Uzbekkosmos
489 subscribers
1.06K photos
78 videos
533 links
Агентство космических исследований и технологий Республики Узбекистан

O’zbekiston Respublikasi kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi

🌐 https://uzspace.uz
🔵 facebook.com/uzbspace
🔴 https://www.instagram.com/uzbekcosmos/

☎️ +998 55 502-50-22
Download Telegram
⚡️ «Ўзбеккосмос» агентлиги хорижий давлатларнинг Космик агентликлари раҳбарлари билан учрашув ўтказди

STC 2024 конференцияси доирасида «Ўзбеккосмос» агентлиги директори бошчилигидаги делегация хорижий мамлакатларнинг космик агентликлари раҳбарлари билан учрашувлар ўтказди.

Дастлабки учрашув Озарбайжон Республикаси Космик агентлиги (Азеркосмос) раҳбарияти билан бўлиб ўтди, унда учрашув доирасида икки томон ўртасида Ўзбекистон ва Озарбайжоннинг космик фаолиятини кенгайтиришни назарда тутувчи меморандум имзоланди.

Кейинги навбатда БАА, Қозоғистон, Туркия, Покистон каби космик агентликлар вакиллари билан самарали учрашувлар ташкил этилди.

Хорижий давлатлар космик агентликлари раҳбарлари билан ўтказилган ушбу учрашувларда техник ходимларни ўзаро ўқитиш, янги лойиҳаларни амалга оширишга тайёрлик, Ерни масофадан туриб зондлаш тизимини кенгайтириш, ҳамкорлик истиқболлари, тажриба алмашиш ва таълим лойиҳаларини амалга ошириш масалалари муҳокама қилинди.

🚀Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🌐Uzspace.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“STC 2024” конференция доирасида “Ўзбеккосмос” агентлиги томонидан хорижий компанияларни Ўзбекистонга релокация қилиш бўйича имкониятлар ва яратилган шарт-шароитлар билан таништириш ҳамда аутсорсинг салоҳиятини тарғиб қилиш мақсадида махсус сессия ташкил этилди.

Мазкур сессия давомида Ўзбекистонда мавжуд бўлган IТ, BPO ва КPO-хизматлари аутсорсинги имкониятлари, IТ соҳасидаги қулай сармоявий муҳит, IТ-компанияларни Ўзбекистонга релокация қилиш бўйича имкониятлар ва яратилган шарт-шароитлар, компанияларни юртимизга жалб қилиш учун ташкил этилган “Zero risk” дастури ҳақида тақдимот ўтказилди ҳамда IТ-Паркка резидент бўлишга таклиф этилди.

🚀Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🌐Uzspace.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sigma podcast
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekistonda kosmik sohaning rivojlanishi — Bugun va Kelajak | Oʻzbekkosmos

Podkastimizning bu safargi sonida Oʻzbekkosmos agentligining Aerokosmik faoliyat va kosmik monitoring tizimini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Muhiddin Ibragimov bilan agentlikning vazifalari, u hozirgi kunda qanday vazifalar bilan shugʻullanishi, yerni masofadan zondlash, nega dronlar taqiqlangani, Starlink va OneWeb kompaniyalarining Oʻzbekistonga kirishi, sun’iy yoʻldosh va raketalar uchirish rejalari haqida suhbatlashdik.

Tomosha qiling va ulashing:

https://youtu.be/-LZI3nzYmIY

@sigma_podcast
Forwarded from Digital.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👁 Poytaxtimizda “Inson uchun” savdo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Ko‘rgazmada 200 ga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxslarni band qilgan tadbirkorlar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va hunarmandlar o‘z mahsulotlari (mebel, tekstil, poyabzal, sport, oziq-ovqat, texnika, poligrafiya va boshqa turdagi tovarlar) bilan qatnashishdi.

◀️Malika Egamqulova imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay, o‘z qo‘l mehnati bilan yaxshigina daromad qilib kelmoqda. U qo‘lda oyoq kiyimlar to‘qib, uning har juftini 200-250 ming so‘mdan sotadi. Malika hozirda ushbu mehnati orqali bir oyda 5-6 mln so‘m ishlab topmoqda.

‼️Shuni alohida eslatib o‘tamiz, imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash, ularga qulayliklar yaratish maqsadida my.gov.uz orqali bir qator elektron davlat xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.

🔵Xususan, nogironligi bo‘lgan yoshlarimiz o‘qish xarajatlari, o‘qish davrida yashash va transport xarajatlari, asbob-uskunalar hamda mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish xizmatlaridan onlayn foydalanishlari mumkin.

🔵O'tgan yilning o'zida nogironligi bor shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga subsidiya ajratish orqali bir qator korxonalarga panduslar qo‘yilib, qo‘shimcha qulayliklar yaratildi.

🔵Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar esa respublikamizdagi 11 ta sanatoriylarga imtiyoz asosida yo‘llanmalar olishmoqda.

❗️Bundan tashqari, nogironligi bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga my.gov.uz dagi barcha xizmatlardan foydalanishda imtiyozlar belgilangan. Masalan: Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish xizmatida ham ular birinchi navbatda qabul qilinadilar.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM