UzA | Tezkor xabarlar
30.1K subscribers
9.49K photos
1.03K videos
33 files
1.56K links
Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi

Asosiy telegram kanal: @uza_uz

Sayt: www.uza.uz

facebook.com/uzauz

instagram.com/uza.uz

twitter.com/uzauz

•lotin yozuvida: @uzauzlot
Download Telegram
Vazirlar Mahkamasiga oliygohni tamomlagan, ota-ona mehridan mahrum bo‘lgan yoshlarni davlat tashkilotlariga ishga joylashtirish bo‘yicha tizim yaratish topshirildi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yig'ilishda yetim va ota-ona qaramog‘isiz bo‘lgan yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarishiga ko‘maklashish uchun ularni tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘qitish, dehqonchilik uchun yer berish muhimligi ta’kidlandi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Onalar maskani” xizmati yo‘lga qo‘yiladi

Ayollar va bolalarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoyalash bo‘yicha mahalla darajasida alohida tizim
yaratilishi belgilandi.

Tazyiqqa uchragan ayollar reestri tuzilib, ularga mahallada tezkor kompleks xizmat ko‘rsatish tizimi joriy qilinadi.

Har bir tuman shifoxonasida zo‘ravonlikka uchraganlarga tibbiy va ruhiy yordam ko‘rsatish uchun tun-u kun ishlaydigan xonalar tashkil etiladi.

Qiyin vaziyatdagi yosh onalarni qo‘llab-quvvatlash uchun “Onalar maskani” xizmatini yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
FVV: Toshkent viloyati Olmaliq shahrida sodir bo‘lgan vaziyat bo‘yicha o‘rganish natijalariga ko‘ra ma’lumot

Respublikamizda bir necha kundan beri davom etayotgan sovuq ob-havo, tog‘li hududlarda ko‘p qor yog‘ishi va qattiq shamol tufayli “Enter Engineering” kompaniyasining metall tayyorlash sexidagi (AZMK-3) vaqtinchalik qurilmaning tom qismi qulashi natijasida texnogen vaziyat vujudga kelgan.

Buning natijasida uch nafar hindistonlik ishchilar voqea joyida vafot etgan, 29 nafari turli darajadagi tan jaroxatlari olganligi sababli shifoxonaga joylashtirilgan, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Jabrlangan fuqarolarning 4 nafariga shifoxonada zarur tibbiy yordam ko‘rsatilib javob berilgan.

Ushbu holat yuzasidan dastlabki tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, ob-havoning keskinlashuvi va qalin qor yog‘ishi oqibatida bugun Olmaliq shahridagi “Qo‘qon bozorida” ham savdo navesi qulashi yuz berdi. Jabrlanganlar yo‘q.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TAYINLOV

Botirjon
Mirzakulov Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Bungacha u Sirdaryo tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangiobod tuman hokimi o‘rinbosari 10 yilga qamaldi

U 100 ming dollar bilan qo‘lga
tushgan edi.

2023-yilning may oyida fuqaro (Q.M.) Yangiobod tumani hokimining v.b. o‘rinbosari (Q.R.) bilan til biriktirib, “Angren Mashal Servis” MCHJ rahbariga (U.T.) shamol elektr stansiyalari qurish uchun 200 gektar yer maydonini olib berishni va’da qilib, evaziga 200 ming AQSH dollari talab qiladi.

Q.M. kelishilgan summaning yarmi, ya’ni 100.000 AQSH dollarini restoranlarning birida olgan vaqtida DXX tomonidan ushlanadi. Shuningdek, tadbir davom etkazilib, hokim o‘rinbosari ham qo‘lga olinadi.

JIB Yangiobod tuman sudi mazkur jinoyat ishini ko‘rib chiqib, Q.M'ga bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravari (132.000.000 so‘m) miqdorida jarima va 6-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilishi jazosi, sobiq hokim o‘rinbosari Q.R'ga esa 3 yil muddatga davlat ishtirokidagi tashkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravari (132.000.000 so‘m) miqdorida jarima va 10-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YANGI TAYINLOV

Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya maslahatchisi Ulug‘bek Aslonovich Xamdamov Buxoro viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

U.Xamdamov tayinlovga qadar Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar prokurori lavozimida ishlagan.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev 21-fevral kuni “Kelajak O‘yinlari” musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Rossiyaning Qozon shahrida bo‘ladi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DXX: Tojikiston va Qirg‘iz Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan narkotik moddalar to‘xtatib qolindi

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DXX: Tojikiston va Qirg‘iz Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan narkotik moddalar to‘xtatib qolindi

Nurobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Urgut tumanida yashovchi shaxs nurobodlik jinoiy sherigi bilan til biriktirib, Tojikistondan olib kelingan 2 kg. 875 gr. “opiy” moddasini 40,5 ming AQSH dollariga sotgan vaqtlarida qo‘lga olindi.

“Samarqand-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Kobalt” rusumli avtomashina Jomboy tumani hududida to‘xtatildi. Unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Urgut tumanida yashovchi 2 nafar shaxsning yonida 1 kg. 616 gr. “opiy” moddasi borligi ma’lum bo‘ldi. Ta’kidlash lozimki, ushbu giyohvandlik vositasi Tojikiston Respublikasidan olib kelingan.

“Toshkent-Farg‘ona” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Neksiya” rusumli avtomashina Namangan viloyatining Pop tumanidagi YPX maskanida to‘xtatildi. Ammo, to‘xtash jarayonida avtotransport vositasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan, 1987-yilda Bag‘dod tumanida tug‘ilgan shaxs avtomashina oynasidan bir dona paketni uloqtirib yuboradi. Shundan so‘ng, ushbu paket xolislar ishtirokida tekshirib ko‘rilganda, unda 1 kg. 915 gr. “gashish” moddasi borligi ma’lum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, mazkur fuqaro tojikistonlik narkokuryerlar tomonidan Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi xufiya joyga qoldirib ketilgan ajal og‘usini olib ketayotgan bo‘lgan. U giyohvandlik vositasini 8 ming AQSH dollariga sotib olgan.

Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Farg‘ona tumanida yashovchi, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs 770 gr. “gashish” moddasini 7 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, Qirg‘iz Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan ushbu narkotik moddaning haqiqiy egasi Farg‘ona tumanida yashovchi fuqaro ekani aniqlanib, u ham ushlandi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda turar-joylarni qurib sotish bilan fuqarolarni aldab, milliardlab pullarni o‘zlashtirgan "firma"lar aniqlandi

“Arkenstone” va “VescoCottage” nomli MChJlar Toshkent shahrida kottej turar-joylarini qurayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda turli reklama e’lonlarini joylashtirib, shu yo‘l bilan yangi uy olish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizning ishonchiga kirib, go‘yoki kechiktirib to‘lash imkonini berish vaji bilan ularda qiziqish uyg‘otib, 2022 — 2023-yillar davomida 125 mln so‘mdan boshlang‘ich to‘lov sifatida fuqarolarning qariyb 27 mlrd so‘mini o‘zlashtirishgan.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentga kelayotgan 3 tonna xavfli tovuq go’shti to'xtatib qolindi

Buxoro—Toshkent yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi “Samarqand” YPX maskanida to'xtatilganda unda isteʼmol mahsulotlarini tashish qoidalariga zid holda tashib kelinayotgan 3 tonna tovuq goʻshti borligi ma'lum bo'ldi.
Mahsulot tekshirish uchun laboratoriyaga joʻnatilganda, tovuq go'shtlarining isteʼmolga yaroqsizligi aniqlangan.

Mazkur isteʼmolga yaroqsiz goʻsht mahsuloti sotish uchun Toshkent shahriga olib borilayotgan edi.

Kanalga ulanish
@uzauz
#FOTO

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozon shahriga keldi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#VIDEO

⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozon shahriga keldi

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Xayraton – Mozori Sharif" temir yo‘l liniyasini qayta tiklash va ta’mirlash ishlariga bag‘ishlangan tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.

Tomonlarning kelishuviga asosan, tiklash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan birinchi bosqich uchun 120 nafar ishchi xodim safarbar qilindi.

Birinchi bosqichda yuk vagonlarini qisqa muddatda "Naibobod" stansiyasiga yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Ushbu maqsadda "Xayraton" stansiyasining "B" parkida hamda temir yo‘l infrastrukturasining 57 km bo‘lgan hududlarida to‘liq tiklash ishlari parallel ravishda tashkil etiladi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TAYINLOV

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Fayzullajon Sa’dullayevich Qosimov Bosh vazir kotibiyati “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va ma’naviyat masalalari departamentining rahbari etib tayinlandi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM