UzA | Tezkor xabarlar
30.1K subscribers
9.49K photos
1.03K videos
33 files
1.56K links
Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi

Asosiy telegram kanal: @uza_uz

Sayt: www.uza.uz

facebook.com/uzauz

instagram.com/uza.uz

twitter.com/uzauz

•lotin yozuvida: @uzauzlot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Suriyada terrorchilar safiga borib qoʻshilgan jizzaxlik yigit 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi

Jizzax viloyatida yashovchi D.Raimov 2023-yilda “Instagram” ijtimoiy tarmogʻidan foydalanib, faoliyati taqiqlangan “Tavhid va Jihod katibasi” xalqaro terrorchilik tashkiloti tarafdorlarining gʻoyaviy taʼsiriga tushib qolgan.
U mazkur tashkilotning Suriya Arab Respublikasidagi tarafdorlari safiga borib qoʻshilgan va terrorchilik tashkilotida turli gʻoyaviy va harbiy tayyorgarlikdan oʻtayotib, Suriya davlati armiyasi tomonidan amalga oshirilgan harbiy amaliyot natijasida jiddiy jarohat olgan.

2023-yil 27-noyabr kuni esa D.Rayimovning sogʻligʻi yomonlashib, “Tavhid va Jihod” tashkiloti aʼzolari koʻmagi bilan Suriyadan Turkiyaga davolanish maqsadida oʻtgan va aynan shu vaqtda Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organi xodimlari tomonidan qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga deportatsiya qilingan.

JIB Yangiobod tuman sudida mazkur jinoyat ishi koʻrib chiqilib, D.Raimovga nisbatan tegishli moddalarga asosan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Televideniye, radioda sogʻlom turmush, toʻgʻri ovqatlanish targʻiboti kuchaytiriladi

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Avstriya bilan hamkorlikda Namangan shahrida zamonaviy gemodializ markazini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat rahbariga Yangi Namangan qurilishining kelgusi bosqichlari taqdimot qilindi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan xalqaro aeroporti infratuzilmasini yangilash loyihasi bilan tanishdi

Loyiha doirasida yuk terminali, keytering, yonilgʻi quyish majmuasi va boshqa xoʻjalik binolari qurilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, aeroportning yoʻlovchi terminali quvvati soatiga 1 ming nafarga yetkaziladi. Yuk terminali tadbirkorlik, eksport va tranzit salohiyatini oshiradi.

Bundan tashqari, maxsus servis texnikalari parki yangilanadi. Bu istalgan turdagi samolyotlarni qabul qilish va ularga xizmat koʻrsatish imkonini yaratadi.

Shu bilan davlatimiz rahbari Namangan viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Fuqarolardan 6.155.000.000 soʻmni aldab olgan “avtosalon egalari” qamaldi

Maʼlum boʻlishicha, oldindan jinoiy til biriktirgan 3 nafar shaxs tomonidan poytaxtning Alisher Navoiy koʻchasida “My-Cars” nomi bilan avtosalon ochilgan.

2022-yil 16-yanvardan 2023-yilning 2-avgust kuniga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida ushbu jinoiy sheriklar “avtomashinalarni 3 oy muddat ichida avtosalondan chiqarib, yetkazib berish”ni aytib, jami 74 nafar fuqaroning 40.000.000 soʻmdan to 200.000.000 soʻmgacha boʻlgan juda koʻp miqdordagi, jami — 6.155.000.000 soʻmlik pul mablagʻlarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritishgan.

Xaridorlarni qabul qilishda esa ular goʻyoki “GM— Uzbekistan” bilan  shartnoma tuzganliklarini aytib aldashgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tuman sudi JKning 168-moddasining tegishli bandlari bilan ayblanuvchilarga 8-9 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Poytaxtning uchta tumanida gaz ta'minoti qisman to‘xtatiladi

Chilonzor, Uchtepa, Mirzo Ulug’bek tumanlari gaz ta'minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan, 27-mart kuni 10:00 dan 18:00 gacha ushbu tumanlarning ba’zi mahalla va ko'chalarida gaz ta'minoti to‘xtatiladi. Roʻyxat

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025-yildan boshlab import qilinadigan pivo, tabiiy va gazlangan vinolarni reklama qilish bo‘yicha cheklovlar bekor qilinadi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida maxsus kameralar oʻrnatiladi

2024-yil 1-iyuldan boshlab yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida, kamida toʻrt tasmali yoʻllardagi piyodalar oʻtish joylarida, yoʻl-transport hodisalari oʻchoqlarida, temir yoʻl kesishmalarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari bosqichma-bosqich o'rnatiladi.

Bu Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi tomonidan “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilib, YHXX tomonidan belgilanadigan joylarga oʻrnatiladi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Migratsiya agentligi Rossiyaga borayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini ogohlantirdi

Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatida 22-mart kuni yuz bergan terakt sababli butun mamlakat bo‘ylab xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda.

Shu munosabat bilan, Rossiyaga boryotgan, ushbu mamlakat hududida bo‘lib turgan yoki mamlakatdan chiqib ketyotgan yurtdoshlarimizdan ushbu xavfsizlik choralari talablarini inobatga olgan holda harakatlanishni so‘raymiz.

Xususan, shaxsni taqdiqlovchi va mamlakatda bo‘lish yoki ishlash huquqini buruvchi hujjatlarni o‘zlari bilan birga olib yurish, jamoat joylarga sababsiz bormaslik, notanish yoki shubhali insonlar bilan muloqotga kirishmaslik, telefon va boshqa qurilmalarda taqiqlangan foto, audio va video materiallarni saqlamaslik, safar rejalashtirilgan bo‘lsa, vokzal yoki aeroportga belgilangan vaqtdan oldinroq borish kabilar tavsiya qilinadi.

Yurtdoshlarimiz biror muammoga duch kelganda yoki o‘zlarini qiziqtirgan boshqa savollar bilan mamlakatimizning konsullik idoralari yoki Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasiga murojaat qilishi mumkin.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Toshkentdan Fargʻona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi

Kanalga ulanish:

🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentdagi “avtosalon”dan jabr ko'rgan fuqarolarga pullari qaytariladimi?

Kuni kecha, poytaxtning A.Navoiy koʻchasida “My-Cars” nomi bilan avtosalon ochib, 2022-yilning yanvaridan 2023-yilning avgustiga qadar 74 nafar fuqaroning jami — 6 mlrd 155 mln soʻm pul mablagʻlarini qoʻlga kiritishgan firibgarlar 8-9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilindi.

Ulardan jabr ko'rgan fuqarolarning aytishicha, firibgarlar goʻyoki “GM— Uzbekistan” bilan shartnoma tuzganliklarini aytib, ishontirish maqsadida bir necha fuqarolarga avtobozorlardan mashina ham sotib olib berishgan. Qolgan fuqarolar esa hozirga qadar avtomashinalar uchun toʻlagan pullariga kuyib qolishmoqda.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AQSH dollarining rasmiy kursi 12 ming 600 soʻmdan oshdi

Markaziy bank 28-martdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 600,14 so‘m (+10,14)
1 RUB 135,92 so‘m (–0,05)
1 EUR 13 642,17 so‘m (–23,02)

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSH parlamenti delegatsiyalarini qabul qildi

Davlatimiz rahbari AQSHning senator Stiven Deyns hamda Vakillar palatasi qoʻmitasi raisi, kongressmen Mayk Rojers boshchiligidagi delegatsiyalarini qabul qildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston-AQSH strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Shuningdek, AQSH hududlari biznesining Oʻzbekistonga safarlarini tashkil etishga kelishib olindi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Poytaxt aholisi kuchli shamol va yomgʻir tufayli ogohlantirildi

Toshkent shahar hokimligi poytaxt aholisi va mehmonlardan kuchli shamol va yomgʻir yogʻishi kuzatilayotgani sababli ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish, daraxtlar va temirli qurilmalar tagiga avtomashinalarni qoʻymaslikni soʻradi.

Ma'lumot o'rnida, noqulay ob-havo sharoiti – kuchli shamol, yogʻingarchiliklar bilan bogʻliq har qanday favqulodda vaziyatlarda Toshkent shahar hokimligining tegishli xizmatlari bilan (71) 212-69-80, (71) 212-69-82, 1050 va 1055 raqamlariga murojaat qilib bogʻlanishingiz mumkin. Shuningdek, murojaatingizni Xalq Nazorati portali va ilovasi orqali yuborish imkoniyati mavjud.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kuchli shamol natijasida Piskent, Quyi Chirchiq va Oʻrta Chirchiq tumanlarida 12,5 ming isteʼmolchi elektr taʼminotidan uzildi

Energetika vazirligining xabar qilishicha, soat 09:33 da kuchli shamol tufayli Toshkent shahrida 110 kVli «L-K-D» elektr uzatish tarmogʻi 60 MVt quvvat bilan avariyaviy oʻchgan.

Buning natijasida Toshkent viloyatining Piskent, Quyi Chirchiq va Oʻrta Chirchiq tumanlarida istiqomat qiluvchi 12 ming 550 ta isteʼmolchi, shuningdek, kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr taʼminotidan uzilgan.

Hozirgi vaqtda isteʼmolchilarni boshqa manbalardan taʼminlash choralari koʻrilyapti.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM