This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✅ YIRIK AGROLOGISTIKA MAJMUALARI BARPO ETILADI
Bugun poytaxtimizdagi "FrankFoort" mehmonxonasida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ishtirokidagi “Bog‘dorchilikning qiymat zanjiri infratuzilmasi” loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyati, Osiyo taraqqiyot banki hamda Fransiyaning «Ranjis-Samaris» kompaniyasi vakillari, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan mutasaddilar hamda ommavviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
🔰 Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan so‘nggi yillarda oziq-ovqat xavfsizligiga erishish, aholini xavfsiz va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta'minlash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotganiga alohida e’tibor qaratdi.
👥 Shuningdek, taqdimotda mutaxassislar tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, saralash, qadoqlash, saqlash, mahsulotlarni iste'molchilarga yetkazib berish hamda ulgurji bozorni o'z ichiga olgan qiymati 197 mln dollar, quvvati 1,7 mln. tn bo'lgan Toshkent (30 gektar), Samarqand (22 gektar) va Andijon (18 gektar) viloyatlarida 3 ta yirik agrologistika komlekslarini tashkil etish loyihaning maqsadi haqida axborot berildi.
#tadbir #agrologistika
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21-OKTYABR – O‘ZBEK TILI BAYRAMI
Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida 21-oktyabr —O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Unda Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekani Bexzod Egamberdiyev, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti va Fuzuliy nomidagi ilmiy-tadqiqot markazi rahbari Gulbahor Ashurova, Yozuvchilar uyushmasi azosi Mamura Zohidova, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti professor o‘qituvchilari va talabalar hamda universitet huzuridagi Buyuk Britaniya ta’lim tizimi asosida dars beruvchi ixtisoslashgan xalqaro maktab o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar qadimiy til sifatida e’tirof etilayotgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy qadriyat, o‘zlikni anglash, mustaqil davlatchilik timsoli, ma’naviy boyligimiz ekanligi hamda yurtimizning siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidlab o‘tishdi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, o‘zbek tilining mamlakatimiz ijtimoiy hayotida to‘laqonli ifodalanishini ta’minlasak va takomillashtirib borsak, yoshlarni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlardan g‘ururlanish ruhida tarbiyalasak, ona tiliga bo‘lgan hurmati, mehr-muhabbati yanada ortib boraveradi.
Ana shundagina biz yurtimizdagi har bir fuqaroning davlat tilini bilishiga va buni burch va majburiyat sifatida his etishiga erishamiz.
Zero, mutaxassislar aytib o‘tganidek, mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida davlat tilining to‘liq joriy etilishini ta’minlash, til to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va uning ta’sir kuchi barchaga taalluqli bo‘lishini ta’minlash bizning asosiy vazifamizdir.
#til_bayrami #21_oktyabr #tadbir

Toshkent shahrida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning “O‘zbekiston tog‘ va vodiy o‘rmonlarini barqaror boshqarish” loyihasi doirasida O‘zbekistonda “Milliy oziq-ovqat xavfsizligi sharoitida yer, baliqchilik va o‘rmonlarga egalik qilishni mas'uliyatli boshqarish bo‘yicha ixtiyoriy ko‘rsatmalarni qo‘llash” masalalariga bag‘ishlangan trening tashkil etildi. Treningni FAOning yerga egalik qilish bo‘yicha xalqaro maslahatchisi Bredli Paterson olib bordi.
✅ Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi mutaxassislari, “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyiha instituti, “O‘rmonloyiha” loyihalash institutining mutaxassislari hamda davlat o‘rmon xo‘jaligi tarmoqlarining vakillari ishtirok etishdi.
#Fao #tadbir #baliqchilik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🧅 GEKTARIDAN 150 TONNAGACHA PIYOZ YETISHTIRIB OLAYOTGAN JIZZAXLIK FERMER
O‘zbekistonda piyozning yangi, serhosil va turli muddatlarda yetishtirishga mos navlarini yaratish, urug‘idan, ko‘chatidan hamda no‘shidan yetishtirishda takomillashgan texnologiyalarni, xususan suv tejovchi texnologiyalar — tomchilatib, yomg’irlatib sug’orish tizimini qo‘llash orqali hozirgi kunda bir qator fermerlarimiz piyozdan yaxshi hosil olishmoqda.
🔸 Jizzax viloyati, Zomin tumani, Chorvador QFY hududidagi "Jilg'alisoy shabadasi" fermer xo`jaligi rahbari Baxtiyor Mirzayev joriy yilda piyoz hosilidan gektaridan 24-25 tonna emas, 150 tonnaga yaqin hosil olishga erishdi. Bunday yuqori natijaning zamirida esa, tomchilatib sug’orish texnologiyalarini fermer xo’jalikda joriy etilishi yotadi.
Bundan tashqari Baxtiyor Mirzayev fermer xo’jaligida piyoz urug’ini ham o’zi yetishtirmoqda. Bunda ekspertbop, eng sifatli piyozlar saralab olinib, yerga qadaladi. Bu esa, piyoz urug’idan yuqori hosil olishga zamin yaratadi.
Chorvador QFY hududidagi mahalliy aholi ham fermer xo’jaligidan mamnun. Boisi, mavsumiy ishchilar piyoz yig’ish jarayonida kunlik 150 mingdan 200 ming so’mgacha pul ishlashmoqda.
📈 So‘nggi yillarda piyoz navlarini ekish va parvarishlashda innovatsion resurs tejamkor texnologiyalarni qo‘llash, yaʼni yuqori hosildor navlarni ekish, yomg‘irlatib, tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilish orqali mineral o‘g‘itlar sarfini kamaytirish, kasallik va zararkunandalarga o‘z vaqtida ishlov berish kabi agrotexnik tadbirlarni sifatli bajarish orqali yuqori hosildorlikka erishilmoqda.
#piyoz #Jizzax