UzA | Tezkor xabarlar
30.7K subscribers
8.27K photos
834 videos
33 files
1.42K links
Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi

Asosiy telegram kanal: @uza_uz

Sayt: www.uza.uz

facebook.com/uzauz

instagram.com/uza.uz

twitter.com/uzauz

•lotin yozuvida: @uzauzlot
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Gʻalaba bogʻiga tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qoʻydi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️DXX: 1,4 kg oltinni mamlakatimizdan noqonuniy olib chiqib ketayotgan shaxslar ushlandi

Kanalga ulanish:
@uzauz
UzA | Tezkor xabarlar
⚡️DXX: 1,4 kg oltinni mamlakatimizdan noqonuniy olib chiqib ketayotgan shaxslar ushlandi Kanalga ulanish: @uzauz
Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Andijonda tezkor tadbirlar oʻtkazildi:

▫️Andijon shahri va Andijon tumanida yashovchi, 1985, 1997 va 2000-yillarda tugʻilgan 4 nafar shaxs “Doʻstlik” chegara-bojxona posti orqali mamlakatimizdan Qirgʻiz Respublikasiga zanjir, tish qolipi hamda lom shaklidagi tilla buyumlarni – kiyimlari ichiga yashirgan holda olib chiqib ketishga uringan vaqtlarida ushlandi.

Ekspertiza xulosasiga koʻra, ulardan ashyoviy dalil sifatida olingan, asillik darajasi 997 boʻlgan oltin buyumlar va qotishmalarning jami vazni 556 gr. ni, umumiy bahosi 474 mln. 256 ming. soʻmni tashkil etadi.

▫️Izboskan tumanida yashovchi, 1983-y.t. ayol “Madaniyat” chegara-bojxona posti orqali Qirgʻiz Respublikasiga chiqib ketayotgan vaqtida toʻxtatilib, tegishli tartibda shaxsiy koʻrikdan oʻtkazildi.
Natijada, unda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilmagan zanjir va lom koʻrinishidagi, umumiy vazni 568 gr. ni tashkil etuvchi, asillik darajasi 992 boʻlgan oltin borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Ekspertiza xulosasiga koʻra, ushbu tilla buyumlar va quymalarning umumiy bahosi 431 mln. 894 ming soʻmni tashkil etadi.

Shuningdek, uning sherigi boʻlgan – Namangan tumanida yashovchi, 1983-y.t. ayol ham asillik darajasi 992 boʻlgan, sof ogʻirligi 271 gr. ni tashkil qiluvchi, 249 mln. 240 ming soʻmlik zanjir va nostandart quyma tillalarni noqonuniy olib chiqib ketayotgan vaqtida toʻxtatib qolindi.

Aniqlanishicha, qonunbuzarlar oltindan yasalgan buyumlarni Qirgʻiz Respublikasi orqali Turkiya davlatiga olib ketishni rejalashtirishgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Davlatimiz rahbariga Gʻalaba bogʻi hududida mustaqillik yillarida Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlganlar xotirasiga bagʻishlangan majmua barpo etish loyihasi taqdimot qilindi.

Kanalga ulanish:

@uzauz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Kanalga ulanish:
@uzauz
Shavkat Mirziyoyev Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitalidagi urush faxriylarini ziyorat qildi

Gospitalda Uskan ota Xadjimanov Boyovut tumanidan, Fayzulla ota Nurmatov Oqqo‘rg‘on tumanidan, Anarboy ota Jalilov Parkent tumanidan, Muhiddin ota Dusanbayev O‘rtachirchiq tumanidan kelib davolanmoqda.

Ular hayotidan rozi ekani, davlatimizning va odamlarning hurmatidan xursand ekanini aytishdi.

Gospital jami 700 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, soha faxriylari bepul davolanadi.

Kanalga ulanish:
@uzauz