This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
The Wheels on the Bus 🎶

@uzbekonomics
👏10152😁40👍18
Substackimga bu haftanikini yozib keldim (katta tanaffus bo'lib qolgan ekan):

https://botir.substack.com/p/april-19-2026

@uzbekonomics
36🔥20👍7💯1
Uzbekonomics
Kutilganidek, Oliy sud bugun tariflarni noqonuniy va bu Trampning vakolati emas edi deb topibdi. Tariflar Kongressning vakolati.
Bugundan boshlab AQSh hukumati importyorlarga noqonuniy tariflar siyosati natijasida yig'ilgan bojlarni, 166 milliard dollarni qaytarib berishni boshlar ekan.

330mingga yaqin importyorlar bugun bojxona tizimida application qilishar ekan.

Savdo urushi, va mamlakatlarga savdo tariflarni o'rnatish faqat va faqat o'z mahalliy importyorlar va iste'molchilarni soliqqa solish ekanligini hamma bilar edi.

Yaxshiyam Oliy Sud to'g'ri qaror chiqardi. Endi, muammo shundaki, yig'ib olingan tarif pullarini hozir hukumat soliq to'lovchilar pulidan to'lab beradi. Yig'ib olingan pullar ishlatib yuborilgani aniq, masalan Erondagi urushga.

Qiziq, tarif bojlarini iste'molchilarga ham qaytarib berisharmikan, bu noqonuniy tariflar natijasida oshgan narxdagi farqni? Masalan, menga. Bolalar kolyaskasini sotib olgandim, tabiiyki importyor oshgan narxni iste'molchi - menga yo'naltirgan. Xitoyga oshirilgan boj natijasida AQSh bozoridagi barcha bolalar kolyaskalari narxi oshib ketgandi, chunki ularning 98% Xitoydan keladi.

@uzbekonomics
👍8421🔥17😁11
Tim Cook Apple CEO lavozimidan iste'foga chiqayotgan ekan.

Haqiqiy end of an era.

P.S. Arsenal muxlisi bo'lsa kerak, kechagi kundan keyin boshqa chiday olmayman deganga o'xshaydi. Sochining rangi bunga isbot.

@uzbekonomics
😁37528💯18😢17
Menimcha, hozir ko'pchilik mashinalarning o'zi yurish qobiliyati (FSD) va haydovchisiz boshqariladigan mashinalarning (Waymo, Tesla Robotaxi) naqadar inqilobiy ekanligini anglamayapti. Men bu yerda ularning "o'yinchoq" yoki qandaydir faqatgina texnologiya sifatida emas, balki inson hayoti sifatini yaxshilaydigan, yo'llarda harakatni xavfsiz qiladigan, yo'llardagi o'limlarni kamaytiradigan yechim sifatida ko'ryapman.

Rivojlanishning turli darajasidagi mamlakatlarga qarab menimcha, 20-30 yildan so'ng mashinani rulda o'tirib boshqarish va haydash yoki umuman ta'qiqlanadi, yoki haydash shunchalik qimmat bo'lib qoladiki (sug'urta) uni ta'qiqsiz ham haydash mantiqsiz bo'lib qoladi. Eng muhimi, mashinani rulda o'tirib haydash ot minishga o'xshab qolsa kerak - hozir otni shaharda hech kim transport vositasi sifatida ishlatmaydiku, faqat xobbi uchun, maza qilish uchun ot miniladi. Mashinani ham boshqarish shunday noyob harakatga aylanib qolsa kerak.

O'ylab ko'rilsa, mashina haydash inson hayotidagi eng yoqimsiz va eng xavfli yumushlardan biri. Ayniqsa uzoq masofaga. Jismonan kichik joyga tiqilib, ko'zni faqat bitta joyga uzmay yo'naltirib va butun diqqatini bir joyga yo'naltirib ketish jismonan imkonsiz. Shuning uchun ham juda ko'p avariyalar. Kimdir telefoniga chalg'iydi, kimdir monitorga Youtube qo'yib ko'rib ketadi vhkz. Bundan tashqari, stress ko'p. Masalan, Toshkentda mashina haydagan ham, mashinada yurgan ham odam biladi - bu asabni eng ko'p buzuvchi yumushlardan biri. To'g'ri, hozir kimdir aytishi mumkin - yo'q men mashinani maza qilish uchun haydayman, mashina haydasam dam olgandek bo'laman, mashina haydasam miyyam dam oladi, mashina haydasam ma'nan zavq olaman, mashina haydasam podkastlarni tinch eshitib ketishga imkon bo'ladi vhkz deb. Gap shundaki, bularning ko'plari majburlikdan. Ish-uy orasidagi masofa katta bo'lgani uchun, jamoat transporti bo'lmagani uchun inson mashina haydashga majbur va shu vaqtini unumli sarflash uchun "bahona qidiradi". Mashinasining ichiga kirib olib, eshigini yopsa ishdan, uydan, odamlardan biroz tanaffus oldim, o'zimga vaqt topdim deb o'ylaydi, balki.

Rulga o'tirib, benzin hidiga muxlis bo'lib, gaz pedalini bosib adrenalini ko'tarmoqchi va yoshligida yetarlicha kompyuter o'yinlarini o'ynashga ulgurmay qolganlar, bir qo'li rulda, ikkinchi qo'li telefonda va bir ko'zi monitordagi YouTubeda bo'lgan haydovchilar esa birinchi o'rinda yo'llardan olib tashlanishi kerak. Waymo yoki o'zi yurar mashinalar rivojlanishidan qat'iy nazar.

O'zi yurar mashinalarga qaytsam, Substackda va kanalimda avval yozganimdek, Waymo yoki o'zi yurar mashinalar inson haydovchilardan ko'ra xavfsizroq, kamroq avariyalar qiladi, kamroq odamlarni o'ldiradi. Bu statistik tasdiqlangan fakt. Sababi oddiy - inson haydovchilarning salbiy xususiyatlarini olib tashlaydi, qizilda "ulguraman" deb o'tib ketmaydi, kimdir yo'lini siqsa borib alam olaman, yo'lini to'saman demaydi, radar yo'q ekan deb gazni bosmaydi, piyodalar o'tish joyida doimo to'xtaydi, qo'liga telefon olmaydi, orqa o'rindiqdagi do'stiga chalg'imaydi, Youtubeda podkastni tomosha qilib ketmaydi vhkz.

Albatta, texnologiya mukammal emas. 2 yil oldingi FSD bilan bugungi FSD farqi deyarli yer bilan osmon. Borgan sari mukammallashib bormoqda. Shu bilan bir paytda odamlar orasida ham texnologiyaga ishonch ko'payib boradi. Boshida albatta hamma skeptik qarashi mumkin, lekin baribir bunga yetib boramiz deb o'ylayman, chunki uni sinab ko'rgan odam his etadi.

Dunyoda yoshlarni eng ko'p o'ldiradigan #1 sabab bu avtohalokatlar. AQShda yiliga 50 mingga yaqin odam avtohalokatlardan o'ladi. Yana necha yuz mingtasi jarohat oladi. Inson hayotini saqlash borasida FSD va o'zi yuradigan mashinalar yaxshi yechim, ayniqsa mashina atrofida qurilgan AQShdek mamlakatda.

Xullas, Dallasga Teslaning Robotaksisi kirib kelibdi. Waymo bilan narx borasida kurashayotgan ekan. Bir chorrahada Waymo taksisi bilan Tesla Robotaksisi yonma yon turib qolibdi.

https://x.com/SawyerMerritt/status/2045968747169558754

@uzbekonomics
56👍38🔥17👏7
Uzbekonomics
Bilet sotishni bilmaydigan yana boshqa tashkilot bu FIFA. Aslida, dunyoda eng kompetensiyasi yo'q tashkilot aynan FIFA bo'lsa kerak. Bir tiyinga qimmat tinchlik medalini joriy qilib, bir mamlakatdan boshqa mamlakatga shataloq otib, rasmga tushib yurgandan…
FIFA bilet sotishda qalloblik qilayotgan ekan. Ya'ni, kitobdagi eski hiyla-nayrangni qilishayotgan ekan. Jahon chempionatiga barcha biletlar sotib bo'lindi, 5 millionta odam tomonidan talab bo'ldi deyishgandi va natijada o'yinga bilet olishning ikkita yo'li qolgandi: birinchi bu juda qimmatga hospitality biletlarni sotib olish, ya'ni VIP-paket bilan va ikkinchisi marketpleysda/ikkilamchi bozordan. Masalan, chiptasi bor odam sotmoqchi bo'lsa.

Nimasi qalloblik? Avvalambor ko'pchilik kutganidek, FIFA biletlarni hammasini sotib bo'ldik deb aldab faqatgina kam sonli biletlarni aylanmaga chiqargan ekan. Kam sonli biletlarni bir nechta partiyalarda chiqargan va sun'iy ravishda chiptalarning taqchilligini bozorda yaratgan. Maqsad: odamlarni majbur qilib yoki hospitality biletlarni oldirish yoki FIFAning o'z marketpleysidan, ikkilamchi bozorida chiptalarni olishga majburlash. Eng qizig'i, FIFA marketpleysida bilet sotaman desangiz FIFA ham sotuvchidan ham oluvchidan 15%dan xizmat haqqini oladi. Ikkala tarafdan.

Shunday qilib, bilet qolmadi degan FIFA bugun yana barcha o'yinlarga "qo'shimcha" chiptalarni sotuvga chiqarishini e'lon qilibdi. Bori ham sotilmayapti-da, o'ylashgan ediki odamlar yoppasiga 1-2 ming dollarlik biletlarni sotib olishadi deb.

Xullas, FIFA sudga berilishini kutamiz. Aniq class action lawsuit bo'ladi. Kecha bir iqtisodchi ham bu haqida yozgandi. Juda asabga tegadigan, mutlaqo shaffof bo'lmagan tashkilot ekan. Yopib toza varaqdan yangisini ochish kerak. Bunisi bo'lmadi. Ya'na biz non-profit tashkilotmiz deyishadi, uyalmasdan. Milliardlab pulni yig'ib olishadi, turnirlardan. Assosatsiyalarga tarqatamiz keyin deyish bahonasi bilan.

@uzbekonomics
🔥120👏33👍2014
AQSh Saudiyadagi aktivlarini himoya qilish uchun Ukrainaning dronlarini ishlatar ekan.

Hayot qiziq-a?

Bir tarafdan Ukrainani bosib olaman deb bilmasdan Yevropadagi eng zamonaviy va armiyasi eng ilg'or texnologiyalarni ishlatadigan qo'shniga ega bo'lib qolishdi.
Ikkinchi tarafdan esa, kastim-shim kiymagani uchun Oq uyda klassi yo'q odamlar Ukraina rahbari ustidan kulib, kalaka qilishgandi, boshqa qurol bermaymiz deb. Qiziq, JD Vens endi Zelenskyga rahmat aytarmikan?

@uzbekonomics
😁82👍146🤔2
Hormuzni ochish-yopish bilan bir paytda Eron endi dengiz ostidagi internet kabellarni kesishimiz mumkin, shu bilan dunyodagi internet va cloud infratuzilmasiga zarba beramiz debdi.

Shu o'rinda internet xavfsizligi va tom ma'noda milliy xavfsizlik masalasi uchun ham internet kanallarimiz diversifikatsiyasi haqida o'ylashimiz kerak. Qayerdan, qaysi mamlakat orqali sim tortib kelib internetga ulanyapmiz, masalan?

Aytmoqchimanki, bu yerda bir yechimlardan biri Starlink. Hech kimning simiga, hech qaysi mamlakatning internetni biz uchun yopib qo'yishiga qarab qolmagan bo'lar edik.
https://t.me/uzbekonomics/1673

Tasodif bilan oxirgi ikki postim zamonaviy texnologiyalar: dron va Starlink haqida ekan. Ikkalasiga ham O'zbekistonga taqiq bor. Aksincha, taqiq olib tashlanib ulardan kengroq foydalanishga yo'l bersak, zamonaviy texnologiyalarni o'zlashtirishga tezroq harakat qilsak maqsadga muvofiq bo'lar edi. Kalendarda 2026 yil axir. Bank ilovamizga kirishga geografik cheklov, mantiqsiz IMEI, barcha onlayn xizmatlarni SMSga ulash bilan ovora bo'lib zamondan ortda qolib ketmaylik deyman.

@uzbekonomics
💯181🔥3826🤔16
Yangi epizod:

62 - Yashirin iqtisodiyot: sabab, oqibat, va yechimlari haqida.

Youtubeda video: https://youtu.be/bW4Gg7fYiKo
Audio formatda:
Spotify | Apple Podcast | Yandex Music | Podbean

Tinglang, ko'ring, do'stlaringiz bilan ulashing va izoh qoldiring.

Epizod hamkori: "Juru".
"Juru" Markaziy Osiyo va Kavkazdagi yetakchi xalqaro konsalting va muhandislik korxonasi bo'lib, uning maqsadi barqaror rivojlanishni ilgari surishdir.

https://juru.org/about-us

@uzbekonomics
1👍3715🔥5😢2
Claude, ayqnisa Opus 4.7, tokenlarni suvdek ichayotgani uchun, tokenlarni tejash uchun unga avvalgidek yozadigan "rahmat", "iltimos" so'zlarimni yozmay qo'ydim. Ishqilib yaxshilik bilan tugasin.

@uzbekonomics
😁29025🔥10🤔3
Iqtisodchi Kundaligi
Kelishidan 5 soat oldin yozib qo’ydi, shahardamisan deb
Plot twist: kelganidan keyin emas, kelishidan oldin yozishining sababi aeroportga kelgandan keyin umuman aloqaga chiqa olmasdi.

Chetdan kelgan odam Toshkent aeroportida internetga ulana olmaydi, chunki aeroport Wi-Fi xizmatidan foydalanish uchun mahalliy raqamga kelgan SMS kodni kiritish kerak.

@uzbekonomics
😁255🤯5013😢9
Singapur Tashqi ishlar vaziri Vivian Balakrishnan o’zi uchun shaxsiy AI-assistentni o’zi yasabdi va to’liq arxitekturasini Githubga qo’yibdi. Vivianning aytishicha, Claude Codeni terminalda ishlatar ekan.

Yana bir bor, tashqi ishlar vaziri. U git ishlatishining o'zi katta gap.

Davomi va qolgani bu haftaning dayjestida:
https://botir.substack.com/p/april-26-2026

P.S. Substackda Twitterga ilovalar berish qayta osonlashibdi.

@uzbekonomics
🔥6121😁11👍8
​​Men sizlarga aytamanku doim, FIFA va Infantinoning oyog'i yerdan uzilgan deb.

Prezidentlar yoki Rim Papasi kortejini menga qilib beringlar emish. Juda taltayib ketdi bu kotib janoblari. Travmayda yursin. Vankuverda yaxshi ishlaydi.

@uzbekonomics
😁149🤯1810💯1
bakiroo
Учинчидан, хавфсизлик. SMS орқали бир марталик кодлар кибержиноятчилар учун энг осон ҳужум нуқталаридан бирига айланган.
Ming yildan beri shuni aytib, yozib kelaman. Nihoyat ko'proq odamlar bu muammoni yoki o'z tanasi, cho'ntagi, xavfsizligi orqali his qila boshladi. Avval bu faqat Botirning muammosi edi.

Bank, davlat xizmatlari va boshqa xizmatlardan foydalanish uchun push ilova yoki email orqali avtorizatsiyani qo'shimcha joriy qilish ham qulaylik, ham xavfsizlik nuqtai nazaridan kerak narsa. Odamlar, shu jumladan ba'zi mas'ul odamlar, bunga tish-tirnog'i bilan hozir qarshi bo'lishiga qaramay baribir bir kun bunga kelinadi. Shunchaki orada minglab odamlar bank ilovalaridan foydalana olmay qoladi va ora-orada shunday kiberjinoyatlar sodir bo'lib turadi.

https://t.me/muhrim2022/7796

@uzbekonomics
💯71😁20🔥104
​​Email orqali avtorizatsiya qilish imkoniyatini ham qo'shimcha qilinglar deb gap ochsam doim mana shunday argument berishadi: O'zbekistonda hech kim email ishlatmaydi degan.

Nimaga o'zbekistonliklarni bunday yomon ko'rishadi? Email ishlatishni bilmaydi, kartasidan foydalanishni bilmaydi, ilovasidan o'zi foydalanishni bilmaydi, pulini qanday ishlatishni bilmaydi, o'z taqdirini o'zi belgilashni bilmaydi vhkz degan gaplar bilan butun umr o'zbekistonlik iste'molchilarni yerga urib imkoniyatlarini cheklab kelishadi.

O'zbekistonlik iste'molchilar ham odam, biladi hamma narsani ishlatishni. Moliyaviy savodxonligi ham past emas, ba'zi indikatorlarda past bo'lib chiqsa ham.

Email masalasida: o'zi email ishlatish imkoniyatini bermaganinglardan keyin ishlatmaydida. Bu bir. Ikkinchidan, O'zbekistonda ko'p odamlar ishlatadi emailni aslida. Kalendarda 2026 yil, O'zbekiston aholisining aksariyati yoshlar. Ularning deyarli barchasi email nimaligini ham biladi, accounti ham bor, faol ishlatadi ham. Shunchaki, O'zbekiston ichidagi xizmatlar uchun ishlatmasligi mumkin, chunki bunday imkoniyat ularga berilmagan ham. Nimaga? Chunki davlat xizmatlarini ham, banklardan foydalanishni ham faqat SMSga bog'lab qo'yilgani uchun. Ba'zi ma'sullarda nimaga desam 5-6ta nafaqadagi odamlarni pulini o'g'irlab ketishgan, shunga faqat SMS va foydalanishda geografik cheklov qilish kerak deyishadi. Shunday misollar va Malikadagi 2-3ta odamni misoli orqali umumlashtirib butun iste'molchilarni garovga ushlab turish umuman mantiqsiz.

Yana qaytaraman, hamma narsani faqat SMSga bog'lash bu kiberxavfsizlik masalasi emas, bu qo'pol bo'lsa ham aytaman, bu dangasalik va zamon bilan hamnafas bo'lmaslik. Faqat SMS orqali avtorizatsiya qilish imkonini berish bu aksincha xavfli ekanligini men tushuntirishim shart emas, chatbot 10 sekundda aytib beradi.

Sal kamtarroq bo'lishimiz kerak va "men iste'molchi uchun hamma narsani hal qilaman, men iste'molchi nima xohlashi va nimaga aqli yetmasligini undan yaxshi bilaman" degan argumentni bas qilishimiz kerak. Kalendarda 2026 yil.

@uzbekonomics
2💯133🔥27👏15👍11
Email yozayotganda send tugmasini bosgandan so'ng xat zudlik bilan emas, bir necha soniya yoki daqiqadan so'ng chiqib ketadigan qilib qo'yishni tavsiya etaman. Ko'p email oladigan/yozadiganlar uchun. Ba'zida as qotadi, masalan sendni bosgandan so'ng xato yoki kamchilik borligini bilib qolsangiz chiqib ketishini to'xtatsa bo'ladi.

O'zim, masalan, 1 daqiqa interval qo'yganman.

@uzbekonomics
2👍25461🔥26😁26
​​Bankirlar odamlar haqiqatdan ham emaildan foydanalishi haqida endi o'rganishmoqda:) Bu yaxshi, progress bor.

@uzbekonomics
😁71👍24🤔5🤯4
Bugungi otalar 50 yil oldingi otalarga nisbatan farzandlari bilan uyda ko'proq vaqt o'tkazayotgan ekan.

@uzbekonomics
72👍34🤯19😁9
Global miqyosda bu o'sishning sabablardan biri (yagona emas) ayollarning mehnat bozoriga ko'proq kirib borishida.

AQShda o'sish kattaroqligi sabablaridan yana biri, menimcha, bu bolalarga "qarash" xizmatlari (bog'cha) qimmatlashib daromadning kattaroq ulushini olayotganida bo'lsa kerak.

@uzbekonomics
😁33👍147👏4
Millenial avlod otalari bolalari bilan boomer avlod otalariga qaraganda 4 baravar ko'proq vaqt o'tkazadi, qaraydi.

@uzbekonomics
61👍17😁2👏1