UzA | Tezkor xabarlar
30.6K subscribers
8.31K photos
844 videos
33 files
1.42K links
Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi

Asosiy telegram kanal: @uza_uz

Sayt: www.uza.uz

facebook.com/uzauz

instagram.com/uza.uz

twitter.com/uzauz

•lotin yozuvida: @uzauzlot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident korrupsiya bilan hibsga olingan Kogon tumani prokurori haqida to‘xtalib, Bosh prokurorga maxsus topshiriq berdi

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yig‘ilishda Andijon viloyatida ijtimoiy sohani rivojlantirishga e’tibor qaratildi.

Yoshlarning ta’limdan keyingi bandligini ta’minlash va mehnat bozoriga tayyorlash masalasi Andijonda ham dolzarb ekani qayd etildi.

Yangi tizimga ko‘ra, 10-11 sinf o‘quvchilariga aniq, tabiiy va chet tili fanidan birini chuqur o‘rganish yoki ishchi va IT kasblarga o‘qish imkoni yaratiladi.

Mutasaddilarga 16 ta tuman va shaharda bittadan maktabni tanlab, bu tizimni joriy qilish topshirildi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Prezident Andijondagi san’at maktabiga Sherali Jo‘rayev nomini berishni taklif qildi

Davlatimiz rahbari Andijon shahridagi san’at maktabiga o‘zbek qo‘shiqchiligiga beqiyos hissa qo‘shgan, O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev nomini berishni taklif qildi. U Musiqa va san’at kollejiga aylantirilib, grant asosida yangi iste’dod egalari tarbiyalanadi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bugun Toshkentda 12 soatlik uzluksiz qor yog’ishi aytilmoqda

18-fevral kuni kuchli qor yog‘ishi, u kamida 12 soat davom etishi kutilmoqda.
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, yog'ingarchilik hajmi ikki oylik me’yordan oshadi.

Toshkent shahri hokimligi aholidan zarurat bo’lmaganda ko’chaga chiqmaslikni va barcha ehtiyot choralariga rioya etishni so’ramoqda.

Kanalga ulanish
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Respublika bo‘ylab barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritilmoqda

Respublika hududlarida havo haroratining pasayishi natijasida magistral gaz quvurlarida bosimning kamayishi holatlari kuzatilayotgani tufayli birinchi navbatda, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida respublikadagi barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritilmoqda.

Cheklovlarni hisobga olgan holda respublikadagi barcha benzin “AYOQSH”lariga avtobenzin mahsulotlarini qo‘shimcha miqdorlarda yetkazib berilishi ta’minlanadi.

Kanalga ulanish
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ob_havo

Bugun O‘zbekiston bo‘yicha ba'zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-2° sovuq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chish xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-9° sovuq bo‘ladi.

Kanalga ulanish
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Turkmaniston Respublikasidan 21,6 mln kVt·soat elektr energiyasi import qilindi

18 fevral kuni barcha elektr stansiyalar orqali jami 231,4 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Buning uchun issiqlik elektr stansiyalarida 40,3 mln kubometr tabiiy gaz, 26,3 ming tonna ko‘mir hamda 10,7 ming tonna mazut yoqildi.

Respublika iste’molchilariga 225,6 mln kVt·soat elektr energiyasi yetkazib berildi. Tabiiy gaz iste’moli 151,6 mln kubometrni tashkil qildi.

Kecha mamlakatimizdagi 133 ta metan zapravka orqali ijtimoiy soha – tibbiyot muassasalari hamda shu kabi boshqa ob’yektlarga tegishli avtomobillarga 700 ming kubometr tabiiy gaz yetkazib berildi.

Kanalga ulanish
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dizel narxi 15 foiz arzonlashtirildi

"O‘zbekneftgaz" tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida dizel yonilg‘isining narxlari EKO dizel yonilg‘isi narxiga nisbatan 15 foiz arzonlashtirildi.

Bugundan "O‘zbekneftgaz"ga qarashli barcha neft baza omborlaridan EVRO-5 SSDF rusumli dizel yonilg‘isi bir tonnasi 11 608 190 so‘mdan arzonlashtirilgan narxlarda birja savdolariga joylashtirildi.

Eslatib o‘tamiz,12-fevral kuni prezident rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda "O‘zbekneftgaz" AJga birja savdolariga qo‘yilayotgan dizel yonilg‘isi narxini 15 foiz pasaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan edi.

Kanalga ulanish
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirining buyrug‘iga asosan Yоqubov Odiljon Almahammadovich Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar Odiljon Yoqubov Termiz tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosar lavozimida faoliyat olib borgan.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
143 ming nafarga yaqin fuqaroning chetga chiqishi taqiqlangan

2023 yilda sud hujjatlariga asosan jami 142.800 nafardan ortiq (shundan 51 mingga yaqin aliment to‘lovchi) qarzdorlarning respublikadan chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.

Shuningdek 2024 o’tgan davrida 22 ming fuqaroning chet elga chiqishi sud qarorlariga asosan cheklanib, ularning 6817 nafarini aliment to’lovchilar tashkil etgan

Kanalga ulanish
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#REYTING

⚡️O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zolari soni bo'yicha ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi


O‘zbekistonda ayni paytda 5 ta partiya faoliyat yuritadi. Reytingda O‘zLiDeP yetakchilik qilmoqda. Tashkil etilganiga endi 5 yil to‘lgan O‘zbekiston Ekologik partiyasi esa a’zolari soni bo‘yicha ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

2024 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra,

1. O‘zLiDeP — 1 million 330 ming 364 nafar;

2. Ekopartiya — 622 ming 413 nafar;

3. “Adolat” SDP — 592 ming 517 nafar;

4. XDP — 583 ming 141 nafar;

5. “Milliy tiklanish” DP — 392 ming 425 nafar.

Kanalga ulanish
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi kunda Rossiyada 1 million atrofida O‘zbekiston fuqarolari vaqtincha mehnat faoliyatini olib bormoqda.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Kanalga ulanish
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Senat Raisi bo‘lishi mumkin emasligi belgilandi

“Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”
gi Konstitutsiyaviy Qonuniga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, Qonunchilik palatasining deputati bir vaqtning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo‘lishi mumkin emasligi belgilandi.

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra:

Senat a’zolari (senatorlar) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — to‘rt kishidan saylanadi.

Senatning to‘qqiz nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan Prezident tomonidan tayinlanadi.

Shuningdek, Senat va uning organlari majlislarida Markaziy bank boshqaruvi raisi ishtirok etishi mumkin.

Bundan tashqari, ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Senat Raisi bo‘lishi mumkin emasligi belgilandi.

Kanalga ulanish
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Qonunchilik palatasining Spikeri bo‘lishi mumkin emasligi belgilandi

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, Deputatga va senatorga 36 ish kunidan iborat haq to‘lanadigan har yilgi mehnat ta’tili beriladi. (Bundan qonunchilikda ko‘proq muddatli ta’til nazarda tutilgan hollar mustasno)

“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.

Kanalga ulanish
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Kanalga ulanish
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Prezident Shavkat Mirziyoev hududlarda iqtisodiy oʼsishni taʼminlash, past quvvatda ishlayotgan korxonalarni qoʼllab-quvvatlashga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Kanalga ulanish
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ostona shahrida Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Kanalga ulanish
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM