. O’zbekistonliklar tayyor emas deganlarga ham.

Yuqorida aytilgan jarayonlarda qatnashmayotganlar esa qatnashayotganlarning faolligini, mikro darajada bo’lsa ham yutuqlarini kalaka qilishlari emas balki ularga sherik bo’lishlari, qayeridadir muammosi bo’lsa unga yordam berishlari maqsadga muvofiq. Hech bo’lmaganda to’siq bo’lmasalar bo’ldi, qatnashmaganga yarasha. O’z soliqlari taqsimlanishida faol ishtirok etish, va hech bo’lmasam qiziqib qani va nega degan savollarni berish bu rivojlanishga qo’shilgan abstrakt bo’lmagan eng hissa bo’ladi.

Balki bugun bu mahalladoshlar o’zlarining mikro tashabbuslari g’olib bo’lganini, eksperimental Openbudget loyihasining natijasini ko'ra turib nishonlayotgandirlar. Go’yo oddiy narsalar: asfalt, maktab ta’miriga ajratilgan mablag’lar uchun hursand bo’lishmoqda. Menimcha, bu yerda eng muhimi balki o’sha asfalt va maktab remonti ham emasdir. Eng muhimi mamlakat bo’ylab qishloqdoshlar, mahalladoshlar birlashmoqda, hamjihatlik oshmoqda. Ertaga undanam kattaroq darajadagi yutuqlarini ham nishonlashadi degan katta optimizm bor.

Openbudget haqida avvalroq bu yerda (1,2) yozgan edim. Kunuz ham keyin yozibdi. O'tgan yilgi post. Behzod bilan podkastimizning oxirgi epizodida shu haqda ham batafsil suhbatlashgan edik. Tavsiya.

@uzbekonomics
Rossiyadagi mehnat muhojirlarlarga, vatandoshlarimizga hukumatning hozir qisqa muddatdagi choralari va yordami zarur.

Bundan tashqari, men boshqa masalaga ham to’xtalib o’tmoqchiman. Nafaqat Rossiya, balki istalgan mamlakatdagi mehnat muhojirlarlarimiz uchun uzoq muddatda hukumat berishi mumkin bo’lgan eng katta yordam bu uyda, o’zimizdagi iqtisodiy rivojlanishni, o'sishni ta’minlash. Barcha biladigan oddiy sabab - hozir ish o’rinlari mavjud bo’lmaganligi uchun ketgan muhojirlarda o’shanda uyda hech bo’lmaganda ish o’rinlarida tanlov, iqtisodiy farovonlik mavjud bo’ladi.

Bilaman, bu ertaga yoki 4-5 yildan so’ng ham yechimini topishi murakkab bo’lgan masala, balki oddiy narsani qaytarayotgandirman. Lekin, mana shu masala hozir har qachongidan ham muhimroq va uni yodimizda tutushimiz kerak deb o’ylayman. 

@uzbekonomics
Ostonada yakson qilingan ekosistemani ko’rib, Toshkentda quritilgan navbatdagi ko’l esimga tushdi:

Rasmlarda Roxatdagi Baxt ko’li: 2018 va 2022 yillarda. Roxat ko’li ancha avvalroq golf klubga aylantirilgandi, ko’rinishidan Baxt ko’li ham endi yo’q. Shaharga chiroyli rasmlar uchun, shovqinli attraksionlari, soxta binolari va kafelari bor bo’lgan basseyn emas, tabiiy suv hafzalari shart. Shundoq ham suvsiz hududda joylashganmiz, mavjud bo’lgan har bir litr suvni asrab-avaylashimiz kerak, betonlashtirmasdan. Ayniqsa shahar ko’llari, ariqlari, suv havzalarini.

@uzbekonomics
Xalq o’z qahramonlarini bilishi kerak. Undanam muhimrog'i, o’z qahramonlarini saylashi kerak.

Toshkent shahar IIBB YHHBning shaharda harakatlanish tezligiga chegirma taklifini shahar kengashi deputatlari qabul qilmabdilar. Aslida, Toshkent kabi zich shaharda, uning ichida 60km/s ham katta, undan ham pastroq bo’lishi kerak. 21-asrda bu haqda hech qanday baxs va munozaralarga o'rin qolmagan. Inson hayotining qadri bor jamiyatlarda.

Rus tilim pand bermagan va to'g'ri tarjima qilgan bo'lsam, deputatlarning fikriga ko'ra, hayot juda tez oldinlab ketayotgan ekan va biz esa uni sekinlashtirmoqchi ekanmiz, yo’ldagi tezlik limitini 70 km/s dan pasaytirib. Kechirasiz, nima? Ko’chadagi o’limlarni tezda to’xtatish o’rniga, bolalarimizni maktabga kuzatayotganda uyga qaytib kela olarmikan degan qo’rquvlarni kamaytirish o’rniga bu kabi demagogiya bilan yana qachongacha shug’ullanamiz?!

Deputatlarning fikriga ko’ra 70km/ni qoldirib, uning o'rniga tashviqotlar, agitatsiyalar qilish kerak ekan...

Mahalliy deputatlarning, xalq vakillarining inson hayotida naqadar muhim ro’l o’ynashi haqida qayta-qayta bekorga aytmayman. Mana shunday masalalarda ham bilinadi. Deputatlar nima masalaga qanday ovoz berayotganlari, qanday fikr berishlari ularning keyingi faoliyatiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qilishi kerak. Men shaxsan umid qilamanki, bu kabi deputatlar keyingi saylovlarda yutqazib o’z joylarini boshatib beradilar. 

Nafaqat Toshkent shahar aholisi, balki har yerda istiqomat qiladiganlar uchun keyingi deputatlik saylovlarida qatnashishga, faol bo’lishlariga bu ham bir katta eslatma.

@uzbekonomics
Yakshanba.

1. Mongoliyaning sobiq prezidenti urush va etnik tozalashga qarshi.

2. AQSh Markaziy banki inflyatsiyani pasaytirishga jiddiy kirishgan, bank bundan qaytmaydi va iqtisodiyotga bu biroz “qiyinchiliklar” tug’dirsa ham

3. Urush davridagi Kyiv metrosi qatnash intervali rivojlangan mamlakatnikidan ham tezroq.

4. Yo‘llarni kengaytirish tirbandlikni bartaraf etmasligi, balki battar qilishi haqida 128-chi eslatma. Braess Paradoksi aytadi, agar siz yo'lga ko'proq polosa qo'shsangiz, tirbandlik ortadi. 2008 yilda Xyustondagi trassa 2,8 milliard dollar evaziga 26 polosalik qilinadi va qatnash vaqtlari 30% ga oshad

5. Podkastimizda aytilgan Income-Share Agreements endi Stanfordda ham tadbiq etilayotgan ekan

6. JPMorgan bankidan 280-betli bepul kitob. Muqobil ma'lumotlar turlarining umumiy ko'rinishini va ularni tahlil qilish uchun Machine Learning usullaridan foydalanish haqida qo’llanma ekan

7. AQShning bir deputati mamlakatga barcha immigratsiyani to’xtatishga chorlayabdi, ham qonuniy ham noqonuniy immigratsiyani. Aslida teskarisini qilish kerak.

8. Iqlim bo'yicha keyingi qadam bu parkovkalar islohoti. Kaliforniya shtati shu hafta katta ish qildi. Shaharda developerlardan turar joylar, tijorat joylari qurilishida ma’lum sondagi parkovka joylarini qurishni talab qiladigan qoidani olib tashlashmoqda.
Roppa-rosa 39 yil oldin, 1983 yil 26-sentyabrda, Stanislav Petrov dunyoni qutqargan edi, yadroviy urushdan. Qanchalik dolzarb.

O’sha voqealar rivoji keng yoritilgan:
https://www.nytimes.com/2017/09/18/world/europe/stanislav-petrov-nuclear-war-dead.html

Radar va kompyuterlar AQSh yadroviy qurollarni ishga tushirganini ko’rsatganda u vahimaga tushmagan va bu xato deb qabul qilgan. Ogohlantirish tizimi haqiqatan ham noto'g'ri ishlaganligi tekshiruvlar keyin topgan.

Bu ham bir eslatma bo’lsa kerak: buyruqlar, o’rnatilgan ichki tartib-qoidalar, protokol qanday bo’lishiga qaramay, to'g'ri qaror qiladigan odamlar har doim topiladi.

@uzbekonomics
Mashinalari gʻoyib boʻlayotgan Parij, bolalarning qotili va urushdagi Kyiv jamoat transporti haqida.

Butun dunyo avtomobillar shaharlarga qanday zararli ta'sir ko’rsatishini anglab borayotgan bir paytda, hokim Anne Hidalgo boshchiligida Parij oxirgi paytda katta ishlarni qildi va namuna bo’lmoqda. Hidalgo davridagi Parij piyodalar, velosipedchilar va jamoat transportiga ustuvor ahamiyat berish bo'yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Natijalardan biri, 1990 yildan beri hozirgi Parijda avtomobilda qatnashlar qariyb 45 foizga kamaygan, jamoat transportidan foydalanish 30 foizga, va velosipedchilar ulushi esa o'n baravarga oshgan. Shahar ko'chalaridan birida harakatlanish esa hozir bunday.

Navbatdagi loyihalardan biri bu butun shahar boʻylab soatiga 30 kilometr tezlik limitini joriy etish va barcha maktablar tashqarisida avtomobillarsiz hududlarni tashkil etish ekan. Bizning shaharlarimizda esa haligacha 70km/s bu norma deb baxslashib o’tiribmiz. Albatta, bu yagona yechim emas, balki 100ta yechimning bir donasi xolos. Jazo muqarrarligi masalan, eng muhimlaridan. Lekin, tezlik bo'yicha islohotlar bugunoq qilinishi shart bo’lgan eng oson va oddiy yechimlardan biri.

Qarang, tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, avtomobillar 5-14 yoshdagi bolalarning o’limiga sababchi bo’ladigan eng yetakchi faktor hisoblanarkan. MDH mamlakatlarida bolalarning avtomobildan o’lim darajasi Yevropa mamlakatlarinikidan to’rt baravar ko’proq ekan. Ya’ni, bolalarimizning asosiy qotili bu avtomobil. Agar bolalarimiz hayotini saqlash, ularning xafvsizligini o’ylashni boshlasak shaharlarimizdagi prioritetni mashinaga berishni bas qilishimiz, piyoda harakatlanishi, jamoat transportini rivojlantirishimiz va umuman yo’llardagi xaosni tartibga solishimiz kerak. Qaytaraman, bu yerda avtomobilchiga tug’dirilishi mumkin bo’lgan kichkina qiyinchilik haqida emas balki bolalarimizning hayoti va xafvsizligi haqida. Agar shu ham yetarli sabab bo’la olmasa, men bilmadim.

Jamoat transportiga kelsak, urush davridagi Kyiv metrosi bombalardan boshpana bo’lgani esingizda bo’lsa kerak. Zudlik bilan ishlashni davom ettirgan Kyiv metrosi poyezdlarning harakatlanish intervali band soatlarda 5-7 daqiqani, boshqa normal soatlarda esa 10-15 daqiqa oralig'ida bo'lgan. Bunday ko’rsatkichga boshqa rivojlangan mamlakatlar ham havas qiladi.

@uzbekonomics
Podkastimizning navbatdagi soni chiqdi:

https://youtu.be/mWJY7qo5eMA

Ushbu epizodda hozirda dolzarb bo'lgan mavzu, inson kapitalining mamlakatlar rivojiga hissasi haqida suhbatlashdik. Suhbat davomida millati va pasportidan qat'iy nazar, turli toifa va malakaga ega bo'lgan immigrantlar, qochoqlarning mezbon mamlakatga, uning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ta'siri haqida to'xtalib o'tdik. Immigrantlarning iqtisodiyotda qo'shimcha qiymat yarata olishi, fikrlar, bilimlar, va madaniyat xilma-xilligini mezbon mamlakatga olib kelishi haqida suhbatlashdik. Shu bilan birga, to'satdan ko'paygan migratsiya oqimining narxlar, fiskal siyosatga ko'rsatishi mumkin bo’lgan ta'sirlarga ham to'xtaldik.
Ko‘ring, ulashing va albatta obuna bo‘ling.

Ilovalar:

Spotify:
https://open.spotify.com/show/1ZJ1l4Kp3Efn6eJludF8Ll

Apple Podcast:
https://podcasts.apple.com/us/podcast/uzbekonomics/id1627933796

Yandex Music:
https://music.yandex.ru/album/13560590?dir=desc&activeTab=about

Podbean (web):
https://botir.podbean.com/

Stitcher:
https://www.stitcher.com/show/uzbekonomics

@uzbekonomics
Noqonuniy parkovka haqida xabar berganlik uchun moliyaviy rag'bat.

Nyu York shahar kengashi bir amaliyotga qo’l urayotgan ekan.
https://www.bloomberg.com/news/articles/2022-09-29/nyc-may-pay-people-for-reporting-bike-lane-blockers

Xullas, bu taklifga ko'ra, har bir insonda shaharda noto’g’ri parkovka qilingan, velosiped va piyodalar yo’laklarini to’sib qo’ygan, maktab va binolarga kirishni to’sib qo’ygan transport vositalari haqida xabar berish imkoniyati, huquqi va eng muhimi rag’bati paydo bo’ladi. Parkovka qoidalarini buzganlik haqida dalillarni (rasm, va boshqa ma’lumotlar bilan) taqdim etgan Nyu-Yorkliklar qoidabuzarlik jarimasining 25 foiziga ega bo’lishlari mumkin ekan. Ya’ni, noto’g’ri parkovka jarimasi 175 dollar bo’lsa, xabar beruvchi $43 olishi mumkin.

Bu nega qilinyapti? Hukumat, mahalliy hokimiyat insonlarning (to’g’rirog’i qoidabuzar haydovchi) pulini tortib olishmoqchimi? Byudjetni to’ldirishga yangicha usullarni o’ylab topishyaptimi? Xabar berganlar sotqinmi?

Yo’q. Bu shaharning yo‘llarni piyodalar va velosipedchilar uchun xavfsizroq qilish va aholini o‘z avtomobillarini uyda qoldirib, muqobil transport turlaridan foydalanishga undashga qaratilgan navbatdagi nggi urinishidir. Aytish joiz, Nyu York jamoat transporti juda rivojlangan, muqobil transport turlari mavjud. Manhattan ichida va unga kirib-chiqishda mashina haydash bu eng sekin, eng noqulay, eng qimmat va eng zararli transport turi hisoblanadi.
Jamoatchilik nazorati orqali qayd etilgan qonunbuzarliklar qayd etilishi ko’payadi. Bu yomonmi? Juda yaxshi! Tabiiy xavotir shundan iboratki, to’plangan jarimalar haqida hisobot va maqsadli sarflanishi haqida shaffoflik va eng muhimi jamoatchilikda ishonch bo’lishi kerak. Masalan, NyuYork hokimiyati yig’ilgan jarimalarga bir tonna osh qilib festival qilib yuborsa albatta jamoatchilik nazorati nima uchun sizlarga kerak edi degan savol tug’ilishi mumkin. Xabar beruvchilar chaqimchi, yovuz insonlar, faqat pul ishlash ketida yuriptilar deganlar juda ko'p bo'ladi. Aslida bular jamiyat rivojlanishiga juda katta hissa qo'shayotganlar hisoblanadi! Qonunbuzarlikning barcha turlari, u jamoat transportida jinsiy tegajonlik bo'ladimi, byudjet pulini suistemol qilish bo'ladimi yoki noqonuniy parkovka qilish bo'ladimi, barchasi haqida darxol xabar beradigan va uni bartaraf etadigan jamiyat bo'lishimizni istayman.

Noqonuniy parkovkaga jazo ijrosi Nyu Yorkda ham hozir oqsaydi, va uni yanada oshirish uchun jamoatchilik nazorati kuchaytirilmoqda. O'zbekistonliklar uchun tanish amaliyot, ya’ni ba’zi sohalarda biz buni amalga oshiryapmiz, erta natijalarini ham ko’ryapmiz. Mana shu amaliyot, yaqinda O'zbekistonda, Toshkentdan boshlab tadbiq etilishiga mening ishonchim komil. Bundan sal avvalroq, qonunbuzarlikni jazolash va ijrosi uchun evakuator xizmatlari haqida ham yozgandim (1, 2).

Avvalroq congestion pricing amalga tadbiq qilinishi jarayonini yoritib borayotgan edim. Eslatma bu yerda.

Haydovchilar hohlaydimi yo’qmi, men, siz va ular yozadi/gapiradimi yo’qmi, farqi yo’q - shaharlarimiz, ko’chalarimiz tartibga solinishga majbur. Turli vositalardan foydalanib. Jamoat transporti rivojlanadi, mashinadan foydalanishning barcha xarajatlarini haydovchilarning o'zlari qoplashni boshlaydilar. Masalan, shu paytgacha ba'zi xarajatlarni jamiyat ko’tarib kelmoqda: tekin parkovka, keng yo'llar, ko'priklar. Mashinadan foydalanish externaliylarini, masalan havo ifloslanishini aytmasa ham bo'ladi. Moy, benzin, sug'urtaga to'langani kabi mashinadan foydanalishning barcha xarajatlari haydovchining o'ziga tushsa, defitsit tovarlar (parkovka, tirbandlik) to'g'ri baholansa yo'llarimizda tartib bo'lishni boshlaydi.

Mana shu sohada islohotlarni kutamiz. Bu yerda hech qanday piyoda vs haydovchi degan debatga o’rin yo’q. Har bir haydovchi bu piyoda. Jazo muqarrarligi birinchi bo’lsin deysizmi? Ha, u haqda ham million marotaba aytildi. Uchta bir xil nomer egasi ham, hokimiyat tagida noqonuniy parkovka qilingan mashina ham barchasi teng jazolanishi kerak.

@uzbekonomics
Qiziqqan va tegishli yosh tadqiqotchilarga tavsiya.

Hozirgi davrda yetakchi universitetlarda iqtisod yo'nalishida Ph.D. qilish uchun kerakli bo’ladigan talablardan biri bu yetarli akademik ish tajribasi, ya’ni universitet ilmiy markazlarida yoki professorlar qo’l ostida shartnoma asosida ilmiy yordamchi bo’lib ishlash. Unday ishlarga to’g’ridan-to’g’ri kirish haam qiyin. Shunga bir stipendiyaga ko’zim tushib qoldi.

Development Economics yo’nalishi bo’yicha Kabir Banerji stipendiyasi, topshirib ko'rsa bo'ladi:
https://bfi.uchicago.edu/weiss-fund-predoctoral-fellowship-call/

Stipendiya past va o'rta daromadli mamlakatlardan yosh tadqiqotchilarni tanlab, yetakchi doktorlik dasturlarida ularning vakilligini kengaytirishga qaratilgan ekan.Stipendiya g'oliblariga shu kabi ilmiy ishlarga kirish tanlovi uchun ustunlik oladilar. Oxirgi yilgi finalist stipendiantlari haqida bu yerda yozilgan ekan.

@uzbekonomics
Qiziq paytda yashayapmiz.

Aleksandr Lukashenko bugundan boshlab, Belorusda, har qanday narxni o’shishiga ta’qiq qo’yibdi. Bugundan boshlab narxlar oshmasin debti. Bu jilovdan chiqib ketayotgan inflyatsiya bilan kurashish maqsadida qilinmoqda ekan. Bundan tashqari, bugungi majlisda, 2023 yil oxiriga kelib inflyatsiya darajasini 7-8 foizga tushirishni talab qildi…

Gap bu yerda faqat Belorus haqida emas. Narxlarni “muzlatish” masalan AQShda Nikson ham 1970-yillarda shunday siyosatni qilgan, bu yerda yozgan edim. Qayerda va qachon qilinishidan qat’iy nazar, va yaxshi niyatlar bilan qilinayotgan bu harakat (narxlarga aralashish) salbiy oqibatlarga olib kelishi haqida ko’p yozildi. Kanalda “narxlar” deb qidirilsa talayginasi chiqib keladi.

@uzbekonomics
Bu insonga hech qanday medal ham kerak emas. G’ulom aka haqiqiy xalq qahramoni ekanlar:

https://youtu.be/04WJfkHangk

Karmanalik G‘ulom Hasanov 16 yildirki bolalarni maktab oldida svetofordan o‘tkazib qo‘yish bilan shug‘ullanadi. U svetofor oldida ish boshlaganida 29 yoshli yigit edi. Hozirda 45 yoshni qarshilagan. Maktabga qatnovchi 1800 nafardan ortiq o‘quvchini ismi bilan taniydigan G‘ulom Hasanov 16 yil mobaynida faqatgina yarim kun – avtohalokatga uchragan o‘z farzandi operatsiya qilinayotganida ishga kelmagan.

Mamlakatdagi boshqa maktablarimiz oldidagi serqatnov ko’chalarda esa bolalarimiz halok bo’lishda davom etmoqdalar…

@uzbekonomics
Podkastni 25-soni chiqdi.

“Narxni oshirish taqiqlansin!”: https://youtu.be/XFE3079stNA

Hozirda butun dunyoda ba'zi tovar va mahsulotlarga talabning va narxlarning keskin oshishi, va inflyatsiya dolzarb masala bo'lib qolmoqda. Ushbu hafta mobaynida dunyoning turli chekkalarida shunday misollarni ko'rish mumkin bo'ldi: Kaliforniyadagi baland benzin narxlari va inflyatsiya bilan kurashish yo'lida inflyatsiyani yanada oshiradigan vositani, Belorusda narxlarni oshishiga qarshi buyruqni, Rossiyada bronejiletga bo'lgan talabning oshishi natijasida narx 1800%ga oshib ketganini va O'zbekistonda taksi/kvartira xizmatlariga bo'lgan talabning oshishini kuzatdik. Epizod shu misollar atrofida va umuman nima uchun markaziy banklar foiz stavkalarini oshirayotganlari, va u nima uchun davom ettirilishi mumkinligi haqida suhbatlashdik.

Ko‘ring, ulashing va albatta obuna bo‘ling.

Ilovalar:

Spotify:
https://open.spotify.com/show/1ZJ1l4Kp3Efn6eJludF8Ll

Apple Podcast:
https://podcasts.apple.com/us/podcast/uzbekonomics/id1627933796

Yandex Music:
https://music.yandex.ru/album/13560590?dir=desc&activeTab=about

Podbean (web):
https://botir.podbean.com/

Stitcher:
https://www.stitcher.com/show/uzbekonomics

@uzbekonomics
Bu haftaniki.

Finlyandiya bosh vaziri qisqa va lo’nda:
https://twitter.com/RikhardHusu/status/1578308226709590017

Qovoq siyosati: Fedrezerv bozorlar va iqtisodning asosiy bog'bonidir va u inflyatsiya sharpasini qo'rqitish uchun har barcha qovoqlarning yuzlarni o'yib chiqishga tayyor:
https://kyla.substack.com/p/pumpkin-policy-and-dollarominos

Demokratik va nodemokratik mamlakatlarda yalpi ichki mahsulot raqamlari haqida:
https://thedocs.worldbank.org/en/doc/350051528721174623-0050022018/original/Nightlights.pdf

Rivojlanish haqida o’rganish mumkin bo’lgan filmlar ro’yxati:
https://docs.google.com/spreadsheets/d/11fZKLwN4nzSAHSUepk9ueMNp71MyG4GmSQoZH-r4zs4/edit#gid=0

Grossmeyster Hans Niemann haqiqatdan ham firibgarmi? Dalillar haligacha yo’q-ku. Vaziyat yanada keng yoritilib bormoqda:
https://www.chess.com/news/view/chesscom-hans-niemann-report-cheating

Iqtisodiyot qonunlarini, jarayonlarni kino, reklama, musiqalardagi parchalar orqali tushuntirib boradigan veb sayt. Menga yoqadi:
https://econ.video/

Konspirologiya shinavandalari:
https://www.ft.com/content/dc79e50c-45dc-4bb4-a688-ac59d3fb1073

AQSh shaharlari haqiqatdan ham Ponzi sxemaning bir turimi?
https://youtu.be/7IsMeKl-Sv0

@uzbekonomics