foyda.uz
117K subscribers
335 photos
82 videos
312 links
O'zbekiston iste'molchilari uchun foydali kanal.

IG: https://www.instagram.com/uzbek.foyda
Egasi: O'zbekiston marketing uyushmasi
______

С пользой для потребителей Узбекистана.
Владелец: Маркетинговая ассоциация Узбекистана.

Reklama uchun: @foydaTST
Download Telegram
Forwarded from marketing.uz
Forwarded from MAKON Marketing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
VII «Йил бренди 2023» мукофотининг ғолиблари эълон қилинди

18-19 май кунлари «Ҳумо Арена»да 25 та номинацияда истеъмолчилар ва эксперт ҳайъати танловига кўра «Йил бренди 2023» мукофоти тақдирлаш маросими бўлиб ўтди.

👉 https://kun.uz/kr/99333707

Реклама
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yil brendi” - iste’molchilar ovozi

O‘zbekiston marketing uyushmasi – O‘zbekistonning marketing yordamida biznesni faol rivojlantirayotgan yetakchi kompaniyalarini birlashtiruvchi yagona professional hamjamiyat hisoblanadi.

Bugungi kunda uyushmaning hamkorlari – O‘zbekistonning 180 dan ziyod yetakchi brendlari va agentliklari, shuningdek marketing bo‘yicha 120 dan ziyod ekspertlarini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Uyushma tomonidan 2017 yildan buyon "Yil brendi" tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda. Mazur tadbir biznes-muvaffaqiyatlarni qayd etish va keng omma oldida brendning marketing yutuqlarini taqdim etish imkoniyatini beradi.

Shuningdek mazkur tadbirda O‘zbekiston bozorida yuqori samarali marketing yutuqlariga erishgan eng muvaffaqiyatli brendlar taqdirlanadi.

“Yil brendi-2023” ko‘rgazmasida 50 dan ortiq eng ilg‘or kompaniyalar ishtirok etdilar. “MAKON Marketing Forum 2024” SOTUVCHILAR DAVRI xalqaro biznes-forumida 10 ta mahalliy va xorijiy sotuv bo'yicha ekspertlar va ilg‘or tadbirkorlar ishtirokida treninglar o‘tkazildi hamda g‘olib brendlarni taqdirlash marosimi bo'lib o‘tdi.

“Yil brendi-2023” tadbir tafsilotlari bilan batafsil YOUTUBE kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.

👉 @uzbekfoyda
Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari va qadrli iste'molchilar!

foyda.uz telegram kanali Sizlar uchun foydali va qiziqarli ma'lumotlar ulashishda davom etadi.

Kanalimiz orqali nafaqat brendlar uchun ovoz berish, balki ular tomonidan iste’molchilar uchun yangiliklar, aksiyalar, foydali ma'lumotlar, mahsulotlar va xizmatlar bo'yicha chegirmalar, yurtimizdagi eng mashhur brendlar, aksiya va promokodlar bo'yicha qaynoq yangiliklardan bahramand bo'lishingiz mumkin.

Bizni kuzatishda davom eting!

👉 @uzbekfoyda
Mobil aloqangizni sifatsiz ishlagan kunlari uchun qayta hisob-kitob qilinishini bilarmidingiz?

Sifatsiz bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat) tufayli isteʼmolchiga yetkazilgan zarar uchun ijrochi tegishli tartibda javobgar bo‘ladi.

Agar mobil aloqa sifati belgilangan standartlarga mos kelmasa, tegishli organlarning tekshiruv xulosasiga asosan xizmat ko‘rsatilmagan yoki sifatsiz xizmat ko‘rsatilgan kunlar uchun hisoblangan mablag‘ qayta hisob-kitob qilinadi.

Shuningdek, sifatsiz ko‘rsatilgan xizmat tufayli isteʼmolchiga zarar yetkazilganligi isbotlansa, isteʼmolchi yetkazilgan zararni ijrochi (mobil aloqa kompaniyasi) tomonidan qoplab berilishini talab qilish huquqiga ega.

Hurmatli Isteʼmolchilar, mobil aloqa sifati ustidan shikoyatlar bo‘yicha ishonch telefoni 1144 ga murojaat qilishingiz mumkin.

👉 @uzbekfoyda
#maslahat

Oziq-ovqat mahsulotlari bilan ham kasallanish mumkin, uni esa vaqtida oldini olish muhim.

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlovchi beshta asosiy usul haqida bilib oling.

👉 @uzbekfoyda
“112” yagona dispetcherlik xizmati tashkil etiladi

Kutilmaganda hodisa va favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun “112” qisqa raqamli dispetcherlik xizmati tashkil etiladi.

“112” yagona dispetcherlik xizmati joriy yil 1 iyun kunidan Toshkent shahrida va yil yakuniga qadar respublikaning barcha hududlari bo‘yicha ishga tushiriladi.

“112” yagona dispetcherlik xizmati Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda “Hududgaztaʼminot” AJning shoshilinch xizmatlarini maʼlumotlarni uzatishning yagona tarmog‘iga birlashtirgan holda respublikaning barcha hududlari bo‘yicha shoshilinch yordam chaqiriqlarini qabul qilish va qayta ishlash, aholiga shoshilinch yordam ko‘rsatish faoliyatini boshqarishning yagona tizimi hisoblanadi.

👉 @uzbekfoyda
Qaysi mobil aloqa operatorini sifatli deb hisoblaysiz?
Anonymous Poll
67%
Uzmobile
11%
Ucell
7%
Mobiuz
10%
Beeline
1%
Humans
2%
Perfectum
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Soxta kosmetologlardan ehtiyot bo'ling

Ko‘chalardagi ko‘plab peshlavhalarda ayollar sartaroshxonasi, manikyur, pedikyur xizmatlari ro‘yxatida kosmetolog xizmati ham bor. Achinarlisi, ayrim qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorlar o‘zgalar hayotini pisand qilmasdan bunday muolajalarni amalga oshirishadi, iste’molchilar esa yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lmasdan ushbu xizmatlardan foydalanishadi.

Мasalaning og'riqli tomoni shundaki, kosmetologiya xizmatlari shifokor tomonidan o‘tkaziladigan, litsenziyalanadigan faoliyat turi hisoblansa-da, ba’zi xususiy klinikalar tomonidan hech qanday huquqiy ahamiyatga ega bo‘lmagan sertifikatlar bilan bunday xizmatlarni ko‘rsatish holatlari kundan-kunga ko‘payib bormoqda.

Bemor tibbiy yordam ko‘rsatish vaqtida sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan taqdirda ko‘rilgan zararning o‘rni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishini talab qilish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 1, 12, 20-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunning 24-moddasi.

Hurmatli iste’molchilar!

Xizmatlardan foydalanishdan avval albatta klinikaning kosmetologiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun davlat organi tomonidan berilgan litsenziyasi mavjudligi, muolaja o‘tkazuvchi shaxsning shifokorligini tasdiqlovchi diplomini talab qilish,
kosmetologiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun – xususiy korxona, tashkilotlar yoki kosmetologlar tomonidan taqdim etilgan sertifikatlar va boshqa hujjatlar hech qanday yuridik kuchga ega hujjat emasligini inobatga olish, muolaja vaqtida foydalaniladigan tibbiy buyum va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilishlarini so‘raymiz.

Shuningdek, iste’molchilarni o‘zlarini hayoti va xavfsizliklari uchun ish yoki xizmatdan foydalanishning oqibatida zarar yetkazilishi ehtimoli bilan bog‘liq xavf xatarning yo‘qligini oldindan bilib olishlari shart.

👉 @uzbekfoyda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘p qavatli uylarga beriladigan issiqlik taʼminoti (otopleniye) da bo‘lgan uzilishlar qanday qayta hisob kitob qilinadi?

O‘zbekiston Respublikasi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 21-moddasiga muvofiq sotuvchi (ijrochi) isteʼmolchini haq evaziga qo‘shimcha tovarlar sotib olishga yoki qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas.

Mazkur holatda hozirgi kunda issiqlik taʼminoti korxonalari tomonidan yetkazib berilgan issiqlik taʼminoti uchun kundalik to‘lovlarni amalga oshirilishi tartibi joriy etilganligini inobatga olib, qaysi muddatga isteʼmolchiga issiqlik yetkazib berilmaganligi haqida isteʼmolchi xizmat ko‘rsatuvchi korxonaga murojaat qoldirganda yetkazib berilmagan kunlar va vaqt uchun dalolatnoma bilan rasmiylashtirishi lozim. Shunda ushbu dalolatnoma asos sifatida olinib, ko‘rsatilmagan xizmat uchun haq olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

👉 @uzbekfoyda
Yoz faslida ko‘zlarni qanday himoya qilish kerak?

Quyosh nuridan himoyalovchi ko‘zoynaklar:

😎 Ultrabinafsha nurlaridan himoyalovchi ko‘zoynaklar tanlang. Bu ko‘zlaringizni quyoshning zararli nurlaridan asraydi. Keng shlyapa yoxud bosh kiyimlar ham ularni zararli taʼsirlardan saqlaydi.

Ko‘zlarning dam olishini taʼminlash:
Uzoq vaqt quyosh yoki yorug‘ muhitda bo‘lganda, ko‘zlarni dam oldirish uchun muntazam tanaffus qiling.

🧑‍💻 Doimiy ravishda ekranlar (kompyuter, telefon, gadjet) oldida o‘tirishdan saqlaning. Xalqaro amaliyotda ekranlarning zararli taʼsiridan foydalanishda “20-20-20” qoidasi tavsiya qilinadi: har 20 daqiqada 20 soniya davomida 20 fut (6 metr) uzoqlikka qarang.

Gigiyena va ko‘z parvarishi:
📌 Qo‘llarni muntazam yuvish va yuzga tegmaslikka harakat qilish orqali ko‘zlarni infeksiyalardan himoya qiling. Shuningdek, ularni tez-tez namlantirib turing.

👉 @uzbekfoyda
📊 Buxgalteriya hisobi bo'yicha ishonchli hamkor qidiryapsizmi?

Biz sizga taniqli ekspert Aleksandra Tolmacheva boshchiligidagi autsorsing buxgalteriya xizmatlari kompaniyamizni taqdim etamiz. 🌟

Nega aynan biz?

🔹 Aleksandra Tolmacheva 15 yildan ortiq tajribaga ega bosh hisobchi, “Yilning eng yaxshi hisobchisi” nominatsiyasining to‘rt karra g‘olibi.

🔹 Xalqaro e'tirof - ko'plab xalqaro sertifikatlar sohibi.

🔹 Bebaho tajriba - o'z kompaniyasini ochishdan oldin Aleksandra "O'ZAVTOSANOAT", "HILTON", "TEAM UNIVERSITY" kabi gigantlarning buxgalteriya hisobi bilan shug'ullangan.

Bizning xizmatlarimiz:

Buxgalteriya xizmatlarining to'liq spektri
Soliq bo'yicha maslahat
Moliyaviy rejalashtirish va hisobot berish
Soliq to'lovlarini optimallashtirish
Biznesni ro'yxatdan o'tkazish va tugatish

Biz bilan siz aniqlik, ishonchlilik va professionallikka amin bo'lishingiz mumkin. Biz har bir mijozni qadrlaymiz va har qanday moliyaviy muammolarni hal qilishda individual yondashuvni taklif qilamiz.

💬 Professionallar bilan ishlash imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

Biz bilan bog'laning va biznesingizga yangi cho'qqilarni zabt etishda qanday yordam berishimizni bilib oling.

📞 Kontaktlar:
📧 Elektron pochta: info@tavat.uz
📱 Telefon: +998 90 991 40 39
🌐 Veb-sayt: www.tavat.uz

Telegram | Instagram | Услуги аутсорса | Facebook | Youtube

#reklama
Forwarded from MAKON Marketing
Qadrli hamkasblar, do‘stlar!
Sizlarni Qurbon hayiti bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!

🇺🇿Ushbu fayzli bayramda barchangizga sog‘liq, ezgulik va farovonlik tilaymiz! Mamlakatimizda doimo tinchlik va taraqqiyot hukm sursin!

Eng tabarruk orzularingiz ro‘yobga chiqsin va ko‘zlagan barcha vazifa-yu rejalaringiz amalga oshsin!🙏🙏