QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.6K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
NAVBAHORDA PARRANDACHILIK FERMASI ISHGA TUSHIRILADI

Qishloq xo‘jaligi tizimida parrandachilik yetakchi tarmoqlardan biri sanaladi. Bugun, respublikamizda parrandachilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, zarur huquqiy asoslar yaratilayotgani diqqatga sazovor.

Shu kunlarda Navoiy viloyatida ishchi tashrif bilan bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov “Navbahor tomorqa xizmati klasteri” MCHJ faoliyati bilan tanishib, jamiyatning yaqin kunlarda ishga tushirilishi rejalashtirilgan parrandachilik fermasi va bu yerda kelgusida yaratiladigan imkoniyatlar haqida soha mutaxassislari bilan yaqindan fikr almashdi.

Korxonaning loyiha qiymati 20 mlrd so‘m bo‘lib, bu yerda 160 ming bosh parrandalarni parvarishlash rejalashtirilgan.

В НАВБАХОРЕ ЗАПУСТЯТ ПТИЦЕВОДЧЕСКУЮ ФЕРМУ

Птицеводство одно из ведущих направлений агропромышленности. Сегодня в Узбекистане его развитию уделяется особое внимание, формируется необходимая правовая база.

Министр сельского хозяйства Азиз Воитов, который в эти дни находится с рабочим визитом в Навоийской области, ознакомился с деятельностью ООО «Навбахор томорка хизмати кластери», обменялся мнениями со специалистами отрасли относительно создаваемых возможностей на базе птицефабрики, которую планируется запустить в ближайшее время.

Стоимость проекта составляет 20 миллиардов сумов, по предварительным данным, здесь будут разводить 160 тысяч голов птицы.

#vazir #parrandachilik #tuxum #ferma

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YURTIMIZDA O‘RMON YONG‘OG‘INI YETISHTIRISH YO‘LGA QO‘YILADI

🔰Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Davlatimiz rahbarining Ozarbayjonga davlat tashrifi dasturi doirasida o‘zaro manfaatli uchrashuvlar o‘tkazish bilan birga qator agrar soha obyektlarida ham bo‘lib ish jarayoni bilan tanishayotgani haqida xabar bergan edik. Jumladan yurtimizda o‘rmon yong‘og‘ini yetishtirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Shu bois Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov o‘rmon yong‘og‘ini yetishtirish bo‘yicha Ozarbayjonning shimolida joylashgan “Agrarko” kompaniyasiga qarashli intensiv bog‘da ham bo‘ldi.

Vazir Aziz Voitov intensiv bog‘ bilan tanishish jarayonida o‘rmon yong‘og‘ining yangi navlari, ularni yetishtirishda ko‘rsatiladigan agrotexnik tadbirlar, intensiv bog‘ uchun tanlanadigan yer maydoniga qo‘yiladigan talablar haqida ham ozarbayjonlik soha mutaxassislari bilan atroflicha ma'lumot almashdi.

Kezi kelganda shuni e'tirof etish kerakki, Ozarbayjonda yiliga 80 ming tonna funduk yetishtiriladi. Bu ko‘rsatkich uni dunyoda 3 o‘ringa olib chiqqan. Mamlakatning 82 ming gektar yeriga o‘rmon yong‘og‘i ekiladi. O‘rtacha hosildorlik gektaridan bir tonnani tashkil qiladi.

#agrarko #vazir #memorandum #intensivbog

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM