QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.3K subscribers
20.3K photos
2.56K videos
7 files
8.6K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#tuproqshunoslik #laboratoriya

MILLIY TUPROQ LABORATORIYALARINING ONLAYN UCHRASHUVI

🔰2022-yil 5-6-oktyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “TUPROQSIFATTAHLIL” DUK mutaxassislari FAO Global Tuproq Hamkorligi (GSP) tomonidan tashkil etilgan Yevroosiyo Tuproq Laboratoriyalari Tarmog‘ining 4-uchrashuvida onlayn tarzda ishtirok etishdi.

👉Batafsil
**********
#почвоведение #лаборатории

ОНЛАЙН ВСТРЕЧА НАЦИОНАЛЬНЫХ ПОЧВЕННЫХ ЛАБОРАТОРИЙ

🔰5-6 октября 2022 года специалисты ГУП «Аналитического центра качества, состава и репозиторий почв» при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан приняли участие в 4-м заседании Евразийской сети почвенных лабораторий, организованном Глобальным почвенным партнерством (GSP) FAO.

👉Подробнее

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tuproqshunoslik #laboratoriya

TUPROQ UNUMDORLIGINI OSHIRISH VA QAYTA TIKLASHGA YO‘NALTIRILGAN MOBIL LABORATORIYA

🔬O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Tuproqsifattahlil” DUK sinov laboratoriyasi 2019-yilda Turkiya bilan hamkorlikda Xalqaro akkreditatsiya guvohnomasini qo’lga kiritgan. Laboratoriyada amalga oshiriladigan tuproq tahlillari dunyoning 160 ta davlatida tan olinadi. Mobil laboratoriyaning 4 nafar xodimi 20 turdagi tuproq va 11 turdagi suv sifati tahlillarini o‘tkazishadi.

Mobil laboratoriyaning qulayligi shundaki, namunalar shu joyning o‘zida olinadi hamda 3-4 soat mobaynida tuproq tarkibidagi ozuqa elementlar va mikroelementlar to‘g‘risida aniq, tezkor va sifatli maʼlumotlar taqdim etiladi.

👉Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#laboratoriya #audit_tekshiruvi

SINOV LABORATORIYASI TURKIYALIK EKSPERTLAR NAZORATIDAN O‘TDI

🔬O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Tuproqsifattahlil” davlat unitar korxonasi sinov laboratoriyasida 2019-yilda qo‘lga kiritilgan Xalqaro akkreditatsiya guvohnomasi doirasida audit tekshiruvi bo‘lib o‘tdi.

Ikkinchi marotaba o‘tkazilayotgan ushbu amaliyotda Turkiya davlatidan tashrif buyurgan ekspert auditorlar qatnashishdi.

👉Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM