UzbekCoders.uz
4.54K subscribers
105 photos
14 videos
60 links
Bir million O'zbek Dasturchilar loyihasining rasmiy sahifasi, O'zbekistonlik yoshlar uchun BEPUL onlayn darslar platformasi.

One million Uzbek Coders National project, free online education program for future IT specialists, in partnership with Coursera.
Download Telegram
Forwarded from Digital.uz
“Raqamli texnologiyalar vazirligi” va “Mirzo Ulug’bek vorislari o’quv kurslari” GRANT (Bepul o’qish) dasturini elon qiladi!

Agar siz kreativ sohaga, texnologiyalarga va san’atga qiziqqan, 3-bosqich yoki undan yuqori bosqichdagi talaba bo‘lsangiz — bu karyerangiz uchun noyob imkoniyat!

Dastur quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi:

1️⃣ 3D modellashtirish
2️⃣ VFX Compositing
3️⃣ Animatsiya
4️⃣ O‘yin dizayni va GameDev asoslari
5️⃣ Digital Art
6️⃣ FX Simulation
7️⃣ Cinema 4D
8️⃣ Unreal Engine

📚 Ta’lim shakli:
📍 Oflayn + 💻 Onlayn (Toshkent shahrida)
Kurs davomiyligi — 6 oy

🌟 Ushbu kurs sizga nima beradi?
Eng so‘nggi texnologiyalar bo‘yicha zamonaviy bilimlar
Soha yetakchi mutaxassislari bilan amaliy mashg‘ulotlar
Networking va professional muhit

📈 Tanlov bosqichlari:
⁃ 20 daqiqalik onlayn test
⁃ Portfolio yuklash
⁃ 5 daqiqalik suhbat

🏆 Nima kutmoqda?
- Kurs yakunida eng yuqori natija ko‘rsatgan talabalar xalqaro va mahaliy kompaniyalarda ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi!

📅 Ariza topshirish muddati:
🕛 07.07.2025

🌐 Ariza topshirish: ➡️ CreativeTech.uz

Loyihaga oid yangiliklar @creative_tech_official kanalida!

📞 Aloqa: +998-95-474-19-19

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🔥31
Forwarded from Digital.edu
“Maʼlumotlar tahlili” asoslari boʻyicha bepul onlayn kurslar boshlanadi

📖Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi Armanistonning “Armenian Code Academy” taʼlim markazi bilan hamkorlikda “ACA Navigator II” loyihasini boshlamoqda.

Loyiha ishtirokchilari nimalarni o‘rganadilar?
➡️Ma’lumotlar tahlili nima?;
➡️Ma’lumotlar bilan ishlash asoslari;
➡️Tahlilchi asboblari;
➡️Samarali rezyume tuzish.

⚜️Siz uchun ajoyib imkoniyat:
➡️O‘qitish tili: oʻzbek tili;
➡️Format: onlayn;
➡️Qulay vaqt: soat 20:00;
➡️Davomiyligi: 1,5-2 soat;
➡️4 ta vebinar (haftasiga 2 ta vebinar);
➡️Narxi: bepul.


🔗Batafsil maʼlumot olish hamda roʻyxatdan oʻtish uchun havola (https://bootcamps.aca.am/danavigatoruz);

❗️Arizalar 10-avgustga qadar qabul qilinadi!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥43
#bilasizmi
Ilovalar qanday qilib xatosiz ishlaydi?

🏷 Dasturlar va saytlar uzluksiz, xavfsiz va tezkor ishlashini ta’minlashda QA mutaxassislari hal qiluvchi rol o'ynaydi. Ular shunchaki xato qidiruvchi emas, balki dasturiy ta'minotning yuqori sifatini ta'minlaydigan mutaxassislardir.

QA mutaxassislari aynan nima ish qiladi? Ularning faoliyati siz o‘ylaganingizdan ham kengroq:
Avtomatik tekshiruvlar: Dasturlarni avtomatik tekshiruvchi robot-dasturlar yaratish. Bu robotlar har bir kod o‘zgarishida minglab tekshiruvlarni bir zumda o‘tkazadi.
Yuklama va unumdorlikni sinash: Ko‘p foydalanuvchi bilan ham ilovaning sekinlashmasligi yoki ishdan chiqmasligini ta’minlash.
Xavfsizlikni kafolatlash: Shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash, dasturlarni kiberhujumlardan himoya qilish va qonuniy talablarga javob berishini nazorat qilish.
Test jarayonini rejalashtirish: Butun testlash strategiyasini tuzish, vositalarni tanlash va test natijalarini biznesga foyda keltirishini rejalashtirish.


⚜️ Demak, QA mutaxassislari shunchaki xatolarni topmaydi, balki dasturlarning ideal ishlashini ta'minlaydigan haqiqiy muhandislardir.

🔗Qayerdan o'rganish mumkin?
QA sohasini chuqur o'rganish uchun uzbekcoders.uz platformasidagi quyidagi Coursera kurslarni tavsiya etamiz:
Software Testing and Automation Specialization
Introduction to Software Testing
Introduction to Test and Behavior Driven Development


✈️ https://t.me/uzbekcoders_uzb
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54🔥4
Data Science ishqibozlari diqatiga!

👥 Aqlli ilovalar yaratish, trendlarni tahlil qilish yoki sun’iy intellekt bo‘yicha mutaxassis bo‘lishni istaysizmi? Dunyo bo‘ylab yetakchi kompaniyalar va tadqiqotchilar foydalanadigan ushbu BEPUL, ochiq kodli vositalar bilan ishlashni boshlang.

Machine Learning uchun eng zo‘r 3 ta AI vositasi:
➡️ TensorFlow — Chuqur o‘rganish va ilovalar uchun kuchli
➡️ PyTorch — Moslashuvchan va tadqiqotchilarga mos
➡️ Scikit-learn — Prognoz qilish va klasterlash kabi klassik ML uchun eng yaxshisi


📊 Ma’lumotlar tahlili (Data Analytics) uchun eng zo‘r 3 ta vosita:
🔼 Apache Spark — KATTA ma’lumotlarni tez qayta ishlash uchun
🔼 H2O.ai — Bir necha daqiqada modellar yaratish uchun AutoML
🔼 KNIME — Vizual, sichqoncha bilan boshqariladigan tahlil platformasi


1⃣ O‘zingiz yoqtirgan mavzuni tanlang (musiqa, o‘yinlar, mahalliy trendlar);
2⃣ Yuqoridagi vositalardan birini ishlatib tahlil qiling;
3⃣ Diagrammangiz yoki xulosangizni #MyDataStory bilan baham ko‘ring.

Dunyoga SIZ ma’lumotlarni qanday "gapirtira" olishingizni ko‘rsating!

https://t.me/uzbekcoders_uzb
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥21👏1
⭕️Uzbekcoders.uz platformasida texnik ishlar olib borilmoqda

Hurmatli foydalanuvchilar!
Hozirda Uzbekcoders.uz platformasining dasturiy ta’minotida rejalashtirilgan texnik ishlar olib borilmoqda. Shu sababli vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.

🔑Mutaxassislarimiz texnik muammolarni tez fursatda bartaraf etish ustida ishlamoqda.

Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz, yaqin kunlarda platforma to‘liq ish faoliyatiga qaytadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54🔥2🤔1
Forwarded from Sherzod Shermatov
🔴Yaxshi xabar: Coursera kurslari endi O‘zbek tilida!

Zamonaviy bilim olishingizga chet tilini yaxshi bilmasligingiz to’siq bo’layotgan bo’lsa endi parallel ravishda ham yangi ko’nikmalarni ham chet tilini o’rganishingiz mumkin! Buning uchun Coursera kurslarini chet tilida ko’rib, tagidagi subtitrini O’zbek tilida o’qib tushunib boraverasiz.

Coursera kompaniya bilan hamkorlikda ilk 1500 ta zamonaviy IT kurslarni sun’iy intellekt yordamida o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Kelgusida ularni sonini oshirib boramiz.

Masalan, quyidagi eng talabgir kurslarda O'zbek tilidan ham foydalanib ta’lim oling hamda IT olamida daromad olishga birinchi qadamingizni boshlang:

➡️ AI Foundations: Prompt Engineering with ChatGPT – Arizona State University;
➡️ Generative AI in Software Development – IBM;
➡️ Cybersecurity and Privacy – Microsoft;
➡️ Data Analysis with Python – IBM;
➡️ Designing User Interfaces and Experiences – IBM.


Yildan yilga IT sohasida ta’lim olayotganlar soni ortib bormoqda birgina misol, 2023-yilda uzbekcoders.uz portali orqali 230 ming nafar yoshlar IT sertifikatni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, 2025-yilning 7 oyida bu raqam 370 ming nafarga yetdi! (ularning yarmi - qizlar)
9👍5🔥3
Forwarded from Digital.edu
🟦🟦🟦

Kompensatsiya qilinadigan xalqaro IT-sertifikatlar roʻyxatiga qaysi sertifikatlar qoʻshilishini xohlaysiz?

➡️Hozirgi kunda kompensatsiya qilinadigan xalqaro IT-sertifikatlar roʻyxatiga quyidagilar kiradi.

❗️Kompensatsiya qilinadigan sertifikatlar roʻyxatini yangilash hamda unga dolzarb sertifikatlarni qoʻshish maqsadida soʻrovnomada ishtirok eting. Oʻz takliflaringizni yuboring, biz ularni albatta koʻrib chiqamiz.

➡️Quyidagi havola orqali soʻrovnomada qatnashish mumkin: https://forms.gle/JnpP457ssNug2bxR7

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥5👍4
Forwarded from Digital.edu
Moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha bepul kursda taʼlim oling

💻Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki siz uchun "Moliyaviy xavfsizlik" mavzusida bepul ta’lim imkoniyatini taqdim etadi. Itstudy.uz onlayn platformasida ushbu yo‘nalishda 30 dan ortiq video dars sizni kutmoqda.

🏷Darslarda quyidagi mavzular yoritiladi:
➡️Onlayn omonat va onlayn kreditlar;
➡️Moliyaviy firibgarlik va zamonaviy instrumentlar;
➡️Mobil bank ilovalari va onlayn konvertatsiya;
➡️Moliyaviy piramida;
➡️Daromad va xarajatlar va boshqalar.


⬇️Ushbu bilimlar sizga:
➡️Moliyangizni himoya qilish;
➡️Moliyaviy qarorlarni ongli qabul qilish;
➡️Kelajagingizni ishonchli rejalashtirishga yordam beradi.


Unutmang moliyaviy xavfsizlik — bu faqat bilim emas, balki kelajakdagi barqaror hayot kafolati!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥2
Forwarded from Digital.edu
Bepul raqamli ta’lim resurslari bilan tanishing

📖Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hamda boshqa hamkorlar tomonidan taqdim etilayotgan bepul IT kurslari orqali siz dasturlash, ma’lumotlar tahlili va ITʼning boshqa yo‘nalishlarini o‘rganishingiz mumkin.

⬇️Veb-platformalar:
➡️IT Study — itstudy.uz;
➡️Milliy ta’lim resurslari — maktab.uz;
➡️Najot Ta’lim platformasi — najottalim.uz;
➡️Mohirdev — mohirdev.uz;
➡️One Million Uzbek Coders — uzbekcoders.uz;
➡️Bilgi — bilgi.uz
➡️42 onlayn akademiyasi — 42.uz.


⬇️YouTube kanallar:
➡️Mohirdev — https://www.youtube.com/@mohirdev;
➡️Najot Ta’lim — https://www.youtube.com/@najottalim.


⚜️Ushbu bepul resurslar orqali IT bo‘yicha bilimlaringizni oshirib, amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz. Hoziroq tahsil olishni boshlang, oʻqing, oʻrganing!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥4👍2
Forwarded from Digital.edu
2 mingga yaqin yoshlarning AT sertifikatni olish xarajatlari qoplab berildi

📊 Xalqaro AT sertifikatlarga kompensatsiya berishning 2025-yil soʻnggi 8 oyi davomidagi natijalariga koʻra, IELTS sertifikati bor 158 nafar yoshlar sarflangan xajatlarini 100% qaytarib olishdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan 2024-yilga nisbat 81 nafarga oshgan.


🎙 Joriy yil 1974 nafar yoshlar kompensatsiya olish imtiyozidan foydalangan boʻlsa, ulardan 1421 nafari nafaqat sertifikatga sarflagan xarajatlarini, qolaversa, sertifikatni olish uchun oʻqish xarajatlarini ham kompensatsiya qilib olishdi.

👤 Action pro (Toshkent shahri), Sensorika (Navoiy viloyati), Zmt integrity (Qashqadaryo viloyati) oʻquv markazi bitiruvchilari esa soʻnggi 8 oyda eng koʻp kompensatsiya olish uchun ariza qoldirishgan.

Natijalar bilan batafsil infografikamizda tanishing!

Xalqaro IT-sertifikatlarning to‘liq ro'yxati bilan IT-istedod.uz saytida tanishing va sertifikatni qoʻlga kiriting, xalqaro IT-sertifikat olish uchun ketgan xarajatlaringizni my.gov.uz portali orqali ariza qoldirib kompensatsiya qilib oling.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥2
Forwarded from Digital.edu
“Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasi doirasida 378 mingdan ortiq yoshlar IT kurslarni bepul oʻqib, sertifikatga ega bolishdi

Hozirgi kungacha “Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasi doirasida uzbekcoders.uz platformasi orqali 600 mingdan ortiq foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tdi.

Eng yuqori oʻsish koʻrsatkichlari Navoiy, Jizzax viloyatlarida kuzatilgan.

Shuningdek, ushbu loyihada ishtirok etgan qizlar ulushi 51 foizni tashkil etadi.

Uzbekcoders.uz platformasida bepul taqdim etilayotgan onlayn kurslar hamda loyiha haqida oʻz fikringizni izohlarda qoldiring.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🔥1