QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRI – QASHQADARYODA

🔰Viloyat qishloq xo‘jaligi rivojlanishining joriy holati bilan joyida, yaqindan tanishish, kuzgi agrotadbirlar o‘z vaqtida va to‘g‘ri bajarilayotganligini nazorat qilish maqsadida, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turibdi.

Hozirda qashqadaryolik fermer-dehqonlar oldida turgan dolzarb masalalar – bu paxtaning birinchi terimini tezroq yakuniga yetkazish, peshma-pesh g‘alla ekishni amalga oshirish sanaladi. Qolaversa, ekin ekilgan maydonlarda peshma-pesh sug‘orishni amalga oshirish, kuzgi piyoz, sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosdi ekinlarini ekishni tashkil etish kabilar kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar sirasiga kiradi.

Jumladan, safar davomida vazir Qarshi tumanidagi Bog‘obod mahallasida faoliyat yuritayotgan “Hosildor zamin” ko‘chatchilik majmuasida ham bo‘ldi. Ushbu majmua 4 gektar ochiq va 1 gektar yopiq ko‘chatxonalar, “in-vitro” laboratoriyasi va o‘quv markazidan iborat bo‘lib, bu yerda bir yilda 200 ming dona mevali daraxt va 100 ming dona tok ko‘chatlari, 200 ming dona mavsumiy gullar yetishtirish hamda yuzlab yoshlarga zamonaviy ko‘chatchilik sir-asrorlarini o‘rgatish imkoniyati yaratilgan.

👉
Batafsil
👉Подробнее

#tasrif #vazir #in_vitro #laboratoriya #paxta #galla #bugdoy #Qashqadaryo

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM