Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi
394 subscribers
3.32K photos
206 videos
22 files
946 links
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi
www.uzrd.uz
www.ridp.uz
https://www.facebook.com/uzrd.uz

Korrupsiya haqida xabar berish uchun @anticoruzrduz_bot
Download Telegram
🔄 Shofirkonda ichimlik suvi tizimi yaxshilanmoqda

🤔 Buxoro viloyati Shofirkon tumani Paxtaobod MFY hududida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida 9 mlrd. so‘mlik yirik ichimlik suvi inshooti qurilishi olib borilmoqda. Loyiha doirasida hudud aholisi uchun 18 kilometr uzunlikdagi ichimlik suvi tarmog‘i tortilmoqda hamda 1000 kub metr hajmga ega suv zaxira inshooti barpo etilmoqda.

🚰 Mazkur suv inshooti foydalanishga topshirilgach, tumandagi 4 ta mahalla aholisi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Jumladan Paxtaobod , Pashmon, Tezguzar, Bobohaydar mahallalaridagi jami 3640 ta xonadon markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.

🟡 Qurilish jarayonlarini o‘rganish, ishlarning texnik jihatdan sifatli va belgilangan talablar asosida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida mas’ullar tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining borishi, loyiha talablari, texnik me’yorlarga rioya qilinishi va sifat masalalari atroflicha ko‘zdan kechirilib, mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

🔗 Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmati

🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1👏1
🤔 Xonqa tumanidagi mahallalarning infratuzilmasi yangilanmoqda

📌Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida hududlarda rekonstruksiya va kapital taʼmirlash ishlari qizgʻin davom etmoqda. Xorazm viloyatining Xonqa tumanining “Guliston” mahalla fuqarolar yigʻini hududi ham loyihaga kiritilgan boʻlib, bugungi kungacha mahallada 7,8 km ichimlik suvi tarmogʻini rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirildi.

🏗 Shuningdek, bugungi kunda “Guliston” mahallasida 16,62 km ichki yoʻllarni taʼmirlash, 10,7 km elektr tizimini rekonstruksiya qilish, 2 km piyodalar yoʻlakchasini qurish va 4,5 km irrigatsiya ariqlarini betonlash ishlari davom etmoqda.

🔗 Batafsil
Рус | Eng

🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi “Hunarmand” MFYda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida tayyorlangan reportaj.

▶️ Loyiha orqali mahallada 10,7 km elektr tarmog‘ini yangilash, 4 ta transformator oʻrnatish, 18,3 km ichki yo‘llarni taʼmirlash hamda 3,2 km ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari amalga oshirilishi belgilangan.

🔗 Bog‘ot tumani hokimligi

🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥1👏1
📶 Shofirkon tumanidagi qator mahalalarda taʼlim muassasalari yangilanmoqda

🕹 Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi mahallalarda qurilish, taʼmirlash, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

🗺 Xususan, tumanning “Mirzoqul” mahallasida 9‑sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi mukammal taʼmirdan chiqarilmoqda. Loyiha qiymati 2 mlrd. 858 mln. soʻmga moliyalashtirilgan inshoot koʻrkam qiyofaga kirgach, 90 nafar bolalarni oʻz bagʻriga oladi.

🗣 Shuningdek, hozirda “Xorkash” MFYda faoliyat yuritayotgan 42‑sonli umumtaʼlim maktabining mavjud 180 oʻrinli oʻquv binosini mukammal taʼmirlash ishlari boshlanmoqda. Bu yerda qoʻshimcha 180 oʻrinli oʻquv binosi bilan birga 12 metrga 24 metr oʻlchamdagi zamonaviy sport zali barpo etiladi.

🔴 Bundan tashqari, keyingi yillarda “Doʻrmon” MFY dagi 3‑sonli umumtaʼlim maktabini uchun 760 oʻrinli qoʻshimcha bino qurish loyihasi ishlab chiqilgan boʻlib, uning amaliyotiga qiymati 6 mlrd. 261 mln. soʻm sarmoya ajratilmoqda.

🔗 Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmati

🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4