QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ozbekiston_Vengriya #Biznes_forum #B2B_G2B #Samarqand

Ayni damda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti doirasida O‘zbekiston-Vengriya qo‘shma biznes forumi boshlandi.

Ushbu qo‘shma biznes-forum davomida o‘zbekistonlik tadbirkorlar Vengriya tashqi savdo va tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto boshchiligidagi 60 dan ortiq venger kompaniyalari vakillari bilan B2B va “G2B” shaklidagi muzokaralarni o‘tkazishadi. Ikki tomonlama muzokaralar natijasida investitsiyaviy va savdo kelishuvlari imzolanishi kutilmoqda.

*****

#Узбекистан_Венгрия #Бизнес_форум #B2B_G2B #Самарканд

В настоящее время в рамках первого саммита Организации тюркских государств, который проходит в Самарканде, стартовал узбекско-венгерский совместный бизнес-форум.

В рамках этого форума узбекские предприниматели проведут переговоры в формате «B2B» и «G2B» с представителями более 60 венгерских компаний во главе с министром внешней торговли и иностранных дел Венгрии Петером Сийярто. По итогам двусторонних переговоров ожидается подписание инвестиционных и торговых соглашений.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#Ozbekiston_Vengriya #Biznes_forum #B2B_G2B #Samarqand

O‘zbekiston va Vengriya davlatlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalar tufayli ikki tomonlama hamkorliк misli ko‘rilmagan cho‘qqilarga yetmoqda. O‘zaro savdo hajmlarimiz jadal ravishda o‘smoqda (5 yil damovida – 3 barobar). Qo‘shma korxonalar soni (15) va investitsiyalar hajmi oshib bormoqda (2022-yilda – $30 mln. dan ortiq).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning oktyabr oyida Vengriyaga bo‘lib o‘tgan rasmiy tashrifi yakunlari bo‘yicha qiymati 1 mlrd dollardan ortiq bo‘lgan yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni qabul qildik.

Fursatdan foydalanib, barcha Vengriya kompaniyalari vakillariga ushbu loyihalarda faol ishtirok etayotganlari uchun minnatdorchiligimni izhor etaman
”, - deya ta’kidlab o‘tdi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev biznes-forum ochilishida.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM