QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#yashil_makon #kochat_ekish #umummilliy_loyiha

QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI TIZIM TASHKILOTLARI TOMONIDAN “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA DARAXT KO‘CHATLARI EKILMOQDA

🌱Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Zarbdor 40 kunlik” munosabati bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi asosida amalga oshirilmoqda.

1-20-noyabr kunlari davomida vazirlik tizimidagi 30 dan ortiq tizim tashkilotlari, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari, hududiy va tuman bo‘linmalari tomonidan 250 mingdan ortiq ko‘chatlarni ekish belgilangan.

Bugungi kunga qadar (11-noyabr holatiga ko‘ra), 26 mingdan ortiq (8,8 ming dona manzarali va 17,2 ming dona mevali daraxtlar) ko‘chatlar ekildi.

Xususan, bugun 11-noyabr kuni vazirlik tizimidagi “O‘zdavyerloyiha” DILI Toshkent viloyati bo‘linmasi Bekobod tumani “O‘quv-tajriba” xo‘jaligida 10 ta pavlovniya va 50 ta terak, Samarqand viloyati bo‘linmasi Payariq tumani Bahor mahallasida 240 ta tut ko‘chati, Sirdaryo viloyati bo‘linmasi Xovos tumani Paxtakor massivida 30 ta terak, Buxoro viloyati bo‘linmasi Peshku tumani Y.Ergashev massivida 15 ta mevali va 35 ta archa ko‘chatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tomonidan 1054 ta ko‘chatlar o‘tqazildi. Namangan viloyati Agroxizmatlar markazi mutaxassislari ham Yangi Namangan shaharchasida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston bog‘i”da daraxt ekish jarayonida qatnashishdi.

👉Batafsil

👉На русском подробнее на сайте

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon #kochat_ekish #umummilliy_loyiha

🌱Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Zarbdor 40 kunlik” munosabati bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari davom etmoqda.

Bugun, 12-noyabr kuni vazirlik tizimidagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining 46 nafar xodimi ko‘chat ekish jarayoniga o‘z hissalarini qo‘shish maqsadida erta tongdanoq institutda hozir bo‘ldilar. Ular tomonidan muassasa binolari atroflari obodonlashtirilib, 300 tup mevali (olma, gilos, nok) daraxt ko‘chatlari ekildi.

Shuningdek, Institut tomonidan Qibray tumani Botanika mahalla guzari, 3-sonli umumtaʼlim maktabi hovlisi va kam taʼminlangan xonadonlarga tegishli yer maydonlariga yordam sifatida mevali ko‘chatlar o‘tqazildi. Mutaxassis olimlar ko‘chat ekish davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Respublika ekspertlar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan “Ko‘chat ekish qo‘llanmasi”dan foydalanishdi.

👉Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM