O‘zbekiston Kinematografiya agentligi
2.54K subscribers
14.3K photos
2.53K videos
18 files
5.94K links
Kinematografiya agentligining telegramdagi rasmiy sahifasi

rasmiy veb sayt: https://uzbkino.uz

Facebook: https://www.facebook.com/uzbekkino.uz/

ishonch telefoni: +(998 71) 277 81 07
email: info@uzbkino.uz
Manzil: Toshkent sh. Chilonzor ko'chasi 1a
Download Telegram
#aktyor

Ergash Karimov

Aktyor va qiziqchi Ergash Karimov 1935-yilning 26-oktyabr sanasida tavallud topgan. 1958-yil Toshkentdagi sanʼat institutini tugatgan. Oʻz davrida aktyorni «Oʻzbek komediyasining qiroli“, deb atashgan. Aktyorga 1990-yil «Oʻzbekiston xalq artisti» unvoni berilgan. U 1999-yil «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan. 1970-yillar aktyor ishtirokida olingan filmlar oʻzbek komediyasining klassik namunalari hisoblanadi. Aktyor bir nechta TV dasturlarda ham ishtirok etgan.

Ergash Karimov 1958-1959-yillar Surxondaryo teatrida ishlagan. 1959-yildan Oʻzbekiston teleradiokompaniyasining „Yoshlik“ telestudiyasida teleminiatura teatrida rejissyor assistenti, 1965-yildan rejassyori, 1997-yildan badiiy rahbari boʻlgan. Ergash Karimov sanʼati oʻtkir satira va koʻtarinki ruh bilan sugʻorilgan boʻlib, plastik, mimik harakatlar ustasi sifatida tanilgan. U baʼzan bir spektaklda bir nechta rollarda chiqqan. Topqirlik, mubolagʻa bilan boʻrttirib koʻrsatish, ijrodagi tabiiylik, hazil ohangidagi soddalik Karimov ijodining asosini tashkil etadi.

Aktyorning eng mashhur rollariga quyidagilar kiradi: Sovchi (Said Ahmad, „Oliq-soliq“), Gʻizgʻizon (Alp Jamol, „Gʻizgʻizon“), Sinovchi-ichuvchi (Said Ahmad, „Sinovchi-ichuvchi“), direktor (Said Axmad, „Lampashisha“), Muqimjon (Said Ahmad, „Birinchi muhabbat“), Ishqiboz (Alp Jamol, „Paxtakor yutganda va yutqizganda“), talaba (E. Musayev, „H2O“), Qiyomov (Alp Jamol, „Toʻzgʻigan pat“), Sottivoy (Alp Jamol, „Yozaman“), mudir (Alp Jamol, „Noshud mudir“), Koyilxoʻjayev (Alp Jamol, „Xurrak“), telemuxbir (Said Ahmad, „Qizlar brigadasi“), Chol (Said Ahmad, „Qirchillama chol“), er (E. Usmanov, „Tushingni suvga ayt“), Sudya (E. Raimov, „Quyoshxon“), Ota (E. Usmanov, „Gudbay“) va boshqalar.

Ergash Karimov oʻynagan eng mashhur film 1972-yilda suratga olingan „Uchrashuv“ deb nomlangan teleminiatyuralar toʻplamidir. Bu filmda Karimov suvning formulasini tushuntirib bera olmagan sodda talaba rolini ham qoyilmaqom tarzda ijro etgan. Talaba suvda atom yoʻqligini, atom bomba yasash uchun qoʻllanilishini aytadi. Ergash Karimov yana „Shum Bola“ filmida qoʻli egri domla rolini ham mahorat bilan oʻynagan.

Aktyor 2009-yil 4-avgustda 74 yoshda vafot etgan. Uning barhayot ijodi esa bugun ham tomoshabinlar yuziga tabassum ulashmoqda.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tanlov komissiyasi tomonidan qator filmlar ko'rib chiqildi

Tanlovi komissiyasi Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi qoshidagi Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etish uchun yuborilgan filmlarni koʻrib chiqdi.

Komissiya bu safar Eron, Rossiya va Qozogʻiston kinoijodkorlari tomonidan taqdim etilgan “Monisto”, “Selfie with RostamHacer”, “The tortoise & The snail”, “Tezek” filmlari bilan tanishdi.

Ma'lumot uchun, filmlar qabuli 15-avgustgacha davom etadi. XVI Toshkent xalqaro kinofestivali sentabr oyida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

#tiffest24

The selection committee reviewed a number of films


The selection commission reviewed the films submitted for participation in the Tashkent International Film Festival at the National Cinematography Development Center.

This time, the commission got acquainted with the films "Monisto", "Selfie with RostamHacer", "The tortoise & the snail", "Tezek" presented by the filmmakers of Iran, Russia and Kazakhstan.

For information, the reception of films will continue until August 15. The XVI Tashkent International Film Festival is planned to be held in September.

Toshkent Xalqaro kinofestivali Axborot xizmati

Telegram | Website | Facebook | Instagram | Youtube
#filmografiya

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soundtrack

"Baxt oʻzi nimadir" — Nasiba Abdullayeva


"Yulduzingni ber, osmon" filmidan. 1995-yil. Rejissyor Farid Davletshin.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taʼziya

Bugun O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi aʼzosi, kinotashkilotchi, yuzlab filmlarda kartina direktori lavozimida ishlab kelgan Sharif Kasimbayev bu yorug‘ olamni tark etdi.

O‘zbekiston Kinematografiya agentligi marhumning yaqinlari, oila aʼzolari va hamkasblariga chuqur taʼziya izhor etadi.


Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ertaga, 30-iyul kuni soat 10:30da Kinematografiya agentligi huzuridagi Badiiy kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtadi

Yig‘ilish rejasiga koʻra, Kinematografiya agentligi Badiiy kengashi yangi tarkibi aʼzolari ro‘yxati va Kengash Nizomi bilan tanishtiriladi.

Shuningdek, “Ninachi qanotlari uchun kuy” nomli badiiy film rejissyorlik ssenariysi (muallif va rejissyor Zulfiqor Musoqov, “O‘zbekfilm” kinokonserni” DUK), “Yor-yor” badiiy filmi adabiy ssenariysi (“O‘zbekfilm” kinokonserni” DUK, ssenariy muallifi va rejissyor Ali Hamroyev), Tanlovdan o‘tgan “Amaliyotchi qiz” nomli adabiy ssenariy (ssenariy muallifi Sirojiddin Rustamov, rejissyor Iqbol Meliqo‘ziyev), agentlik buyurtmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarishga tushirilgan “Cho‘liq” nomli badiiy film rejissyorlik ssenariysi (“ART ZAMON MEDIA”MCHJ, rejissyor Jamoliddin Qo‘ziboyev) muhokamalari va Qirg‘iziston kinoijodkorlari bilan hamkorlikda ishlab chiqarilayotgan “Bir kuni Samarqandda” nomli to‘liq metrajli badiiy film xomaki materiallari ko‘rigi va muhokamasi (“O‘zbekiston milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi” NNT, rejissyor N.Sidikov) boʻlib oʻtishi koʻzda tutilgan.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Эртага, 30 июль куни соат 10:30да Кинематография агентлиги ҳузуридаги Бадиий кенгашнинг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтади

Йиғилиш режасига кўра, Кинематография агентлиги Бадиий кенгаши янги таркиби аъзолари рўйхати ва Кенгаш Низоми билан таништирилади.

Шунингдек, “Ниначи қанотлари учун куй” номли бадиий фильм режиссёрлик сценарийси (муаллиф ва режиссёр Зулфиқор Мусоқов, «Ўзбекфилм» киноконсерни” ДУК), «Ёр-ёр» бадиий фильми адабий сценарийси («Ўзбекфилм» киноконсерни” ДУК, сценарий муаллифи ва режиссёр Али Ҳамроев), Танловдан ўтган “Амалиётчи қиз” номли адабий сценарий (сценарий муаллифи Сирожиддин Рустамов, режиссёр Иқбол Мелиқўзиев), агентлик буюртмаси билан ҳамкорликда ишлаб чиқаришга туширилган «Чўлиқ» номли бадиий фильм режиссёрлик сценарийси (“ART ZAMON MEDIA”МЧЖ, режиссёр Жамолиддин Қўзибоев) муҳокамалари ва Қирғизистон киноижодкорлари билан ҳамкорликда ишлаб чиқарилаётган “Бир куни Самарқандда” номли тўлиқ метражли бадиий фильм хомаки материаллари кўриги ва муҳокамаси (“Ўзбекистон миллий кинематографияни ривожлантириш маркази” ННТ, режиссёр Н. Сидиков) бўлиб ўтиши кўзда тутилган.

Кинематография агентлиги Ахборот хизмати

🌐Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yig'ilish

⭐️29-iyul 2024-yilda Kinematografiya agentligi markaziy apparatida yigʻilish boʻlib o'tdi.

⭐️“Renessans” kino uyida oʻtkazilgan mazkur majlisda kun tartibiga bir qancha muhim masalalar qoʻyildi. Xususan BDKIga berilgan topshiriqlar ijro holati va 2024-2025-o‘quv yili uchun qabul parametrlari hamda tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi.

⭐️Majlisda filial direktori, professor Iqbol Meliqo‘ziyev so'zga chiqib, filial faoliyati va istiqboldagi rejalar xususida taqdimot qildi.

⭐️Filial direktori I.Meliqo‘ziyev o'z taqdimotida filialda yangi ijodiy ustaxonalar tashkil qilish, talabalar uchun sport maydonchasi qurish, ovoz yozish studiyasini tashkil qilish, yangi o'quv yiliga to'laqonli tayyorgarlik ko'rilayotganligi haqida ma'lumot berdi.

⭐️ 29 июля 2024 года в Агентства кинематографии состоялось собрание.

⭐️ На собрании был поставлен ряд важных вопросов. В частности, обсуждалось вопросы касательно филиала ВГИК, процесс подготовки приема на 2024-2025 учебный год.

⭐️ На собрании выступил директор филиала, профессор Икбол Меликузиев, который выступил с презентацией о деятельности филиала и планах на будущее.

⭐️ В своей презентации директор филиала И.Меликузиев сообщил о создании новых творческих мастерских, строительстве спортивной площадки для студентов, организации студии звукозаписи и полноценной подготовке к новому учебному году.

@VGIKTashkent

Кинематография агентлиги Ахборот хизмати

🌐Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM