QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.43K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IAU #hamkorlik

XALQARO QISHLOQ XO‘JALIGI UNIVERSITETI VA ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI LABORATORIYALARI O‘RTASIDA HAMKORLIK TO‘G‘RISIDAGI BITIM IMZOLANDI

🇺🇿Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining ekspluatatsion laboratoriyalarida Qishloq xo‘jaligi vazirligi bakalavr va magistrlari ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish maqsadida Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti bilan Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

👉Tashrif tafsilotlari saytimizda

*****
#IAU #сотрудничество

ПОДПИСАНО СОГЛАШЕНИЕ О СОТРУДНИЧЕСТВЕ МЕЖДУ IAU И ЛАБОРАТОРИЯМИ НИИ

🇷🇺Между Международным сельскохозяйственным университетом (IAU) и Научно-исследовательским институтом овощебахчевых культур и картофеля подписан договор о сотрудничестве в целях обеспечения проведения бакалаврами и магистрами IAU научно-исследовательской работы в действующих лабораториях НИИ овощебахчевых культур и картофеля.

👉Подробнее на сайте

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#Prezident #videoselektor

Prezident raisligida sanoatni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Dunyodagi murakkab vaziyat, transport-logistika va ishlab chiqarish zanjirlaridagi uzilishlar, energoresurslar bilan bog‘liq muammolar mamlakatimizga ham taʼsir qilayotgani taʼkidlandi.

Jahon moliya bozorlaridagi o‘zgarishlar taʼsirida chetdan jalb qilinadigan resurslar narxi oshayotgani qayd etildi.

Shu bois, Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar, tarmoq rahbarlari, hokimlar bu qiyin sharoitda imkoniyat izlashi, bor salohiyatni ishlatishi, taklif va tashabbus ko‘rsatishi kerakligi, kelgusi yilga o‘ziga aniq reja va masʼuliyat olishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Joriy yil 9 oyida sanoat 5,3 % o‘sdi. Lekin 65 ta yirik hududiy korxonada ishlab chiqarish 1,6 trillion so‘mga kamaygan.

Vazirlar Mahkamasiga ishlab chiqarish qisqargan tarmoqlardagi korxonalarga aylanma mablag‘i, solig‘i, transportiga yordam berib, to‘la quvvatga chiqarish bo‘yicha topshiriq berildi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2638
#Prezident #videoselektor

Sanoat zonalari infratuzilmasiga bu yilda 1,2 trillion so‘m ajratildi. Lekin, Qashqadaryo, Samarqand va Xorazm viloyatlarida mablag‘larning 40% ham o‘zlashtirilmagan.

Mutasaddilar va viloyat hokimlariga haligacha infratuzilma olib borilmagan sanoat zonalariga shaxsan borib, ishlarni oxiriga yetkazish topshirildi.

Oxirgi 6 oyda hamkor davlatlar bozorlariga maishiy texnika eksporti – 3 barobar, transformator – 3,6 barobar, tibbiy buyumlar – 9 barobar, trikotaj mato – 2 barobar oshdi.

Agar mis, PVX, metall, polipropilen xom ashyolarini ko‘proq olish imkoniyati yaratilsa, tadbirkorlarimiz eksportni bir necha barobar oshirishi mumkin.

Lekin masʼul vazirliklar bu masalalar bilan shug‘ullanmayotgani tanqid qilindi.

Misol uchun, gilam mahsulotlari ishlab chiqarish uchun yiliga 70 ming tonna polipropilenga talab bor. Biroq, birjaga 2 barobar kam polipropilen qo‘yilmoqda. Natijada narx 30 foizga oshib, tonnasi 1 800 dollarga ko‘tarilgan.

Xuddi shunday, mebelchilikda ishlatiladigan formalin ichki bozorda 260 dollardan sotilayapti (raqobatchi bozorlarga nisbatan 60 dollarga qimmat).

Yaratilgan sharoitlar va mablag‘ borligiga qaramasdan, masʼul vazirliklar va mutasaddilar bu muammolar bilan shug‘ullanmayotgani tanqid qilindi.

1 dekabrgacha ishlab chiqaruvchi va treyderlar bilan ishlab, yetishmayotgan xom ashyoni chetdan olib kelish hisobiga zaxira yaratish va grafik asosida uni birjaga qo‘yish topshirildi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2639
#Prezident #videoselektor

O‘zbekiston “GSP+” tizimiga qo‘shilganiga bir yildan oshdi. Yevropa bozorida sotiladigan tayyor mahsulotlar uchun transport xarajatlariga 70% gacha subsidiya berilmoqda.

Lekin, “GSP+”ga kiradigan 6 ming 200 ta bojsiz mahsulotning bor-yo‘g‘i 325 turi eksport qilinayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Sababi - korxonalarimiz yirik yetkazib berish zanjirlariga qo‘shila olmayapti, xalqaro sertifikati yo‘q. Sifati yaxshi bo‘lsa ham, mahsulotini sota olmayapti.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga Yevropaga kelgusi yilda sanoat eksportini 600 ta mahsulotga, eksport hajmini 700 million dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2640
#Prezident #videoselektor

To‘qimachilikda
keyingi yilda ichki bozorga qo‘shimcha 5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish, eksportni 4,3 milliard dollarga yetkazish topshirildi. Buning uchun:

- Yevropa, Turkiya, Misr, Marokashga gazlama, trikotaj mato eksportiga transport xarajatlari 2024 yil 1 yanvargacha 70% qoplab beriladi;

- kamida 50 xil turdagi yangi tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish dasturi tasdiqlanadi;

- yangi turdagi tayyor tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalariga 100 million dollar, gilamchilik uchun 50 million dollar yo‘naltiriladi;

- to‘qimachilik industrial zonalari infratuzilmasiga 200 milliard so‘m yo‘naltiriladi;

- yil yakuniga qadar Turkiya, Eron, Belgiyadan texnologiya va mutaxassislar (dizayner va texnolog) olib kelinadi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2641
#Prezident #videoselektor

Qurilish materiallari
eksportini 2023 yilda 900 million dollarga yetkazish, ichki bozor uchun 5 trillion so‘mlik qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish shartligi ko‘rsatib o‘tildi. Mutasaddilarga;

- qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar uchun kamida 7 yillik, 2 yil imtiyozli davr bilan “Sanoat ipotekasi” dasturini ishlab chiqish va bunga birinchi bosqichda 50 million dollar resurs yo‘naltirish;

- Nukus shahri, Buloqboshi, Qorovulbozor, Forish, Chust, Paxtachi, Sariosiyo, O‘zbekiston tumanlarida qurilish materiallari industrial zonalarini tashkil etish;

- Ispaniya, Italiya va Turkiyaning yetakchi korxonalari bilan muzokara o‘tkazib, Angrenda chinni idishlar va santexnika buyumlari ishlab chiqarish klasterini tashkil qilish;

- kelgusi yilda Navoiy, Samarqand va Toshkent viloyatlarida kaolindan klaster usulida tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha kamida 200 million dollarlik 10 ta loyihani ishga tushirish topshirildi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2642
#Prezident #videoselektor

Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, mebelsozlikda kelgusi yilda mahsulot hajmini 5 trillion so‘mga, eksportni 50 million dollarga yetkazish zarur.

Buxoro, Namangan, Samarqand, Andijon, Farg‘ona va Xorazmda 100 ga yaqin mahalla mebel ishlab chiqarishga ixtisoslashgani, ularni kengaytirish zarurligi qayd etildi.

Ushbu viloyatlar hokimlariga bir oy muddatda mahallalar atrofida mebel sanoat markazlarini tashkil qilishga ko‘rsatma berildi. Shuningdek:

- kelgusi yilda 250 ta mebelchilik loyihasini ishga tushirib, 10 mingta yangi ish o‘rni yaratish;

- 15 ta mebelsozlik sanoat zonalari infratuzilmasiga 55 milliard so‘m ajratish;

- mebelsozlikka berilgan bojxona imtiyozlari muddatini 2024 yil 1 yanvarga qadar uzaytirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2643
#Prezident #videoselektor

Yig‘ilishda zargarlikda ham imkoniyatlar juda kengligi, mamlakatimizda 300 million dollarlik ichki bozor borligi taʼkidlandi.

Bu talabni bemalol o‘zimizni mahalliy zargarlar qondirishi mumkin. Shu sababli ularni qo‘llab-quvvatlash uchun 1 dekabrdan boshlab:

- oltin va kumushga kechiktirib to‘lash uchun barcha banklar va Eksportni rag‘batlantirish agentligi kafolatlari qabul qilinadi;

- kafolat olish imkoniyati yakka tartibdagi zargarlar uchun ham yaratiladi;

- oltin, kumush va zargarlik uchun zarur boshqa xom ashyolarni qayta ishlash uchun vaqtincha olib kirish va olib chiqishda litsenziya talabi bekor qilinadi;

- zargarlar ishlatadigan qimmatbaho va bezak toshlari bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi;

- 10 ming dollargacha bo‘lgan zargarlik buyumlarini chetga olib chiqishga ruxsat beriladi (hozir 5 minggacha ruxsat berilgan).

Tegishli viloyatlar hokimlariga Samarqand, Buxoro va Qo‘qon shaharlarida zargarlik savdo va ishlab chiqarish majmualarini ishga tushirish topshirildi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2644
#Prezident #videoselektor

Prezident kelgusi yilda eksportni qo‘llab-quvvatlash kengaytirilishi, bundan buyon tarmoqlarga subsidiyalar eksport hajmiga qarab beriladigan tizim yaratilishini taʼkidladi.

Bugungi yig‘ilishdagi topshiriqlar ijrosi natijasida hududiy sanoatni rivojlantirishga qo‘shimcha 300 million dollar va 350 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi qayd etildi.

Aytilgan marralarga erishilsa, kelgusi yilda qo‘shimcha 2 milliard dollar eksport hajmlari taʼminlanadi.

Hokimlar va tarmoq rahbarlari bundan samarali foydalanib, 2023 yilda 8,2 milliard dollarlik hududiy sanoat mahsulotlari eksportini taʼminlashi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yig‘ilish yakunida mutasaddilarning axboroti eshitildi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2645
#vazir #hamkorlik

O‘ZBEKISTON VA QOZOG'ISTON QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLARI AGRAR SOHADAGI HAMKORLIKNING DOLZARB MASALALARINI MUHOKAMA QILISHDI

🤝O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning Qozog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Yerbol Karashukeyev bilan uchrashuvi videokonferensaloqa (VKA) ko‘rinishida bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibidagi ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlik, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy va institutsional sheriklikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

👉Muhokama tafsilotlari saytimizda

*****

#министр #сотрудничество

МИНИСТРЫ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА УЗБЕКИСТАНА И КАЗАХСТАНА ОБСУДИЛИ АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ СОТРУДНИЧЕСТВА В АГРАРНОЙ СФЕРЕ

🤝В формате видеоконференцсвязи (ВКС) состоялась встреча министра сельского хозяйства Республики Узбекистан Азиза Воитова с министром сельского хозяйства Республики Казахстан Ерболом Карашукеевым.

На повестке дня обсуждались актуальные вопросы торгово-экономического, инвестиционного сотрудничества, а также научное и институциональное взаимодействие в сельском хозяйстве двух стран.

👉Подробнее читайте на нашем сайте

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#xulosa_ozingizdan #mtrk

“O‘zbekiston”
teleradiokanali orqali “Xulosa o‘zingizdan” tok-shousi bo‘lib o‘tdi.

📌 Ko‘rsatuvning ushbu soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘grisida”gi qarorining mazmun-mohiyati, tizimda amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlandi.

📺 Tok-shouda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Bog‘dorchilik va uzumchilik bo‘limi boshlig‘i Akmal Mirzayev, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi bo‘lim boshlig‘i Shavkat Azizov, Abdurahim Abduvaliyevlar ishtirok etishdi.
Muloqot chog‘ida issiqxona tizimida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, Qaror bilan bog‘liq vazifalar va rejalar muhokama etildi.

Akmal Mirzayev, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari:
“Ushbu Qarorda belgilangan imtiyoz va imkoniyatlar, kreditlar nafaqat katta issiqxonalar uchun, balki kichik tomorqa yerga mo‘ljallangan issiqxonalar uchun ham joriy etiladi. Ayniqsa, aholi tomorqa dehqon xo‘jaliklariga ham tegishli manbalar yordamida kreditlar ajratiladi va boshqa imtiyozlar beriladi"

👉EFIRNI TO'LIQ TOMOSHA QILISH

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_qarori

#AGROHUQUQ RUKNINING BUGUNGI SONI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2020-YIL 17-IYUNDAGI “NIZOLARNI MUQOBIL HAL ETISHNING MEXANIZMLARINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”GI 4754-SON QARORI MAZMUNIGA BAG‘ISHLANGAN

📌Unda Jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) yohud harakatsizligi natijasida o‘z huquqlari va erkinliklari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilganligi haqidagi murojaatlari Apellyatsiya kengashi tomonidan ko‘rib chiqilishi belgilandi.

▶️ nizolarni sudgacha ko‘rib chiqish

▶️ xulosa qabul qilish, hal etish

▶️ Apellyatsiya kengashi 7 nafardan 11 nafargacha tuzilishi

👉🏻 Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#постановление_Президента

СЕГОДНЯ ВЫПУСК РУБРИКИ
#AGROHUQUQ ПОСВЯЩЕН СОДЕРЖАНИЮ ПОСТАНОВЛЕНИЯ ПРЕЗИДЕНТА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН «О МЕРАХ ПО ДАЛЬНЕЙШЕМУ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЮ МЕХАНИЗМОВ АЛЬТЕРНАТИВНОГО РАЗРЕШЕНИЯ СПОРОВ» № ПП-4754 ОТ 17 ИЮНЯ 2020 ГОДА

📌В нем установлено, что обращения физических и юридических лиц о нарушении их прав и свобод и охраняемых законом интересов в результате незаконных действий (решений) либо бездействия государственных органов или должностных лиц будут рассматриваться Апелляционным советом.

▶️ рассмотрение споров до суда

▶️ принятие выводов, разрешение споров

▶️ Апелляционная комиссия будет состоять от 7 до 11 человек

👉🏻 Подробнее

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#laboratoriya #zamonaviy_jihozlar

«TUPROQ TARKIBI VA REPOZITORIYSI, SIFATI TAHLIL MARKAZI» DUK LABORATORIYASI YANGI ZAMONAVIY JIHOZLAR BILAN TAʼMINLANDI

🔬O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasi laboratoriyasi Jahon bankining Tuproq laboratoriyalarini modernizatsiya va jihozlash loyihasi doirasida Germaniyaning qiymati 117 160 AQSH dollariga teng bo‘lgan ICP “OES SPECTRO GENESIS” jihozi bilan taʼminlandi.

👉Batafsil saytimizda

*****
#лаборатория #современное_оборудование

ЛАБОРАТОРИЯ ГУП «АНАЛИТИЧЕСКИЙ ЦЕНТР КАЧЕСТВА, СОСТАВА И РЕПОЗИТОРИИ ПОЧВ» ОБЕСПЕЧЕНА НОВЫМ СОВРЕМЕННЫМ ОБОРУДОВАНИЕМ

🔬Лаборатория государственного унитарного предприятия «Аналитический центр качества, состава и репозитории почв» при Министерстве сельского хозяйства РУ была оснащена оборудованием «ICP OES SPECTRO GENESIS», стоимостью в
117 160 тыс. долл. США, в рамках проекта Всемирного банка модернизации и оснащения почвенных лабораторий.

👉Подробнее на сайте

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ozdavyerloyiha #jurnal

“O‘ZBEKISTON ZAMINI”— AGRAR SOHADAGI ILMIY-AMALIY VA INNOVATSION JURNAL

📗O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti muassisligida “O‘zbekiston zamini” nomli jurnali 2019-yil 10-yanvarda 1006-son bilan ilmiy-amaliy va innovatsion jurnal sifatida ro‘yxatga olindi va chop etila boshlandi.

👉Ushbu jurnal haqida batafsil saytimizda maqola va videointervyu ko‘rinishda

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#Уздаверлойиха #журнал

«O‘ZBEKISTON ZAMINI» — НАУЧНО-ПРОЕКТНЫЙ И ИННОВАЦИОННЫЙ ЖУРНАЛ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОЙ СФЕРЫ

📗Журнал «O‘zbekiston zamini» был учрежден в декабре 2018 года государственным научно-проектным институтом «Уздаверлойиха» Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан. 10 января 2019 года данный журнал был зарегистрирован под номером 1006 в качестве научно-практического и инновационного издания.

👉Подробнее на сайте

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#repost #Qaror #issiqxona_xojaliklari

🎥“Xalqaro Press-klub”ning “Hafta aksentlari” dasturi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining sharhi va ijrosini taʼminlashga oid lavha namoyish etildi.

Lavhada issiqxona xo‘jaliklarining moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish va rivojlantirish bo‘yicha respublika Ishchi guruhining tashkil etilganiga alohida eʼtibor qaratilgan. Ushbu Ishchi guruhining asosiy vazifalariga O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshliq o‘rinbosari Akmal Mirzayev batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, lavhada davlat rahbari boshchiligidagi videoselektorda o‘tkazilgan taqdimotga ko‘ra, Issiqxonani rivojlantirish agentligi issiqxonalarga urug‘, ko‘chat, mineral o‘g‘it va boshqa moddiy resurslar yetkazib berishi haqida ham so‘z borgan. Shu bilan birgalikda tadbirkorga moliyaviy yengilliklar ham belgilanishi taʼkidlab o‘tildi.

Issiqxonalarda kuz-qish mavsumida ko‘p miqdorda tabiiy gaz ishlatilishini inobatga olib, to‘lovlarni kechiktirilgan holatda penyalar hisoblanmasdan qabul qilinishi ham tadbirkorga bugun yaratilayotgan imkoniyatlardan ekanligi lavhada keltirib o‘tilgan.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#FAO #kartoshka #urugchilik

URUG‘LIK KARTOSHKANI YETISHTIRISH VA SERTIFIKATLASH BOYICHA TRENINGLAR O‘TKAZILMOQDA

🥔2022-yilning 8-10-noyabr kunlari Toshkent shahrida urug‘lik kartoshkani yetishtirish va sertifikatlash bo‘yicha treninglar hamda seminarlar o‘tkazilmoqda. Tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etilgan.

Treninglar mavzusi “COVID-19ga javoban kartoshkachilik sektorini tiklash va rivojlantirish” bo‘lib, ularni FAOning kartoshka urug‘chiligi bo‘yicha xalqaro eksperti Mehmet Emin Chalishkan (Turkiya) olibbormoqda.

👉Batafsil ma’lumotlarni saytimizda o‘qing

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#FAO #картофель #семеноводство

ПРОВОДИТСЯ ОБУЧЕНИЕ ПО ВЫРАЩИВАНИЮ И СЕРТИФИКАЦИИ СЕМЕННОГО КАРТОФЕЛЯ

🥔С 8 по 10 ноября 2022 года в Ташкенте проходят треннинги и семинар по производству и сертификации семенного картофеля. Мероприятия проходят в рамках реализации совместного проекта Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан и Продовольственной и сельскохозяйственной организации Объединенных Наций (FAO).

Тема тренингов – «Восстановление и развитие сектора картофелеводства в ответ на COVID-19», их проводит международный эксперт FAO по производству семенного картофеля Мехмет Эмин Чалишкан (Турция).

👉Подробнее читайте на нашем сайте

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kooperatsiya #hamkorlik

QISHLOQ XO‘JALIGI KOOPERATIVLARINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA HAMKORLIK

📘Toshkent agrar universitetida 5 kun mobaynida kooperatsiyani mazmun-mohiyatini hududlarda dehqon va fermer xo‘jaliklariga tushuntirish va dala fasilitatorlarini tayyorlash bo‘yicha trening tashkil etildi.

Treningda qishloq xo‘jaligi kooperativlarining huquqiy, tadbirkorlik va tashkiliy jihatlari bo‘yicha ko‘rsatmalar, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda kooperativlarning o‘rni to‘g‘risida munozaralar, dala fasilitatorlari uchun usul va ko‘nikmalar, ishtirokchilarning fasilitatsiya ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy va trenerlar o‘tkazadigan sessiyalari bo‘lib o‘tadi. Treninglar xalqaro kooperativ ekspertlar va trenerlar tomonidan o‘tkazilmoqda.

👉Treningni o‘tkazishdan maqsad, uning o‘ziga xosligi to‘grisida maqolamizda oqing.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM