#aktyor
Hamza Umarov
Hamza Umarov 1925-yilning 17-dekabrida Qoʻqon shahrida tavallud topgan. 1948-1951-yillarda «Toshkent teatr va rassomlik sanʼati» institutida tahsil olgan. 1950-1986-yillar mobaynida «Muqimiy» teatrida, 1987-yil yanvar oyidan avgustga qadar «Hamza» teatrida, soʻng «Oʻzbekfilm» kinostudiyasida ishlagan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi boʻlgan aktyorga 1967-yilda «Oʻzbekiston xalq artisti» unvoni berilgan.
Aktyorning sahnada yaratgan ilk obrazi «Armugʻon» spektaklidagi Jaʼfar personajidir. «Oltinkoʻl» (Uygʻun)da Gʻani, «Nurxon» (K.Yashin)da Huzurxoʻja, «Farhod va Shirin» (Xurshid)da Shopur, «Ravshan va Zulxumor» (K.Yashin)da Tersak rollari bilan tanildi. Hamza Umarov ijodida 50-yillar shakllangan xarakterli, lirik va hajviy yoʻnalishlar keyingi yillar ham davom etdi. Qahramonlarining feʼl-atvori va xususiyatlarini biroz boʻrttirib ifodalashi, soʻzlarini dona-dona va jarangdor talaffuz qilishi, qoʻshiqlarini qahramon holatiga singdirib yuborishi, qarama-qarshi his-tuygʻularni kuchli psixologik dramatizmda yetkazishi bilan aktyor sanʼati alohida ajralib turadi.
Isfandiyorxon («Gʻazal fojiasi»), Maʼdalixon («Nodira»), Said («Guli siyoh»), Masxaraboz («Oʻn ikkinchi kecha»), Asqarali («Mavlono Muqimiy»), Gung («Qizbuloq»), Pantashvili («Xonum-a xonim») kabi obrazlari bunga misoldir. Hamza Umarov rejissyor sifatida «Bagʻritosh», «Qaynona», «Ishqing bilan» kabi asarlarni sahnalashtirgan.
Aktyorning kino sanʼati rivojiga qoʻshgan xizmatlari alohida boʻlib, kinoda uning yangi qirralari ochildi; qiyofasi, chehrasi, ovozi, xatti-harakatlari, oʻzini tutishi, ichki kechinmalarining yuzida, koʻzlarida zohir boʻlishi kinematografiya imkoniyati va ifoda vositalariga toʻlaqonli mos tushgan.
Kinoda Salimboyvachcha («Qutlugʻ qon»), Umar («Mahallada duv-duv gap»), Madaminbek («Favqulodda komissar»), Homid («Oʻtkan kunlar»), Qoriyev («Inqilob chavandozlari»), Asqarov («Yoz yomgʻiri»), Normat («Shijoat»), Sulaymonov («Falokat oyoq ostida»), Jabborov («Shiddat»), Qoʻldoshev («Seni kutamiz, yigit»), Matnazar («Olovli sohil») kabi 60 dan ortiq obraz yaratgan.
Hamza Umarov bir qancha televizion spektakllar («Masxaraboz», «Qirolning dilxushi» va boshqalar)da ham qator rollarni mahorat bilan ijro etgan. Dublyaj sanʼatining mohir ustasi sifatida tanilgan aktyor 1000 dan ortiq filmga ovoz bergan. «Bagʻritosh», «Hayot yoʻli», «Dil tortsa», «Yor yurgan koʻchalar», «Tong farzandlari» pyesalarining muallifidir. «Hamza» nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1970).
Oʻzbek kinosi va dublyaji dargʻasi, yetuk kinoarbob Hamza Umarov 1987-yilning 26-noyabrida Toshkentga dafn etilgan. Oltin ovoz sohibi, mahorat ramzi Hamza Umarovning benazir ijodi esa barhayotdir!
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati
🌐 Website 🔵 Facebook 📷 Instagram 🚀 Telegram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#aktyor
Shukur Burhonov
Aktyor 1910-yilning 15-sentyabr sanasida Toshkentda tavallud topgan. Oʻzbekiston xalq artisti (1940). 1928-yildan «Hamza» teatrida ishlagan. Asosan oʻz zamondoshlari rollarini ijro etgan: Odilbek ("Xolisxon") obrazlarida aktyorning yangi qirralari ochildi. Urush yillari Oleko Dundich ("Oleko Dundich"), Battol ("Muqanna"), Jaloliddin ("Jaloliddin Manguberdi"), urushdan keyin general Sobir Rahimov ("General Rahimov"), Maksimov ("Dengizchilar uchun") kabi rollarni oʻynadi. Keyinchalik romantik aktyor, fojiaviy rollarning mohir ustasi sifatida shuhrat qozonib, chuqur falsafiy mazmunga ega boʻlgan obrazlar yaratdi: Hamlet, Romeo, Brut ("Hamlet", "Romeo va Julyetta", "Yuliy Sezar"), Voynitskiy ("Vanya togʻa"), Mirzo Ulugʻbek ("Mirzo Ulugʻbek"), shoh Edip ("Shoh Edip"), Sulaymon ota ("Qiyomat qarz") va boshqa gʻoyaviy, psixologik va plastik jihatdan toʻlaqonli, romantik hissiyoti, koʻtarinkiligi bilan ajralib turadigan monumental fojiaviy rollardir. Ayniqsa Shoh Edip roli bilan Shukur Burhonov sahnada katta iz qoldirdi. Undagi tashvish, dard, iztirob, tugʻyon sahnama-sahna kuchayib boradi. Aktyor bunday kuchli dramatizmga, fojiaviylikka ichki kechinmalar, bosiq harakatlar, xilma-xil maʼnolarni anglatuvchi boqishlar va kuzatishlar, oʻziga xos dardli va musiqaviy nutq tufayli erishdi. Edip rolida aktyorlik sanʼatidagi intellektuallik, emotsionallik, romantik joʻshqinlikni bir-biriga payvand qilib, ilohiy va azaliy qismatlarni faol inkor etuvchi, jamiyat farovonligi va insoniy fazilatlar uchun kurashuvchi buyuk inson obrazini yaratdi. Hamlet obrazida esa qaynoq qalbli, joʻshqin, qudratli inson sifatidagi fazilatlarni mohirona talqin etdi. B. ijodi ijtimoiy, falsafiy va gʻoyaviy mazmunga toʻla, ufqi keng, koʻp qirrali. U romantik, fojiaviy dramatik, lirik xarakterdagi va hatto satirik rollarning mohir ijrochisi. Aktyor qanday rol oʻynamasin inson taqdiri va uning ijtimoiy muhit bilan munosabatini haqqoniy tasvirlashga erishdi.
Shukur Burhonov oʻzbek kino sanʼati taraqqiyotiga ham katta hissa qoʻshdi. U yaratgan Qorabotir ("Tohir va Zuhra"), Gʻofir ("Boy ila xizmatchi"), Shoh Kalin ("Ilya Muromes"), Qalandarov ("Sinchalak"), Mirzo Ulugʻbek ("Ulugʻbek yulduzi"), Matniyoz ("Uzoqyaqin yillar"), Husan ota ("Bardosh") kabi rollari rang-barangligi, ijro mahorati, obraz talqinining mukammalligi bilan jahon kino sanʼatida yuqori baholangan. «Hamza» nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti nomzodi (1965). Aktyor 1987-yili bu yorugʻ olamni tark etdi. Ammo uning ijod namunalari xalq qalbida manguga muhrlandi.

Soyib Xoʻjayev
Soyib (Sohibjon) Xoʻjayev 1910-yilning 5-dekabr sanasida Andijon viloyati, Xonobod qishlogʻida tavallud topgan. Oʻzbek aktyori, qiziqchisi, Oʻzbekiston xalq artisti (1939). 1925-1926-yillarda Moskva shahrida joylashgan ishchilar kursida tahsil olgan. U dastlab Mirshohid Miroqilov qoʻli ostida taʼlim olgan. Oʻz kasbiy faoliyatini 1927-yili «Hamza» nomidagi Qoʻqon oʻzbek musiqali drama va komediya teatrida aktyorlik qilib boshlagan. 1928-1939-yillar Andijon viloyat teatrida aktyor sifatida ishlagan.
Aktyor 1939-yildan umrining oxirigacha Toshkent shahridagi «Muqumiy» nomli oʻzbek davlat musiqali drama va komediya teatrida ijodiy faoliyat olib borgan. Soyib Xoʻjayev jahon, rus, oʻsha davrning oʻzbek dramaturgiyasi asarlarida yuzga yaqin obrazlar yaratgan.
„Malikayi Turandot“ asarida Truffaldino, „Oʻrtoqlar“ spektaklida Soli domla, „Boy ila xizmatchi“ spektaklida Xolmat, Nikolay Gogolning „Revizor“ spektaklida Bobchinskiy kabi obrazlarni yaratib, komik aktyor sifatida koʻzga tashlanadi. 1939-1982-yillar «Muqimiy» teatrida ishladi. Shu yillarda Xoʻjayev sahna kulgisi, satira va mutoyiba vositalarini yaxshi oʻzlashtirib, xalq qiziqchilarining badihagoʻylik, mimika va taqlid vositalaridan keng foydalanish, jarangdor nutq, soʻz oʻyini kabi anʼanalarni sahna imkoniyatlari doirasida rivojlantirishi tufayli jiddiy yutuqlarga erishdi.
Oʻzbek dramaturgiyasida yaratgan Toʻxtasin Jalilovning „Nurxon“ asarida Huzurxoʻja, shuningdek, „Oltin koʻl“ spektaklida Gʻani, „Vatan ishqi“ spektaklida Xushmamat; tarjima asarlardagi Cherevik („Sorochinsk yarmarkasi“), Mikola („Natalka Poltavka“), Devona („Guli siyoh“), Ser Tobi („Oʻn ikkinchi kecha“) obrazlari oʻzbek dramaturgiyasida munosib iz qoldirgan.
Xoʻjayev, ayniqsa, Hamid Gʻulom, Manas Liyevning „Toshbolta oshiq“ spektaklida Toshbolta va boshqa asarlari („Fargʻona hikoyasi“, „Oʻgʻil uylantirish“, „Ajab savdolar“) da qator (Kichkinaxoʻja, Norxoʻja, Vakil qassob) rollarda katta muvaffaqiyat qozondi. Xoʻjayev Toshbolta rolini 1500 marta ijro etgan. Viloyatlar boʻylab teatr jamoasi gastrol safariga chiqqanda, biletlar oldindan sotib boʻlinardi. Soyib Xoʻjayev teatrda, sahnadagi rollarini andijon shevasidagi soʻzlarni qoʻshib ifodalagan.
Soyib Xoʻjayev kinolarda ham epizodik, kichik hamda oʻrta rollarni ijro etgan. „Vatanga tuhfa“, „Stadionda uchrashamiz“ va „Yor-yor“ kabi komediyalarda rol oʻynagan. „Yor-yor“ filmida ota rolida Soyib Xoʻjayev, uning oʻgʻli rolida Baxtiyor Ixtiyorov ijro qilgan. Xoʻjayev „Nasriddinning sarguzashtlari“ (choyxonachi), „Yoryor“ (Ahmadjon), „Dilbarim“ (Zuhurov), „Yettinchi jin“ (Sultan) kabi filmlarda ham suratga tushgan. Toshkent televideniyesining „Ekran xandasi“, „Visol onlari“ dasturlari va „Tabassum“ radiojurnalining doimiy qatnashchisi boʻlgan.
S. Imomovning „Soyibxoʻja operatsiyasi“ spektakli (1999) Soyib Xoʻjayevga bagʻishlangan. Soyib Xoʻjayev xotirasiga bagʻishlangan kulgi sanʼati koʻrik-tanlovlari oʻtkazib turiladi, 2023-yil 5-may kuni Soyib Xoʻjayev tavalludining 113-yilligi munosabati bilan „Keling kulgi sayliga, dildan kuling mayliga“ shiori ostida tadbir shular jumlasidandir.
Oʻzbekiston Respublikasi teatr sanʼatini rivojlantirishdagi katta xizmatlari uchun „Mehnat Qizil Bayroq“ ordeni bilan taqdirlangan va 1939-yili „Oʻzbekiston xalq artisti“ unvoni bilan mukofotlangan. Vafotidan soʻng 2003-yili „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlangan.
Soyib Xoʻjayev 1982-yili 3-may kuni uzoq davom etgan xastalikdan soʻng 72 yoshida Andijonda vafot etgan va Toshketda dafn qilingan.

Ergash Karimov
Aktyor va qiziqchi Ergash Karimov 1935-yilning 26-oktyabr sanasida tavallud topgan. 1958-yil Toshkentdagi sanʼat institutini tugatgan. Oʻz davrida aktyorni «Oʻzbek komediyasining qiroli“, deb atashgan. Aktyorga 1990-yil «Oʻzbekiston xalq artisti» unvoni berilgan. U 1999-yil «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan. 1970-yillar aktyor ishtirokida olingan filmlar oʻzbek komediyasining klassik namunalari hisoblanadi. Aktyor bir nechta TV dasturlarda ham ishtirok etgan.
Ergash Karimov 1958-1959-yillar Surxondaryo teatrida ishlagan. 1959-yildan Oʻzbekiston teleradiokompaniyasining „Yoshlik“ telestudiyasida teleminiatura teatrida rejissyor assistenti, 1965-yildan rejassyori, 1997-yildan badiiy rahbari boʻlgan. Ergash Karimov sanʼati oʻtkir satira va koʻtarinki ruh bilan sugʻorilgan boʻlib, plastik, mimik harakatlar ustasi sifatida tanilgan. U baʼzan bir spektaklda bir nechta rollarda chiqqan. Topqirlik, mubolagʻa bilan boʻrttirib koʻrsatish, ijrodagi tabiiylik, hazil ohangidagi soddalik Karimov ijodining asosini tashkil etadi.
Aktyorning eng mashhur rollariga quyidagilar kiradi: Sovchi (Said Ahmad, „Oliq-soliq“), Gʻizgʻizon (Alp Jamol, „Gʻizgʻizon“), Sinovchi-ichuvchi (Said Ahmad, „Sinovchi-ichuvchi“), direktor (Said Axmad, „Lampashisha“), Muqimjon (Said Ahmad, „Birinchi muhabbat“), Ishqiboz (Alp Jamol, „Paxtakor yutganda va yutqizganda“), talaba (E. Musayev, „H2O“), Qiyomov (Alp Jamol, „Toʻzgʻigan pat“), Sottivoy (Alp Jamol, „Yozaman“), mudir (Alp Jamol, „Noshud mudir“), Koyilxoʻjayev (Alp Jamol, „Xurrak“), telemuxbir (Said Ahmad, „Qizlar brigadasi“), Chol (Said Ahmad, „Qirchillama chol“), er (E. Usmanov, „Tushingni suvga ayt“), Sudya (E. Raimov, „Quyoshxon“), Ota (E. Usmanov, „Gudbay“) va boshqalar.
Ergash Karimov oʻynagan eng mashhur film 1972-yilda suratga olingan „Uchrashuv“ deb nomlangan teleminiatyuralar toʻplamidir. Bu filmda Karimov suvning formulasini tushuntirib bera olmagan sodda talaba rolini ham qoyilmaqom tarzda ijro etgan. Talaba suvda atom yoʻqligini, atom bomba yasash uchun qoʻllanilishini aytadi. Ergash Karimov yana „Shum Bola“ filmida qoʻli egri domla rolini ham mahorat bilan oʻynagan.
Aktyor 2009-yil 4-avgustda 74 yoshda vafot etgan. Uning barhayot ijodi esa bugun ham tomoshabinlar yuziga tabassum ulashmoqda.

Razzoq Hamroyev
Razzoq Hamroyev 1910-yilning 30-noyabrida Buxoro viloyatining Shofirkon tumani, Tezguzar qishlogʻida tavallud topgan. Aktyor, rejissyor, pedagog. Oʻzbekiston xalq artisti (1951). Xalq artisti (1973). Toshkentdagi Oʻlka yerlari bilim yurtini (1930), Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1954). Namangan teatri asoschilaridan (1931). Namangan teatrida aktyor, rejissyor, bosh rejissyor, badiiy rahbar boʻlgan (1931-1945).
Aktyor oʻzbek kinosida chuqur falsafiy, hajviy, mazmunli obrazlar yaratdi: Nozim („Tohir va Zuhra“), Navoiy („Alisher Navoiy“), Xoʻja Nasriddin („Nasriddinning sargu-zashtlari“), Beruniy („Abu Ali ibn Sino“), Muqimiy („Furqat“), Mirzakarim qutidor („Oʻtgan kunlar“), Togʻa („Yoryor“), Toshtemir dorboz („Dorbozlar“), Ibn Iroq („Abu Rayhon Beruniy“), Jaʼfarbek („Jay-xun“), Rahimjon mirob („Mirzachoʻl“), Usmonboy („Xorazm afsonasi“), nomozov („Komandirning qaytishi“), Gʻofir („Seni kutamiz, yigit“) va boshqa shular jumlasidan. Aktyor ekranda yaratgan Alisher Navoiy obrazi sanʼatkor ijodida alohida oʻrin tutadi. Navo-iyni mutaffakkir shoir, xalqparvar davlat arbobi, sodiq doʻst sifatida yorqin gavdalantirdi, uning ichki kechinmalarini tomoshabinga mohirona yetkazdi, davr qarama-qarshiliklarini ifodalashda katta isteʼdodini namoyish qildi. 1968-yil Muqimiy teatrida shoirning 525 yilligi munosabat bilan Aktyor „Navoiy Astrobodda“ (I.Maxsumov; Yu.Rajabiy, S.Jalil) musiqali dramasini sahnalashtirib, oʻzi bosh rolni ijro etdi. Navoiyning baytugʻazallarini ajoyib talaffuzda maʼnoli, jarangdor, yuksak mahorat bilan va taʼsirchan oʻqish bilan obrazning taʼsir kuchini yanada oshirdi.
Razzoq Hamroyev 1981-yil 5-mayda Toshkentda vafot etgan. Aktyorning barhayot ijodi esa hanuzga qadar xalq ardogʻida.

Obid Jalilov
Obid Jalilov (1896.10.11 – Toshkent – 1963.27.9) – Oʻzbekiston xalq artisti (1939). Savodsizlikni tugatish maktabida oʻqigan (1918—20). 1919-yildan oʻzbek drama gruppasining yetakchi aktyori. Aktyorlik mahorati intellektual psixologik yoʻsinda shakllangan. Jalilov qahramonlari kuchli, oʻz hissiyotlarini boshqara oladigan kishilar obrazi boʻlib, aktyor ularning ichki dunyosini loʻnda va ifodali talqin etdi. Har qanday katta-kichik obrazning gʻoyaviy-falsafiy yoʻnalishining ijtimoiy mohiyatini ochishga, qarama-qarshiliklarni hal qilishdagi oʻrnini aniq belgilab olishga, butun diqqat-eʼtiborini, harakatlarini qahramonning maqsadini mantiqan isbotlashga, obrazni psixologik jihatdan chuqurlashtirishga intilgan, uni voqealar jarayonida muttasil, sahnama-sahna rivojlantirib borgan.
Bemor („Turkiston tabibi“), Podkolyosin („Uylanish“) va boshqalar aktyorning sahnadagi ilk yirik obrazlaridir. 30-yillar Tolipov („Niqob yirtildi“), Arslon, Poʻlatov („Tor-mor“, „Nomus va muhabbat“) kabi rollari bilan tanildi. Eng yaxshi rollari: Komilov („Navbahor“), Mavlon („Shohi soʻzana“), Solihboy („Boy ila xizmatchi“), Majdiddin („Alisher Navoiy“), Klavdiy („Hamlet“), Dikoy („Momaqaldiroq“) va boshqa obrazlarida aktyor ijodining yangi qirralari namoyon boʻlib, salbiy obrazlar ustasi sifatida shuhrat qozondi. Aktyor milliy kino ravnaqiga ham ulkan hissa qoʻshdi. Vazir („Tohir va Zuhra“), Majdiddin („Alisher Navoiy“), Solihboy („Boy ila xizmatchi“), Qodir („Gullar ochilganda“), Mahkam ota („Sen yetim emassan“) va b. kinodagi eng yaxshi rollaridir. Bu obrazlar aktyor ijrosida oʻzining badiiy ifodasini toʻligʻicha topgan va ular oʻzbek kinosi tarixining zarvaraklaridan urin olgan. Davlat mukofoti nomzodi.