UzA | Tezkor xabarlar
30.1K subscribers
9.37K photos
1.01K videos
33 files
1.54K links
Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi

Asosiy telegram kanal: @uza_uz

Sayt: www.uza.uz

facebook.com/uzauz

instagram.com/uza.uz

twitter.com/uzauz

•lotin yozuvida: @uzauzlot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#VIDEO

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari Qozon shahrida uchrashuv o‘tkazdi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mamlakatimizdagi barcha metan "zapravka"lar faoliyatiga kiritilgan cheklovlar bugundan mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda, avvaldan belgilangan reja-grafik asosida bosqichma-bosqich olib tashlanmoqda.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT!

2024 yil 23-29 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:

Qashqadaryo viloyati: Dexqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on,Sariosiyo, Uzun tumanlarida;

Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrobod, Samarqand, Urgut tumanlarida;

Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;

Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);

Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e'lon qilinadi.

Kanalga ulanish
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AQSH dollarining rasmiy kursi 12 500 so‘mdan oshdi

Markaziy bank 23-fevraldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 508,00 so‘m (+12,97)
1 RUB 134,31 so‘m (–0,82)
1 EUR 13 574,93 so‘m (+80,30)

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ob_havo

⚡️Bugun O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq bo‘ladi.

⚡️Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-5° iliq bo‘ladi.

⚡️Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qor yog'adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chish xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° sovuq bo‘ladi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#PREZIDENT_FARMONI

2024-yil 1-martdan boshlab:

alohida ishlash talab etiladigan, shuningdek, iste’dodli va iqtidorli yoshlar Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi qarori bilan “Yoshlar balansi” asosida vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlar hamda oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlariga biriktirilsin.

Bunda mazkur rahbarlar:

har oyda kamida bir marotaba o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga o‘qitish orqali bandligini ta’minlash, hayotda o‘z o‘rnini topishi, shuningdek, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga har tomonlama ko‘maklashib borsin;

o‘zlariga biriktirilgan yoshlar muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish uchun tegishli tashkilotning byudjetdan tashqari mablag‘lari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan zarur mablag‘larni Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartib asosida yo‘naltirishga ruxsat etilsin.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#PREZIDENT_FARMONI

2024-yil 1-martdan boshlab:

mahalla, ta’lim muassasalari,
korxona va tashkilotlar tizimida mukofot jamg‘armasi 600 million so‘m miqdorida xorijiy tillar (“Ibrat farzandlari”) bo‘yicha tanlovlar, kibersport musobaqalari va “Zakovat” intellektual o‘yinlari yuqori saviyada tashkil etiladi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#PREZIDENT_FARMONI

Yoshlarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi

a) oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida ajratilayotgan kreditlarning kamida 40 foizi yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga yo‘naltiriladi;

b) 2024 yil 1 iyundan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yosh tadbirkor” tanlovlarини o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi:

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tanlov asosida “mahalla – tuman – viloyat – respublika” bosqichlarida yoshlarning istiqbolli biznes loyiha va g‘oyalari saralanadi. Bunda, nogironligi bo‘lgan yosh tadbirkorlarning loyiha va g‘oyalariga alohida e’tibor qaratiladi;

respublika bosqichida saralashdan o‘tgan har bir loyihaga bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravarigacha miqdordagi imtiyozli kreditlar ajratiladi;

g‘olib bo‘lgan biznes loyiha va g‘oyalar egalari Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#PREZIDENT_FARMONI

2030 yilga
qadar Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida “YeVRO – 5” va undan yuqori standartlariga muvofiq bo‘lmagan avtomashinalar ekspluatatsiyasi bosqichma-bosqich cheklanadi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#PREZIDENT_FARMONI

Toshkent shahrida yuk tashish uchun mo‘ljallangan avtotransport vositalarining harakati cheklanadi

2024 yil 1 martdan boshlab:


Toshkent shahrida yuk tashish uchun mo‘ljallangan, ruxsat etilgan to‘la vazni 10 tonnadan yuqori bo‘lgan N2, N3, O4 toifaga kiruvchi avtotransport vositalarining harakati tig‘iz vaqt oraliqlarida taqiqlansin. Bunda, ushbu cheklovlar maxsus xizmat, shu jumladan, kommunal xo‘jaligi, obodonlashtirish va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yuk transporti vositalariga tatbiq etilmaydi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DXX: Suriyadagi terroristik tashkilot safida bo‘lgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2000-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan shaxs internet tarmog‘i orqali Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti a’zosi bilan tanishib, ularning safiga borib qo‘shilishni maqsad qiladi.

So‘ngra virtual tanishining huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining e’tiboriga tushmaslik bo‘yicha bergan ko‘rsatmalari asosida, 2023-yilning iyun oyida aviachiptani aynan uchib ketish kuni qimmat narxda bo‘lishiga qaramay, sotib olib, Istanbul shahriga jo‘nab ketadi.

Turkiya orqali Suriyaga o‘tgan jizzaxlik yigit “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti a’zolari safida g‘oyaviy hamda harbiy tayyorgarlikdan o‘tadi.

Ammo, Suriya hukumati kuchlari tomonidan amalga oshirilgan harbiy amaliyotlar natijasida jiddiy jarohat oladi. Sog‘ligi tiklanganidan keyin, u terroristik tashkilotning xo‘jalik ishlariga jalb etiladi.

2023-yilning dekabr oyida davolanish uchun yashirin yo‘llar bilan Suriyadan qo‘shni davlatga o‘tgan vaqtida qo‘lga olingach, O‘zbekistonga olib kelindi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OB_HAVO

Dam olish kunlari ko‘pchilik hududlarida asosan qor yog'adi

24-25 fevral kunlari
respublikaning ko‘pchilik hududlarida vaqti-vaqti bilan asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-25 fevralda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Poytaxtimizda: bugun kunduzi vaqti-vaqti bilan biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Harorat 3-5o iliq bo‘ladi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#PREZIDENT_FARMONI

Toshkent shahrida har oyning bir kuni “Avtomobilsiz kun” bo’ladi

Ekologiyaga avtomobillar chiqindi gazlarining zararli ta’sirini kamaytirish uchun Toshkent shahrida har oyning bir ish kuni davomida avtomobillar harakatlanishini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasi amalga oshiriladi.

Bunda, binosi Toshkent shahrida joylashgan barcha respublika va hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va boshqa xodimlari jamoat transportida ish joyiga kelishi orqali namuna ko‘rsatib boradi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dollarining rasmiy kursi pasaya boshladi

Markaziy bank 26-fevraldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 490,00 so‘m (–18,00)
1 RUB 134,00 so‘m (–0,31)
1 EUR 13 510,43 so‘m (–64,50)

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TAYINLOV

Anvarjon Abdullayev Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar u Farg‘ona viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️DXX tomonidan hokim yordamchisi, IIB, Milliy gvardiya, Elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari pora olayotganda qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyatining Rishton tumani elektr tarmoqlari korxonasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlovchi shaxs yakka tartibdagi tadbirkorning kulolchilikka ixtisoslashgan ustaxonasi elektr tarmog‘iga noqonuniy ulangani bois, unga nisbatan rasmiylashtirilgan dalolatnoma bo‘yicha 2 mlrd so‘m miqdorida jarima solinishi mumkinligini aytib, ushbu jarimani kamaytirib berish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qiladi.
U so‘ralgan pul mablag‘idan 6600 AQSH dollarini pora sifatida olgan vaqtida ushlandi.

Marg‘ilon shahar Nadirmat mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga Farg‘ona shahar Qirguli mavzesida joylashgan 0,5 sotix bo‘sh yer maydonini “Ye-auksion” platformasi orqali yutib, kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 2 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Ichki ishlar bo‘limi Vaqtincha saqlash hibsxonasi boshlig‘i hozirda ayblov e’lon qilinib, mazkur hibsxonada saqlanayotgan shaxsga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqayotgan sudya tomonidan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishida yordam berish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qiladi.
U so‘ralgan pul mablag‘idan 5 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.
Mazkur mansabdor shaxs muqaddam o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, hibsxonada saqlanayotgan ushbu fuqaroning oila-a’zolari bilan uchrashishi hamda uyidan olib kelingan oziq-ovqat mahsulotlarining kiritilishi uchun ruxsat berish evaziga 400 AQSH dollari olgani ham ma’lum bo‘ldi.

Milliy Gvardiyaning Samarqand viloyati Ishtixon tumanlararo Qo‘riqlash bo‘limi xodimi mahalliy fuqaroga nisbatan ichki ishlar organlari tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini tanishlari orqali uning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 1,5 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Alisher Qodirov Milliy tiklanish partiyasining a'zolari soni nima uchun kam ekani haqida tushuntirish berdi

Uning aytishicha, O’zA tomonidan e’lon qilingan statistik ma’lumotlarda partiya a’zolari soni kam ko’rinayotganligi bevosita partiya Markaziy kengashida qabul qilingan ikkita qaror bilan bog’liq.

Jumladan, 2019-yilda boshlangan, barcha partiyalar a’zolarini yagona elektron platformaga qayd etadigan tizim joriy etilgach, a’zolarimizni tahlil qilib olish imkoniyati yuzaga keldi. Yangi a’zolarda masala yo’q, lekin avvalgi a’zolar platformaga shoshilmasdan, tahlil qilib kiritilmoqda.

“O’zi bilmasdan a’zo bo’lib qolgan” a’zolarni platformaga qayta kiritmoqchi emasmiz”, — degan Qodirov.

Shuningdek, tuman bo’linmalariga ish haqi va saqlash xarajatlari uchun ajratilayotgan mablag’larni partiyaning yuqori bo’g’imlarida kamayib ketgan ish haqini oshirish va eskirib ketgan moddiy-texnik bazani yangilash uchun yo’naltirishga qaror qilingan.

Soxta a’zo badal to’lamaydi, demak, tuman bo’limlarining ish haqiga ham bu ta’sir qiladi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TAYINLOV

⚡️Xiva tumaniga hokim tayinlandi

Sardor
Polvonov Xorazm viloyatining Xiva tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TAYINLOV

⚡️Dehqonobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Sherzod Shokirov Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Ko‘kdala tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Doha dizayn biyennalesida “Hunarmand O‘zbekiston: tolalardagi an’ana” ko‘rgazmasi ochildi
 
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Dohada ilk marotaba o‘tkazilayotgan dizayn biyennalesida “Hunarmand O‘zbekiston: tolalardagi an’ana” ko‘rgazma loyihasini taqdim etmoqda.

Anjumanda boy hunarmandchilik an’analari va zamonaviy ijod uyg‘unligini ko‘rish mumkin. Ko‘rgazma yog‘och va to‘qimachilik namunalari boy tarixi va rang-barangligi, ijodkorlarning mahorati va iste’dodini ham namoyish etadi.

Ko’rgazma 2024 yil 30-martga qadar davom etadi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Saida Mirziyoyeva Qatar Bosh vaziri, Tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy bilan koʻrishdi

“Doha shahrida Qatar Bosh vaziri, Tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy janobi oliylari bilan uchrashuv boʻlib otdi.Biz Oʻzbekiston-Qatar munosabatlarini rivojlantirish istiqbollarini, shuningdek, kelgusi tadbirlar jadvalini batafsil muhokama qildik.Suhbat chogʻida oʻzaro aloqalarimiz 2023-yili yangi bosqichga oʻtgani taʼkidlandi. Samarqand (2023-yil 5-6-iyun) va Doha (2023-yil 2-oktyabr) sammitlari tarixiy ahamiyat kasb etib, hamkorlikning yangi qirralariga eshik ochdi. Oʻzbekiston bilan Qatar oʻrtasidagi munosabatlarda mutlaqo yangi davr boshlandi, deya olamiz.Biz oʻzaro madaniy-maʼrifiy aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdormiz. Qatarlik hamkorlar bilan mustahkam rishtalar bogʻlanib, qoʻshma loyihalar faol amalga oshiriladi, degan niyatdamiz”, — Saida Mirziyoyeva.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM