UzAuto_official
11.2K subscribers
1.19K photos
253 videos
2 files
1.81K links
“O’zavtosanoat” AJ rasmiy kanali | Официальный канал АО "Узавтосаноат"
"O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur ko'chasi, 13
+998 (78) 141-77-77
Ishonch telefoni raqami: +998 (78) 140-76-66
E-mail: info@uzavtosanoat.uz
Download Telegram
23- oktabr kuni start olgan “Automechanika Tashkent”da “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan milliy avtomobilsozlik sanoati yutuqlari namoyish etilmoqda!

“O‘zavtosanoat” stendida “UzAuto Motors Powertrain” AJ, “Avtooyna” MChJ, “Autofortis” MChJ, “Auto Rubber” MChJ, “Avtokomponent” MChJ, “Avtooyna” MChJ, “Uz chasys” MChJ QK hamda “Avto Climat Control” MChJ kabi 20 dan ziyod mahalliy ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning 50 turdagi mahsulotlarini ko‘rishingiz mumkin!

Shuningdek, “Automechanika Tashkent” doirasida o‘tkazilayotgan Komtrans Tashkent korgazmasida SamAuto korxonasi tomonidan LE70 Gazli avtobusining prototipi hamda yangilangan SAZ HC45 avtobusi taqdim etilmoqda.

Tashkent International Auto Show ko‘rgazmasidan so‘nggi vaqtda haydovchilar va avto ixlosmandlar qiziqishiga sabab bo‘layotgan metan gaz balloni o‘rnatilgan va unda 75 ming km masofani bosib o‘tgan Chevrolet Tracker va Onix modellari o‘rin olgan. Qolaversa, Cobalt Midnight avtomobilini ham “UzAuto Motors” povilyonida birinchilardan bo'lib ko'rish imkoniyati mavjud.

“O‘zavtosanoat” faoliyatiga doir eng so‘nggi yangiliklarni “Automechanika Tashkent” ko‘rgazmasida kuzating!

Yirik tadbir 25-oktyabrga qadar davom etadi.
Forwarded from UZAUTO MOTORS UZ/РУ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Chevrolet avtomobillarining yangi imkoniyatlari “UzAuto Motors” stendida

Central Asian Expo markazidagi xalqaro avtomobil ko‘rgazmasi o‘zining yorqin va qiziqarli stendlari namoyishi bilan davom etmoqda.

“UzAuto Motors” AJ O‘zbekistondagi yengil avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi kompaniya sifatida ko‘rgazmada eng yangilangan modellarini keng jamoatchilikka taqdim etmoqda.

Stendga tashrif buyuruvchilar, haydovchilar va avtomobil ixlosmandlari uchun qiziqarli bo‘lgan metan gaz balloni o‘rnatilgan Chevrolet Tracker va Onix modellarini, shuningdek, tashqi ko‘rinishi yangilangan Chevrolet Cobalt Midnight avtomobilini birinchilardan bo‘lib ko‘rishmoqda.

Ko‘rgazma davomida “UzAuto Motors” kompaniyasining vakillari mehmonlarni samimiy kutib olishmoqda. Ular tashrif buyuruvchilarni avtomobillar bilan yaqindan tanishtirib, ularning ehtiyot qismlari, maxsus jihozlari va innovatsion yechimlari haqida batafsil ma’lumot berishmoqda.

Mehmonlar, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatidan foydalanishlari, shuningdek, avtomobillarni yaqinroq ko‘rishlari mumkin.

Bundan tashqari, Chevrolet Onix va Cobalt modellarining konstruksion sochma marketlari bilan yaqindan tanishishlari mumkin. Bu modelar, o‘zining ergonomik dizayni, yuqori sifatli materiallari va zamonaviy texnologiyalari bilan alohida e’tiborni tortmoqda.

Avtomobil sanoatining o‘zgacha muhitidan bahramand bo‘lish va ushbu modellar bilan bevosita tanishish tashrif buyuruvchilar uchun unutilmas tajriba bo‘ladi.

Keling, avtomobil sanoatidagi yangiliklardan birga bahramand bo‘laylik!
Korrupsiyaga qarshi kurashish — burchimizdir!

Agar siz “O‘zavtosanoat” AJ tizimida korrupsiyaviy holatlarga yoki xodimlarning suiste'molliklari va nojo'ya xatti-harakatlariga duch kelsangiz Komplayens, ishlab chiqarish va moliyaviy xavflarni monitoring qilish departamentining quyidagi aloqa kanallari va ishonch telefoni orqali murojaat etishingizni so‘raymiz:

Ishonch telefoni: +(99878) 140-76-70
Elektron pochta manzili: compliance@uzavtosanoat.uz
Pochta manzili: compliance@uzavtosanoat.uz
Telegram bot: UzAutoSanoat_compliance_bot