UzA | Tezkor xabarlar
30.1K subscribers
9.49K photos
1.03K videos
33 files
1.56K links
Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi

Asosiy telegram kanal: @uza_uz

Sayt: www.uza.uz

facebook.com/uzauz

instagram.com/uza.uz

twitter.com/uzauz

•lotin yozuvida: @uzauzlot
Download Telegram
AQSH dollarining rasmiy kursi biroz pasaydi

Markaziy bank 3-apreldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 633,52 so‘m (–11,48)
1 RUB 136,66 so‘m (– 0,33)
1 EUR 13 570,93 so‘m (– 67,97)

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevga migratsiyani tartibga solish va mehnat migrantlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan takliflar taqdimot qilindi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Migratsiya agentligi direktori bir vaqtning oʻzida Bandlik vaziri oʻrinbosari boʻladi

Bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi davlat muassasasi shaklida boshqaruv organiga aylanadi. Agentlik direktori bir vaqtning oʻzida Bandlik vaziri oʻrinbosari boʻladi. U mehnat migrantlarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini ham boshqaradi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xorijdagi fuqarolarimiz masalalarini tezkorlik bilan hal qilish uchun “koll-markazlar” tashkil etiladi

Buyuk Britaniya, Germaniya, Polsha, Vengriya, Yaponiyadagi elchixona va konsulliklarda mehnat migratsiyasi boʻyicha attashe, Saudiya Arabistonida agentlik vakili lavozimi joriy qilinadi. Xorijdagi fuqarolarimiz masalalarini tezkorlik bilan hal qilish uchun elchixonalar va tegishli vazirliklarda 24 soat ishlaydigan “koll-markazlar” tashkil etiladi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kasbiy malakasi yoʻq va tilni bilmaydigan fuqarolarni kasbga oʻqitish va proftaʼlim muassasalarida maqsadli tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi. Buning uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi huzurida fuqarolarni xorijiy tillarga oʻrgatish va ishlashga maqsadli tayyorlash markazi ochiladi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TAYINLOV

Sultanova Shahnoza Abduvaxitovna Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Shu kunga qadar u Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti ijrochi direktori lavozimida ishlagan.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Endi migrantlarning ishchi viza, yoʻl chiptasi, xorijiy til va kasb boʻyicha malakani baholatish xarajatlari qisman qoplanadi

Chet tili boʻyicha xalqaro yoki unga tenglashtirilgan sertifikat olgan fuqaroga til oʻrganish uchun sarflagan xarajatining 50 foizi qoplab beriladi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Xorijga ish – mahalladan” tamoyili yoʻlga qoʻyiladi

Bunda, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi xorijda ishlash istagida boʻlgan fuqaroni aniqlab, “Onlayn mahalla” platformasiga kiritadi. Nomzodlar xorijdagi ish beruvchilar tanlovlariga jalb qilinadi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahridagi masjidlarda oʻgʻirlik qilib yurgan shaxs qoʻlga olinib, 6 yilga qamaldi

Toshkent shahar JIB Chilonzor tuman sudi tomonidan fuqaro I.O. ga nisbatan sud ishi koʻrib chiqildi.

Fuqaro I.O Toshkentdagi “Abu-saxiy” savdo markazida joylashgan jome masjidi tahoratxonasidagi kiyim qoʻyish joyida turgan kurtkalardan birining choʻntagidagi 60 ming soʻm va “Samsung A24” rusumli telefon apparatini oʻgʻirlab, voqea joyini tark etgan.

Boshqa kuni esa Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf jome masjidi tahoratxonasiga kirib, “Samsung A23” telefon apparatini “qoʻlga kiritgan”.

Sud hukmiga koʻra, I.O. ga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashi sessiyasida ishtirok etadi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari poytaxtda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, yangi taʼlim va turizm obyektlarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishadi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi bayonoti

Bir necha insonlarning qurbon bo‘lishi va Eronning Damashq (Suriya) shahridagi diplomatik missiyasi hududida vayronagarchiliklarga olib kelgan Eron konsulligi binosiga uyushtirilgan havo hujumini keskin qoralaymiz.

Xorijiy davlatlarning diplomatik va boshqa vakolatxonalariga hujum qilinishini mutlaqo qabul qilib bo‘lmas holat hamda xalqaro diplomatik huquq asoslari va tamoyillarini eng qo‘pol ravishda buzilishi deb hisoblaymiz.

Kanalga ulanish:

🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/2025 oʻquv yilidan Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars oʻtish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi — Prezident Farmoni.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Umrzoqov Toshkent shahri hokimi etib tasdiqlandi

U 2023-yilning mart oyida Toshkent hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Yangi hokimga vazifa

Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashi sessiyasida poytaxt hokimiga topshiriqlar berildi.

Yangi hokim oʻz oʻrinbosarlari, tuman hokimlari, sektor va bank rahbarlari, “mahalla yettiligi” bilan poytaxt aholisi uchun munosib sharoit yaratish, investitsiya olib kelib, yangi-yangi yuqori daromadli ish oʻrinlarini koʻpaytirish, shaharni yanada obod qilish, bir soʻz bilan aytganda, odamlar rozi boʻlishi uchun yangicha yondashuv asosida katta marralarni olib, qattiq ishlashi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda 979 ta yer uchastkasini auksionga chiqarish, qishloq xoʻjaligidan sanoat va aholi punkti toifasiga oʻtgan 175 gektar yerlarni tadbirkorlarga berish orqali yangi loyihalarni amalga oshirish mumkin.

Poytaxtdagi korxona va tashkilotlarda mavjud 98 ming boʻsh ish oʻrni – aholi bandligini taʼminlash uchun ishga solinmagan imkoniyatlardan biri. Bundan tashqari, Yangihayot tumanida 764 gektar yerda tashkil etilayotgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida yana oʻn minglab ish oʻrni yaratish imkoniyati bor.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yunusobod poytaxtdagi yetakchi tumanlardan biriga aylandi

Soʻnggi yetti-sakkiz yilda poytaxtda, shu jumladan, Yunusobodda 1 milliard 700 million dollar xorijiy investitsiya kiritildi, korxona, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari 3,5 mingtaga, ish oʻrinlari 20 mingtaga koʻpaydi.

Tumanda 6 ming xonadonli yangi uy-joylar qurildi, 8 mingta yangi oʻquvchi oʻrni tashkil qilindi, 3 ta oliygoh ochildi. Xususiy bogʻcha, maktab va shifoxonalar soni boʻyicha ham Yunusobod poytaxtdagi yetakchi tumanlardan biriga aylandi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
UzA | Tezkor xabarlar
Yunusobod poytaxtdagi yetakchi tumanlardan biriga aylandi Soʻnggi yetti-sakkiz yilda poytaxtda, shu jumladan, Yunusobodda 1 milliard 700 million dollar xorijiy investitsiya kiritildi, korxona, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari 3,5 mingtaga, ish oʻrinlari…
Ayrim oilalar oylik daromadini faqat kun kechirishga sarflayapti, - Prezident

Shu bilan birga, Yunusobodni chekka qismi bilan poytaxtning markaziy qismidagi mahalla oʻrtasidagi farq juda katta ekani, aholi daromadi va yaratilgan sharoit boʻyicha vaziyat bir xil emasligi taʼkidlandi.

Masalan, tumandagi ayrim oilalar oylik daromadini faqat kun kechirishga sarflayapti. Ular oʻzi va farzandlari kelajagiga investitsiya kiritish uchun mablagʻ ajrata olmaydi.

Iqtisodiy kompleks tashkilotlarida bu borada tahlil yoʻqligi, turli moliyaviy instrumentlar orqali bu oilalar daromadini oshirishni oʻylab koʻrmagani qayd etildi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident poytaxtdagi 12 ta tuman bir-biri bilan tutashib ketgani, ularni iqtisodiy chegarasi yoʻqligi bois tadbirkorlarga sharoit yaratish va aholi daromadlarini oshirish boʻyicha boshqacha yondashuv kerakligini taʼkidladi.

Shu bois, banklar filiallari faqat mijozni hisob raqamiga xizmat koʻrsatuvchi emas, balki oʻzining yirik mijozlari va tumandagi mahallalarni bogʻlaydigan koʻprik boʻlishi muhimligi qayd etildi.

Misol uchun, faoliyatini kengaytirish hamda aylanma mablagʻ uchun kredit olish va ish oʻrni yaratishga tayyor mijozlar koʻp. Banklar zamonaviy fikrlab, shunday mijozlar bilan ishlashi, ularni yiriklashtirishga koʻmaklashishi maqsadga muvofiq ekani taʼkidlandi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Banklar ish o'rni yaratgan tadbirkorlar kredit foyizlarini kamaytirib beradi

Bank filiallari tadbirkor mijozlarga kredit berayotganda fuqarolarni ishga olish sharti bilan kredit foizini kamaytiradigan tizimni joriy qilish taklif qilindi.

Yangi tizimga koʻra, endilikda banklar tadbirkorlar ish oʻrni yaratganidan keyin ularga berilgan kredit foizini tushirib boradi.

Hokim yordamchilari esa ishsizlarni tadbirkorni talabi asosida oʻqitadi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM