UzA | Tezkor xabarlar
26.1K subscribers
14K photos
1.59K videos
50 files
2.26K links
Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi

Asosiy telegram kanal: @uza_uz

Sayt: www.uza.uz

facebook.com/uzauz

instagram.com/uza.uz

twitter.com/uzauz

•lotin yozuvida: @uzauzlot
Download Telegram
Kuchli yomg‘ir natijasida Toshkent shahridagi Mirobod va Sergeli tumanlari iste’molchilari qisman (3 ming 750 ta) elektr ta’minotidan uzilgan.

Hozirgi vaqtda maxsus brigada tomonidan ushbu nosozlik bartaraf etilmoqda.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryo tumaniga yangi hokim tayinlandi

Xatamov Musurmankul Abdumannonovich Sirdaryo tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

M.Xatamov tayinlovga qadar Boyovut tumani “Ijodkor” mahalla fuqarolar yigʻinida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DXX: Samarqand va Fargʻona viloyatlarida sifati kafolatlanmagan hamda tegishli hujjatlari boʻlmagan dori vositalarining savdosiga chek qoʻyildi

DXX oʻtkazgan tezkor tadbirda, Pastdargʻom tumanida yashovchi, 1999-y.t. fuqaro Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan 3600 dona “S-Gen” nomli dori vositalarini 46 mln. soʻmga sotgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, undan mazkur dorilarning goʻyoki davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi soxta muvofiqlik sertifikati ham ashyoviy dalil sifatida olindi.

Bundan tashqari, uning yashash xonadonidan sifati kafolatlanmagan va tegishli hujjatlari boʻlmagan 240 dona “ViVaNarin” nomli dori vositasi ham protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

DXXning Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa Qoʻqon shahrida yashovchi, 1989-y.t. fuqaro umumiy qiymati 121 mln. 800 ming soʻmlik, 2400 dona “Ampitsillin”, 1600 dona “Infera”, 1600 dona “Ferrovell jeleza gidroksid saxaroznыy kompleks” va 125 dona “Gonadotropin xorionicheskiy” nomli dori vositalarini Namangan shahridagi dorixonalarga yubormoqchi boʻlgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining xulosasiga koʻra, ushbu dorilar – dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reyestriga roʻyxatga olinmaganligi hamda Sertifikatlashtirish idoralari tomonidan muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmaganligi va saqlash sharoitiga amal qilinmaganligi bois, ularni respublika hududida sotish, tashish va tibbiyot amaliyotida qoʻllash taqiqlanadi.

Taʼkidlash lozimki, mazkur shaxs muqaddam shu turdagi jinoyatni sodir etganligi uchun 2023-yil Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 165-1-moddasi bilan jarima jazosiga tortilgan.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kogon tumaniga yangi hokim tayinlandi

Otabek Qazoqov Buxoro viloyatining Kogon tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar u “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Tumanning avvalgi hokimi Muhiddin Esanov sogʻligi yomonlashganligi sababli lavozimidan ozod etildi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TAYINLOV

Timur Rahmonov Oʻzbekistonning Latviyadagi elchisi etib tayinlandi.

T.Rahmonov Rigaga tayinlanishidan oldin mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi bosh konsuli lavozimida ishlagan.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AQSH dollarining rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Markaziy bank 14-martdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 546,02 so‘m (+12,01)
1 RUB 137,01 so‘m (–0,79)
1 EUR 13 705,27 so‘m (+5,60)

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TAYINLOV

Fargʻona viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Rahimov Sherzod Abduxalilovich Fargʻona viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.

Sh. Rahimov tayinlovga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi aʼzosi boʻlib faoliyat koʻrsatib kelgan.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga tashrif buyurib, aholining yashash sharoitlari bilan tanishadi.

Tumandagi mahallalardan birida davlatimiz rahbari raisligida tomorqa va uy xoʻjaliklaridagi imkoniyatlarni toʻliq ishga solish orqali aholi daromadlarini oshirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkaziladi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DXX: Toshkent xalqaro aeroportining nazoratchisi 1800 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi

Toshkent xalqaro aeroportining Aviatsiya xavfsizlik xizmati qoʻriqlash nazoratchilar boʻlinmasi nazoratchisi A.B. xizmat mavqeidan foydalangan holda oʻzganing ishonchiga kirib, uning pul mablagʻini noqonuniy tarzda oʻzlashtirishni reja qiladi.

Dastlab u ijtimoiy tarmoq orqali jabrlanuvchi bilan tanishadi va uning qarindoshini Toshkent xalqaro aeroportining Aviatsiya xavfsizlik xizmati qoʻriqlash nazoratchilar boʻlinmasiga nazoratchi sifatida ishga kiritib qoʻyish evaziga 2 ming AQSH dollari talab qiladi. Lekin, jabrlanuvchi 1800 AQSH dollari berishini maʼlum qiladi.

2023-yilning 6-dekabr kuni Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, A.B. 1800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan A.B. ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borildi. Jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudi tomonidan esa A.B. ga nisbatan 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT!

2024-yil 15-20-mart kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining oʻzgarishi sababli respublikaning togʻli hududlarida, jumladan:

Qashqadaryo viloyati: Dexqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqoʻrgʻon,Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
Samarqand viloyati: Nurobod, Qoʻshrobod, Samarqand, Urgut tumanlarida;
Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi togʻlari);
Namangan viloyati: Pop tumanida qor koʻchish xavfi e'lon qilinadi.

Togʻli xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 14-mart kuni Sirdaryo viloyatiga qilgan safar asnosida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov bilan samimiy suhbatlashdi. Muloqotda diniy-maʼrifiy yoʻnalishlardagi ishlar, muborak Ramazon oyining fazilatlari haqida soʻz bordi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryoning Sayxunobod tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi yigʻilish tomorqa va uy xoʻjaliklarini rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishda butun mamlakatimiz uchun tub burilish yasaydi

Davlatimiz rahbari nega aynan shu tumanga kelganini izohladi.

Sayxunobod aholisi yaxshi yashashga, daromadli boʻlishga, bolalarini oʻqitishga intilayotgani, lekin tumandagi ogʻir iqtisodiy ahvol bunga toʻsqinlik qilayotgani qayd etildi.

Tadbirkorlik, bandlik, kambagʻallikdan chiqarishga katta-katta mablagʻlar ajratilayotganiga qaramay, Sayxunoboddagi 19 ta mahallada yashaydigan 83 ming aholini qanchasiga bu imkoniyatlar yetib borayapti, degan savol ochiq qolmoqda.

Shuning uchun bugungi yigʻilish tomorqa va uy xoʻjaliklarini rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishda nafaqat Sayxunobod, balki butun mamlakatimiz uchun tub burilish yasaydi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryo viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari, Sayxunobod tumani hokimi va uning birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etilib, oʻrniga zamonaviy rahbarlar qoʻyildi, — PREZIDENT

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joylardagi va respublika darajasidagi rahbarlar Sayxunoboddagi ahvolni yaxshilashga eʼtibor qaratmagani, pastga tushib ishlamagani, faqat yigʻilish oʻtkazish bilan cheklangani tanqid qilindi.

Misol uchun, tumanda 2 ming 400 ta ishsiz bor, kambagʻallik darajasi – 14 foiz, mahalliy byudjet tushumi 27 milliard soʻm, xarajati 67 milliard soʻm.

Bir soʻz bilan aytganda, Sayxunobodda tadbirkorlik oʻsmayapti, Yangi Oʻzbekiston nafasi sezilmayapti,
- dedi davlatimiz rahbari.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat banklarga katta resurslar ajratmoqda, biroq ularning oʻrni joylarda sezilmayapti

Bugungi yigʻilish 14 ta hudud, 208 ta tuman va shahar hokimlari, ularni oʻrinbosarlari, banklar, “mahalla yettiligi” uchun saboq boʻlishi taʼkidlandi.

Davlatimiz rahbari tumandagi muammolarni sanab, ularning yechimlarini belgilab berdi.

Eng avvalo, tumanda tadbirkorlikni rivojlantirishda banklarning oʻrni sezilmayotgani qayd etildi. Vaholanki, davlat ularga katta resurslar ajratmoqda.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Banklar faqat qaytimni oʻylab, oson yoʻl bilan resurslarni doimiy mijoziga berayapti

Oʻtgan yili mahalladagi tadbirkorlik uchun Sayxunobodga 120 milliard soʻm berilgan. Tuman tadbirkorlari oʻtgan yil soliqdan 85 milliard soʻmlik imtiyoz olgan.

Lekin bu mablagʻlar ish oʻrinlariga aylanmayotgani, kambagʻallikni qisqartirishga taʼsiri sezilmayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Xususiy sektorda yaratilgan rasmiy ish oʻrni bor-yoʻgʻi 968 taga koʻpaygan.

Yaʼni, banklar faqat qaytimni oʻylab, oson yoʻl bilan resurslarni doimiy mijoziga berayapti. “Men ham tadbirkor boʻlay, mahallada ish oʻrni yaratay”, degan oddiy odamlar chetda qolib ketayapti. Ularga tayyor loyiha paketlari berilmayapti.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sayxunobodda 2023-yilda ishlab chiqarish hajmi deyarli oʻsmagan.

Mutasaddilar korxonalarga aylanma uchun pul berib, mahsulotni koʻpaytirishga eʼtiborsiz boʻlgani qayd etildi.

Bugungi kunda tumanda 1 million soʻmlik mahsulot yaratish uchun oʻrtacha 126 kilovatt-soat elektr sarflanayapti. Bu – viloyatni qolgan tumanlaridan 2 karra koʻp.

Sababi – 19 ta mahalladan 16 tasida yuqori qoʻshilgan qiymat yaratadigan birorta ishlab chiqarish yoʻq.

Vaholanki, tumandagi tayyor infratuzilmasi bor 16 ta bino va inshoot qimmatligi uchun bir yildan buyon sotilmay tashlandiq yotibdi. Yana uzoq yillardan beri boʻsh turgan 5 ta obyekt auksionga chiqarilmagan.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mahalliy sanoatga masʼul 13 ta uyushma Sayxunobodga 2023-yilda biror marta kelmagan. Bu yil uchun ham reja qilmagan.

Tumanni eng katta zaxirasi ham, imkoniyati ham – yer. Masalan, Sayxunobod – aholi tomorqasi 20 sotixdan ortiq boʻlgan 26 ta tumandan biri. Lekin buning 10 foizi ishlatilyapti, asosiy ekin – beda bilan makka boʻlib qolgan.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sayxunobodning 19 kilometr hududidan Sirdaryo oqib oʻtgani uchun, “suv tekin” degan tushuncha oʻrnashib qolgan.

Tumanda 89 ta sholichilik fermer xoʻjaligida na lazerli tekislagich, na hisob-kitob bor. Shu oʻrinda, tumandagi 3 ming gektar sholi maydonlarida hosildorlik gektariga atigi 50 sentnerni tashkil qilmoqda.

Kanallarni betonlash rejasi 61 foizga bajarilgan, xolos. Bu viloyatdagi eng yomon koʻrsatkich.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM