Oʻzbekiston-Vengriya: hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
🇺🇿 🇭🇺 Bugun, poytaxtimizdagi Hilton mehmonxonasida Investitsiya vaziri Laziz Qudratov hamda Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Pyotr Siyarto boshchiligida bilan hukumatlararo investitsion hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
🤝 Uchrashuvda O‘zbekiston-Vengriya o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotgani, bunda ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi yaqin do‘stona aloqalar ikki tomon uchun ham hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishda har qachongidan ham ochiq holda ishlash uchun barqaror va tizimli muhit yaratilayotgani qayd etildi.
🇺🇿 O‘z navbatida, ta'lim, energitika, iqtisodiyot, raqamlashtirish va shu kabi sohalar qatori mamlakatimiz qishloq xo‘jaligining bugungi holati hamda ayni paytda Prezidentimiz boshchiligida yurtimizda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, qulay sarmoyaviy muhit yaratilayotgani yirik xorijiy korxonalar bilan ishlashda yangi istiqbollar ochayotganini ta’kidlab o‘tildi.
ℹ️ Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning muhim tayanchi boʻlib, O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining to‘rtdan bir qismini (27%) tashkil etishi va hozirgi kunda qishloq xo‘jaligining umumiy bozor hajmi 22 milliard dollardan oshgani haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi.
🗣 Shuningdek, O‘zbekistonda har yili 26 million tonna turli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilishi va bu mahsulotlarni 80 dan ortiq mamlakatlarga eksport qilish hajmi barqaror o‘sib borayotgani haqida ta’kidlab o‘tildi.
✅ Uchrashuv davomida vengeriyalik do‘stlar bilan yaqindan hamkorlik natijasi o‘laroq ko‘pgina istiqbolli loyihalar amaliyotga tatbiq etilgani qayd etildi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Yoshlar va innovatsion qishloq xo‘jaligi” tanlovi o‘tkazildi
🇺🇿 Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti Agrobiologiya fakultetida "Ma’rifat ulashib" loyihasi doirasida taniqli ijodkorlar Abdusaid Ko‘chimov, Nurullo Oston, Xurshid Nurullayevlar ijodiga bag‘ishlangan adabiy tadbir kechasi o‘tkazildi.
ℹ️ Tadbirda fakultetning iqtidorli talaba yigit-gizlaridan tashkil topgan 4 ta jamoa qatnashdi. Jamoalar 4 ta shart (tanishtirish, she’riy aytishuv, ijodkorlar qalamiga mansub asar va hikoyalari asosida sahna ko‘rinishi ijro etish va ijodkorlar ijodidan she’rni ifodali o‘qish) bo‘yicha bellashdi.
🥇 Qizg‘in-baxs tariqasida o‘tgan bellashuvda quyidagi jamoalar faxrli o‘rinlarni egallashdilar:
🥇 1-o‘rin. Agrobiologiya fakultetining Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi ta’lim yo‘nalishining "Kelajak yoshlari" jamoasi;
🥈 2-o‘rin. Agrobiologiya fakultetining Mevachilik va uzumchilik ta’lim yo‘nalishining "Ma’rifat shaydolari" jamoasi;
🥉 3-o‘rin. Agrobiologiya fakultetining O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish ta’lim yo‘nalishining "Dominant" jamoasi;
🎁 G‘olib bo‘lgan talaba-yoshlar jamoalari diplomlar va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston xalqaro konvensiyaga qiziqish bildirmoqda
✅ Bugun, Qishloq xoʻjaligi vazirligida Rotterdam konvensiyasi ijrochi kotibi vazifasini bajaruvchisi Kristian Fuell bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
📎 Muloqot davomida Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi sohasida bir qator istiqbolli loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
💬 Shuningdek, uchrashuvda tomonlar Rotterdam konvensiyasiga Oʻzbekistonning qoʻshilish imkoniyatlarini ham muhokama qilishdi.
📌 Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, Rotterdam konvensiyasiga jahonning 166 davlati qoʻshilgan boʻlib, u qishloq xoʻjaligi tizimida xavfli kimyoviy moddalar va pestitsidlar haqida xalqaro axborot almashinuvi bilan shugʻullanadi.
❗️ Oʻzbekiston Rotterdam konvensiyasini ratifikatsiya qilish uchun mavjud kimyoviy xavfsizlik sohasidagi qonunchilik bazasini takomillashtirish, normativ-huquqiy hujjatlarni implementatsiya qilish hamda tegishli mutaxassislar malakasini hamkorlikda oshirish zarurligi bildirildi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM