QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.75K videos
7 files
9.72K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
👇👇👇👇DAVOMI...👇👇👇👇
KEYINGI MANZIL AKADEMIK MAHMUD MIRZAYEV NOMIDAGI BOG‘DORCHILIK, UZUMCHILIK VA VINOCHILIK ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI bo‘ldi. Bugungi kunda ushbu institutda 15 ta ilmiy-tajriba stansiyalari va 1 ta “Respublika bog‘bonlar maktabi” faoliyat olib bormoqda. Mamlakatda institutining 16 ta hududiy filiali, ilmiy tajriba stansiyasi va uchastkalari mavjud. Ularda behi, nok, uzum, o‘rik, olxo‘ri, limon, shaftoli, xurmo, qulupnay, qorag‘at kabi mevalarning ko‘chatlarini yetishtirish, turli navlar yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi.

Vazir institutga tashrifi davomida in-vitro laboratoriyasida ko‘paytirilgan payvandtaglarni tashqi muhitga moslashtirish xonalarini oshirish, yer maydonlari va issiqxonalardan samarali foydalanish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi bilan bir yil oldin buyurtma asosida ko‘chat yetishtirish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Samarqand viloyatidagi “SAG Agro” MCHJ, Toshkentdagi “Denova” MCHJ va boshqa xususiy ko‘chatchilik subyektlari bilan in-vitro sharoitida meva va tok payvandtaglari hamda ko‘chatlarini ko‘paytirishni o‘rganish va hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha takliflar tayyorlashga eʼtibor qaratildi.

Institutning asosiy vazifasi bog‘dorchilik, uzumchilik va sitruschilik sohalarida yuqori hosilli, kasalliklarga chidamli, raqobatbardosh, eksportbop meva va uzum navlarini yaratish hamda ularni yetishtirishda ilmiy asoslangan resurstejamkor ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqishdan iborat. Xalqaro standartlarga mos va eksportbop mevali daraxt, tok, rezavor va sitrus o‘simliklarning ko‘chatlarini yetishtirish hamda ularni realizatsiya qilish bilan ham shug‘ullanadi.

1898-yilda Turkiston qishloq xo‘jalik tajriba stansiyasi sifatida tuzilgan institutda barcha qishloq xo‘jaligi ekinlari bo‘yicha ilmiy ishlar olib borilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 10-fevraldagi “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2125-sonli qaroriga asosan qayta tashkil etildi. 2014-yilda unga atoqli o‘zbek akademigi Mahmud Mirzayev nomi berildi.

👉НА РУССКОМ ЯЗЫКЕ ЧИТАЙТЕ НА САЙТЕ WWW.AGRO.UZ

DAVOMI PASTDA👇
Aziz Voitov ishchi guruh bilan birgalikda 2022-yilning avgust oyida tashkil etilganining 100 yilligini nishonlagan PAXTA SELEKSIYASI, URUG‘CHILIGI VA YETISHTIRISH AGROTEXNOLOGIYALARI ILMIY-TADQIQOT INSTITUTIGA ham tashrif buyurdi.

U “O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi” laboratoriyasining tajriba maydonida institut faoliyati, oq va tabiiy rangli g‘o‘za navlari namunalari, garmselga (issiq shamol) chidamli g‘o‘za duragaylari va naslchilik materiallari bilan tanishdi. Paxta biotexnologiyasi bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma laboratoriyasi faoliyatini o‘rgandi.

Ta’kidlash joizki, Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ITI paxtachilik sohasini rivojlantirishdagi asosiy tashkilot hisoblanadi.

Institutning vazifasi: gʻoʻza genetikasi, seleksiyasi, urugʻchiligi boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, paxta va shunga oʻxshash ekinlarni yetishtirish agrotexnologiyalarining ilmiy va amaliy asoslarini takomillashtirish, shuningdek, oʻtkazilgan tadqiqotlar asosida ilmiy-texnikaviy mahsulotlarni ishlab chiqishdan iborat.

Muassasa qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirishga yo‘naltirilgan strategik yo‘nalishlar va istiqbolli tadqiqot mavzularini belgilash bo‘yicha qoʻllanma va tavsiyalar ishlab chiqmoqda.

Bundan tashqari, g‘o‘za va bedaning raqobatbardosh yangi navlarini yaratmoqda. Hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda ilmiy ishlanmalarni joriy etmoqda.

👉НА РУССКОМ ЯЗЫКЕ ЧИТАЙТЕ НА САЙТЕ WWW.AGRO.UZ