UzA | Tezkor xabarlar
30.1K subscribers
9.49K photos
1.03K videos
33 files
1.56K links
Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi

Asosiy telegram kanal: @uza_uz

Sayt: www.uza.uz

facebook.com/uzauz

instagram.com/uza.uz

twitter.com/uzauz

•lotin yozuvida: @uzauzlot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xalqimizni tinchlik, shukronalik, mehr-oqibat va saxovat ramzi boʻlgan ulugʻ ayyom – Ramazon hayiti bilan tabriklaymiz.
⚡️DXX: Andijonda qiymati 42 mlrd soʻmlik loyihani olib bermoqchi boʻlgan shaxslar ushlandi

Andijon tumanida yashovchi, 1966-y.t. A.B. va Andijon shahrida istiqomat qiluvchi, 1971-y.t. X.U. oʻzaro til biriktirib, yoʻl qurilishi sohasida faoliyat yurituvchi MCHJ rahbarining ishonchiga kirishadi.

Ular yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, MCHJga Asaka tumanidagi “4R-112” avtomobil yoʻlining 4 km. qismiga asfaltobeton qoplamasini yotqizish boʻyicha loyihani olib berish evaziga, loyiha uchun ajratiladigan 42 mlrd. soʻmning 10 foizini (4,2 mlrd. soʻm) berishini talab qilishadi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan Andijon shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda A.B. soʻralgan pul mablagʻi hisobidan 20 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10-apreldan Farg'ona, Andijon va Namangan viloyatlari bo'ylab harakatlanuvchi shaharlararo yo‘lovchi poyezdlari yagona tarif (faqat bir zona)ga o‘tkaziladi.

Bunda yo‘lovchilar avvalgidek, har bir zona uchun alohida narxda emas, balki yo‘nalishga qarab, zonalarga bo‘linmagan holatda to‘lovni amalga oshiradi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
#TAYINLOV
           
Aripov Muzaffar Akbarovich – Piskent tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

Bunga qadar u Toshkent viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimida ishlab kelgan.

Kanalga ulanish:
@uzauz
15-aprel kuni Toshkentda “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” Strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlari – O‘zbekiston, Qirg‘iz Respublikasi, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Kengashga a’zo davlatlar – BAA, Bahrayn, Qatar, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, O‘mon davlatlaridan delegatsiyalar ishtirok etishi kutilmoqda.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi xalqaro musobaqada 3-oʻrinni oldi

Xalqaro armiya oʻyinlari doirasida Rossiya Federatsiyasi hududida oʻtkazilgan “Sayan yurishi” musobaqasida jami 9 ta jamoa ishtirok etdi.

Unda birinchi oʻrin Rossiya Federatsiyasi, ikkinchi oʻrin esa Xitoy Xalq Respublikasiga nasib etdi. Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari kuchli uchlikdan joy oldi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
#TAYINLOV

Sulaymonov Rustam Davutovich – Navoiy viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. 

Bungacha, u «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvi raisi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Kanalga ulanish:
@uzauz
#TAYINLOV

Rajabov Sherzod Abdimuratovich – Surxondaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar u Qiziriq tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
#TAYINLOV

Aminova Ziyoda Aslonovna — Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U tayinlovga qadar viloyat hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlagan.

Kanalga ulanish:
@uzauz
#TAYINLOV

Qiziriq tumaniga yangi hokim tayinlandi

Oripov Anvar Xomitovich – Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumani hokimi etib tayinlandi.

Shu vaqtga qadar u viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Zafar Sanginov Oʻzbekistonning Rossiyadagi bojxona vakili etib tayinlandi

U mamlakatimizning xorijdagi ilk bojxona vakili sifatida ish boshladi.

Bojxona qoʻmitasi vakilining Rossiyada ish boshlashi bojxona xizmatlari oʻrtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirish va faollashtirishga xizmat qiladi. Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasida tovarlar va transport vositalari erkin oʻtishiga toʻsqinlik qiladigan sabablarni baholash, aniqlash va joyida bartaraf etish imkonini beradi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
AQSh dollarining rasmiy kursi ko'tarildi

Markaziy bank 15-apreldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 667,00 so‘m (+ 2,77)
1 RUB 135,77 so‘m (– 0,69)
1 EUR 13 481,49 so‘m (– 278,20)

Kanalga ulanish:
@uzauz
⚡️15-apreldan Toshkent shahar issiq suv taʼminotida 4 kunlik uzilishlar kuzatiladi

Ushbu davr mobaynida Toshkent shahridagi issiq suv taʼminoti tizimini taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish amalga oshiriladi.

Issiq suvni o'chirish sanalari hamda manzillari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️DXX: Koʻkdala tumani hokimining oʻrinbosari, Andijon viloyati transport boshqarmasi boshligʻi, MIBning Toshkent shahar boshqarmasi xodimi
va Yozyovon tumani hokimligi qoshidagi “Xoʻjalik hisobidagi uy-joylarni roʻyxatga olish, almashtirish va taqsimlash” boʻlimi boshligʻiga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
UzA | Tezkor xabarlar
⚡️DXX: Koʻkdala tumani hokimining oʻrinbosari, Andijon viloyati transport boshqarmasi boshligʻi, MIBning Toshkent shahar boshqarmasi xodimi va Yozyovon tumani hokimligi qoshidagi “Xoʻjalik hisobidagi uy-joylarni roʻyxatga olish, almashtirish va taqsimlash”…
Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa huquq-tartibot organlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirlarda:

▪️Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumani hokimining oʻrinbosari plyonka mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan xususiy korxonani “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida mahalliy dehqonlarga plyonka yetkazib beruvchi taʼminotchi korxona sifatida tayinlash evaziga 5 ming AQSH dollari talab qiladi. U soʻralgan pul mablagʻi hisobidan 15 mln. soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Tergovga qadar tekshiruv davomida, u avval 10 mln. soʻm olganligi ham maʼlum boʻldi.

▪️Andijon shahrida yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi MCHJ rahbari mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, oʻzining mansabdor tanishlari orqali, uning nomiga masʼuliyati cheklangan jamiyat tashkil etib, “Eski shahar – Oltinkoʻl” yoʻnalishida yoʻlovchi tashish boʻyicha aholiga pullik xizmat koʻrsatish uchun oʻtkazilishi rejalashtirilgan tenderda gʻoliblikni qoʻlga kiritib berish evaziga 7500 AQSH dollari talab qiladi. U soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ushlandi. Tergovga qadar tekshiruv davomida, Andijon viloyati transport boshqarmasi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchi mansabdor shaxsning ushbu noqonuniy ishga aloqadorligi aniqlanib, u ham protsessual tartibda ushlandi.

▪️MIBning Toshkent shahar boshqarmasi katta inspektori Byuroning markaziy apparati ish yurituvidagi parrandachilik korxonasi hisobidan aksiyadorlik tijorat banki foydasiga jami 11 mln. 108 ming 629 AQSH dollari va 265 ming 187 yevro miqdoridagi qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi ijro ishi yuzasidan, korxonaga tegishli koʻchmas mulklarni baholash ishlari uchun belgilangan xizmat haqini turli vajlar bilan baholash firmasi foydasiga oshirilgan narxda koʻrsatib, bank tomonidan baholash firmasi hisobiga oʻtkazilgan ortiqcha pul mablagʻidan oʻzining ulushi sifatida 2500 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

▪️Fargʻona viloyati Yozyovon tumani hokimligi qoshidagi “Xoʻjalik hisobidagi uy-joylarni roʻyxatga olish, almashtirish va taqsimlash” boʻlimi boshligʻi oʻzining vakolatli tanishlari orqali, mahalliy fuqaroning yashash xonadoni uchun order va kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 2500 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Kanalga ulanish:
@uzauz
#TAYINLOV

Piyazov Jenisbek Burkitovich – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining Madaniyat va san’atni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi lavozimga tayinlandi.

J.Piyazov O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Boshqirdiston va Tatariston xalq artisti hisoblanadi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
⚡️Elektr toki bilan baliq ovlaganlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qodir Joʻrayevning maʼlum qilishicha, hozirda ishchi guruh tuzgan holda elektr toki yordamida baliq ovlaganlik uchun jazo choralarini kuchaytirish, jumladan, Jinoyat kodeksiga alohida modda kiritish masalasi oʻrganib chiqilmoqda.

Yaqinda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida, 2024-yilning oʻtgan 3 oyida 39 ta elektr toki yordamida baliq ovlash holatlari aniqlangani qayd etilgan edi. 

Mutaxassislarning fikricha, suvga elektr toki yuborilganda — 10-15 metrgacha radiusdagi minglab baliqchalar qirilib ketadi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
⚡️⚡️Kunduz kuni chiroqlarni yoqib qoʻyganlar jarimaga tortilmoqda

Yil boshidan beri “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash bilan bogʻliq 247 ta maʼmuriy ish rasmiylashtirilgan.

Maʼlumot oʻrnida, elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash (kunning yorug‘ vaqtida chiroqlarni yoqib qo‘yish) holatlari uchun javobgarlik mavjud. Buning uchun mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan (1 mln. 700 ming soʻm) 15 baravarigacha (5 mln. 700 ming soʻm) miqdorda jarima, agar bu 1 yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, BHM 15 baravaridan 30 baravarigacha (10 mln. 200 ming soʻm) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
❗️Uzbekistan Airways 15-aprel kungi HY301/302 Toshkent - Tel-Aviv - Toshkent yo'nalishidagi aviaqatnovlarini bekor qildi.

Bu Yaqin Sharq mamlakatlarining bir qismi ustidan havo hududining yopilgani va O'zbekiston aviatsiya hukumatining parvozlar xavfsizligini ta'minlash boʻyicha qarori bilan bogʻliq.

Yo‘lovchilar faqat 2024-yil 15-aprel kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan HY301/302 aviaqatnovi aviachiptalarini qayta bron qilish yoki pul mablag‘larini jarima undirilmagan holda qaytarish uchun Uzbekistan Airways Sales filialiga yoki aviakompaniyaning xorijdagi vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkin.

Kanalga ulanish:
@uzauz
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti:

O‘zbekiston Respublikasi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda.

O‘zbekiston tomoni barcha taraflarni bosiqlikka, harbiy harakatlarni davom ettirishdan tiyilishga hamda mojaroni eng qisqa fursatlarda siyosiy tartibga solish uchun mumkin bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishga chaqiradi.

Mazkur mintaqadagi keskinlikning avj olishi yanada jiddiy oqibatlarga va keng ko‘lamli harbiy qarama-qarshiliklarga olib kelishi mumkin deb hisoblaymiz.

Kanalga ulanish:
@uzauz