UzA | Tezkor xabarlar
30.7K subscribers
8.27K photos
834 videos
33 files
1.42K links
Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi

Asosiy telegram kanal: @uza_uz

Sayt: www.uza.uz

facebook.com/uzauz

instagram.com/uza.uz

twitter.com/uzauz

•lotin yozuvida: @uzauzlot
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Moskvada kuzatuvchi davlat rahbari sifatida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yubiley majlisida ishtirok etdi.

Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan raisligida o‘tgan uchrashuvda Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, kuzatuvchi davlat rahbari sifatida Kuba Respublikasi Prezidenti Migel Dias-Kanel, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi Bakitjan Sagintayev hamda faxriy mehmon sifatida MDH bosh kotibi Sergey Lebedev qatnashdi.

Kun tartibiga muvofiq, ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma dasturlarni amalga oshirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yubiley majlisida davlatimiz rahbari Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan quyidagi muhim yo‘nalishlardagi hamkorlikni kengaytirish zarurligini qayd etdi:

- Yevroosiyo Agroekspressini rivojlantirish, “yashil” va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, qo‘shma agrosanoat klasterlari va logistika markazlarini tashkil etish;

- iqlim o‘zgarishlari oqibatlarini yengib o‘tishda umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish va yaqindan hamkorlik qilish. Tegishli Ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishlaridan birini O‘zbekistonda o‘tkazish taklif qilindi;

mamlakatlarimizda mehnat migrantlari faoliyati uchun qulay sharoitlarni shakllantirish va ijtimoiy kafolatlar yaratish, shu jumladan raqamli platformalardan foydalanish orqali;

- turizm almashinuvini tubdan oshirishga qaratilgan birgalikdagi turizm dasturlari va mahsulotlarini ishlab chiqish.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Oʻzbekiston yetakchisi “Shimol-Janub” transport yo‘lagini Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq mamlakatlari bozorlariga chiqadigan qilib rivojlantirish bo‘yicha yaqin muloqotni davom ettirish muhimligi ta’kidladi.

Shu ma’noda, aprel oyi oxirida Termiz shahrida o‘tgan “Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” multimodal yo‘nalishini rivojlantirish bo‘yicha transport idoralari rahbarlarining birinchi uchrashuvi samarali yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yigʻilishida ishtirok etdi

Kanalga ulanish:
@uzauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buyuk Gʻalabaga beqiyos hissa qoʻshgan, shu yorugʻ kunlarga yetib kelolmagan aziz insonlarni yod etamiz, ularning xotirasi, pok ruhlari oldida taʼzim qilamiz. Urushda, mehnat frontida ishtirok etgan moʻtabar faxriylarimiz oldida cheksiz qarzdormiz.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mudofaa vazirligi qoʻshinlari harbiy boʻlinmalarining piyoda yurishlari tashkil etildi

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaga hissa qoʻshgan barcha urush va front orti mehnat faxriylariga yuksak hurmat-ehtirom koʻrsatish, yurt himoyachilarining Vatanga sadoqatini namoyish etish hamda aholi, ayniqsa, yoshlarda faxr va iftixor tuygʻularini oshirish maqsadida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent shahrining asosiy koʻchalarida Mudofaa vazirligi qoʻshinlari harbiy boʻlinmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari tashkil etildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Moskvaga amaliy tashrifi doirasida G‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.

Moskvaning Qizil maydonida G‘alaba paradi bo‘lib o‘tdi. Uni Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Gvineya-Bisau, Laos va Kuba yetakchilari ham kuzatdi.

Tadbirdan so‘ng prezidentlar Aleksandr bog‘idagi “Noma’lum askar” yodgorligiga gulchambar qo‘yishdi va bir daqiqalik sukut bilan askarlar xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

Shu bilan Rossiyaga amaliy tashrif yakunlandi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaga bagʻishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etib, Moskvaga tashrifini yakunladi

Kanalga ulanish:
@uzauz
#TAYINLOV

Tursunov Ikromjon Normurodovich – Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Birozdan soʻng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida charm va ipak sanoatida mavjud imkoniyatlarni ishga solish, joylarda Sayxunobod tajribasi asosida aholi bandligini taʼminlash masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlanadi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi

Hozirda amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalari bilan birga tez fursatda mahallada yuzlab ish oʻrni va eksportbop mahsulot yaratadigan, yuqori daromad keltiradigan kichik va oʻrta korxonalar kerakligi taʼkidlandi.

Bu borada eng katta zaxira mahalliy sanoat tarmoqlari hisoblanadi. Shu munosabat bilan uchta muhim soha – charm, gilam va pillachilik sanoatida hal qilinishi lozim boʻlgan muammolar bor.

Kanalga ulanish:
@uzauz