UzA | Tezkor xabarlar
30.1K subscribers
9.49K photos
1.03K videos
33 files
1.56K links
Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi

Asosiy telegram kanal: @uza_uz

Sayt: www.uza.uz

facebook.com/uzauz

instagram.com/uza.uz

twitter.com/uzauz

•lotin yozuvida: @uzauzlot
Download Telegram
#TAYINLOV

Alisher Xodjayev yangi lavozimga tayinlandi

Xodjayev Alisher Joʻraqulovich Madaniyat vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori o‘rinbosari etib tayinlandi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Birozdan soʻng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish va chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlanadi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Uzluksiz taʼlim tizimining izohli lugʻati” ishlab chiqiladi

Hukumat qarori (157-son, 27.08.2024-y.)ga ko'ra, 2024-yil 1-oktyabrgacha taʼlim sohasidagi atamalarning xalqaro darajada qabul qilingan atamalarga muvofiqligini taʼminlagan holda ”Uzluksiz taʼlim tizimining izohli lugʻati“ ishlab chiqiladi.

Shuningdek, davlat taʼlim standartlari, davlat taʼlim talablari, oʻquv reja va dasturlarini ishlab chiqishda quyidagilar inobatga olinadi:

tegishli taʼlim bosqichi yakunida taʼlim oluvchilarda shakllanishi lozim boʻlgan kompetensiyalarni davlat, jamiyat va mehnat bozori talablarini inobatga olgan holda belgilash;

taʼlim turlari uzluksizligi va uzviyligini taʼminlash, maqsad va vazifalarni taʼlim natijadorligiga yoʻnaltirish;

taʼlim oluvchilarda atrof muhitni asrab-avaylash va muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish masʼuliyatini shakllantirish.

Taʼlim natijalarining xalqaro miqyosda tan olinishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekistonda mavjud taʼlim turlari YUNESKOning ”Taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi” darajalari bilan muvofiqlashtiriladi.

2024-yil 1-avgustgacha dts.uz – Davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablarining yagona ochiq muhokama portali ishga tushiriladi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlandi.

Davlatimiz rahbari viloyat va tuman hokimlarining qurilish, kommunal va ekologiyaga javobgar oʻrinbosarlari, vazirlik va idoralar tizimidagi masʼul rahbarlarning bu boradagi faoliyati koʻrib chiqilgani, ulardan 30 nafariga nisbatan intizomiy jazo koʻrilganini qayd etdi.

Jumladan, Kasbi, Qarshi, Baxmal, Toʻraqoʻrgʻon tumanlari hokim oʻrinbosarlari ishdan olindi, ushbu tumanlar hokimlarining, 6 ta viloyat hokimining oʻrinbosarlari va boshqa rahbarlarga “hayfsan” berildi. Barcha ekologiya boshqarmalari boshliqlariga sinov muddati tayinlandi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bu yil bahorda “Yashil makon” loyihasi doirasida 125 million tup koʻchat ekish belgilangan

Lekin, aksariyat viloyat va tumanlarda daraxt ekadigan joylar haligacha belgilanmagani, sugʻorish va koʻchatga pul ajratilmagani tanqid qilindi.

Masalan, bogʻ uchun Qoraqalpogʻistonda 47 gektar, Namanganda 25 gektar va Qashqadaryoda 26 gektar ajratilib, ishlar boshlab yuborilgan. Lekin Andijon, Buxoro, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari haligacha qaror qabul qilmagan.

Ayniqsa, Taxiatosh, Mirzachoʻl, Zafarobod, Sharof Rashidov, Baxmal, Sirdaryo, Oqoltin, Xovos, Sardoba, Guliston, Yangiyoʻl tumanlari, Xonobod, Guliston, Termiz, Yangiyoʻl shaharlari, Toshkent shahrining 12 ta tumanida koʻchat ekish rejasi 30 foizga ham bajarilmagan.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Avtomobil va temir yoʻl boʻylari, daryo va kanal yoqalarida, mahallada, koʻchada, koʻp qavatli massivlarda daraxt va gul ekish, ozodalikni taʼminlash ishlari sustligi koʻrsatib oʻtildi.

Qurilish tashkilotlari, sement, gʻisht, ohak, neft-gaz va kimyo, boʻyoq, charm mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, issiqlik korxonalari, yoqilgʻi quyish shoxobchalari oʻz faoliyati bilan atrof-muhitga koʻrsatayotgan taʼsiriga yarasha daraxt ekish boʻyicha tashabbus koʻrsatmayotgani qayd etildi.

Umuman, daraxt ekishni ommalashtirish, umummilliy harakatga aylantirishda targʻibot va tushuntirish ishlari yetarlicha olib borilmayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari “Yashil makon” doirasidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi

Toshkent viloyatida daraxt ekish boʻyicha boshlangan loyihaga koʻra, Nurafshon, Bekobod shahri, Oʻrtachirchiq, Toshkent va Ohangaron tumanlari hududidan 34 gektar yer 30 yil muddatga obodonlashtirish boshqarmalariga beriladi. Har 1 gektar uchun mahalliy byudjetdan 100 million soʻm ajratilib, tomchilatib sugʻorish tizimi joriy qilinadi. Yer tayyor holga keltirilib, daraxt ekish xohishi bor aholiga oʻzi istagan turdagi koʻchatni ekishi uchun sharoit yaratiladi.

Bu tashabbus maʼqullanib, har bir viloyatda kamida 20 gektardan yer ajratib, ushbu tajribani boshlash topshirildi. Viloyat markazlari, Toshkent va Nukus shaharlaridagi kamida 2 tadan markaziy koʻchada mahalliy iqlimga mos gul koʻchatlarini ekib, ularni tematik koʻchaga aylantirish muhimligi taʼkidlandi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Ekologiya vazirligiga “Mening bogʻim” loyihasini ishga tushirish topshirildi

Bunga byudjetda nazarda tutilgan 50 milliard soʻm ajratiladi. Joylarda 444 ta yashil bogʻ va 160 ta jamoat parklarini tashkil qilishga koʻrsatma berildi.

Kanalga ulanish:

🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Poytaxtda amal qilayotgan yirik qurilish loyihalarida maydonning kamida 30 foiziga daraxt ekish majburiyati barcha viloyatlarda joriy qilinishi belgilandi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yirik sanoat korxonalarida, barcha sanoat zonalari atrofida yashil hududlar tashkil qilish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Chiqindi poligonlari atrofida terak, tut, gujum, zarang ekib, yashil belbogʻ barpo qilish, barcha issiqlik elektr stansiyalari, gidroinshootlar, suv omborlari atrofida ham koʻchat ekish chora-tadbirlari belgilab olindi.

Ijtimoiy obyektlarga koʻchatlarni bepul yetkazib berish boʻyicha oʻtgan yili boshlangan amaliyot bu yil ham davom ettiriladi. Ularga 4 milliondan ziyod koʻchat bepul tarqatilishi belgilandi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Soʻnggi vaqtlarda daryolar, tabiiy suv havzalarida elektr bilan baliq ovlash koʻpayib ketayotganiga eʼtibor qaratildi

Bu yilning oʻzida 39 ta holatda elektr bilan, 436 ta toʻr bilan noqonuniy baliq ovlash aniqlangan.

Mutasaddilarga bu borada taʼsirchan nazorat oʻrnatib, qonun ustuvorligini taʼminlash topshirildi. Brakonyerlik uchun javobgarlikni kuchaytirish taklif qilindi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Poytaxtimizning to'rtta tumanida gaz ta'minoti qisman to‘xtatiladi

Yangihayot tumanida
29-mart kuni 10:00 dan 17:00 gacha:
— Yo’ldosh, Alfarg’oniy, «Toshkent», «Fayzli», «Chortoq», «Chorg’on» mahallalari;
— Ulgurji iste’molchilar - 46 ta.

Sergeli tumanida 29-mart kuni 14:00 dan 16:00 gacha:
— «Eshonbuloq», «Sadoqat», «Xonobod» mahallalari;
— Ulgurji iste’molchilar - 24 ta.

Bektemir tumanida 29-mart kuni 14:00 dan 16:00 gacha:
— Ko’p qavatli uylardagi 60 ta xonadon;
— Ulgurji iste’molchilar - 6 ta.

Olmazor tumanida 30-mart kuni 11:00 dan 17:00 gacha:
— «Ziyo» mahallasi;
— Ulgurji iste’molchilar - 5 ta.

Ushbu tumanlarning gaz ta'minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hududlarda obodonlashtirish, tozalikni taʼminlash boʻyicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishi belgilandi

Har bir viloyatdagi 2 tadan, jami 26 ta tumanda tajriba tarzida obodonlashtirish boshqarmalari vazifalari xususiy sheriklik asosida chiqindi korxonalariga oʻtkaziladi.

Bunda, tadbirkorlar oʻziga biriktirilgan hududda daraxt va gullar ekish, ularni parvarishlash, ariqlarni tozalash, koʻchalarni yoritish bilan birga chiqindilarni olib ketish bilan ham shugʻullanadi. Bir soʻz bilan aytganda, tadbirkorlar tumandagi umumiy obodonlashtirish bilan shugʻullanadi va shunga yarasha haq oladi.

Yil yakunigacha yangi tajribani sinovdan oʻtkazib, 2025-yildan barcha tuman va shaharlarda yoʻlga qoʻyish zarurligi qayd etildi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chiqindi poligonlarini tartibga keltirish va chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha ham yangi tizim tashkil etiladi

Mavjud 194 ta poligondan resursini oʻtab boʻlganlari yopiladi. Har bir viloyatda 3-4 tadan chiqindi poligoni maxsus eko-sanoat zonasiga aylantiriladi hamda ularda qayta ishlash va yoqish loyihalari amalga oshiriladi.

Qolgan poligonlarda chiqindini vaqtincha toʻplab, qayta yuklaydigan stansiyalar ishga tushadi. Ular eko-sanoat zonasini kafolatlangan chiqindi massasi bilan taʼminlashga xizmat qiladi. Mutasaddilarga investor topib, oʻz hududida kamida bittadan chiqindini yoqish zavodi qurish loyihasini boshlash topshirildi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Mahalla yettiligi”ga hududida aslida koʻrsatilmagan xizmat boʻyicha noreal qarzni hisobga olmaslik vakolati beriladi.

Bu orqali xizmat koʻrsatilmagan hudud uchun ham debitor qarzdorlik yozib qoʻyishdek adolatsiz amaliyotga chek qoʻyiladi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Koʻp qavatli xonadonlarda aholini chiqindini saralagan holda shoxobchaga olib borishga ragʻbatlantiradigan tizim joriy etiladi

Bunda, Ekologiya jamgʻarmasi hisobidan aholiga maxsus chiqindi paketlari bepul beriladi, aholi chiqindini qayta ishlanadigan, qayta ishlanmaydigan va organik toifaga ajratib, shoxobchaga olib boradi. Tadbirkor esa qayta ishlanadigan foydali chiqindini aholidan sotib oladi.

Ushbu tizim dastlabki bosqichda Toshkent, Andijon, Buxoro, Termiz, Angren shaharlari va Toshkent tumanida yoʻlga qoʻyilishi belgilandi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xattot Habibullo Soliyevga oltin medal berildi

Taniqli xattot Habibullo Soliyev Oʻzbekistonda xattotlik sanʼatini rivojlantirishga qoʻshgan katta hissasi hamda uzoq yillik fidokorona xizmatlari uchun Badiiy akademiyaning oltin medali bilan taqdirlandi.

H.Soliyev Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi hisoblandi.

U 1999-yilda xattotlikda yangi tarz, yaʼni naqshin bezak yozuvining alifbosini kashf qilgani uchun Lohurdagi xalqaro xattotlar bellashuvida “Parvin raqam” (“Sharq yulduzi”) unvoniga sazovor boʻlgan.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahar IIBB xodimlari jamoat joylarida kuchaytirilgan tartibda xizmat olib bormoqda

Poytaxtimizda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida Toshkent shahar IIBB xodimlari savdo majmualari, ko‘ngilochar maskanlari, bozorlar va boshqa jamoat joylarida kuchaytirilgan tartibda xizmat olib bormoqda.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM